Dinlarni tadqiq'etish-metodologiyasi tipologik,-qiyosiy, tarkibiy funksional genetik tahlil, qiyosiy dinshunosliklikning metodlari



Yüklə 32,71 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü32,71 Kb.
#141723
DINLARNI TADQIQ\'ETISH-METODOLOGIYASI TIPOLOGIK,-QIYOSIY, TARKIBIY FUNKSIONAL GENETIK TAHLIL, QIYOSIY



DINLARNI TADQIQ'ETISH-METODOLOGIYASI TIPOLOGIK,-QIYOSIY, TARKIBIY FUNKSIONAL GENETIK TAHLIL, QIYOSIY DINSHUNOSLIKLIKNING METODLARI
Din hodisasini tadqiq etuvchi turli fanlar dinning ma’lum bir jihatlarini tahlil qiladilar. Faqat sotsiologiya dinni yaxlit sosial fenomen sifatida o‘rganib, uni ijtimoiy hayotning boshqa sohalari bilan aloqa va munosabatlarda ekanligini tizimli tarzda tadqiq etadi. Shu ma’noda din sotsiologiyasi dinshunoslik fanlari orasida markaziy o‘rinni egallaydi.
Ma’lumki, dinni o‘rganuvchi ayrim fanlar uchun umumiy tamoyil – empirik ma’lumotlarga tayanishdir. Din haqidagi amaliy bilimlarni yuzaga chiqaradigan ushbu tamoyil din hodisasini tajribalarga tayanib, o‘rganuvchi fanlar va dinga fenomenologik, falsafiy hamda teologik yondashuvlar orasidagi chegara bo‘lib xizmat qiladi. Chunki din bilan bog‘liq shunday hodisalar borki, ularni empirik jihatdan asoslashning hozircha iloji yo‘q. Lekin bunday hodisalarning mavjudligini inkor ham etib bo‘lmaydi.
Dinning sermahsul sosiologik tahlili asosan ilmiy bilimning boshqa sohalari tadqiq qilgan ma’lumotlarga tayanish orqali ro‘yobga chiqadi. Sosiolog o‘z faoliyatida har qanday ma’lumotlardan – u ilmiy bo‘ladimi, yoki ilmiy emasmi, bundan qat’iy nazar, unumli foydalanishi lozim. Sosiologdan bilimning haqiqiy fikr sifatida belgilash o‘rniga inson qabul qilayotgan barcha ma’lumotni bilim tariqasida adekvat idrok qilishi talab qilinadi. Chunki har qanday ma’lumot kishining diniy yoki dunyoviy xulq-atvori haqidagi biror-bir xulosani chiqarishga ko‘mak beradi.
Dinni tadqiq qilish jarayonida bilishning turli xildagi metodlaridan foydalaniladi. Bular: umumfalsafiy, sosiologik, nazariy, empirik va boshqa metodlar. Shu nuqtai nazardan qaraganda, din sotsiologiyasining tadqiqotlarida quyidagi metodlardan faol foydalaniladi va ular o‘zida muayyan sifatlarni mujassamlashtiradi:
— genetik metod din rivojini uning barcha davrlardagi, ya’ni ilk davrdan to hozirga vaqtgacha bo‘lgan holatini tasvirlashni o‘zining asosiy maqsadi sifatida ilgari suradi;
— tarixiy metod dinning shakllanish jarayoni, uni tarixiy qonuniyatlar va har xil vaziyatlar bilan bog‘liqlik jihatlari holatini tadqiq qilishda benazirdir;
— qiyosiy metod ma’lum bir dinning turli davrdagi holatlarini, bir vaqtda mavjud bo‘lgan har xil dinlarning ijtimoiy hayotda tutgan o‘rinlarini o‘zaro taqqoslash orqali olimlarga o‘z ilmiy xulosalarini ilgari surishlariga ko‘maklashadi. Buning natijasida dinshunoslikda yangi yo‘nalish – qiyosiy dinshunoslik shakllandi;
— strukturaviy-funksional metod din, diniy tashkilot, ramz va boshqa diniy tushunchalar strukturasi va ularning funksiyalarini ochib berishga xizmat qiladi. Diniy tizim elementlarini alohida ajratib olish va ularni o‘zaro taqqoslash ular faoliyatini chuqur o‘rganishga muhim omil bo‘ladi. Din bunday sharoitlarda tizimosti shaklida namoyon bo‘ladi;
— sosiologik metod dinni ma’lum bir sosial tizim yoki sosial tizimosti sifatida jamiyatning boshqa sosial institutlari bilan o‘zaro munosabatlar hamda aloqalarga kirishish jarayonlarini bilishning mexanizmlaridan biri bo‘lib gavdalanadi. Sosiologik tahlil metodi diniy e’tiqodlar va ta’limotlar faoliyat ko‘rsatishining mexanizmlarini ochib berib, turli omillarning diniy mazmundagi vaziyatlarning rivojlanish tendensiyalarida tutgan o‘rnini ifodalab berishga xizmat qiladi;
— tipologik metod dinning tarixiy turlarini tavsiflaydi. Uning yordamida diniy ob’yektlarni biridan birini ajratish, guruhlash tufayli ularning konkret turlari haqida mulohaza yuritish mumkin bo‘ladi;
— kazual (sababiy) metod turli diniy hodisalar genezisi va evolyusiyasining sabab-oqibatli aloqalarini bilishga imkoniyat beradi. Ushbu metod orqali kishilarning hayotiy faoliyatlarini diniy va dunyoviy shakllarining farqini anglash mumkin bo‘ladi;
— falsafiy-mantiqiy metod yo‘nalishi dinning kishilar ongida aks etishi, diniy qadriyatlar, ramzlar va tushunchalarni falsafiy fanlarning ob’yekti hamda jamiyatning sosial-ma’naviy fenomeni tariqasida tadqiq etishga qaratiladi. Bunday mazmundagi tahlilda tadqiqot ob’yekti bo‘lib nafaqat din, balki unga ta’sir ko‘rsatayotgan tabiiy va sosial muhit ham namoyon bo‘ladi.
Yuqorida ilgari surilgan xulosalarga qo‘shimcha tarzda yana shuni ilova qilish mumkinki, din haqidagi ta’limotlar va ularning tamoyillari diniy (konfessional) va nodiniy (konfessional bo‘lmagan); me’yoriy, deskriptiv (izohlovchi) va tarixiy shakllarga bo‘linadi.
1 Diniy ta’limotlar talqini teologlar va diniy dunyoqarashga ega bo‘lgan tadqiqotchilar tomonidan taqdim etiladi. Ularning fikricha, dinni tushunish asosida diniy e’tiqod yotishi kerak. Diniy bilimning mohiyati faqat e’tiqodli kishilar uchun ma’lum bo‘ladi. Tadqiqotchining diniy ko‘nikmalari diniy bilishni rivojlantirish uchun alohida va qimmatli materiallarni berishi mumkin.
2 Nodiniy ta’limotlar, aksincha, boshqa tamoyillarga tayanadi va bu ta’limotlarning mualliflari ilm-fanning yutuqlaridan foydalanib, dinning turli hodisalarini yanada chuqurroq bilish imoniyatlariga ega bo‘ladilar. Bunda ulardagi diniy e’tiqodning yetishmasligi fundamental diniy bilimlar orqali to‘ldiriladi.
3 Me’yoriy tadqiqotlar din qoidalari va ular negizida shakllangan qadriyatlar haqiqiyligini tahlil qilish bilan bog‘liqdir.
4 Deskriptiv (izohlovchi) tadqiqotlar din strukturasi va uning tarixiy rivojini o‘rganadi. Ushbu tadqiqotlar diniy ta’limotning konkret jihatlariga baho berish bilan shug‘ullanmaydi. Dinshunoslik aynan deskriptiv yondashuv asosida shakllandi, ya’ni u maksimal tarzda xolis bo‘lishga intiladi. Hozirgi kunda ham dinni o‘rganishda deskriptiv yondashuv yetakchilik qilmoqda. Shuning uchun dinshunoslik fani dindorlar va dinga ishonmaydiganlar o‘rtasidagi nisbiy qarashlarni bir xillikka olib kelishni o‘z maqsadi, deb ta’kidlamaydi. U ma’lum bir hajmdagi ma’lumotlarni berib, mustaqil va ob’yektiv tarzda diniy hodisalar, konkret jamiyat hayotidagi din bilan bog‘liq voqealarni baholashni o‘zining asosiy maqsadi, deb tushunadi.Diniy ta’lim ning yana bir jihati shundaki, biror diniy an’anaga e’tiqod qilishga kirishishdan boshlab, dindor kishida oʻziga inklyuziv (umumiy) va eksklyuziv (farqli) belgilar shakllanadi. Diniy ta’lim ta’sirida dindor kishida o‘z diniy jamoasiga nisbatan sadoqat, vafodorlik va muhabbat kabi tuyg‘ular, bir vaqtda, boshqa din vakillariga nisbatan «begonalashuv» kayfiyati «barq» uradi. Chunonchi, bir jain muallimidan jaynizm haqida ta’Iim olar ekan, albatta, dars orasida jaynizmning boshqa dinlardan farqlarini ham o‘rganadi. Yoki bo‘lmasa, bir din vakili turli dinlarni o‘rganishga kirishar ekan, bu bo‘yicha mantiqiy-ilmiylik va obyektivlikka kamdan kam holatda tayanadi, balki ko‘pincha, maqbul yondashuv sifatida o‘z diniy qarashlarini ilgari suradi. Tan olish kerakki, muayyan hollarda mazkur kurs va ta’limotlar talabani boshqa diniy an’analar to‘g‘risida mos va o‘xshash ma’lumotlar olishi, boshqa din vakillariga nisbatan bag‘rikenglik ruhiyatining shakllanishi, dinlararo muloqotning qaror topishiga xizmat qiladi. Lekin, ko‘p hollarda, diniy ta’Iim yoki u bilan shug‘ullanuvchi institutlar dindor kishida boshqa dinlarga nisbatan tanqidiy qarashning shakllanishi, boshqa din vakillari bilan o‘tadigan munozaralarda o‘z diniy e’tiqodini qat’iy himoya qilishi, diniy targ‘ibot ishlarida faol bo‘lishi uchun turtki vazifasini o‘taydi.
Dinni tushunish uchun san’at, musiqa yoki adabiyot kabi hissiy qabul qilinadigan omillarni faraz qilish talab etiladi. Chunki bu orqali bir inson qalbida chuqur o‘rnashgan e’tiqod tuyg‘usi, boshqa bir insonda pastroq darajada aks etishini tushunish mumkin bo‘ladi. Qolaversa, sevgi, rashk, rahm-shafqat, orzu-istak yoki qo‘rquv kabi hissiy kechinm alarni tushunish uchun ular borasida subyektiv tajribaga ega boMish kerak. Shu bilan birga, dinshunoslikning maqsadi tadqiqotchi yoki olim uchun tadqiqotlari natijasida o‘ziga munosib din topishdan iborat emas. Dunyo dinlarini o‘rganishda ulardagi ijobiy jihatlarga yaxshi xulosa berish va voqelikni obyektiv tahlil qilish o‘rtasidagi nozik muvozanat saqlanishi lozim. Chunki, bir dinga ijobiy yondashib, uning yaxshi jihatlari ko‘klarga ko'tarilsa, u haqidagi tanqidiy qarash salohiyatiga to‘sqinlik qiladi. Shuningdek, asosiy vaqt va intellektual kuch faqat birgina dinni o‘rganishga sarflanadi. Vaholanki, dinshunos olim betaraflikning eng yuqori darajasida o‘z kuchi va salohiyatini bir necha diniy an’analarni o‘rganishga sarflashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Dinshunoslikning o‘rganilmagan jabhasi yuqori darajadagi subyektiv qiziqish bilan tadqiq qilinsa, ana o‘shanda, «falonchi yuksak obyektivlik miqyosida sohaning ochilmagan qirrasini ochdi» deyish mumkin.
Dinning ilk shakllari sifatida totemizm, animizm, fetishizm, shomonlik, sehrgarlik olinadi.
Totemizm — diniy tasavvurlarning eng qadimgi shakllaridan biri bo‘lib, hindular tilida «urug‘, kelib chiqish» m a’nolarini beradi. Uning mohiyati ishonuvchilarning o‘zlari bilan ayrim hayvonlar, o‘simliklar orasida g‘ayritabiiy aloqa, yaqinlik qon-qarindoshlik bor, deb faraz qilishlaridan iboratdir. Totemizmda urug‘-qabila, xususan, shu urug‘ har bir a’zosining hayoti va farovonligi ayni shu urug‘ning haqiqiy ajdodi hisoblangan totemizm
— o‘simlik yoki hayvonga bog‘liq deb ishoniladi. Muqaddas joylarda saqlanadigan biror urug‘ ruhini ifodalovchi hayvon yoki o‘simlik sur’ati solingan tosh taxtachalar totem ruhlarining makoni sanaladi. Hayvon yoki o‘simlik shu urug‘ yoki qabila uchun totem, binobarin, muqaddas va homiy hisoblangan. Shuning uchun ham kishilar totemlardan yordam so‘raganlar, ularga sehr yordamida ta’sir qilishga uringanlar.
Totemizm bilan bog‘liq tasavvurlarning an’anaviy kompleksi— urug‘ning yangi tug‘ilgan a’zolariga, ya’ni tirik avlodlarga «роk уо‘l» bilan totemning o‘tib qolishiga ishonish, sehr jodu yo‘li bilan totemga ta’sir qilib, muayyan urug‘ yoki qabila hududida o‘sha xildagi hayvon yoki o‘simliklarni ko‘paytirish va ularning moddiy farovonligini ta’minlash, totem timsoli bo‘lgan narsaning halokati uning avlodini halokatga olib borishiga ishonishdan iborat bo‘lgan.

Animizm (lotincha «anima» soV.idan olingan bo‘lib, «jon»,«ruh» degan ma’nolarni anglatadi) — in son, tabiat jismlari va hodisalarining ruhi, joni bor deb e’tiqod qilish, ular bilan muloqot qilish, ularga ta’sir o‘tkazish mumkin, degan qarashlar bilan bog‘liq e’tiqod shakllaridan biri.


Animizmda real moddiy obyektlar dunyosi ruhiy mavjudotlar dunyosi bilan to‘ldirilgan bo‘ladi.
Ajdodlarning ruhlari, tirik kishilarning jonlari, tabiiyki kuchlarning jonlantirilishi — animistik timsollardir. Animizmda ruhlar tabiiy hodisalarni boshqaruvchilar hisoblanadi. Bu ruhlar ezgu yoki yovuz bo‘lishi mumkin.Markaziy Osiyoda marhumning joni «arvoh» deb atalgan. Arvohning bir xususiyati shundaki, u o‘likni tashlab uzoqqa ketmaydi, lekin u qabrdan tashqariga chiqadi, deb hisoblangan.
Shuning uchun ham qadimgi zamonlarda arvoh uchun go‘rni teshib qo‘yganlar yoki mozor oldida arvoh uyi qurganlar. Arvoh hamma joyda — daraxtlarda, ariq va daryolarda, hovuz va xarobalarda yuradi. Shunga ko‘ra, kishilar o‘z boshlariga biror-bir mushkul ish tushsa, o‘sha yerlarga borib sig‘inganlar, pul tashlaganlar, arvohlardan madad so‘raganlar.
Fetishizm (portugalcha «fetisho», fransuzcha «fetish» so‘zlaridan olingan bo‘lib, «sehrli narsa» degan m a’noni anglatadi) — jonsiz narsalarni g‘ayritabiiy xususiyatga ega deb ishonish va ularga sig‘inish. Sig‘inish obyektlari, ya’ni fetishlar — tosh, tayoq, daraxt, um um an har qanday buyum bo‘lishi mumkin. Xullas, ishonuvchilar g‘ayritabiiy xususiyati bor deb faraz qilingan moddiy buyumlar fetish deb ataladi.

Fetishizm tirik bo‘lmagan, jonsiz predmetlarga sig‘inishdir.Fetishizm sehrgarlikdan ko‘ra diniy tasavvurning ancha murakkabroq shaklidir. Bu murakkablik diniy tasavvur shakllangan makonlardagi odamlarning dastlab har xil buyumlardan, tog‘-toshlardan, daraxtlardan, keyinchalik esa tumor, but-sanam va hokazolardan ko‘mak olishga umid bog‘laganliklari bilan belgilanadi. G ‘arbiy Afrikadagi xalqlarda daraxtlar, toshlar va boshqa predmetlarga sig‘inish keng tarqalgan edi. Bu xalqlarda fetishlarni, ya’ni ilohiylashtirilgan predmetlarni hatto savalash, urish odati ham tarqalgan. Ular o‘zlari xohlagan narsalarni yuzaga keltirishlarini talab qilib fetishlarga mix qoqqanlar. Fetishizmning yana bir xususiyati shundaki, uning ko‘rinishlari boshqa dinlarning mushtarak unsuriga aylanib ketgan. Shuning uchun ham uning qoldiqlari o‘sha dinlarda yashab keladi.


2Dinga berilgan ta’riflar. Diniy nuqtayi nazarga ko‘ra, din — muayyan diniy e’tiqodlarga, ya’ni ilohga, uning tomonidan insonlarga xabar yetkazuvchilarning g‘ayrioddiy salohiyatga ega ekaniga (payg‘ambarlik), insonlar atrofida unga ko‘rinmaydigan, ammo undan ancha yuqori darajada turuvchi mavjudotlar (farishtalar, jinlar) borligiga, inson ideal hayot kechirishi uchun azaldan belgilangan qonuniyatlar mavjudligiga (muqaddas kitoblar), inson hayoti muntazam nazorat ostida ekaniga, qilingan barcha yaxshilik va yomonlik uchun mukofot yoki jazo muqarrarligiga (oxirat, hisob-kitob qilinish), inson qismati avvaldan belgilanishiga (taqdir) va shu kabi qarashlarga ishonish, ularni aqida sifatida qabul qilishdan iborat.
Din — tabiat, jamiyat inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdiri insoniyatni bevosita qurshab olgan atrof-muhitdan tashqarida bo‘lgan, uni yaratgan ayni zamonda insonlarga to‘g‘ri, haqiqiy, odil hayot yo‘lini ko‘rsatadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash ta’limotdir. U muayyan ta’limotlar, his-tuyg‘ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo‘ladi. U olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tariqasi, uni idrok etish usuli, olamda insoniyatning ilk tarixidan to bizgacha o‘tgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks etishidir. Din komil insonni tarbiyalashda salmoqli tarbiyalovchi qudratga ega bo‘lgan ma’naviy-axloqiy kuchdir.
rni. Dinlarni o‘rganishda muayyan mezon asosida tasnif etib, tadqiq etish lozim bo‘ladi. Bu dinlarning tarixi, e’tiqodiy asoslari, aqidalari, shuningdek, bir-biriga qilgan ta’siri kabi jihatlarining chuqur va har tomonlama mukammal o‘rganilishiga zamin yaratadi. Dinlar unga e’tiqod qiluvchilarning soni, miqyosi, o‘zining ma’lum millat yoki xalqqa xosligi yoxud millat tanlamasligiga ko‘ra turli guruhlarga bo‘linadi. Bu guruhlar son jihatdan qancha bo‘lishidan yoki nazariy jihatdan qanchalik yetuk bo‘lishidan qat’i nazar, ularni mutlaqlashtirib bo'lmaydi. Chunki har qanday tasnif ma’lum bir jihatga e’tibor berib, boshqa qirralarni qamrab ololmaydi.

Buddaviylik va hinduviylikda ko‘ringani kabi Xitoy va Yapon dinlarida bu manzara yorqin oydinlashadi. Dinlarning bu guruhi axloqiy tartiblarni keltirib chiqargan falsafani mavjudlik va tiriklikni birinchi o‘ringa qo‘yishi bilan alohida ajralib turadi. Bu axloqiy tartiblarga so‘fiylik tariqati orqali erishiladi va amalga oshadi. Shuning uchun ular falsafiy-axloqiy-tasavvufiy dinlardir.


Bunga muqobil ravishda ba’zi dinshunoslar yakkaxudolik dinlarini «tashri’iy (qonunchilik asoslariga ega) dinlar» deb ham ataydilar. Bu dinlar insonlar hayotini tartibga solish uchun ilohiy vahiy orqali ta’sis etilgan shar’iy ko‘rsatma va qonunlarga asoslanadi. Shariat xususiyatlaridan biri — mas’uliyatli vazifa yuklash. Inson ilohiy qonunlar va hukmlarga bo‘ysunishi va majburiyatlarni to‘liq bajarishi lozim. Yakkaxudolik dinlaridagi diniy-shar’iy majburiyatlar so‘fiylik dinlaridagi tariqatga muqobil keladi. Lekin axloq Uzoq Sharq dinlaridagi so‘fiylik tariqatlariga bog‘liq bo‘lishi bilan vahiy dinlaridagi shariat bilan ham bog‘liqdir.
Ba’zi dinshunoslar Uzoq Sharq dinlarini «nirvana dinlari» deb ham ataydilar. Chunki, bu dinlar insonning najot topishi hamda uni dunyo qiyinchiliklari, baxtsizlik va azob-uqubatlaridan chiqarib, nirvanaga erishishga harakat qiladi. Nirvana — insonning o‘tkinchilikdan xalos bo‘lib, osoyishtalik qaror topadigan yoki inson ruhi olam ruhi bilan qo‘shilib ketadigan zehniy holatdir. Bu hinduviylikda «hoi» deb ataladi yoki nirvanada fano topish — yo‘q bo'lib ketish. Bu insonning baxtsizlik, qiyinchiliklar va azob-uqubatlarga sabab bo‘ladigan moddiy talab-ehtiyojlar va dunyoviy olamga ehtiyojmandlikni his etmaydigan ruhiy osoyishtalik va yo‘qlik holatidir.
Dinlarning maxsus tasniflari borasidagi mazkur tafsilotlardan ma’lum bo‘ladiki, dinlarning mavzusiga ko‘ra tasnif dinlardan tashqarida bolgan qandaydir tashqi omillarga emas, diniy tushuncha va omillarga asoslanganligi uchun eng maqbul va afzal tasnif hisoblanadi. Shu sababli tasnifning bunday turi din tarixi fani bilan bog‘liq diniy fanlar va dinlarni qiyosiy o‘rganishda keng tarqalgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:



D.A.Raximdjanov,O.K.Ernazarov DINSHUNOSLIKKA KIRISH
G.T.Tuletmetova,N.X.Oblomuratov,Oʻ.M Xasanboyev
"Dinshunoslik"


Yüklə 32,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə