Tarbiya fanidan “Insonning huquq va majburiyatlari”



Yüklə 0,84 Mb.
tarix10.09.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#121598
Insonning huquq va majburiyatlari


Qashqadaryo viloyati___________ (shahar) tumani Xalq ta`lim bo`limiga qarashli ____- umumiy o`rta ta`lim maktabining tarbiya fani o`qituvchisi __________________________ning tarbiya fanidan “Insonning huquq va majburiyatlari” mavzusida tayyorlagan bir soatlik




Mavzu: Insonning huquq va majburiyatlari
Mashg’ulotning maqsadi:O`quvchilarga O`zbekiston muqaddas makon, Vatanga hurmat, qadriyatlarni ulug`lash, o`zlikni anglash tuyqularini shakllantirish..O`quvchilarni mustaqillik, erk va vatanparvarlik haqidagi dunyoqarashlarini o`stirish.
Tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Mashg’ulotning usuli: Aqliy xujum, savol javob, guruhlarda ishlash.
Mashg’ulotning shiori: Biz tanlagan yo‘l. O‘zbekiston ulkan imkoniyatlar yurti. !
Didaktik jihoz: Vatanimiz tarixiga oid rangli suratlar, alloma va buyuk shaxslar portretlari, tarqatma materiallar, slaydlar.
Texnik jihoz: Diaproektor, ekran. "Milliy istiqlol g`oyasi va ma'naviyat asoslari" fanlaridan tayyorlangan proeksion materiallardan mavzuga oid bo`lganlaridan foydalanish.
D arsning borishi:
1.Tashkiliyqism: Salomlashish,davomat,tozalik
II.Asosiy qism:
Diqqat bilan o‘qing
Sayyoramizda tashqi qiyofasi (rangi, ko‘zi, sochi, tana tuzilishi va o’lchami va ichki xususiyatlari xarakteri qa rashlari qiziqishlari, mashg‘ulotlari) bilan farq qiluvchi turli xalq va millat vakillari yashay di. Ushbu farqlardan qat’i nazar, har bir inson o‘zi uchun eng yaxshisiga intilishi, hayoti va ijodi uchun qulay sharoitni tanlashi, yaxshi ta’lim, sifatli tibbiy yordam olishni xohlaydi. Bu uning huquqi deyiladi.
Huquq – bu davlat tomoni dan berilgan biz foydalanishimiz mum kin bo‘lgan imkoniyat. Huquq – bu biz bildirishimiz mumkin bo‘lgan talab. Huquqlar dav lat tomonidan belgilanadi.
BOLALARNI HIMOYA QILADIGAN XALQARO TASHKILOT
Inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqarotash ki lotlar mavjud. Ma’lumki, 1989- yil 20- noyabrda
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasi tomonidan «bola huquqlari to’g’risida»gi Konvensiya qabul qilindi. Uning asosiy maqsadi – bolalar va ularning huquq larini himoya qilish. Konvensiya 1990 yil 20entabrda kuchga kirdi. O’zbekiston Konvensiyaga 1992 yil 9 dekabrda qo‘shildi.
Konvensiya 54 ta moddadan iborat. Bolalar muammolarini xalqaro miqyosda hal qilishda Birlashgan Millatlar Tashkilotining bolalar jamg’armasi UNISEF muhim ahamiyatga ega. UNISEF urush fuqarolik tartibsizliklari va tabiiy ofatlardan jabr ko‘r gan bolalar hamda ayollarga oziq-ovqat, dori-darmon, toza ichimlik suvini favqulodda ho latlar zonasiga yetkazishda yordam beradi. Harbiy harakatlar sababli yuzaga ke ladigan alohida muammolarni hal qi lish uchun Urush urushning har ikki tomonidagi bolalarga yordam ko‘rsa tishni tashkil qiladi.
UNISEF 70 yildan ortiq vaqtdan beri bola larga yordam berib kelmoqda.
Quyida mazkur Konvensiyada belgilangan ayrim huquqlar keltirilgan

Diqqat bilan o‘qing
Har bir inson bajarishi zarur bo‘lgan majburiyatlar bor. Ularga bolalar ham, kattalar ham birdek amal qilishi shart. Har bir jamiyatda qonunlar mavjud. Qonun – bu odamlar,tash kilotlar, davlat va boshqa davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni belgilaydigan xulq-atvor qoidalari yoki normalari to‘plami. Davlatningasosiy qo nuni Konstitutsiya deb ataladi. Mamlakatimizda huquq va majburiyatlar Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan. Davlatimiz Konsti tutsiyasi 1992- yil 8- dekabrda qabul qilingan.
Quyida O‘zbekiston Konstitutsiyasida belgilangan ayrim majburiyatlar keltirilgan:
Qonunlarni, boshqa kishilar ning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish. Tarixiy, ma’naviy va madaniy merosni avaylab-asrash. Atrof tabiiy muhitga ehtiyot korona munosabatda bo‘lish.
Diqqat bilan o‘qing bizning majburiyatlarimiz
Huquq va majburiyatlar bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ular bir-biridan ajratilmaydi.
Huquqlardan majburiyatlarni anglagan holda foydalanish mumkin. Odamlar o‘z maj buriyatlarini bajara olmasalar, barcha huquqlar o‘z ma’nosini yo‘qotadi. Davlat huquqlarga amal qilinishini ta’minlaydi. Barcha fuqarolar davlat qonunlariga bo‘ysunishlari va har doim davlatni himoya qilish ga tayyor turishlari shart.
To’garak mashg`ulotida yaxshi qatnashgan o`quvchilar ballarini e`lon qilish, rag`batlantirish.
Uyga vazifa: Mavzuni o`qib mustaqil ish tayyorlab kelish.
Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə