1. bob. Ajratilgan izoh to'ldiruvchi semantikasi


Tilshunoslikda ajratilgan izoh to'ldiruvchi o‘rganilishi



Yüklə 31,22 Kb.
səhifə3/4
tarix10.02.2023
ölçüsü31,22 Kb.
#100592
1   2   3   4
toldiruvchi kurs i

1.1.Tilshunoslikda ajratilgan izoh to'ldiruvchi o‘rganilishi
Ajratilgan to‘ldiruvchi: o‘zidan oldingi to‘ldiruvchini izohlaydi.
Izoh to‘ldiruvchilar o‘zidan oldingi to‘ldiruvchi bilan bog‘lovchi vazifasida qo‘llanadigan ya’ni, shu jumladan, xususan, ayniqsa kabi so‘zlar bilan ham qo‘llanadi: Agar oyim, ya’ni Sarvinoz Madumarova, rozi bo‘lsa, meni, ya’ni Akrom Madumarovni, milisiya kapitani o‘rtoq Ergashov o‘ziga ishga olmoqchi ekan (X.T) ; Maktabimizda, bichuv-tikuv to‘garagidan tashqari, musiqa va ijodkorlar to‘garagi ham ishlab turibdi gapidagi ajratilgan bo‘lak ham to‘ldiruvchi hisoblanadi. Ajratilgan to‘ldiruvchio‘zidan oldin kelgan to‘ldiruvchining ma’nosini izohlaydi, unga aniqlik kiritadi. Vositasiz to‘ldiruvchi ham, vositali to‘ldiruvchi ham ajratilgan bo‘lak sifatida qo‘llanishi mumkin: Nasihatimni, otangning so‘zini, esingda tut (vositasiz to‘ldiruvchi).Xatni uning o‘ziga, Muqaddasga, bering (vositali to‘ldiruvchi).
Ajratilgan to‘ldiruvchi. Ajratilgan to‘ldiruvchi odatdagi to‘ldiruvchining – olmoshning ma’nosini izohlaydi: Кecha kunduz seni, vafodorimni, o‘ylayman.
Ajratilgan bo‘laklar tahlilida yana quyidagiga e’tibor berish lozim:
1) uyushiq bo‘lakli gaplarda umumlashtiruvchi so‘z yoki uyushiq so‘zlar ajratilgan bo‘lishi mumkin: 1. Ikrom va Otabek – sinfdoshlar, yo‘lga tushishdi.
2. Sinfdoshlar – Ikrom va Otabek yo‘lga tushishdi. Birinchi gapda sinfdoshlar, ikkinchi gapda Ikrom va Otabek uyushiq so‘zlari ajratilgan kengaytiruvchidir;
2) ajratilgan bo‘laklarni aniqlashda tartib muhim rol o‘ynaydi.
Ajratilgan kengaytiruvchi keyin, ajralmish kengaytiruvchi oldin keladi:
1. U shaharga, Qarshiga, ketdi.
2. U Qarshiga, shaharga, ketdi. Birinchi gapda Qarshiga, ikkinchi gapda shaharga so‘zshakli–ajratilgan birlik. Ajratilgan aniqlovchi bilan aniqlanmish distant holatda bo‘lganda, ularning aloqasi kuchsizlanib, aniqlovchining nisbiy mustaqillik holati kuchayadi: Haligi yigit, qo‘lida tuguni bor edi-ku, sartarosh, ertaga ta’tilga chiqar ekan.
izohlanmish bilan ya’ni, jumladan,
chunonchi, ayniqsa2) Ajratilgan vositali to‘ldiruvchilar: Fursating bormi, qaynatangdan, Zunnunxo‘jadan, so‘rab kelganmisan? — dedi (A. Q a h h o r). Unsin uchun, bechora qiz uchun, bu qanday mudhish, motam! (O y b ye k).
Izoh ma’nosidagi ajratilgan to‘ldiruvchilar izohlanmish bilan ya’ni, jumladan, chunonchi, ayniqsa so‘zlari yordami bilan bog‘lanishi mumkin: Bu yigitning og‘zidan bayt chiqishini, ayniqsa bunaqa bayt chiqishini, hech kim kutmagan bo‘lsa kerak, hamma gurullab kulib yubordi (A. Q a h h o r).Ayrim to‘ldiruvchilar aynan takrorlanadi yoki biror sinonim bilan almashadi. Bu holda to‘ldiruvchidan anglashilgan ma’no bilan izohlanmish ma’nosi bir xil bo‘lib, bu ma’no burttiriladi: Endi keksaygan chog‘larida yangi davrga, baxtsaodat davriga kirdilar .

Qaytarilgan bo‘lak ma’lum aniqlovchi, izohlovchi so‘zlar bilan birikib keladi. Bu so‘zlar to‘ldiruvchining ma’nosini izohlashda xizmat qiladi. Ayrim hollarda bunday izohlovchi so‘zlarning ahamiyati ortadi va ma’lum so‘zni qaytarishdan maqsad ana shu izohlovchilarning ma’nosini izohlash, ta’kidlash bo‘lib qoladi.


Odatda izohlanmish to‘ldiruvchi bilan izoh to‘ldiruvchi bnr xil formada bo‘ladi. Ayrim hollarda ba’zi mazmun ottenkalarini ifodalash uchun izohlanmish va izohlovchi bo‘laklarning shakli bir-biriga mos kelmasligi mumkin:...Lekin o‘z atrofidagilarga,— ukituvchilarga xam, talabalarga ham, buning aksini anglatishga harakat qilar edi.
Ajratilgan bo‘laklarning ayrim turlari gapning biror bo‘lagini izohlab, unga
bogliq bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumot beradi: Fursating bormi, qaynatangdan,
Zunnunxo‘jadan, so‘rab kelganmisan?-dedi (A.Qahhor).Ajratilgan izohlar ajratilgan bo‘laklarning boshqa turidan o‘z xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bu farqlardan biri shundaki, bu xil ajratilgan bo‘laklar o‘zlari
ifodalayotgan ma’noni ajratib, boshqa gap bo‘laklaridan ayirib ifodalabgina
qolmay, ulardan oldin kelgan boshqa bir bo‘lakning ma’nosini ham izohlab keladi.
Yuqoridagi qaynatangdan so‘zi izohlanadi.Ajratilgan izohlar shaklan har xil bo‘lganidek ma’no ottenkalarini ham turlicha ifodalaydi. Bosh kelishikdagi ajratilgan izohlarda predikatsiya kuchli bo‘ladi.

Har bir ajratilgan bo‘lakning asosiy mazmun funksiyasi ma’lum bir bo‘lakni aniqlash, izohlash, ta’riflash, turli modal munosabatlarni ifodalashdir. Bundan tashqari, har bir ajratilgan izoh qo‘shimcha ma’no ottenkalarini ham ifodalaydi. Bu ma’no munosabatlari va ottenkalari, ajratilgan bo‘lakning tarkibi, o‘rni, morfologik belgilariga ko‘ra, turlicha ifodalanadi.


Odatda ajratilgan izohlar alohida intonatsiya bilan talaffuz etiladi, har ikki
tomonida pauza bo‘ladi. Shunga ko‘ra, ular oddiy gap bo‘laklaridan farqlanadi. Ammo hozirgi o‘zbek adabiy tilining o‘ziga xos xususiyati shundaki, boshqa tillar uchun qat’iy bo‘lgan bu qoida o‘zbek tilida ma’lum darajada o‘zgacha bo‘ladi: ko‘pincha ajratilgan bo‘lakdan oldin ma’lum pauza bo‘lsa ham, undan so‘ng pauza ko‘pincha bo‘lmaydi, ajratilgan bo‘lak so‘nggi bo‘lak bilan umumiy intonatsiyaga ega bo‘ladi. Bu holatda ajratilgan bo‘lak va uning tarkibi yoki qismi alohida intonatsiya bilan aytilsa ham, ajratilgan bo‘laklarning oxiriga kelganda, intonatsiya
o‘zgarib, umumiy gap intonatsiyasiga tenglashadi va bu holda ajratilgan bo‘lakning oxirgi qismi yoki tarkibining talaffuzi oddiy gap bo‘laklari intonatsiyasidan farqlanmay qoladi: Holmurod erkak ayol, yoshu qari bilan xayrlashar ekan, shu paytgacha sira hayoliga kelmagan bir narsani, bu odamlarning o‘ziga shu qadar mehribon, shu qadar qadrdon bo‘lib qolganlarini his qiladi... (P. Tursun).

Bu xil ajratilgan izohlar boshqaruvchi so‘z bilan yonma-yon keladi, shuning uchun ham ular orasida pauza bo‘lmaydi yoki pauza juda qisqa bo‘ladi. Demak ajratilgan izohlarning bunday o‘ziga xos xususiyati uning o‘rinlashish va tarkibiga bog‘lashish: izoh bo‘lakning tarkibi qancha qisqa bo‘lsa yoki yolgiz bo‘lsa, umumiy gap intonatsiyasiga kirishib ketishi shunchalik aniq bo‘ladi.Ajratilgan izohlardagi bunday xususiyat ayniqsa aniqlovchi shaklidagi ajratilgan izohlarda aniq ko‘rinadi: Men... ko‘rashayotgan kongress ishtirokchilarining — yangi do‘stlarimning qahramonona qiyofalarini gavdalantirib berishga harakat qildim (S. Eshonto‘raeva)


Aniqlovchi funksiyasidagi ajratilgan izohlar aniqlanmishlaridan oldin kelganligi va ko‘pincha aniqlanmish bilan yonma-yon turganligi uchun ham,
ulardan so‘ng pauza bo‘lmaydi, aniqlanmish bilan umumiy intonatsiyaga ega bo‘ladi.
Bunday ajratilgan izoh bilan aniqlanmish orasida boshqa gap bo‘laklari
deyarli qo‘llanmaydi, agar qo‘llansa, ajratilgan izohdan so‘ng pauza bo‘ladi:
Shaharning bosh arxitektori bu teatrning, haqiqiy san’at saroyining - juda mashhur rus me’mori akademik Shusev proekti va eskizlari bo‘yicha qurilganini aytdi (S. Eshonturaeva).Boshqaruvchi bo‘lakdan pauza bilan ajralmay, umumiy intonatsiya bilan talaffuz etiluvchi ajratilgan izohlardan so‘ng hech qanday tinish belgisi qo‘yilmaydi.Ajratilgan izohlar odatda mazmuni izohlanishi zarur bo‘lgan biror bo‘lakka bog‘lanib, uni izohlaydi, aniqlaydi. Bunday izohlanayotgan bo‘lak izohlayotgan bo‘lakdan - ajratilgan izohdan oldin keladi. Ayrim hollarda izohlayotgan bo‘lakning o‘z izohlovchi bo‘lagi bo‘lishi mumkin: Kecha, 2 sentabrda, o‘qish boshlanishi kunida, hamma xuddi bayram kunlaridagidek shod-hurram. Bu isxil ajratilgan izohlar bir-birini izohlash bilan birga, asosiy—birinchi bo‘lakning ma’nosini aniqlaydi, konkretlashtiradi: Men, o‘zbek toshkentlik ishchining o‘g‘li, seni yuragimdan qo‘yolmayman har dam (H. R a s u l).Ba’zan ajratilgan izoh mazmuni izohlanayotgan so‘zning aynan o‘zi bo‘ladi (qaytarilgan bo‘lak yolgiz bo‘lishi yoki o‘ziga oid so‘zlar bilan kengayib kelishi mumkin): Shuni unutmangki, gulning go‘zalligi ham insonning, pok qalbli insonning go‘zalligi tufaylidir. Ayrim o‘rinlarda izoh qism ancha kengayib kelishi, hatto tarkibida ega va kesimlari bo‘lgan aniqlovchi yoki boshqa xil ergash gaplari bo‘lishi ham mumkin: Faqat bittasi, buqog‘i bo‘rtib chiqqan, lablari qalin o‘spirin bir yigit... yerni kavlay boshlagan edi... Ajratilgan izohlarning ma’no funksiyasi. Ajratilgan izohlar gap tarkibidagi biror so‘zning (bu so‘z gap bo‘lagi bo‘lishi yoki bo‘lmasligi ham mumkin) ma’nosini izohlash, aniqlash, u bilan borliq bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlarni ifodalash uchun xizmat qiladi, shu so‘z orqali ifodalangan ma’noga muallifning munosabatini ko‘rsatadi. Har bir ajratilgan izohda ikki ma’no ifodalanadi: avvalo ajratilgan izoh ma’lum so‘zning ma’nosini izohlaydi, konkretlashtiradi, shu bilan birga ajratilgan izoh qo‘shimcha ma’no ottenkalarini ham ifodalaydi. Bu ikki xil ma’no ajratilgan izohning boshqa gap bo‘laklari bilan ikki xil, ikki tomonlama munosabatga kirishishidan kelib chiqadi: Bularning eng kattasi — olti yasharlisi, qo‘lida bayroq ushlab turardi . Mening kirib keluvim har ikki uyda ham, ya’ni bizning uyda ham, Saodatlarning uyida ham juda katta quvonchlarga sabab bo‘ldi (G‘. G‘ulom).Misollarda ajratilgan izohlar ma’lum so‘zlar (eng kattasi va har ikki uyda)ni izohlab, konkretlashtirib kelish bilan birga, kesim bilan ham aloqaga kirishib, qo‘shimcha ma’no ottenkasini ifodalaydi. Bunday qo‘shimcha ma’no ayrim hollarda ma’lum intonatsiya va kontekstdan ham anglashilib turadi. Shunga ko‘ra ajratilgan izohlarda ma’lum darajada predikativlik ham anglashiladi. Ana shu xususiyatlari bilan ajratilgan izoh «qisqartirilgan gap»ga o‘xshaydi.Ajratilgan izohlarning sintaktik funksiyasi. Ajratilgan izohlar, sintaktik funksiyalariga ko‘ra, izohlanmish so‘zlarning ekvivalenti hisoblanib, ular qanday funksiyada bo‘lsa, bular ham shu vazifada keladi. Shunga ko‘ra, ajratilgan izohlar to‘rt turga: ajratilgan izohlovchi, ajratilgan aniqlovchi, ajratilgan to‘ldiruvchilar va ajratilgan hollarga bo‘linadi.
Ajratilgan izohlovchilar. Ajratilgan izohlovchilar hozirgi o‘zbek adabiy tilida keng qo‘llanadi. Buning sababi izohlovchilarning grammatik jihatdan, boshqa bo‘laklarga nisbatan, ancha mustaqil bo‘lishidadir.
Izoxlovchi orqali ifodalangan ma’noni boshqa gap bo‘laklari ma’nosidan ajratib, bo‘rttirib ifodalash lozim topilsa, u ajratiladi. Ajratilgan izohlovchi ko‘tarilgan va bir oz sust intonatsiya bilan talaffuz etiladi va u odatda izohlanmishdan so‘ng qo‘llanadi.Ajratilgan izohlovchi ko‘pincha o‘ziga oid so‘zlar bilan kengayib keladi, bu holda uning ajratilishi yanada aniqroq va yorqinroq bo‘ladi: Baratoy — Ozarning san’atkor qizi, Ko‘nglingda Bokuning oq tongi yashar (G‘. G‘ u l o m). Yo‘l bo‘yida turar yor - Bir-birini sevuvchi do‘stlar (G‘. G‘ u l o m).
Kishilik olmoshi yoki otlashgan so‘zlarga oid bo‘lgan izohlovchilar ham ajratiladi: Ularning oldingisi,— kubancha kiyingan, ...yelkasiga boshliq ilgan kishi, diviziya boshlig‘ining oldingi otini o‘ynatib keldi.... Ulardan biri, Nodiraning onasi, shirin ovoz bilan dedi...
Kishilik olmoshi (umuman, ot o‘rnida kelgan olmoshning boshqa turlari ham) ajratilgan izohlovchilar bilan ko‘proq qo‘llanadi. Buning sababi, avvalo, olmoshning mavhum ma’noli bo‘lishi bo‘lsa, so‘ngra olmoshga oid izohlovchi undan so‘ng qo‘llanadi, bu izohlovchining ajratilishiga sabab bo‘ladi.Olmosh va unga oid ajratilgan izohlovchi ko‘p vaqt mazmunan birikib, bir tushunchani ifodalaydi: Sen, it, nima uchun bolani yolg‘iz qo‘yib ketding (H. H a k i m z o d a). Ie, men, tentak nega yig‘layapman?—dedi u, go‘yo o‘zi ham tushunmayotgandek (Kazakevich).O‘z izohlanmishi bilan birikib ketgan bunday izohlovchilar izohlanmishning morfologik belgisini ham o‘ziga oladi: Men, Muqimiyga, hamisha muddaodir ko‘zlaring (M u q i m i y). ...xo‘sh, u olijanoblik qilib, men, cho‘loqqa turmushga
chiqadi...
Izohlovchi va izohlanmishning bunday munosabatga kirishgan xillari ayrim hollarda frazeologik birikmani tashkil etadi: Men, yomondan, ayrilib, yaxshini topganing qani? (Folklor).Yolg‘iz kelgan izohlovchi quyidagi o‘rinlardagina ajratiladi:
1.Agar muallif biror predmetga izoh berishni lozim topsa: Orqada tikka turgan yoshgina yigit, Mamadali, o‘zini odamlarning orasiga oldi (A.Qahhor).
Bunday ajratilgan bo‘laklarning intonatsiyasi o‘ziga xos bo‘lib, boshqa gap bo‘laklaridan past va sust talaffuz etilishi bilan ajralib turadi.

2. Agar izohlovchi kishilik olmoshiga yoki otlashgan so‘zga oid bo‘lsa: To‘xtagin, qiz, bu men — Omonjon (H. Olimjon). Bularning eng kattasi — olti yasharlisi, qo‘lida bayroq ushlab turardi.


3. Agar izohlovchi atoqli otlardan so‘ng kelsa: Bugun uning tushiga Qutjoni, yolg‘izi, kirgan edi (M. A v ye z o v) .
4. Agar izohlovchi izohlanmish bilan ya’ni, masalan, xususan, ayniqsa, hatto, ham, shu jumladan, yoki va shu kabi so‘zlar yordami bilan birikib kelsa: Buvam, ya’ni akamning otasi, hozir raisning o‘rnida turipti. Bu oilaning bir yildan beri zindonga o‘xshagan qo‘rg‘onda qamalib yotgan a’zolari, ayniqsa, yosh bolalari, boqqa chiqib juda yayradilar (S. A y n i y) .
Ajratilgan izohlovchilar o‘z izohlanmishlaridan so‘ng yoki oldin kelishlari ham mumkin: Soqoli o‘sib ketgan, baquvvatdan kelgan bir kishi — Karimning otasi — darhol maktab direktorii oldiga suqilib bora boshladi.
Ajratilgan izohlovchilarning izohlanmishdan oldin kelishi oz uchraydi, bu vaziyatda sabab munosabatlari anglashiladi.
Ajratilgan izoh gaplar. Ayrim gaplar mazmunan ma’lum gap tarkibidagi biror bo‘lakni izohlab, aniqlab kelishi mumkin. Bunday gaplar o‘zi izohlab kelgan bo‘lakdan so‘ng bevosita keladi, ularning ayrimlari asosiy gap bilan birikib, qo‘shma gapni tashkil eta olmaydi: Xotini, rangi oppoq, ko‘zlarini katta-katta ochib, unga vahimali qaradi (A. Q a h h o r).Bu murakkab gap tarkibidagi rangi oppoq gapi xotini so‘zidan anglashilgan ma’noni aniqlaydi.

Bu xil ajratilgan izoh gaplar murakkab gapni tashkil etadi.Ajratilgan izoh gaplarning boshqa bir turi asosiy gapning ayrim bo‘laklari bilan yoki uning umumiy mazmuni bilan munosabatga kirishadi: Kechqurun, u choy ichib o‘tirganda, ...tanish bir odamning tovushi keldi. Bu konstruksiya tarkibidagi u choy ichib o‘tirganda gapi kechqurun so‘zidan anglashilgan paytni konkretlashtiradi, izohlaydi. Shu bilan birga, bu izoh gap asosiy gapning kesimidan anglashilgan harakatning qachon ro‘y berganini ham ko‘rsatadi. Demaq izoh gap grammatik-semantik jihatdan asosiy gap bilan birikib, qo‘shma gapni ham tashkil etadi. Ammo bundan ergash gap oddiy ergash gapdan funksiya doirasining kengligi bilan farqlanadi.


Ko‘rinadiki, ajratilgan izoh gaplarning har ikki tipi, ma’lum bir bo‘lakni izohlashiga ko‘ra, bir-biriga yaqin bo‘lsa ham, ular ma’no va funksiyalari bilan farqlanadilar: ajratilgan izoh gaplarning birinchi tipi uchun ajratish ma’nosi ustun bo‘lsa, ikkinchi tipi uchun izohlash ma’nosi yetakchidir.
Ajratilgan izoh gaplarning birinchi tipining kesimi sifatdosh yoki sifat orqali ifodalanadi.
1. Ajratilgan izoh gapning kesimi bosh kelishikdagi -gan shaklli sifatdosh orqali ifodalanadi: Juvon, boshidan ro‘moli tushib ketgan, Sidiqjonga orqasini o‘girib zo‘r ishtaha bilan tut terib yemoqda edi (A. Qahhor). Yigitlardan biri —uvada kiyimli, chorpaxil va yuzi oftobda kuygan, karandami, chorikormi, ko‘zlarini chaqchiytirib, og‘zini katta ochib, yo‘ron tovush bilan atrofga bong urdi.(O y b ye k) .
2. Ajratilgan izoh gapning kesimi sifat orqali ifodalanadi: Narigi supada tepasi tokli — Ko‘nchilar ulfati — gap-so‘z uloqda (O y b ye k) . Ajratilgan izohgaplarning ikkinchi tipining kesimi sifatdosh yoki ravishdosh orqali ifodalanadi:
1) sifatdosh orqali ifodalanganda, asosan -gan shaklli sifatdosh qo‘llanib, bu o‘rin-payt kelishigi qo‘shimchasini oladi yoki shunday qo‘shimchani olgan payt bildiruvchi so‘zlar bilan birikadi: Martda, oy chiqmagan paytlarda, janub kechalari qorong‘u bo‘ladiki,... daraxtlarni ham ko‘rib bo‘lmaydi.
2) ajratilgan izoh gap kesimi ravishdosh orqali ifodalanadi: Gulandomning ruhi, go‘zalligi uni bir qadar o‘z ta’siriga olgandan, u hozircha — loaqal ovqat va ichkilik kelguncha — u bilan odmiroq, suhbat qilishni istadi (O y b ye k) .
Ajratilgan izoh gaplar oddiy izohlardan tarkiblarida ega va kesimlarining bo‘lishi bilan, ya’ni gap bo‘lishlari bilan farqlanadi. Bu farqlar ularning semantikasi va ayrim funksional xususiyatlarida ham ko‘rinadi.

Bosh qarorgoh


Husnida Qo'chqorova
2021-yil 13-aprelda yangilangan

TRANSKRIPSIYA


ajratilgan to'ldiruvchi
ajratilgan to'ldiruvchi
Ajratilgan to'ldiruvchi: o'zidan oldingi to'ldiruvchini izohlaydi. Izoh to'ldiruvchilar o'zidan oldingi to'g'ridan-to'g'ri to'g'ridan-to'g'ri bog'lovchilda qo'lingizdan keladi, shu bilan, bilan, ayniqsa kabi so'l qo'llanadi: Agar oyim, ya'ni Sarvinoz Madumarova, rozi bo'ladi. 'lsa, meni, ya'ni Akrom Madumarovni, milisiya kapitani o'rtoq Ergashov o'ziga ishga olmoqchi ekan (XT)

Sodda gap ayrim alohida ajratilgan bo`laklar ham qatnashishi mumkin. Ajratilgan bo`laklar o`zlari uchun maxsus aloqador bo`lgan so`zlarning ma'nosini izohlab, bo`rttirib, qiymat berib keladi va boshqa bo`laklardan to`xtam (pauza) bilan ajratilib, mantiqiy urg`u oladi. Masalan: Soyda, qo`sh yong`oqning tagida, oppoq qo`rga ko`milib uzoq turdi. (O.YOqubov). Ish qiyin bo`lmasin, biz, ayniqsa yoshlar, ishtiyoq bilan, g`ayrat va shijoat bilan ishlardik. (CH.Aytmatov).


Ajratilgan to`ldiruvchilar bo`yicha ko`ra ikki xil`ladi
1. Ko`makchili qurilma oboroti shaklidagi ajratilgan to`ldiruvchilar.
2. Oddiy gap bo`lagi oboroti shaklidagi ajratilgan to`ldiruvchilar.
Ko`makchili moslama oboroti shaklidagi ajratilgan to`ldiruvchilar kesimdan uzoqda kelib, olinadigan, olinadigan kabi, bilan ko`makchilar bilan birga shakllanadi:
Oddiy gap bo`lagi shaklidagi to`lidiruvchilar, o`zidan oldin kelgan to`ldiruvchining ma'nosini izohlaydi, unga aniqlik kiritadi. Bunda vositaz to`ldiruvchi ham, vositali to`ldiruvchi ham ajratilishi mumkin. Masalan: Sizga, o`rta bo`yli qizga, atlas qo`ylak juda yarashibdi. (YO.SHukurov). Bu norozilik, hech shubhasiz, uning dadasiga, Onaqo`ziga qarshi oldi.
(O.YOqubov). Bunday qarasa, biri – dadasining o`z qo`li bilan yozilgan xat, uning dadasi xizmatga qism komandiri – polkovnik berilgan xat ekan. (H.Nazir). Ana shu sanoqli kishilar orasida operatsiyaning harbiy jihatini – berishni ta'minlagan kapitan ham bor edi. (A.CHakovskiy)
1.Ajratilgan izoh to’ldiruvchi o’zidan oldingi to’ldiruvchini izohlab keladi: Oyimni, ya’ni Savriniso Madumarovani, ishga olishdi.
To’ldiruvchi tashqari, boshqa, o’rniga, bilan, birga kabi so’zli birikmalar bilan ifodalanganda ham ajratiladi: Mendan tashqari, u ham bor.

Yüklə 31,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə