1-Bob. Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani haqida umumiy ma’lumot


-Bob.Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani haqida umumiy ma’lumot



Yüklə 131,03 Kb.
səhifə2/4
tarix22.03.2024
ölçüsü131,03 Kb.
#182487
1   2   3   4
Erlan kurs ishi

1-Bob.Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani haqida umumiy ma’lumot
Qashqadaryo viloyat—Oʻzbekiston Respublikasitarkibidagiviloyat.1924yil1-noyabrdatashkil etilgan. Maydoni 28,6 ming km².Aholisi3,408,300 kishi (3oʻrin) (2022). ViloyathokimiMurotjon Azimov(2021-yil18-noyabrdan) Tarkibida 1ta4tumani(Dehqonobod,Kasbi,Kitob,Koson,Koʻkdala tumani),Mirishkor,Muborak,Nishon,Qamashi,Qarshi,Yakkabogʻ,Gʻuzor,Shah risabz,Chiroqchi,12tashahar(Beshkent,Kitob,Koson,Muborak,Tallimarjon,Chi roqchi,Shahrisabz,Yakkabogʻ,Yangi Nishon,Qamashi,Qarshi,Gʻuzor), 4 tashaharcha(Yangi Mirishkor,Dehqonobod,Miroqi,Eski Yakkabogʻ,Pomuq), 147 taqishloq fuqarolari yigʻini, 1064 taqishloqbor (2005). Shahrisabz tumani - Qashqadaryo viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentyabrda tashkil etilgan. Shimolidan Kitob tumani, sharqdan Tojikiston, Surxondaryo viloyati, janubidan
Yakkabogʻ, Qamashi, gʻarbdan Chiroqchi tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni
1,70 ming km². Aholisi 227,6 ming kishi (2022). Tumanda: 1 shaharcha (Miroqi),
12 ta qishloq fuqarolar yigʻini (Dukchi, Kunchiqar, Moʻminobod, Naʼmaton, Oqsuv, Toʻdamaydon, Xitoy, Shakarteri, Shamaton, Oʻzbekiston, Qutchi, Hisorak) bor.
Markazi — Chorshanba qishlogʻi. Qashqadaryo viloyati Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat.Qashqadaryo viloyati1924-yil 1-noyabrda tashkil etilgan[1]. Viloyat chegarasining umumiy uzinligi 795 kmni tashkil etadi, shundan 405 km togʻlar orqali qolgan 390 km esa tekislik hududlaridan oʻtadi. Qashqadaryo viloyati shimoldan janubga 195 km masofada, gʻarbdan sharqga esa 293 km masofaga choʻzilgan. Viloyat Qashqadaryo tabiiy geografik okrugida joylashgan boʻlib, okrug Kitob-Shahrisabz botigʻi,Hisor togʻlarivaZarafshon togʻ tizmasinihamda Qarshi dashtini oʻz ichiga oladi. Qashqadaryo viloyati geografik kenglik jihatdanTurkiya,Gretsiya,Italiya,IspaniyavaAQShmamlakatlarining oʻrta qismlari bilan bir xil geografik kenglikda joylashgan. Qashqadaryo viloyatining shimoli-sharqi hamda janubi sharqiy qismlari togʻlar bilan oʻralgan. Qashqadaryo viloyati maydoni 28,6 ming km kvadratni tashkil etadi va Oʻzbekiston hududining 6,4% ni tashkil etadi. Aholi soni 2022-yil 1-yanvar holatida 3408,3 ming kishi, shahar aholisi 1460,0 ming kishi, qishloq aholisi esa 1948,3 ming kishini tashkil etadi.

Viloyathududi,

asosan, Qashqadaryobotigʻinioʻz

ichiga

olgan;shimol,sharqva

janubi-sharqdanZarafshonhamdaHisor

tizma

togʻlaribilanoʻralgan.Togʻlarbilantekisliklarorasiniadirlaregallagan.Tekislikni ngkatta qismi gʻarbdaSandiqlivaQizilqumchoʻllaribilan tutashganQarshi choʻlidaniborat.Iqlimikontinental.Qishinisbatan yumshoq.Yoziuzoq (155-160 kun), issiq, quruq.Yanvarningoʻrtachatemperaturasi0,2° dan 1,9° gacha,iyulniki28°-29,5°. Eng yuqoritemperatura45°. Eng pasttemperatura−20°.yiliga tekisliklarda 290-300 mm,adirlarda520-550 mm, togʻlarda 550-650 mm yogʻin tushadi. Yogʻin, asosan,bahorvaqishdayogʻadi, yozdagarmselesadi.
Togʻlarda turgʻun qor qoplami hosil boʻladi (2-6 oy).Vegetatsiya davritekisliklarda290-300 kungacha. Asosiy daryosi — Qashqadaryo. Uning irmoqlari — Jinnidaryo, Oqsuv, Yakkabogʻdaryo, Tanxozdaryo, Gʻuzordaryo (Katta va Kichik Oʻradaryo bilan birga). Daryolar qor, yomgʻir va muzliklar suvidan toʻyinadi.Chimqoʻrgʻon,Qamashi,Pachkamarsuv omborlari; Fayziobod, 8-Mart, Eskibogʻ, Eski Anhor, Koson, Paxtaobod, Qarshi va boshqalar kanallar bor. Qarshi choʻlini oʻzlashtirishda 6 nasos stansiyasi, ochiq va yopiqkollektor drenaj tarmoqlariqurilgan. Sugʻoriladigan yerlarning tuprogʻi, asosan, tipik va och boʻz tuproqlar. Kitob — Shahrisabz soyligida koʻproq qumoq tuproqlar mavjud.Togʻlardabalandlikmintaqalari boʻylab tipik boʻz tuproqlar tarqalgan. Tabiiyflorasi1200 ga yaqin yuksak oʻsimlik turidan iborat. Viloyatda 76,6 ming gaoʻrmonmavjud. Oʻrmonlarning asosiy qisminiarchavasaksovulzorlartashkil etadi. Togʻ yon bagʻirlari har xil oʻt oʻsimliklari bilan qoplangan, shuningdek, butazorlar ham bor. Togʻ oʻrmonlariarcha,bodom,pista,jiydazorlardaniborat.
Tuman hududi Qashqadaryo viloyatining shimoli-sharqiy qismida, Hisor togʻlarining etaklarida joylashgan. Tumanning gʻarbi ochiq voha — Qarshi choʻliga tutashib ketadigan tekislikdan iborat. Togʻlardan oqib tushadigan Oqsuv, Qashqadaryo, Tanxozdaryo, Qizildaryo, Tamshush, Miroqi daryolari jarliklar hosil qilgan. Miroqi togʻ etaklaridan qora marmar qazib olinadi. Iqlimi kontinental. Yillik oʻrtacha temperatura 14,7°. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0,8°, eng past temperatura —26°
Shahrisabz tumani tabiati Uzoq tog'li hududda joylashgan Ko'l qishlog'i manzarasi Shahrisabz tumanining gidro resurslari
Iyulning oʻrtacha temperaturasi 28°, eng yuqori temperatura 43°. Iiliga 545 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri — 219 kun.
Tuproqlari boʻz, jigarrang va qoʻngʻir togʻoʻrmon tuproqlari. Yovvoyi oʻsimliklardan qoʻngʻirbosh, rang, shuvoq, oqquray, pashmak, shoʻra, bugʻdoyiq, kovrak, qargʻaoyoq, qamish, yulgʻun, yantoq, togʻ yon bagʻirlarida archa, doʻlana, togʻolcha, chinor oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan qobon, boʻri, ayiq, jayran, qoʻshoyoq, yumronqoziq, jayra va boshqalar uchraydi.
Aholisi, asosan, oʻzbeklar; shuningdek, tojik, tatar, rus va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 133,9 kishi. Shahar aholisi 54,8 ming, qishloq aholisi 172,8 ming kishi (2022).
Tuman xoʻjaligi, asosan, qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan. Shahrisabz tumanida 9 qoʻshma korxona, kichik korxonalar, 1300 ga yaqin xususiy korxona, 14 shirkat korxonasi, 19 aksiyadorlik jamiyati mavjud. Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi paxtachilik. Shuningdek, gʻallachilik, chorvachilik, pillachilik ham rivojlangan. Qishloq xoʻjaligida sugʻoriladigan yerlar 18 ming ga, shu jumladan, 5,8 ming ga yerga paxta, 2,0 ming ga yerga sabzavot va poliz, 2,0 ming ga yerga beda, 0,3 ming ga yerga kartoshka ekiladi. 3,4 ming ga yer bogʻ. Tumanda 12 shirkat xoʻjaligi, 4 ta xoʻjaliklararo korxona, 478 ta fermer xoʻjaligi bor (2004). Hisorak suv ombori qurilgan. Tuman shirkat va shaxsiy xoʻjaliklarida 52,7 ming qoramol, 51,6 ming qoʻy va echki, 800 dan ziyod yilqi, 177,5 ming parranda boqiladi.
Qashqadaryo vohasi oʻzining madaniy tarixi bilan mashhur. 1990-yillargacha Qashqadaryo hududida paleolit (tosh asri) davrida odamzodning yashaganligi haqida ashyoviy dalillar kam edi. Faqatgina Tanxozdaryo vodiysidan topilgan chaqmoqtoshdan yasalgan ayrim buyumlar, Taxtaqoracha dovonida Takalisoy boʻyidagi gʻordan arxeolog D.N.Lev tomonidan mustye davriga oid bir nechta tosh buyum topilganligi Qashqadaryo vodiysida tosh davri odamlari yashaganligidan dalolat berar edi.
1990-yillarda arxeologlardan R. X. Sulaymonov, A.S. Saʼdullayevlar yuqori Qashqadaryodagi Oyoqchisoy, Quruqsoy vodiylarini oʻrganib paleolit davriga oid ashyoviy dalillarni topdilar. Siylontoshda tosh asrining soʻnggi davriga oid topilmalar aniqlandi.
Vohada miloddan avvalgi X-VIII asrlar,jezva temir asrlarga oid Sangirtepa, Yerqoʻrgʻon yodgorliklari topiddi. Miloddan avvalgi 7-6-asrlarda Qashqadaryo vodiysida dehqonchilik bilan shugʻullanuvchi koʻplab aholi istiqomat qilgan. Kesh, Naxshab shahrilari paydo boʻlib rivojlangan. qadimiy Baqtriya davlati tarkibiga Qashqadaryo vohasining bir qismi ham kirgan.
Miloddan avvalgi 329-yilda Aleksandr Makedoniyalik qoʻshinlari Navtaka (Qashqadaryo) viloyatini bosib olgan. Qashqadaryo bosqinchilarga qarshi koʻtarilgan Spitamen qoʻzgʻolonining markazlaridan biri boʻlgan. Miloddan avvalgi 3-2-asrlarda Qashqadaryo vohasi Salavkiylar, undan keyin Yunon Baqgriya davlati tarkibiga kirdi.468-yildakushonlar avlodidan boʻlgan koʻchmanchi chorvador toxarlar Kidar rahbarligida sharqdan Amudaryo havzasiga kirib kelib Naxshabni oʻzlariga vaqtincha qarorgoh qilib turdilar.
Qashqadaryoda VII-VIII asrlarda iqtisodiy hayot rivojlangan. Bir necha-yillar davomida Sugʻd Kesh podsholari tomonidan idora qilingan. Kesh podshosi Shasheppi (Shishpar) davrida zarb qilingan tanga pulda „Ixshid Shishpar“ degan yozuv boʻlgan. Arablar qoʻshini 700-yilda ilk bor Qashqadaryoga bostirib kelib,
Naxshab va Kesh shahrilarini va ular atrofidagi qishloqlarni qoʻlga kiritdilar.
Qutayba ibn Muslim 710-yilda Kesh va Naxshabni qayta fath etdi. Ammo, Qarshi, Kesh va Naxshab (Nasaf)da yana arablarga qarshi norozilik harakatlari boshlanadi.
Kesh asosiy markazlaridan boʻlgan Muqanna qoʻzgʻoloni butun Movarounnahrga tarqaldi. IX-X asrlarda Qashqadaryoda iqtisodiy-ijtimoiy hayot, fan vamadaniyatyana rivojlandi. Kesh „Qubbat ulilm val adab“ nomiga sazovor boʻddi.
Moʻgʻul bosqinchilari1220-yilyozida Qashqadaryoga bostirib kelib Naxshab, Kesh, Gʻuzor shahrilari va qishloqlarini vayron qildilar. Moʻgʻullar oʻtroqlikka oʻtgandan soʻnggina (XIV asrda)Kepakxon(1318—1326) qurdirgansaroyyaqinida yangishahar—Qarshi shahrigaasos solindi. 14-15asrlarda Temur va Ulugʻbek davrlarida Shahrisabzt bir qancha monumental binolar — saroy, masjid va maqbaralar va boshqalar qurildi. Shahrisabz vohaning yetakchi shahriga aylandi. Ashtarxoniylar davrida Qarshi, Shahrisabzda Buxoro xonligidan mustaqil boʻlish harakati kuchaydi. Mangʻitiylar davrida Qarshi taxt vorisi hokim boʻladigan viloyatga aylandi.
2003/04 oʻquv yilida 109 ta umumiy taʼlim maktabida 69 ming oʻquvchi taʼlim olgan. Tuman hududida 11 ta klub, 11 ta madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bogʻi, muzey, 60 kutubxona tarmogʻi, 2 stadion mavjud. Tumandagi 14 ta kasalxona, 8 poliklinika, 18 ta qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 13 qishloq vrachlik punktida 775 vrach, 3,5 ming oʻrta tibbiy xodim ishlaydi.
Tuman hududi orqali Toshkent—Kitob poyezdi oʻtadi. Shahrisabz bilan
Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Termiz, Denov oʻrtasida va Shahrisabz bilan Hazora, Shamaton, Qoraloycha qishloqlari orasida avtobuslar qatnaydi. Tumandagi asosiy meʼmoriy yodgorliklar Shahrisabzda joylashgan. 1931-yildan tuman „Kesh“ gazetasi nashr etiladi (adadi 2182).
Shamsuddin Kulol maqbarasi, Jahongir maqbarasi, Hazrati Imom masjidi, shuningdek, Chorsu bozori (16-asr), Chubin madrasasi (16-asr), Abdushukur
Ogʻaliq (19-asr), Eshonpir (19-asr), Kunduzak masjidlari kabi meʼmoriy obidalar saqlanib qolgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2002-yil 29martda shahrining 2700 yillik yubileyini nishonlash toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Ushbu yubiley butun mamlakatimizda va shahrida keng nishonlandi. Bu tantanalarda YUNESKO vakillari ham qatnashdi. Sh. Jahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan (2002-yil dekabr). Shaharda koʻplab anjumanlar va konferensiyalar oʻtkaziladi.
SH. ahlining Temuriylar davri ulkan madaniy va maʼnaviy merosi, noyob tarixiy yodgorliklarini asrabavaylash, yosh avlodni buyuk ajdodlarimizning munosib vorislari qilib tarbiyalash va ularni ozod mamlakatimiz buyuk istiqbolini yaratishga qodir kishilar qilib voyaga yetkazish ishiga qoʻshgan alohida xizmatlari eʼtiborga olinib hamda sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati
Sh. „Amir Temur ordeni“ bilan mukofotlandi (1996-yil oktyabr).[1]
Shahrisabz shahri Qashqadaryo viloyatining shimoliy-sharqiy qismida joylashgan. Viloyat markazi Qarshi shahridan gʻarbda joylashgan Shahrisabzgacha boʻlgan masofa 90 km.
Samarqand shahri Shahrisabzdan 65 km shimolda joylashgan. Tojikiston bilan chegaragacha boʻlgan masofa 80 km dan ortiq. Toshkentgacha
(Shaxrisabzning shimoliy-sharqida) — 360 km dan ortiq, Buxorogacha (Shaxrisabzning shimoliy-gʻarbda) — 240 km dan ortiq.
Shahrisabz janubdan va sharqdan Hisor-Oloy togʻ tizimining bir qismi boʻlgan Zarafshon tizmasi bilan oʻralgan.
2018-yil holatiga koʻra, Shahrisabz aholisi 116 ming kishidan oshadi. Shahrisabz tumani umumiy aholisining deyarli yarmi shaharda istiqomat qiladi. Qishloqda paxta tozalash, vinochilik, meva konserva zavodlari bor.
2000-yilda shaharning tarixiy markazi va uning arxeologik, meʼmoriy, diniy va madaniy yodgorliklari „Shahrisabz shahrining tarixiy markazi“ nomi bilan YuNESKOning Butunjahon merosi obʼyektlari roʻyxatiga kiritilgan.
tojiklar 4,3 foizga ega. Qolgan millat vakillaridan turkman va ruslar ko'proq. Bu o'zgarish mustaqillikning dastlabki yillarida migrasiya jarayonlari bilan bog'lanadi. 2021 yilga kelib viloyatda yashab kelayotgan boshqa millat vakillarining asosiy qismini tojik, turkman, rus, tatar millati vakillari tashkil etib, Qarshi shahri hamda Mirishkor, Dehqonobod, Kitob, Shahrisabz, Nishon tumanlari hissasiga to'g'ri keladi. Har bir millatning tili uning uchun tengsiz xazinadir. Aynan viloyatda millat va elatlarning o'z tillarini asrashi, o'rganishi uchun alohida sharoitlar yaratilgan. Xususan, hozirgi kunda viloyatdagi 29 ta maktabda dars mashg'ulotlari to'liq tojik tilida, 2 ta maktabda esa rus tilida o'tiladi. Shuningdek, 55 ta maktablarda aralash qardosh tillarda 2600 dan ortiq malakali o'qituvchilar mashg'ulotlarni olib borayotgani ham bu boradagi samarali faoliyatning yaqqol dalilidir.
Viloyat aholisi tabiiy o'sish ko'rsatkichlari shahar va qishloq joylarda farq qiladi hamda qishloq joylarda tug'ilish shaharlarga nisbatan birmuncha yuqori. Buning ba'zi obyektiv va subyektiv sabablari mavjud. Jumladan, qishloqlarda ayollarning ijtimoiy hayotida bandligini past darajada bo'lishi, qo'l mehnati ko'p talab qilinadigan qishloq xo'jaligida ishchi kuchiga bo'lgan ehtiyojning mavjudligi, milliy an'analar davrlar davomida tug'ilishning yuqori bo'lishiga olib kelgan. Shahar aholisi tarkibida esa turli millat vakillarining ayollarning ijtimoiy hayotda faolligi, iqtisodiy-ijtimoiy omillarga bog'liq holda uy-joy muammosi va boshqa sabablari tug'ilish darajasining biroz past bo'lishiga olib keladi.
Mustaqillik yillarida viloyat mahallalarida ayniqsa 1999-2014 yillar oralig'ida aholi soni ancha tez ko'paygan. Masalan, bu davrda Muborak tumani mahallalarida o'rtacha yillik ko'payish 5,70 foiz, Koson tumanida 4,75 foiz, Kitob va Nishon tumanlarida 4,10 foizni tashkil qilgan. Nisbatan pastroq demografik o'sish Dehqonobod tumanida 2,40 foiz, Qarshi shahrida 2,50 foiz va Kasbi tumanida 2,50 foiz kuzatilgan. Shu o'rinda e'tirof etish lozimki, mazkur ko'rsatkichlar bo'yicha Muborak tumani respublikamizda eng oldingi o'rinlarni egallaydi. Tuman aholisining bunday tez o'sishi nafaqat tabiiy ko'pay ish, balki aholi migrasiyasi bilan ham bog'liq bo'lib, tabiiy resurslarni o'zlashtirish natijasida aholi bu yerga ko'plab oilalar ko'chib kelgan.
Shahrisabz, Yakkabog' va Kitob tumanlari ko'p jihatdan respublikamizning aholisi zich, xo'jaligi intensiv rivoj topgan voha va vodiylardir. Shu bilan birga, aholi zichlik ko'rsatkichlari quyi mintaqaning ayrim tumanlari, jumladan, Kasbi, Qarshida ham ancha yuqori. Aholining tabiiy harakat ko'rsatkichlari boshqa hududlar, xususan, Surxondaryo viloyatidan tashqari sezilarli darajada farq qiladi. Chunonchi, bu yerda tug'ilish koeffisiyenti har 1000 kishi aholiga 25,1 kishini tashkil etadi. Eng yuqori daraja 2000 yilda Chiroqchi tumanida bo'lib, u bu yerda yaqin 34 kishiga barobar. Yakkabog' tumanida ham tug'ilish anch a yuqori - 26,7 foiz. Ayni vaqtda umumiy tug'ilish koeffisiyenti Mirishkor, Qarshi shahri va tumani mahallalarida pastroq. 2013 yilda ham Chiroqchi tumani tug'ilish koeffisiyenti bo'yicha ajralib turadi (30,0 foiz). Qolgan qishloq tumanlari mahallalari orasida katta farq kuzatilmaydi, viloyat markazi Qarshi shahrida tug'ilish 21,5 promilleni tashkil etadi. Mehnat resurslari tumanlar kesimida tahlil qilinganda, yuqori ko'rsatkichlarda Chiroqchi, Koson, Qamashi va Shaxrisabz tumanlari, eng ko'p iqtisodiy faol aholi soni Chiroqchi tumanida (146,0 ming kishi) va Qarshi shahrida (130,6 ming kishi) ga kuzatildi. Iqtisodiy faol aholi sonining eng kam ko'rsatkichlari Mirishkor (54,7 ming kishi) va Muborak (46,2 ming kishi) tumanlariga to'g'ri keldi.
Bugungi kunga qadar jami 105 ta (Qarshi shahrida 62 ta, G'uzor tumanida 43 ta) mahallalarda joylashgan 86 088 ta xonadon (Qarshi shahrida 47 703 ta, G'uzor tumanida 38 385 ta)larning barchasi xatlovdan o'tkazilgan. Xatlov natijasida 30 yoshdan yuqori bo'lgan 91 029 nafar (86,6%) ayollar (Qarshi shahrida 53 969 nafar 84,3%, G'uzor tumanida 37 060 nafar 90,3%)ning anketa so'rovnomalari tayyorlangan. Shu bilan bir qatorda, suhbat jarayonida ijtimoiy, huquqiy, psixologik qo'llab-quvvatlashga, bilim va kasb o'rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bor bo'lgan 42 331 nafar (Qarshi shahrida 17 149 nafar, G'uzor tumanida 25 182 nafar) ayollarning mavjud muammolarini hal etish borasida ular "Ayollar daftari"ga kiritilgan.
Viloyat mahallalarida ko'plab ziyoratgoh va qadamjolar mavjud va ular soni anchaginani tashkil etadi. Masalan, Shahrisabz shahridagi Oqsaroy, Dorussaodat, Doruttilovat, Mavlono Xojagiy Imkanagiy, Kitob tumanidagi Hazrati Bashir, Qamashi tumanidagi Katta Langar, Qarshi shahridagi Ko'kgumbaz, Odina, Abu Ubayda ibn Jarroh, Qarshi tumanidagi Hazrati Imom Mu'yin, Kasbi tumanidagi Sulton Mirhaydar, Koson tumanidagi Xusam Shayx, Muborak tumanidagi Abdulloh ibn al-Muborak Marvaziy ziyoratgohlari shular jumlasiga kiradi.
Zero, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari mahallalaridagi ziyoratgohlarining etnohududiy xususiyatlari shundan iboratki, respublikamizning janubiy viloyatlari o'zining tabiiy-geografik joylashuv xususiyatlari, tabiiy sharoiti, iqlimiga ko'ra respublikamizning boshqa mintaqalaridan janubda joylashgan va bu borada tubdan farq qiladi. Jumladan, Surxondaryo viloyatining Boysun, Jarqo'rg'on, Muzrabot, Qashqadaryo vioyatining Chiroqchi, Yakkabog', Kitob tumanlarining ma'lum qismi tog' va tog'oldi va dasht adir hududlaridan iborat ekanligi, ushbu omilning aholi turmush tarziga, jumladan aholining ziyoratgohlar bilan bog'liq afsona va diniy qarashlariga ta'sir qilganligini qayd etish mumkin.
Shu o'rinda viloyatda joriy etilgan "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili va uning amalga oshirilishi xususida. Masalan, 2021 holatiga ko'ra viloyat mahallalarida "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyiliga asoslangan yangi tizimni joriy etish mezonlari ishlab chiqilib barcha mahallalarga tatbiq etildi. Fuqarolarning murojaati bilan ishlashda aholiga qulayliklar yaratish maqsadida 1146 qisqa raqamli "Sall-centre" markazi faoliyati yo'lga qo'yilib, 2553 ta murojaat qabul qilinib, ijobiy hal etilgan. 813 ta mahalla faoliyati o'rganildi va aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo'yicha ularga uslubiy-amaliy yordamlar ko'rsatilib, kambag'allikni qisqartirish bo'yicha Qamashi tumanidagi "Sarbozor" mahallasi, Kitob tumanidagi "Varkanza" mahallasining o'ziga xos jihatlaridan kelib chiqib, namunaviy tizim ishlab chiqilgan. Ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli og'ir bo'lgan mahalladagi dolzarb masalalar va aholi muammolarini hal etish bo'yicha Chiroqchi tumanidagi "Oqoltin" va "Sho'rbozor", Mirishkor tumani "Bo'ston ,Qarshi shahrida "Arabxona" mahallalari misolida yangi tizim ishlab chiqilib, 77 ta mahalladagi muammolar bartaraf etilgan.
Ammo hanuzgacha ayrim fuqarolar yig'inlarining xizmat binolari va moddiytexnik holati va mahalla idoralari mavjud emasligi ma'lum. Masalan, ular 2021 yil holatiga ko'ra Qashqadaryo viloyatining 4 ta tumanida - Qamashi tumanida 29 ta, Qarshi tumanida 22 ta, Koson tumanida 22 ta, Chiroqchi tumanida 37 tani tashkil etadi1. Vaholanki, respublikamizda keyingi yillarda fuqarolar yig'inlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida 1 ming 163 ta mahalla idorasi yangidan qurildi, 3 ming 612 tasi rekonstruksiya qilindi va ta'mirlandi. 110 ta tuman va shaharda "Mahalla markazi" majmualari barpo etildi, 4 ming 319 ta mahalla binolarida kutubxonalar tashkil qilingan.
Viloyatdagi yana muhim muammolar qatorida turuvchi masala bu, aholi, ayniqsa yoshlar bandligi bo'lib, ularning ish bilan ta'minlanishi mahallalarning ijtimoiy ko'rsatkichlarini qay darajada ekanligini anglatadi. Vaholanki, yoshlarning bandlik ko'rsatkichlari respublikaning turli viloyatlarida turlicha bo'lib, bu borada I. Bobojonvning qayd etishicha, 2018 yilning oktyabr oyida Bandlik va Mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi mutaxassislari tomonidan mamlakatda ishsizlik darajasi va kambag'allik holatlarini aniqlash maqsadida ijtimoiy so'rov o'tkazilgan. Mazkur so'rovnomada 66 ta shahar va tumanlardan 330 ta fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, 3300 ta uy bekalari va 17 mingdan ortiq fuqarolar qatnashgan.
So'rovnoma natijasiga ko'ra, Qashqadaryo viloyatida ishsizlik ko'rsatkichi eng yuqori bo'lib, u - 9,7 % ni tashkil qilgan. Ushbu ko'rsatkich Toshkent shahrida eng past ko'rsatkich - 7,9 %, ishga joylashish istagida bo'lgan fuqarolar esa 1 368,6 kishini tashkil qilgan. Yoshlar orasida ishsizlik darajasi (30 yoshgacha) 15,1 %, 1625 yosh atrofidagilar 17 % dan ortiq, ayollar orasida 12,9 % ni qamragan.
Biz yuqoridagi ma'lumotlar asosida viloyat mahallalarida ishsizlik muammosining sabablarini quyidagi omillar bilan izohladik. Ular quyidagilardir:
Birinchidan, viloyat mahallalari aholisining aksariyat qismi qishloq joylarida istiqomat qilib, bu yerlarda aholini ish bilan ta'minlash, tadbirkorlikka jalb qilish bo'Ikkinchidan, ayrim mahallalar markazdan uzoqda joylashgan bo'lib, ularning joylashgan o'rni va tabiiy sharoitining noqulayligidir;
Uchinchidan, aholining o'sish darajasi va migrasiya jarayonlari ham muhim omillardan birib bo'lib, viloyatda hamon tug'ilishning yuqori darajada saqlanib qolishi ham bandlik muammosini keltirib chiqaradi. Masalan, mazkur ko'rsatkich bo'yicha Muborak tumani respublikamizda eng oldingi o'rinlarni egallab, aholining bunday tez o'sishi nafaqat tabiiy ko'payish, balki aholi migrasiyasi bilan ham bog'liq bo'lib, tabiiy resurslarni o'zlashtirish natijasida bu yerga ko'plab oilalar ko'chib kelganligi haqida yuqoridagi paragraflarimizda fikr yuritgan edik.
To'rtinchidan, aholining aksariyat ishsiz qatlami mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan kasblar bo'yicha talabga javob bermaganligi ham ta'sir ko'rsatadi. Bunday holat Toshkent shahri mahallalarida ham ko'zga tashlanadi.
Mahallada aholi bandligida yuqorida qayd etilganidek, hududning shakllanishi va rivojlanishida tabiiy- iqtisodiy hamda ijtimoiy omillar muhim rol o'ynaydi. Viloyat mahallalarining shakllanishi va rivojlanishining asosini iqtisodiyot tarmoqlari orasida asosan qishloq xo'jaligi va chorvachilik, qisman hunarmandchilik, tuman markazidagi va shahar mahallalarida sanoat tashkil qiladi. Bu jihatdan mahallalar uch toifaga bo'linadi:
-aholisining asosiy qismi qishloq xo'jaligi va chorvachilik bilan shug'illanuvchi mahallalar;
- aholisining asosiy qismi qishloq xo'jaligi bilan shug'illanuvchi mahallalar;
-aholisining asosiy qismi qishloq xo'jaligi va hunarmandchilik bilan shug'illanuvchi mahallalar;
-aholisining asosiy qismi ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik va sanoat tarmoqlari bilan shug'illanuvchi mahallalar
-aralash mahallalar. O'z navbatida, qishloq xo'jaligiga ixtisoslashgan mahallalar bog'dorchilik va uzumchilik, hunarmandchilik bilan shug'ullanadigan mahallalardan tashkil topgan. Qishloq xo'jaligi va chorvachilikka ixtisoslashgan mahallalarning maxsulot yetishtirish holati ham har xil.
Nisbatan katta mahallalar sug'orma dehqonchilik rivojlangan tumanlarda vujudga kelgan bo'lib, chorvachilik bilan shug'ullangan aholining yashash manzillari uncha katta emas.
Biz shu o'rinda Qashqadaryo mahallalarini ijtimoiy-demografik tavsifiga ko'ra quyidagi toifalarga ajratishni lozim topdik. Unda mahallalarning kattakichikligi bo'yicha quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

  • Mayda mahallalar - aholi soni 500 kishigacha;

  • Kichik mahallalar - 500-1000 kishi;

  • O'rta mahallalar - 1000-3000 kishi;

  • Katta mahallalar - 3000-5000 kishi;

  • Yirik mahallalar - 5000 kishidan ziyod.

O'zbekistonning ko'plab boshqa hududlariga qaraganda, Qashqadaryo viloyatida mahallalar aholisining joylashuvida tog' va tog'oldi hududlarida joylashgan mayda qishloq va ovullarning o'rni anchagina sezilarli.
Bizningcha, Qashqadaryo viloyati sharoitida qishloq mahallalarini ularning klassifikasiyasidan kelib chiqib qisman optimallashtirish maqsadga muvofiq. Ya'ni, bu hududda aholisi 500 kishigacha bo'lgan mahallalarni aholi soni 100 kishigacha, 101-200 kishi, 201-300, 301-500 kishidan iborat bo'lgan mahallalarga birlashtirish o'rinli. Bunday guruhlashtirish Qashqadaryo viloyatining iqtisodiy-ijtimoiy va geografik xususiyatlarini o'zida aks ettiradi. Uni aholi zichligi yuqori bo'lgan, qishloqlar to'rida yirik qishloqlar ko'pchilikni tashkil qiladigan respublikamizning boshqa hududlari sharoitida qo'llash maqsadga muvofiq emas. Umuman olganda, viloyatda mahallalar aholisining o'sish sur'atlari borasida tumanlar darajasida farqlar katta. Bu avvalambor, aholining turmush tarzi, ularning bandligi, atrof-muhitning ta'siri, urbanizasiya darajasi va boshqa omillar bilan bog'liqdir.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida mintaqaning o'ziga xos tabiiy sharoiti va joylashuv xususiyatlariga ko'ra oilaviy tadbirkorlik va kasanachilikda o'ziga xos etnomuhit shakllanganligi e'tiborlidir. Xususan, sohalarning rivoji natijasida har ikkala viloyatda ham o'ziga xos an'ana shakllanganligini e'tiborga olib, kelajakda ushbu sohalar rivojiga alohida e'tibor qaratish muhim hisoblanadi. Masalan, Surxondaryo viloyati misolida oladigan bo'lsak, bu borada Termiz tumanidagi "Ostona hunarmand" nomli gilamchilik korxonasi, Termiz shahridagi "Turon" nomli kichik korxona, Boysun tumanidagi "Rabot" jamoa xo'jaligidagi gilam to'qish kigiz tayyorlash sexi, yoki Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi "Shoyim" hunarmandchilik korxonasi, Sheroboddagi "Dilafro'z" xususiy korxonasida junni qayta ishlash yo'lga qo'yilgan bo'lib, ushbu korxona 264 tonna sifatli jun ip ishlab chiqarib, kichik to'qimachilik korxonalariga yetkazib bermoqda.
Qashqadaryo viloyati misolida oilaviy tadbirkorlikda Kitob tumanidagi "Voha mash'ali" kichik korxonasi, Chiroqchi tumanlik gilamdo'zlik korxonasi, Qarshi shahri, G'uzor, Kitob, Shahrisabz, Chiroqchi, Qamashi va Muborak tumanlari bo'limlarida ro'yxatdan o'tgan 600 dan ortiq hunarmand faoliyat olib borib, viloyatda hunarmandchilikning zargarlik, milliy cholg'u asboblari yasash, chokli buyumlar, kashtachilik, zardozlik va biser tikish ustaxonlari tashkil etilgan. Bu esa mazkur viloyatlarda azaldan an'anaviy xalq hunarmandchiligi turlariga alohida e'tibor qaratilganligini tasdiqlaydi.
Ammo viloyat mahallalarida sohada amalga oshirilgan ishlar qatorida muammo va kamchiliklar ham mavjud. Xususan, yirik sanoat salohiyatiga ega viloyatda import tovarlarining ulushi yuqori darajada saqlanib qolgan. Ichki bozorning mahalliy mahsulotlarga ehtiyoji o'rganilmagan. Tayyor kiyim-kechak, charm ishlab chiqaruvchi korxonalar imkoniyatlaridan samarli foydalanish yo'lga qo'yilmagan.
2012 yilgacha bo'lgan davrda viloyatda talab yuqori bo'lgan mahalliy mahsulotlar bilan viloyat ichki bozori past darajada ta'minlangan. Gipsokarton, turli xil gofrokarton, bir martalik idishlar, qog'oz paketlar, qurilish va qishloq xo'jaligi texnikalari butlovchi qismlari, tish yuvish pastasi va shampun, mix mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari mavjud emas, bo'lsa ham ular faoliyati hali talab darajasida emas. Xizmatlar sohasida 758 ta ta'mirlash, 1 078 ta veterinariya xizmati va go'sht do'konlari, 1 214 ta hammom va poyabzal tikish (ta'mirlash) xizmati, 1 319 ta kimyoviy tozalash (ximchistka) va maishiy jihozlarni ta'mirlash, 938 ta sartaroshxona va go'zallik salonlari xizmatlariga aholi o'rtasida ehtiyoj bo'lishiga qaramasdan sohalarga tadbirkorlik subyektlari jalb qilinmagan edi.
Umuman, Qashqadaryo viloyati gegografik joylashuvi, etnodemografik holati, geosiyosiy va geoiqtisodiy omillariga ko'ra janubiy mintaqaning o'ziga xos farqlanib turuvchi viloyati bo'lgani bois, uning hududida joylashgan shahar va qishloqlar, ya'ni mahallalar ham bir-biridan ma'lum xususiyatlariga ko'ra farqlanadi. Ya'ni, viloyat ana shunday gegografik joylashuvi, tabiiy sharoiti, etnodemografik holatiga ko'ra ajralib turuvchi janubiy viloyatlar bo'lib tadqiqotlar ushbu viloyatda o'z navbatida aholining joylashuv xususiyatlarida ma'lum o'ziga xosliklar mavjudligini tasdiqladi.
Shu bilan birga mahallalarda aholi bandligi, ayniqsa yoshlar bandligini ta'minlash borasida kichik biznes, xususiy tadbirkorlik sohalari, qishloq xo'jaligiga ixtisoslashgan mahallalar, bog'dorchilik va uzumchilik, hunarmandchilik bilan shug'ullanadigan mahallalardan tashkil topganligini, bu viloyat mahallalarida an'anaviy hunamrandchilikning mainatqaga xos kashtachilik, gidamdo'zlik, do'ppido'zlik, beshikchilik, qandolatchili kabi sohalari shakllanganligi va rivojlanib kelayotganligini tasdiqladi. O'z navbatida qishloq xo'jaligi va chorvachilikka ixtisoslashgan mahallalarning maxsulot yetishtirish holati ham deyarli bir-biriga yaqin ko'rinish kasb etadi (Chiroqchi, Dehqonobod, Ko'kdala, Yakkabog' tumanlari mahallalarida). Nisbatan katta va aholisi zich joylashgan mahallalar lalmi va sug'orma dehqonchilik rivojlangan tumanlarda vujudga kelgan bo'lib, bunday mashg'ulot turi bilan shug'ullangan aholining yashash manzillari o'ziga xos tarzda tarkib topganligini ko'rsatdi. kigiz tayyorlash sexi, yoki Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi "Shoyim" hunarmandchilik korxonasi, Sheroboddagi "Dilafro'z" xususiy korxonasida junni qayta ishlash yo'lga qo'yilgan bo'lib, ushbu korxona 264 tonna sifatli jun ip ishlab chiqarib, kichik to'qimachilik korxonalariga yetkazib bermoqda.
Qashqadaryo viloyati misolida oilaviy tadbirkorlikda Kitob tumanidagi "Voha mash'ali" kichik korxonasi, Chiroqchi tumanlik gilamdo'zlik korxonasi, Qarshi shahri, G'uzor, Kitob, Shahrisabz, Chiroqchi, Qamashi va Muborak tumanlari bo'limlarida ro'yxatdan o'tgan 600 dan ortiq hunarmand faoliyat olib borib, viloyatda hunarmandchilikning zargarlik, milliy cholg'u asboblari yasash, chokli buyumlar, kashtachilik, zardozlik va biser tikish ustaxonlari tashkil etilgan. Bu esa mazkur viloyatlarda azaldan an'anaviy xalq hunarmandchiligi turlariga alohida e'tibor qaratilganligini tasdiqlaydi.
Ammo viloyat mahallalarida sohada amalga oshirilgan ishlar qatorida muammo va kamchiliklar ham mavjud. Xususan, yirik sanoat salohiyatiga ega viloyatda import tovarlarining ulushi yuqori darajada saqlanib qolgan. Ichki bozorning mahalliy mahsulotlarga ehtiyoji o'rganilmagan. Tayyor kiyim-kechak, charm ishlab chiqaruvchi korxonalar imkoniyatlaridan samarli foydalanish yo'lga qo'yilmagan. 2012 yilgacha bo'lgan davrda viloyatda talab yuqori bo'lgan mahalliy mahsulotlar bilan viloyat ichki bozori past darajada ta'minlangan. Gipsokarton, turli xil gofrokarton, bir martalik idishlar, qog'oz paketlar, qurilish va qishloq xo'jaligi texnikalari butlovchi qismlari, tish yuvish pastasi va shampun, mix mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari mavjud emas, bo'lsa ham ular faoliyati hali talab darajasida emas. Xizmatlar sohasida 758 ta ta'mirlash, 1 078 ta veterinariya xizmati va go'sht do'konlari, 1 214 ta hammom va poyabzal tikish (ta'mirlash) xizmati, 1 319 ta kimyoviy tozalash (ximchistka) va maishiy jihozlarni ta'mirlash, 938 ta sartaroshxona va go'zallik salonlari xizmatlariga aholi o'rtasida ehtiyoj bo'lishiga qaramasdan sohalarga tadbirkorlik subyektlari jalb qilinmagan edi.
Umuman, Qashqadaryo viloyati gegografik joylashuvi, etnodemografik holati, geosiyosiy va geoiqtisodiy omillariga ko'ra janubiy mintaqaning o'ziga xos farqlanib turuvchi viloyati bo'lgani bois, uning hududida joylashgan shahar va qishloqlar, ya'ni mahallalar ham bir-biridan ma'lum xususiyatlariga ko'ra farqlanadi. Ya'ni, viloyat ana shunday gegografik joylashuvi, tabiiy sharoiti, etnodemografik holatiga ko'ra ajralib turuvchi janubiy viloyatlar bo'lib tadqiqotlar ushbu viloyatda o'z navbatida aholining joylashuv xususiyatlarida ma'lum o'ziga xosliklar mavjudligini tasdiqladi.
Shu bilan birga mahallalarda aholi bandligi, ayniqsa yoshlar bandligini ta'minlash borasida kichik biznes, xususiy tadbirkorlik sohalari, qishloq xo'jaligiga ixtisoslashgan mahallalar, bog'dorchilik va uzumchilik, hunarmandchilik bilan shug'ullanadigan mahallalardan tashkil topganligini, bu viloyat mahallalarida an'anaviy hunamrandchilikning mainatqaga xos kashtachilik, gidamdo'zlik, do'ppido'zlik, beshikchilik, qandolatchili kabi sohalari shakllanganligi va rivojlanib kelayotganligini tasdiqladi. O'z navbatida qishloq xo'jaligi va chorvachilikka ixtisoslashgan mahallalarning maxsulot yetishtirish holati ham deyarli bir-biriga yaqin ko'rinish kasb etadi (Chiroqchi, Dehqonobod, Ko'kdala, Yakkabog' tumanlari mahallalarida). Nisbatan katta va aholisi zich joylashgan mahallalar lalmi va sug'orma dehqonchilik rivojlangan tumanlarda vujudga kelgan bo'lib, bunday mashg'ulot turi bilan shug'ullangan aholining yashash manzillari o'ziga xos tarzda tarkib topganligini ko'rsatdi.
K.P. Kaufmannit buyrugʻi bilan general Abramov qoʻmondonligidagi maxsus qoʻshin Sh. va Kitobni bosib olgan. Biroq rus qoʻshini qoʻmondonligi Sh. va Kitobni Buxoro amiri tayinlagan beklarga topshirib, Samarqandga qaytishgan. Sh. 1920yilgacha Buxoro xonligi tarkibida boʻlgan.
20-asr oʻrtalarida shahrida „Hujum“, badiiy buyumlar, tikuvchilik, keyinroq pillakashlik fabrikalari ishlay boshladi. 1930—40 ylarda shahridagi tarixiy yodgorliklarning ahvoli achinarli holda boʻlgan, ulardan omborxona, turar joy va boshqalar maqsadlarda foydalanilgan
Mustaqillik yillarida Sh. qiyofasi tubdan oʻzgardi. Shahar markazi qayta qurildi. 1996-yilda shahar maydoni 2460 gektarga kengaygan.
Shahridagi eng katta maydon — Amir Temur maydoni. Shahar markazidan eng katta Ipak yoʻli koʻchasi oʻtadi. 11 ta yirik sanoat korxonasi (shu jumladan, „Hujum“ badiiy buyumlar fabrikasi, „Sado“ trikotaj fabrikasi, „Konserva“ va „Sharob“ aksiyadorlik jamiyatlari, toʻqimachilik, pillachilik fabrikalari va boshqalar), 8 qoʻshma korxona (shu jumladan, Oʻzbekiston—Buyuk Britaniya „Mevalar kamalagi“; Oʻzbekiston—AQSH „Shahinterneshnl“; Oʻzbekiston—
Rossiya „Kompasqoqsuv“; Oʻzbekiston—Turkiya „Shahri Kesh“Oʻzbekiston— Turkiya— Yaponiya „Oqsaroy toʻqimachi LTD“ va boshqalar), kichik, oʻrta biznes subyektlari faoliyat koʻrsatadi. Savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud. Buxoro oziqovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutining umumtexnika fti, kasb-hunar kolleji va akademik litseylar ishlab turibdi. 10 ta jamoat kutubxonasi, madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bogʻi, teatr, tarix va moddiy madaniyat muzeyi, 3 ta bolalar musiqa va sanʼat maktabi, 2 ta bolalar sport maktabi bor. 3 ta tennis korti, 3 ta suzish havzasi, stadion, 18 ta sport zali mavjud.
Markaziy kasalxona (1050 oʻrin), yangi jarrohlik markazi aholiga xizmat koʻrsatadi. Transport yoʻli vokzali, avtovokzal, aeroport ishlab turibdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2002-yil 29-
martda shahrining 2700 yillik yubileyini nishonlash toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Ushbu yubiley butun mamlakatimizda va shahrida keng nishonlandi. Bu tantanalarda YUNESKO vakillari ham qatnashdi. Sh. Jahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan (2002-yil dekabr). Shaharda koʻplab anjumanlar va konferensiyalar oʻtkaziladi.
SH. ahlining Temuriylar davri ulkan madaniy va maʼnaviy merosi, noyob tarixiy yodgorliklarini asrabavaylash, yosh avlodni buyuk ajdodlarimizning munosib vorislari qilib tarbiyalash va ularni ozod mamlakatimiz buyuk istiqbolini yaratishga qodir kishilar qilib voyaga yetkazish ishiga qoʻshgan alohida xizmatlari eʼtiborga olinib hamda sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati Sh. „Amir Temur ordeni“ bilan mukofotlandi)
Qashqadaryo viloyatida tarixiy obidalar soni asosanShahrisabz,QarshivaKitobtumanlarida koʻp uchraydi. Shahrisabz shahriUNESCObutun jahon maʼdaniy merosligiga kiritilgan. Qashqadaryo
viloyatida oʻzining uzoq oʻtmishiga ega ekanligi sabab tarixiy obidalar soni va ilmiy yangiligi turfa xillikni tashkil etadi. Qashqadaryo viloyatida tarixiy obidalar soni hududlar kesimida turlicha hisoblanadi

  • Qarshi shahar — Arxeologik yodgorliklar 28 ta, Arxitektura yodgorliklari 25 ta, monumental sanʼat yodgorliklari 6 ta, diqqatga sazovor joylar 1 ta.

  • Shahrisabz tumani — Arxeologik yodgorliklar 138 ta, Arxitektura yodgorliklari

22 ta, monumental sanʼat yodgorliklari 5 ta.

  • Yakkabogʻ tumani — Arxeologik yodgorliklar 195 ta, Arxitektura yodgorliklari

38 ta, monumental sanʼat yodgorliklari 2 ta, diqqatga sazovor joylar 2 ta.

  • Kitob tumani — Arxeologik yodgorliklar 281 ta, Arxitektura yodgorliklari 16 ta, monumental sanʼat yodgorliklari 3 ta, diqqatga sazovor joylar 5 ta.

  • Gʻuzor tumani — Arxeologik yodgorliklar 94 ta, Arxitektura yodgorliklari 9 ta, monumental sanʼat yodgorliklari 3 ta, diqqatga sazovor joylar 3 ta.

  • Koson tumani — Arxeologik yodgorliklar 76 ta, Arxitektura yodgorliklari 11 ta, monumental sanʼat yodgorliklari 4 ta, diqqatga sazovor joylar 1 ta.

  • Chiroqchi tumani — Arxeologik yodgorliklar 58 ta, Arxitektura yodgorliklari 16 ta, monumental sanʼat yodgorliklari 3 ta, diqqatga sazovor joylar 2 ta.

  • Shahrisabz shahri — Arxeologik yodgorliklar 29 ta, Arxitektura yodgorliklari 28 ta, monumental sanʼat yodgorliklari 5 ta.

  • Qarshi tumani — Arxeologik yodgorliklar 58 ta, Arxitektura yodgorliklari 29 ta, monumental sanʼat yodgorliklari 28 ta, diqqatga sazovor joylar 5 ta.

  • Kasbi tumani — Arxeologik yodgorliklar 79 ta, Arxitektura yodgorliklari 11 ta, monumental sanʼat yodgorliklari 2 ta, diqqatga sazovor joylar 2 ta.

  • Nishon tumani — Arxeologik yodgorliklar 3 ta, Arxitektura yodgorliklari 1 ta, diqqatga sazovor joylar 3 ta.

  • Mirishkor tumani — Arxeologik yodgorliklar 9 ta, Arxitektura yodgorliklari 6 ta, monumental sanʼat yodgorliklari 2 ta, diqqatga sazovor joylar 1 ta.

  • Muborak tumani — Arxeologik yodgorliklar 2 ta, Arxitektura yodgorliklari 3 ta, monumental sanʼat yodgorliklari 2 ta, diqqatga sazovor joylar 1 ta.

Qashqadaryo viloyati rekreatsion jihatdan shifobaxsh buloqlari, dam olish maskanlari, sanatoriyalar, sohil hududlari mavjud.
Viloyat hududdagi dam olish maskanlari togʻ oldi va togʻli hududlarda joylashgan. Jumladan, Miroqi shaharchasi, Kitob Milliy Tabiat qoʻriqxonasi, Hisor davlat qoʻriqxonasi, Koʻl, Varganza, Xazora, Gʻilon qishloqlarida salomatlikni tiklash uchun qulay iqlimiy sharoitlar mavjud.


Yüklə 131,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə