1-Bob. Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani haqida umumiy ma’lumot


-Bob Yerdan foydalanish ro’yxat qilish mazmuni,huquqi va majburiyatlari



Yüklə 131,03 Kb.
səhifə3/4
tarix22.03.2024
ölçüsü131,03 Kb.
#182487
1   2   3   4
Erlan kurs ishi

2-Bob Yerdan foydalanish ro’yxat qilish mazmuni,huquqi va majburiyatlari
Davlat yer kadastrini yuritish tartibi - yerdan foydalanish tartibi, shartlari va shakllari. Turli mamlakatlarda turlicha boʻlishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashaydigan xalqlarning yerga mulkchilik huquqi davlat tomonidan amalga oshiriladi. Yer qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligini yuritish uchun shirkat (jamoa) xoʻjaliklariga, davlat, kooperativ, jamoat korxonalariga, muassasalar va tashkilotlarga, diniy tashkilotlarga, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, qoʻshma korxonalarga, xalqaro birlashmalar va b.ga doimiy yoki vaqtincha foydalanish uchun beriladi. Ye.f. tartib va shartlari Yer kodeksi bilan belgilanadi. Yerni foydalanishga berish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maqkamasi, viloyat va tuman (shahar) hokimliklari qarorlari asosida amalga oshiriladi. Odatda, yerga egalik qilish va yerdan foydalanish huquqiga ega boʻlgan korxona, muassasa, tashkilot va fuqarolar yerdan doimiy foydalanuvchilar deb hisoblanadi.
Yerdan vaqtincha foydalanish qisqa (3 yilgacha) va uzoq (3 yildan 10 yilgacha) boʻlishi mumkin. Fermer xoʻjaliklari uchun 50 y.gacha, yaylov chorvachiligi uchun yer maydonlari 25 y.gacha muddatga berilishi mumkin. Qishloq va oʻrmon xoʻjaligi korxona, tashkilot va muassasalariga, dehqon va fermer xoʻjaliklariga yerdan doimiy foydalanish huquqi davlat dalolatnomasi bilan guvohlanadi hamda yerga egalik qilish huquqining himoya qilinishi davlat tomonidan taʼminlanadi. Yer egaliklariga qarashli yerlarni vaqtincha foydalanishga berilganda belgilangan muddatdan soʻng tuproqning unumdorligini dastlabki holatiga keltirib qoʻyilishi shart (qarangYer rekultivatsiyasi).
Respublikamiz yer fondi yer kadastri bilan uzviy bog’liqdir. Chunki aynan yer kadastri mamlakatimiz hamma yer maydonlarida yagona uslubiyat asosida o’tkaziladi.
O’zbekiston Respublikasida yer - davlat mulki, umummilliy boylikdir, undan oqilona foydalanish zarur. Yer davlat tomonidan muxofaza qilinadi. Davlat yerning asosiy egasi sifatida yer fondiga egalik qilish va undan to’g’ri foydalanishni ham tashkil etishi zarur. Shunday tashkiliy tadbirlardan biri davlat yer kadastri hisoblanadi.
Demak, mamlakatning yagona yer fondi-yer kadastrining ob’ekti hisoblanadi. Yer fondi undan foydalanishning asosiy maqsadiga qarab quyidagi toifalarga bo’linadi: 1) qishloq xo’jaligi yerlari - qishloq xo’jaligi extiyojlari uchun yoki shu maqsadlarga mo’ljallangan yerlar;

  1. aholi punktlarining yerlari (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlari yerlari), shahar va poselka va qishloq aholi punktlari chegaralari doiralaridagi yerlar;

  2. sanoat, transport, aloqa, mudofaa maqsadlarida foydalanish uchun mo’ljallangan yerlar;

Qishloq xo’jalik ehtiyojlari uchun ajratib berilgan yerlar shu sohaga mo’ljallangan yerlar deb hisoblanadi. Bu yerlar qishloq xo’jaligi maqsadlarida faoliyat
ko’rsatish uchun zarur bo’lgan ekinzorlar, daraxtzorlar, ichki xo’jalik yo’lllari, kommunikatsiyalar, o’rmonlar, berk suv xavzalari, binolar va inshootlar, aholi yashash joylari bilan band bo’lgan yerlarga ajratiladi. Haydaladigan yerlar, ko’p
yillik
darxtzorlar (Bog’zor, tokzor va tutzorlar), yaylovlar, pichanzorlar va bo’z yerlar qishloq xo’jaligi yerlari jumlasiga kiradi. Qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlar doimiy yoki vaqtinchalik foydalanish maqsadlarida qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish
kooperativlariga (shirkatlarga), boshqa qishloq xo’jalik korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga, fermer xo’jaliklarini tashkil etish va yuritish, dehqon xo’jaligini, xususiy bog’dorchilik, jamoa bog’dorchiligi va uzumchiligi uchun Respublika fuqarolariga, yordamchi qishloq xo’jaligini yuritish uchun qishloq xo’jaligi bilan shug’ullanmaydigan korxonalar; muassasalar va tashkilotlarga beriladi. Qishloq xo’jaligi yerlarini irrigatsiyalash va suvdan foydalanish tizimiga asoslangan qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishning asosi va yerlardan foydalanish jarayonida tuproq unumdorligini oshirishning shartidir. Qishloq xo’jaligida foydalaniladigan va sug’orishni ta’minlay oladigan sug’orish manbaasi bilan bog’langan doimiy yoki muvaqqat sug’orish tarmog’iga ega bo’lgan yerlar sug’oriladigan yerlar jumlasiga kiradi. Sug’oriladigan yerlar davlat organlari tomonidan maxsus muhofaza qilinadi, ularni sug’orilmaydigan yerlar sarasiga o’tkazish alohida hollarda, tuproq – meliorativ va iqtisodiy sharoitlarni hamda yerlarning suv bilan ta’minlanganligini, ulardagi mavjud suv resurslarini va ularga belgilangan me’yorlashni e’tiborga olib viloyat hokimliklari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Shahar va posyolka doirasidagi barcha yerlar shaharlar va posyolkalar yerlariga kiradi. Shahar va posyolkalar yerlari tarkibiga shahar qurilishi yerlari, umumiy foydalanishdagi yerlar, qishloq hujaligida foydalaniladigan yerlar, daraxtzorlar egallagan yerlar, sanoat transport, aloqa, mudofaa yerlari va boshqa maqsadlarga mo’ljallangan yerlar, tabiatni muhofaza qilish, sog’lomlashtirish, rekreatsion va tarixiy – madaniy maqsadlarga mo’ljallangan yerlar, suv fondi yerlari va zahira yerlarkiradi.
Qishloq aholi punktlarining yerlariga belgilab qo’yilgan chegaralari doirasidagi hamma yerlar kiradi. Qishloq va ovul, o’zini-o’zi boshqarish organlari tassarrufidagi qishloq aholi punktlarining qishloq xo’jaligi hamda o’rmon xo’jaligi korxonalari muassasalari va tashkilotlari foydalanadigan yerlar kiradi. Sanoat yerlari jumlasiga sanoat korxonalariga, jumladan undirma sanoat va energetika korxonalariga ishlab chiqarish va yordamchi binolar hamda inshoatlar qurilishiga doimiy foydalanish uchun berib qo’yilgan yerlar kiradi. Тransport yerlari jumlasiga temir yo’l, ichki suv transporti korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga transport inshoatlari, qurilmalari va boshqa ob’ektlarni ishlatish, saqlab turish, qurish,
qayta qurish, ta’mirlash, takomillashtirish va rivojlantirish sohasida ular zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun doimiy foydalanishga berib qo’yilgan yerlar kiradi. Aloqa yerlariga aloqa tizimi ob’ektlarini hamda ularga tegishli inshoatlarni joylashtirish, aloqa, radioeshittirish, televideniya va axborot korxonalari muassasalari va tashkilotlariga doimiy foydalanish uchun berib qo’yilgan yerlar kiradi. Qurolli kuchlar, chegara, ichki va temir yo’l qo’shinlarining harbiy qismlari, harbiy o’quv yurtlari, korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining joylashishi hamda
doimiy faoliyati uchun berib qo’yilgan yerlar mudofaa ehtiyojlari uchun mo’ljallangan yerlar deb e’tirof etiladi. Boshqa maqsadlar uchun mo’ljallangan yerlar jumlasiga korxonalar, muassasalar va tashkilotlar foydalanadigan, qishloq xo’jaligi yerlari aholi punktlari, sanoat transport, aloqa, mudofaa, tabiatni muhofaza qilish, sog’lomlashtirish, rekriatsion va tarixiy-madaniy maqsadlarga mo’ljallangan yerlar tarkibiga, shuningdek o’rmon va suv fondlari tarkibiga kirmagan yerlar kiradi. Suv xo’jaligi ehtiyojlari uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga belgilangan tartibda berib qo’yilgan suv xavzalari (daryolar, ko’llar, suv omborlari va gidrotexnika va boshqa suv xo’jaligi inshoatlari egallab turgan yerlar, shuningdek suv xavzalarining qirg’oqlari va boshqa suv ob’ektlari bo’ylab ajratib qo’yilgan zonadagi yerlar suv fondi yerlari jumlasiga kiradi.
Тabiatni muhofaza qilishga mo’ljallangan yerlar tarkibiga korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga maxsus maqsadlar uchun berilgan davlat
qo’riqxonalari, milliy va dendrologiya bog’lari, botanika bog’lari, buyurtma bog’lar
(ovchilikka mo’ljallangan yerlar bundan mustasno), tabiat yodgorligi yerlari kiradi. Kasallikning oldini olish va davolashni tashkil etish uchun qulay, tabiiy shifobaxsh omillarga ega bo’lgan, tegishli muassasalar va tashkilotlarga doimiy foydalanish uchun belgilangan tartibda berib qo’yilgan yer uchastkalari sog’lomlashtirish ishlari uchun mo’ljallangan yerlar jumlasiga kiradi. Aholining ommaviy dam olishi va turizmni tashkil etish uchun tegishli muassasalar va tashkilotlarga berilgan yerlar - rekreatsiya uchun mo’ljallangan yerlardir.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 17 iyuldagi «O’zbekiston Respublikasi davlat kadastrlari Yagona tizimini tashkil etish hamda uni yuritish tartibi to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida» gi 255-sonli qaroriga binoan bugungi kunda Respublikada qator rivojlangan horijiy davlatlardagi singari davlat kadastrining yagona tizimi yaratilmoqda. Davlat kadastrining yagona tizimi
(DKYaТ)
– bu barcha turdagi davlat va tarmoq kadastrlarini yagona tamoyil asosida birlashtiruvchi kup qirrali informatsion tizim hisoblanadi. DKYaТ yer yuzasining har
bir hisob-kadastr uchastkasi bo’yicha ularning geografik holatini, huquqiy hamda xo’jalik statusini yoritgan holda yer, suv, o’rmon, qazilma boyliklar, o’simliklar va hayvonot dunyosi, ko’chmas mulk va boshqa tabiiy, shuningdek xo’jalik resurslari to’g’risidagi xujjatlashtirilgan ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Bunday takomillashgan
tizim asosan O’zbekiston Respublikasining tabiiy iqtisodiy salohiyatini umumdavlat nuqtai nazaridan majmuali tarzda hisob kitob qilish va baholashni ta’minlash maqsadida yaratiladi hamda yuritiladi. Yer uchastkalari va ob’ektlarning huquqiy holatlari to’g’risidagi ma’lumotlar, belgilangan tartibga mos holda aniqlangan tarmoq kadastrlarining ma’lumotlari DKYaТ ning asosini tashkil etadi. DKYaТ asosan davlat boshqaruv tizimini, yuridik hamda jismoniy shaxslarni ularning faoliyatlari uchun zaruriy ma’lumotlar hamda hududlar va ko’chmas mulk to’g’risidagi ma’lumotlar bilan tezkorlikda ta’minlashga mo’ljallangan. Uning ma’lumotlari davlat boshqaruvining barcha tizimlari, yuridik hamda jismoniy shaxslar, shu jumladan, chet el fuqarolari uchun zaruriy kuchga egadir. Kadastr xujjatlari mulkchilik hamda xo’jalik yuritishning barcha shakllarining ob’ektlari to’g’risidagi birlamchi huquqiy iqtisodiy va texnik ma’lumotlar sifatida qabul qilinishizarur.
DKYaTning obyektlari quyidagilardir

  • tabiiy resurslar (yer, suv, o’rmon, yer osti qazilma boyliklari va boshq.);

  • binolar va inshoatlar, transport va muhandislik kommunikatsiyalari;

  • DKYaТ vazifalarini bajarish uchun zarur bo’lgan ob’ektlar; DKYaТ ning ob’ektlari to’g’risidagi ma’lumotlar respublika bo’yicha qo’yidagicha yagona texnologik asosida qaraladi:

  • davlat yer kadastri bo’yicha – joylardagi davlat hokimiyati tizimi, qishloq va suv

xo’jaligi vazirligi tizimi tomonidan;

  • davlat suv kadastri bo’yicha – gidromelioratsiya bo’yicha Bosh boshqarma (tabiiy suv manbaalari), geologiya va mineral resurslar Davlat qo’mitasi (yer osti suvlari), qishloq va suv xo’jaligi vazirligi (suv resurslaridan foydalanish va yerlarning meliorativ holati); - davlat o’rmon kadastri bo’yicha – qishloq va suv xo’jaligi vazirligi (o’rmonchilik

Bosh boshqarmasi);

  • davlat yer osti qazilma boyliklari kadastri bo’yicha – geologiya va mineral resurslar;

  • alohida muhofaza qilinadigan hududlar bo’yicha – tabiatni muhofaza qilish;

  • hayvonot dunyosi, o’simliklar dunyosi bo’yicha – Fanlar Akademiyasi;

  • ko’chmas mulk kadastri bo’yicha – joylardagi davlat hokimiyati organlari hamda

Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Davlat qo’mitasi;

  • davlat qurilish kadastri bo’yicha – joylardagi davlat hokimiyati organlari hamda arxitekturaqo’mitasi;

DKYaТ ning ma’lumotlari asosan quyidagi maqsadlar uchun foydalaniladi:

  • iqtisodiy islohatlarni, jumladan yer islohatini amalga oshirish; - hududni majmuali tarzda ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishga dasturlar tuzish;

  • tabiiy resurslar va kuchmas mulkni majmuali tarzda hisob qilish, baholash o’tkazish;

  • xo’jalik yuritish sub’ektlari tomonidan tabiiy ob’ektlar va hududlarga yetkazilgan;

  • hududlar to’g’risida ma’lumotlar talab qilinadigan boshqa faoliyatlarni amalga oshirish.

DKYaТ ni vujudga keltirish hamda ushbu tizim faoliyatini takomillashtirib borish O’zbekiston Respublikasi Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Davlat qo’mitasi hamda uning viloyatlar va tumanlar (shaxar) hokimiyatlaridagi ko’chmas mulk kadastri xizmatlariga yuklatilgan. Ular o’z faoliyatlarini Vazirlar Mahkamasi, viloyat va tuman (shaxar) hokimiyatlari tomonidan tasdiqlangan qoidalarga muvofiq holda olib boradilar.
DKYaТ quyidagi tamoyillarga binoan yuritiladi:

  • respublikaning barcha hududlarini to’la qamrab olish; - markazlashganrahbarlik;

  • kadastr ma’lumotlarini qayta ishlash va taqdim etishning birligi; - barcha turdagi kadastrlar tizimining yer kadastri asosida shakllanishi;

  • avtomatlashtirilgan informatsion texnologiyalarni qo’llash; - ma’lumotlarning ob’ektivligi, to’laligi, aniqligi hamda haqqoniyligi; - ma’lumotlarni to’ldirilishi va yangilanishining uzluksizligi;

  • ma’lum chegaralangan foydalanuvchilardagi mavjud ma’lumotlarning maxfiyligi.

Shunday qilib, respublikada shunday yagona informatsion kadastr tizimi vujudga kelmoqdaki, u so’zsiz iqtisodiyotimiz tarmoqlari uchun hozirgi bozor munosabatlari sharoitida so’zsiz muhim amaliy ahamiyatga ega bo’ladi.
Тizim tarkibiga kiruvchi yer kadastri qolgan barcha kadastrlar ob’ektlari aynan ushbu maydonlarning ustki yoki ostki qismlarida shakllangan va joylashgan. Ushbu ob’ektlar bo’yicha tarmoq kadastrlarini yuritishda birinchi galda yer tug’risidagi ma’lumotlarga tayaniladi. Bu hol so’zsiz albatta davlat yer kadastrini to’g’ri va har tomonlama asoslangan holda yuritishni taqozo qiladi.
Yer kadastri ma’lumotlarni olish va kayta ishlashning sitatistik usullari . Yer kadastri iktisodiyot tarmoklari xisobiniig tartibiy kismi bulgani xolda yer maydonlarinig xukukiy, tabiy xolda xujalik xolatlari tugrisidagi ma’lumoyelarni olish kayta ishlash va taxlil kilishning sitatistik usullraiga asoslanadi. Ma’lum bir tatkikotobektini urganish uchun birlamchi ma’lumotlar olishga sitatiskada kuzatuv deyiladi. Statistik kuzatuvning asoaiy moxiyati ishtimoyiy xayotdagi voqiyliklar va jarayonlar tugrisidagi turli tuman ma’lumotlarni rejalash tarzda ilmiy tashkil etilgan xolda yulashdan iborat. Masalan urlarni iktisodiy jixatdan baxolash uchun yerlardan foydalanish xarakterini taxlil kilishda yerlarni va yer egalarini urtasidagi taksimotini ur shurlarini tarkibiy tuprok banitirofkasi materilari, ekin maydonlari, xosildorlik, sof daromad yalpi maxsulot mikdorlari, sarflangan mgdiy va mexnat resurislari yeugrisidagi ma’lumotlar to’planadi, qayta ishlanadi va shu asosda baholash ishi o’tkaziladi .
Statistik kuzatuvlar tatqiqotning asosiy zvenosi xisoblanadi. Ular u yoki bu voqelik uchun birlamchi ma’lumotlar beradi. Shu sababli tabiiyki, statistik ma’lumotlarni tahlil qilish natijasida qilinadigan xulosalarning asosliligi kuzatuv natijasida olinadigan ma’lumotlarning to’laligiga va sifatiga bog’liqdir.
Chunonchi, anik va kat’iy ishonchli xolda ma’lumotlarni tuplash statistik kuzatuvlarning zaruriy shartli buladi.
Statistik kuzatuvlar ma’lum bir reja asosida utkaziladi. Bu rejada kuzatuvlarning shakllari, turlari va usullari, shuningdek kuzatuvlarni amalga oshirish buyicha tashkiliy tadbirlar kayd kilinadi.
Statistik kuzatuvlarning asosiy shakllari – bu hisobot va ruyxatga olishdir (perepis) . Хisobot-bu shunday kuzatuv shakliki, bunda statistik organlar, ma’lum muddatlar bo’yicha, korxona, muassasa va tashkilotlardan qonuniy belgilangan hujjat ko’rinishidagi zaruriy materiallarni oladi. Hisobot shakllari va ularni tekshirish muddatlari respublika markaziy statistikka boshqarmasi (MSB) tomonidan belgilanadi. Olinadigan ma’lumotlarning ahamiyati va zarurligiga qarab hisobotlar turli muddatli bo’ladi: oylik, kvartal, yarim yillik va yillik. Yer kadastrida asosan yillik hisobotlar keng tarqalgan. Korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlari o’z egaligi yoki foydalanishidagi yerlar tarkibida ro’y bergan o’zgarishlarni hisobga olganlari holda har yili yer maydonlarining holati to’g’risida hisobot topshiradilar. Davlat yer tuzish organlari har yili qishloq xo’jalik yerlari, sug’oriladigan va quritiladigan yerlar, yer trlari, va yer egaliklari bo’yicha taqsimlanishi to’g’risida, hamda besh yilda bir marta-yerlarni yer toifalari, yer turlari, yer egaliklari, yerdan foydalanuvchilar, yer mulkdorlari, yerlarning sifat holati va bahosi to’g’risidagi ma’lumot o’zida jamlagan hisobotlar topshiradilar. Bu hisobotlarda yerlarning meliorativ holati va yerdan foydalanish to’g’risidagi ma’lumotlar ham beriladi.
Ammo hisobotlar turli xilda bo’lishlariga qaramasdan ular bir qator masalalar bo’yicha materiallar bermaydi. Bir qancha ko’rsatkichlar bo’yicha hisobotlar umuman tuzilmaydi. Shuning uchun ham maxsus statistik kuzatuvlar o’tkazish zaruriyati tug’iladi. Bu - ro’yxatga olishdir. Ro’yxatga olish deb, shunday kuzatuv tushuniladiki, bunda statistik organlar aniq muddatga maxsus tashkil etilgan kuzatuv yo’li bilan materiallar to’playdilar. Respublikamizda davriy ravishda kup yillik mevali daraxtlarni, meliorativ inshootlarni, ruyxatga olish, yuklama kilish (inventarizatsiya) kurinishida sugoriladigan yerlarni ruyxatga olish ishlari bajariladi. Ruyxatga olish xisobotda bulmagan ma’lumotlarni tuldiradi, xisobot ma’lumotlarini kengaytiradi, shuningdek ularning ishonchliligini tekshiradi. Yer kadastri amaliyotida nisbiy kursatkichlardan tashkari kiymatlardan xam foydalaniladi. Ular odatda bir xil belgilarga ega bulgan tipik mikdorlarni umumlashtirishning mikdoriy tavsifini beradilar. Masalan, konturlarning urtacha ulchami, yer egaliklarining, urtacha maydonlari xujalik ekinlarining urtacha xosildorliklari, kishlok xujaligining urtacha yangi maxsulot mikdori, tuproklarning urtacha bonitet ballari va xakozolar.
Хisoblash usullari buyicha odatda kuyidagi urtacha kiymatlar ajratiladi: urtacha arifmetik, urtacha garmonik, urtacha geometrik, urtacha kvadratik, moda va mediana. Urtacha arifmetik ancha keng tarkalgan urtacha kiymat xisoblanadi. U oddiy va keltirilgan kiymatlarga bulinadi.
Statistik ma’lumotlarni taxlil kilish statistik tadkikotning eng murakkab va ma’suliyatli, shu bilan birga, yakuniy boskichi xisoblanadi. Agarda statistik kuzatuvning asosiy vazifasi ma’lumotlar yigish bulsa, svodkaning vazifasi olingan ma’lumotlarni birlamchi kayta ishlashni tashkil etadi. Тaxlilning vazifasi esa ijtimoiy vokeilikning mikdorlarida va nisbatlaridagi uzgarishlarda aks etadigan konuniyatlarni aniklash xamda tushuntirish, va shu asosda tugri nazriy va amaliy xulosalar chikarishdan iborat. Тaxlilning mazmuniga uni vazifasini aniklash, jalb kilinadigan materiallarni tankidiy baxolash, faktlarni e’tirof etish vatakoslash asosida ularni baxolash, belgilar urtasidagi uzaro bogliklikni aniklash, tadkik kilinayotgan jarayonlar dinamikasini aniklash, taxlil natijalarini tushuntirish, xulosalar va Amaliy takliflarni berish kiradi. Kuzatuvlar natijasida tuplangan va svodka yordamida kisman kayta ishlangan ma’lumotlar urganilayotgan obekt tugrisida xali Тula-tukis tushuncha bermaydi. Shuning uchun tuplangan ma’lumotlarni birlamchi kayta ishlash jarayonida ma’lumotlarni guruxlash, urtacha va nisbiy kiymatlarni aniklash, dinamik katorlarni tuzish va taxlil kilish ishlari bajariladi. Ammo statistik ma’lumotlarni boshlangich taxlil kilishning bu uslublari fakat vokelikning uzgarishidagi umumiy xolatini aniklash uzgarishining konuniyatlarini mikdoriy yoritishga imkon beradi, ammo tadkik kilinayotgan obektni uzgarishiga aloxida omillarning ta’sir darajalarini aniklay olmaydi. Statistik ma’lumotlarni taxlil kilish ijtimoiy jarayonlar rivojlanish konunlari va shakllariga asoslanishi xamda uzaro bogliklikda olingan ma’lumotlarning butun bir jamlamasiga tayanishi zarur. Belgilar urtasidagi bogliklar turli usullar yordamida aniklanadi. Guruxlash, nisbiy va urtacha kursatkichlar, dinmik katorlar bilan birga parallel katorlar uslubi, balanslash uslubi analitik guruxlash uslubi, korrelyatsion taxlil uslubidan foydalaniladi.

Xulosa
Qashqadaryo viloyatida Shahrisabz deb nomlangan ajoyib bog 'shahri mavjud. Shahar juda qadimiy tarixga ega, u ko'p narsalarni boshdan kechirgan, ajablanarli emas, chunki Shahrisabz tashkil topganiga 2,5 ming yildan oshdi. U mashhur Tamerlan (Amir Temur) ning tug'ilgan joyi sifatida tanilgan.
Shahar markazida qadimiy Oq-Saroy majmuasi (oq saroy) - haqiqiy qadimiy olmos bor. Saroy Tamerlanning eng sevimli qarorgohi bo'lgan, u butun qalbini uning qurilishiga sarflagan. Yuzlab hunarmandlar va me'morlar taklif qilindi. Oq-Saroy qurilishi hukmdor Maverannaxrda o'z kuchini kuchaytirgandan so'ng darhol boshlandi (1380); qurilish ishlari 24 yil davom etdi. Oq-Saroy o'z davrining haqiqiy durdonasi edi, bezatish mahorati va saroy qudrati nafaqat tub aholini, balki chet ellik mehmonlarni ham hayratga soldi.
Buning ajablanarli joyi yo'q, chunki saroy ulkan maydonni egallagan, shu kungacha aniq raqamlarni aniqlab bo'lmaydi va barchasi tuproqning tabiiy buzilishi sababli. Oq-Saroyda misli ko'rilmagan asosiy darvoza balandligi, taxminan etmish metr bo'lgan, minoralar eskirgan, ammo shu kungacha saqlanib qolgan. Me'moriy mo''jizaning asosiy diqqatga sazovor joyi saroy tomidagi basseyn, mohirlik bilan qurilgan suv omborida sharshara bor edi va unga tog 'daryosidan suv kirib kelgan.
Saroyni bezatish alohida e'tiborga loyiqdir - bu ishlarga yuzlab eng yaxshi hunarmandlar jalb qilingan. Binolarning barcha fasadlari qo'lda bo'yalgan plitkalar bilan qoplangan. Ichkaridagi xonalar va binolar ham bezatilgan va oltin bo'yoq bilan bezatilgan. Oq-Saroyning hovlilariga ajoyib oq plitalar yotqizilgan va har bir hovlida shunday ajoyib bog'lar bo'lganki, ularni jannatmakon joy deb atashgan.
Bir paytlar ulug'vor va hashamatli Oq-Saroy saroyining qoldiqlari bugungi kungacha saqlanib qolgan, butun sobiq ulug'vorligini butunligicha qolgan qismlarda tasavvur qilish mumkin, bu yodgorlik YuNESKOning Butunjahon merosi fondiga kiritilganligi bejiz emas. Ko'p asrlik devorlar hayratga soladi, chunki hech kim o'z tarixida qanchalar ko'rganligini bilmaydi.



Yüklə 131,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə