Audit” fаnidаn mustaqil ish mavzu: tahliliy amallar



Yüklə 80,82 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü80,82 Kb.
#152917
Audit


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM,
FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

SIRTQI BOʼLIM
AUDIT” FАNIDАN
MUSTAQIL ISH
MAVZU: TAHLILIY AMALLAR.
Bajardi: SBI-52 guruh talabasi
Yarlaxapov Sirojiddin Uralovich
Qabul qildi: _________________.
Toshkent – 2023
Reja:

  1. Tahliliy amallarning turlari va ularning qo'llash tartibi.

  2. Tahliliy amallarni qo'llashni xorij tajribasi.



Iqtisodiyot barqarorligini ta’minlovchi asosiy vosita auditorlik faoliyati ekanligi bejiz emas. Chunki, “bozor mexanizmining asosiy xususiyatlaridan biri tadbirkorlik faoliyatini yurituvchi sub’ektlar o’rtasida ularning iqtisodiy javobgarligi va to’liq iqtisodiy mustaqilligi asosida qonun va shartnomalar intizomiga qat’iy rioya qilish xisoblanadi”. Ana shu jixatlar xar doim xam to’g’ri yo’lga qo’yilayotgani yo’q. Buning oldini olish uchun esa bevosita auditorlik faoliyatining faolligi yani taxliliy amallarni bajarilishi talab qilinadi. Tadqiqotning dastlaki bobi orqali ushbu jixatlarga ilmiy yondashilganligidan kelib chiqib, auditorlik amallari va auditorlik dalillarni to’plashning o’ziga hos jixatlariga aloxida to’xtalib o’tish maqsadga muvofiqdir. Auditorlik taxliliy amallari va auditorlik dalilni etarli darajada to’play olishda auditorlik mezon va standartlariga asosan keng tadbiq qilish lozim. Auditorlik tashkiloti tomonidan tahliliy tadbirlarning bajarilishida qo’llanadigan me’yorlarning belgilanishi standartning maqsadi bo’lib hisoblanadi. . Standartning vazifalari: -tahliliy tadbirlarni o’tkazish maqsadlarini belgilash. tahliliy tadbirlar turlarining tavsifi. -tahliliy tadbirlarni bajarish tartibi va usullarini belgilash. -tahliliy tadbirlar natijalari olinganidan keyin auditorlik tashkilotining harakatlarini tartibga solish. Mazkur standartning talablari barcha auditorlik tashkilotlari uchun rasmiy auditorlik xulosasini tayyorlashni ko’zda tutuvchi auditning amalga oshirilishi chogida (ular tavsiyanoma tusiga ega ekanligi to’gridan-to’gri ko’rsatilgan qoidalari bundan mustasno), majburiy bo’lib hisoblanadi. Mazkur standart talablari, uning natijalari bo’yicha rasmiy auditorlik xulosasi tayyorlashni ko’zda tutmaydigan auditning amalga oshirilishi chogida, shuningdek, auditga turdosh xizmatlar (konsalting xizmatlari) ko’rsatilishi chogida tavsiyanoma tusida bo’ladi. Aniq topshiriq bajarilishi chogida mazkur standartning majburiy talablaridan chetga chiqilgan hollarda auditorlik tashkiloti buni o’zining ish hujjatlarida va audit hamda (yoki) unga turdosh xizmatlarga buyurtma bergan xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyatiga beriladigan yozma hisobotda majburiy tartibda keltirib o’tishi lozim. Tahliliy tadbir o’z ichiga quyidagilarni oladi: Xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotlari ko’rsatkichlarini uning rejadagi ko’rsatkichlari bilan solishtirish. Moliyaviy hisobotlarning amaldagi ko’rsatkichlarini auditorlik tashkiloti tomonidan belgilangan prognoz ko’rsatkichlari bilan solishtirish. Moliyaviy hisobotko’rsatkichlarini amaldagi qonunchilik va me’yoriy hujjatlar yoki xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning o’zi tomonidan belgilanadigan me’yoriy hujjatlar bilan solishtirish. Moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarini moliyaviy hisobot tarkibiga kirmaydigan ko’rsatkichlar bilan solishtirish. Moliyavi hisobot ko’rsatkichlarini tarmoqning o’rtacha ma’lumotlari bilan solishtirish. Moliyaviy hisobotko’rsatkichlarining vaqt o’tishi davomida o’zgarishlari va ular bilan bogliq bo’lgan nisbiy koeffitsientlar tahlili. Tahliliy tadbirlarning turi ularni o’tkazish maqsadi, ularni o’tkazish uchun zarur bo’lgan axborotga erishish imkoniyati va unga moslikka, xo’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyat turiga bogliq bo’ladi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti fakt ko’rsatkichlarini u tomonidan belgilangan reja bilan solishtirishda auditorlik tashkiloti: Xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan qo’llaniladigan rejalashtirish uslubiyatini baholashi; Reja ko’rsatkichlariga binoan hisobotdavri moliyaviy ko’rsatkichlari mijoz tomonidan o’zgartirilmaganligiga ishonch hosil qilishi kerak. Moliyaviy hisobotning fakt ko’rsatkichlarini mustaqil belgilangan prognoz ko’rsatkichlar bilan solishtirishda auditorlik tashkiloti o’z taxminlarini shakllangan tamoyillar asosida belgilaydi. Hisobot va me’yoriy ko’rsatkichlar negizida har xil turdagi koeffitsientlar va foizli nisbatlar hisob-kitobi samarali hisoblanadi. Koeffitsientlarni tanlash, ularning hisob-kitoblari usullarini va hisob-kitob vaqti davrlarini tanlash me’yoriy hujjatlarga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Ehtimoliy tavakkalchiliklar sohalarini aniqlash usullari: Joriy davr nisbiy ko’rsatkichlarining tahlili; Turli davrlarda xo’jalik yurituvchi sub’ekt uchun hisoblab qo’yilgan nisbiy ko’rsatkichlar o’zgarishining tahlili; Nisbiy ko’rsatkichlar bir necha turining o’zgarishlarini solishtirish. Xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti fakt ko’rsatkichlarini tarmoqning o’rtacha ko’rsatkichlari bilan solishtirganda, auditor shu xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatini tahlil qiladi. Bunda auditor shularni hisobga olishi kerakki, tarmoq ko’rsatkichlari mazkur xo’jalik yurituvchi sub’ekt ko’rsatkichlari bilan mutanosib bo’lmasligi mumkin, shuningdek xo’jalik yurituvchi sub’ektlar turli hisob siyosatidan foydalanishi ham mumkin. Auditor tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti ma’lumotlarini moliyaviy hisobot tarkibiga kirmaydigan ma’lumotlar (nobuxgalterlik ma’lumotlari) bilan solishtirish usuli qo’llangan taqdirda, auditor foydalanilayotgan nobuxgalterlik ma’lumotlarining aniqligiga ishonch hosil qilishi lozim. Hisobotning fakt ko’rsatkichlarini avvalgi davrlar ma’lumotlari bilan solishtirish jarayonida auditorlik tashkiloti auditni rejalashtirish bosqichidayoq ehtimolli tavakkalchiliklar sohalarini belgilab oladi. Ehtimolli tavakkalchiliklar sohalarini aniqlashning keng tarqalgan usullari quyidagilardir: Buxgalteriya balansi moddalarini solishtirish va ulardagi jiddiy o’zgarishlar tahlili; Moddalardagi o’zgarishlarni boshqa moddalardan o’zgarishlar bilan solishtirganda o’zgarishlarni tahlil qilish. Mazkur holda ehtimolli tavakkalchilik sohasi, bir ko’rsatkichdagi o’zgarish iqtisodiy tabiatiga ko’ra boshqa ko’rsatkichdagi o’zgarishga muvofiq kelmaganida aniqlanadi Moliyaviy xisobotning fakt kursatkichlarini mustakil belgilangan prognoz kursatkichlar bilan solishtirishda auditorlik tashkiloti o’z taxminlarini shakllangan tamoyillar asosida belgilaydi.
Eng muhim ko’rsatkichlar sifatida quyidagilarni olish va ularga nisbatan qo’llaniladigan foizlarni tavsiya sifatida belgilash mumkin -Tahliliy tadbirlarni qo’llash maqsadlari -Tahliliy tadbirlarni Qo’llash tahlil etilayotgan ko’rsatkichlar o’rtasidagi sababiy-oqibat aloqasining mavjudligiga asoslanadi. Tahliliy tadbirlarning maqsadlari: Xo’jalik faoliyatining ehtimolli tavakkalchiliklar sohasini belgilovchi gayrioddiy yoki noto’gri aks ettirilgan faktlari va natijalarining mavjudligi yoki mavjud emasligini aniqlash; Xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatini o’rganish; Xulosa qilib aytganda, jiddiylik va tavakkalchilik darajasini baholash auditorlik tekshiruvini muhim bosqichlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Uning malakali amalga oshirilishi nafaqat sifatli auditorlik hisoboti va xulosasi tuzish, balki auditorlik tashkiloti kabi, mijoz-tashkilotning ham barqaror rivojlanishiga zamin yaratadi. Moliyaviy hisobotbuzilishi faktlarini aniqlash; Mufassal auditorlik tadbirlari sonini qisqartirish; Yuzaga kelgan savollarga javob olish maqsadida testdan o’tkazishni ta’minlash Tahliliy tadbirlarni qo’llash: Auditorga auditni rejalashtirishda mijozni yaxshiroq tushunish va buxgalteriya balanslarini tekshirish orqali auditdagi tavakkalchilik darajasini belgilash imkoniyatini beradi. Boshqa auditorlik tadbirlari soni va hajmini qisqartirishga imkon beradi. Auditga audit vaqtida uning asoslangan, e’tiborli fikrini shakllantirishga yordam beradi. Qo’shimcha auditorlik tadbirlarini talab etuvchi tekshiruv sohalari aniqlab berishi mumkin bo’lgan moliyaviy muammolarning mavjudligini uzil-kesil tekshirish vazifasini bajaradi. Tahliliy tadbirlar auditning butun jarayoni davomida bajariladi. Auditorlik tadbirlarini bajarish tartibi quyidagilardan iborat: Tahliliy tadbirning bajarilishi quyidagilardan tarkib topadi: Tadbirlar maqsadini belgilash; 32 Tadbirlar turini tanlash; Tadbirlarni bajarish; Bajarilgan tadbirlarni tahlil etish. Tahliliy tadbirlarni bajarish bosqichida auditor quyidagilardan tanlab foydalanadi: Oddiy solishtirish; Hisobotdavrida biror-bir ko’rsatkichning o’zgarish tamoyillarini va ularning kelgusi yoki o’tgan davrlardagi tarqalishini aniqlash; Biror-bir ko’rsatkichlar o’rtasida miqdoriy o’zaro aloqadorliklarni kelgusi yoki o’tgan davrlarda ularning qiymatlarini hisoblab chiqish maqsadida aniqlash. Tahliliy tadbirlar yigma moliyaviy hisobotga ham, alohida balansga ajratilgan tarkibiy bo’linmalarga ham qo’llanishi mumkin. Tahliliy tadbirlar natijalarining ishonchliligi auditor tomonidan aniqlanmaganlik tavakkalchiligi, ichki xo’jalik tavakkalchiligi va nazorat vositalari tavakkalchiligi darajasining to’gri baholanishiga bogliq. Tahliliy tadbirlarning ishonchliligiga ta’sir etuvchi omillar: Ko’rib chiqilayotgan hisobvaraq bo’yicha qoldiqlarning muhimlik darajasi; Ayni bir tekshiruv ob’ektiga yo’naltirilgan boshqa tahliliy tadbirlar natijalari; Tahliliy tadbirlarni bajarishda qo’llanadigan ko’rsatkichlarning tafovut miqdorlari; Tahliliy tadbirlarni bajarishda nobuxgalterlik ma’lumotlaridan foydalanish. Auditorning tahliliy tadbirlarning bajarilish natijalari bo’yicha faoliyati Auditor tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarining gayrioddiy tafovutlarining aniqlanishi tahliliy tadbirlar bajarilishining natijasi hisoblanadi. Auditor tomonidan, boshqa manbalardan olingan dalillar bilan tasdiqlanmaydigan gayrioddiy tafovutlarning aniqlanishi holatlarida, u o’tkazilgan tahliliy tadbirlarning ob’ektivligi va ishonchliligiga shaxsan ishonch hosil qilish uchun ularni mufassal Tadqiq etishi lozim. 33 Tadqiq jarayoni xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyatini so’rov qilishdan boshlanishi kerak. Javoblar auditorlik dalillari bilan yoki auditorning xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati to’grisidagi bilimi bilan tasdiqlanishi lozim. Auditor, shuningdek, rahbariyat so’rovi natijalariga asoslangan boshqa auditorlik tadbirlarini o’tkazish imkoniyatlarini ko’rib chiqishi lozim. G’ayrioddiy tafovutlar miqdorini tahlil etishda, auditor, me’yoriy hujjatlarga asoslangan mezoniy qiymatlardan foydalanadi. Agar gayrioddiy tafovutlar auditor tomonidan maqbul deb topilgan darajadan oshib ketsa, bu holda tafovut miqdori Tadqiq etilishi kerak. Bu miqdorni mutlaq qiymatlarda aks ettirish qiyin bo’lgan hollarda auditor foizlarda aks ettirilgan miqdorlardan foydalanadi. G’ayrioddiy tafovutlar tahlili natijalarini, shuningdek, rejalashtirish va tahliliy tadbirlarning bajarilishi natijalarini auditor tekshiruv o’tkazish bo’yicha ish hujjatlarida aks ettirishi lozim. Tahliliy tadbirlarning natijalarini quyidagi hollarda Qo’llash lozim: Auditorlik xulosasini tuzishda zarur bo’lgan auditorlik dalillarini olish uchun; Auditorning iqtisodiy sub’ekt rahbariyatiga auditni o’tkazish natijalari bo’yicha yozma axborot tayyorlashi uchun. Ushbu amallarni bajarish muddati qisman olinishi lozim bo’lgan vaqt qulayligiga bog’liq. Shuni nazardan chetda qoldirmaslik joizki, auditor moliyaviy hisobotning muxim tasdig’i yuzasidan jiddiy shubhalangan taqdirda, u bunday shubxani bartaraf etish uchun etarli bo’lgan tegishli auditorlik dalillarni olishga xarakat qiladi. Agar auditor etarli bo’lgan tegishli auditorlik dalillarini ololmasa, auditor o’z fikrini sharhlar bilan bildirishi yoki bildirishdan voz kechishi lozim. Aynan shuni oldini olish maqsadida auditor kasbiy saloxiyatidan kelib chiqqan holda auditorlik dalillar to’plashning o’ziga xos hususiyatlariga etibor qaratib, etarlicha dalillar to’plashi lozim. Tekshirilayotgan korxonaning moliyaviy-iqtisodiy ko’rsatkichlarini tahlil qilish va baholashda qo’llaniladigan tahliliy audit amali 13-sonli “Tahliliy amallar” nomli auditorlik faoliyatining milliy standarti bilan tartibga solinadi. Auditorlar hamda audit natijalaridan foydalanuvchilar tomonidan “tahliliy amallar” termini tekshirilayotgan korxonaning moliyaviy xo’jalik faoliyati tahlilini to’liq aks etmaydi degan noto’g’ri qarash shakllangan. Tahliliy amallardan xo’jalik yurituvchi sub’ektga oid buxgalteriya hisobotlarining ishonchliligini baholashda foydalaniladi va shu asosda moliyaviy xo’jalik faoliyati tahlili amalga oshiriladi. Shu bilan birgalikda, auditorlik tekshiruvida tahliliy amallar iqtisodiy tahlilning usullariga asoslanadi. Shu boisdan ham moliyaviy xo’jalik faoliyati tahlilini yakuniy tahliliy amallar deb shartli belgilab olish mumkin. Shunday qilib, auditorlar xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy-xo’jalik faoliyati tahlilini amalga oshirishga tayyor bo’lib, tahliliy amallardan auditorlik tekshiruvi jarayonida keng foydalana oladi. Tahliliy amallardan auditorlik tekshiruvining barcha bosqichlarida foydalanish audit sifatini ortishiga, mehnat sarfining esa kamayishiga ta’sir etadi. Tekshiruv jarayonida ular auditning boshqa amallari bilan birgalikda amalga oshiriladi. Tahliliy amallarni bajarish quyidagilarni, ya’ni: tahliliy amallar maqsadini aniqlashni; -tahliliy amallar usullarini belgilashni; ahliliy amallarni bajarishni; -natijalar tahlilini o’z ichiga oladi. Auditni rejalashtirish bosqichida auditor tomonidan tahliliy amallarni qo’llash orqali xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining xususiyati, hisobotda noto’g’ri aks ettirilgan faktlar, yuqori riskka ega bo’lgan holatlar aniqlanadi. Auditor auditning maqsadidan kelib chiqqan xolda tahliliy amal usullarini mustaqil ravishda belgilaydi. Tahliliy amallar quyidagi asosiy usullardan tashkil topadi: -mutlaq va nisbiy ko’rsatkichlarni taqqoslash; -koeffitsientlar tahlili; -statistik usullarga asoslangan tahlil; -korrelyatsion tahlil va b. Tahliliy amallar quyidagilarni, ya’ni xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotlari ko’rsatkichlarini uning rejadagi ko’rsatkichlari bilan solishtirishni; moliyaviy hisobotlarning amaldagi ko’rsatkichlarini auditorlik tashkiloti tomonidan belgilangan prognoz ko’rsatkichlari bilan solishtirishni; - moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarini amaldagi qonunchilik va me’yoriy hujjatlar yoki xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning o’zi tomonidan belgilanadigan me’yoriy hujjatlar bilan solishtirishni; moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarini moliyaviy hisobot tarkibiga kirmaydigan ko’rsatkichlar bilan solishtirishni; moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarini tarmoqning o’rtacha ma’lumotlari bilan solishtirishni; -moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarining vaqt o’tishi davomida o’zgarishlari va ular bilan bog’liq bo’lgan nisbiy koeffitsientlar tahlilini o’z ichiga oladi. Tahliliy amallar yig’ma moliyaviy hisobotga ham, alohida balansga ajratilgan tarkibiy bo’linmalarga ham qo’llanishi mumkin. Tahliliy amallar natijalarining ishonchliligi noaniq risk, ichki xo’jalik riski va nazorat vositalari riski darajasining auditor tomonidan to’g’ri baholanishiga bog’liq. Tahliliy amallarning ishonchliligiga ta’sir etuvchi omillarga quyidagilar kiradi:
-ko’rib chiqilayotgan hisobvaraq bo’yicha qoldiqlarning muhimlik darajasi; -ayni bir tekshiruv ob’ektiga yo’naltirilgan boshqa tahliliy amallar natijalari; -tahliliy amallarni bajarishda qo’llaniladigan ko’rsatkichlarning tafovut miqdorlari; -tahliliy amallarni bajarishda buxgalteriya hisobiga daxldor bo’lmagan ma’lumotlardan foydalanish.
Har qanday faoliyat, xususan auditorlik faoliyati ham samarali bo’lishi uchun dastavval, uning puxta va aniq rejasi yoki dasturini tuzish lozim. Ularning mazmuni qo’yilgan maqsad va uni bajarish uchun belgilangan aniq vazifalardan kelib chiqadi. Auditning maqsadlari xususan quyidagilardan iborat: buxgalteriya hisobining holatini ekspertiza yo’li bilan baholash, yillik moliyaviy hisobot ma’lumotlarining xaqqoniy-ligini tekshirish va tasdiqlash valyuta muomalalarini taftish qilish, aktsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar emissiyasi prospektining ma’lumotlarini tasdiqlash, korxonaning moliyaviy barqarorligini mustaxkamlash bo’yicha tadbirlar ishlab chiqish, iqtisodiyot va moliyaviy huquq sohasidagi yangi qonunchilik hujjatlari bo’yicha aniq maslahat (konsultatsiya) o’tkazish va xokazo. O’zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunida (yangi tahrirdagi) auditorlik faoliyati «...tadbirkorlik faoliyati...» ekanligi ta’kidlangan
(2-modda). Demak, bu faoliyat auditorlik tashkiloti va mijoz-korxona o’rtasida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Auditorlik tashkiloti o’z shartnoma majburiyatlarini bajarishda, amalda tekshiruv ob’ektlarini to’liq
(100%) qamrab olaolmaydi. Natijada, moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarining mutlaqo (shak-shubhasiz) haqqoniy ekanligini kafolatlay olmagani holda, ma’lum darajadagi tavakkalchilik bilan ularni tasdiqlaydi. Shu boisdan, auditor ishida doimo ma’lum darajada tavakkalchilik xavf-xatari mavjud bo’ladi. Ko’rinib turibdiki, auditor xulosasida bayon etilgan fikr har doim ham mutlaqo to’g’ri bo’lishi mumkin emas. Ammo, deyarli hamma vaqt axborotdan foydalanuvchilar uchun foydali bo’lishi lozim. Bunday foydalilikning ta’minlanishi ma’lum darajadagi mijoz tashkilotni jiddiylik bilan ularni to’g’ri baholashni talab etadi. Auditorlik tekshiruvni rejalashtirish tekshiriladigan korxona faoliyatini 9 batafsil o’rganishdan boshlanadi. Auditor korxona faoliyatini o’rganishdan ikkita maqsadni ko’zlaydi:
a) audit o’tkazishni osonlashtirish va sifatini oshirish;
b) tekshiriladigan korxona iqtisodini yaxshilashga qaratilgan amaliy maslahat yordami ko’rsatish. Buning uchun korxona faoliyatiga ta’sir qiladigan ichki hamda tashqi omillar haqida ma’lumotlarni to’plash zarur. Auditor birinchi navbatda e’tibor berish lozim bo’lgan, korxona iqtisodiga ta’sir qiladigan ichki omillarga quyidagilar kiradi: mulkchilik shakli va boshqaruv tuzulmasi, korxonaning qanday maqsadda tashkil etilganligi, korxona faoliyatida amalga oshiriladigan asosiy muomalalar, moliyasi, xodimlari, hisob yuritish siyosati, korxonaning uchinchi shaxslar bilan o’zaro munosabatlari. Tekshiriladigan korxonaning maqsadlarini tahlil qilish, uning muomalalarini yaxshi tushunishga imkon berib, tekshiriladigan hisobot haqida to’g’ri fikr shaklllantirilishi uchun zarurdir.
Yüklə 80,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə