Ijtimoiy psihologiya metodi



Yüklə 295,02 Kb.
səhifə1/3
tarix15.09.2023
ölçüsü295,02 Kb.
#121990
  1   2   3
ijtimoiy psixologiya metodi


"Ijtimoiy psihologiya metodi"
Reja:
1.Ijtimoiy-psixologik tadqiqotlarni o’tkazish sharoitlari
va texnikasi.
2. Ijtimoiy psixologik tadqiqot o’tkazish bosqichlari.
3. Ijtimoiy psixologik tadqiqotlarning asosiy metodlari
4. Ijtimoiy psixologik axborotni statistik qayta ishlash metodlari.
Har bir alohida bo`lgani singari ijtimoiy psixologiyaning o`z metodlari va ularni qo`llash vositalari mavjud. To`g`ri, ularning aksariyati psixologiya va sotsiologiya falarida qo`llaniladigan usullarga yaqin, lekin fanning predmetidagi o`ziga xoslikni hisobga olgan holda ularni ishlatish yo`llari va m’lumotlarni ilmiy jihatdan tahlil qilishda farqlar mavjud.
Har qanday fanning yutug’i ma’lum darajada uning metodik apparati rivoji bilan belgilanadi. Fanning metodik apparati yangi ma’lumotlarni qo’lga kiritish va uning asosida nazariy xulosalar chiqarish imkonini beradi. Shuning uchun ijtimoiy psixologiya metodlarini ishlab chiqish doimo tadqiqotchilarning diqqat markazida bo’lib kelgan.
Ijtimoiy psixologiya aniq metodlarni ishlab chiqish shu fan tomonidan ilgari suriladigan nazariy holatlar va metodologik tamoyillarga asoslanadi. Tadqiqotchi tomonidan tanlab olingan yoki loyihalashtirilgan metod u yoki bu nazariyani aks ettirib, tadqiqot ob’ektini tanlashni, qo’lga kiritilgai natijalarni tahlil qilish usullarini belgilaydi.
'Ijtimoiy-psixologik tadqiqotlarda konkret metodlarni qo’llash avvalom bor shu tadqiqot maqsadlaridan va o’rganilayotgan ob’ektning xususiyatlaridan kelib chiqadi. Bunda ijtimoiy psixologiya metodlarinint kim tomonidan qo’llanilishi ham juda muhim hisoblanadi.
Asoslilik yoki validlik
Ijtimoiy-psixologik tadqiqot o’tkazish natijasida qo’lga kiritilgan axborot quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Aniqlik.
Ijtimoiy psixologik tadqiqotdan olingan axborotning ishonchliligi qayta tekshirish o’tkazilganda ham bir xil ma’lumotlar to’planishi, turli tadqiqotchilar tomonidan bir xil natijalarni qo’lga kiritish.
Asoslilik yoki validlik avvalombor tadqiqotchi qo’llaydigan vositaning xususiyatlari va bu vositaning aynan tadqiqotchini qiziqtirayotgan, o’rganilayotgan ob’ektning aynan zarur xususiyatlariii aniqlash imkoniga egaligi bilan belgilanadi.
Ijtimoiy-psixologik axborotning aniqligi tadqiqotchi tomonidan qo’llanilayotgan metodikalarning uni qiziqtirayotgan xususiyatlarni o’rganishga mosligi bilan belgilanadi.
Har qanday ijtimoiy-psixologik tadqiqot ob’ektini o’rganish dasturini tuzishdan boshlanadi.

Yüklə 295,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə