Ijtimoiy psihologiya metodi


Bu dastur o`z ichiga quyidagilarni oladi



Yüklə 295,02 Kb.
səhifə2/3
tarix15.09.2023
ölçüsü295,02 Kb.
#121990
1   2   3
ijtimoiy psixologiya metodi

Bu dastur o`z ichiga quyidagilarni oladi:
nazariy va amaliy vazifalarni
tadqiqot o’tkazish jarayoni va texnik vositalari
tadqiqot taxmini
Tadqiqot metodi va metodikalarini aniklash
reprezintativ tekshiriluvchilarni tanlashni
Tadqiqot taxmini- tadqiqotchi tomonidan ilgari suriladigan ilmiy faraz. Bu taxmin o’tkaziladigan tadqiqot natijasida isbot qilinadi.
Tadqiqot metodi- bu tadqiqotchini qiziqtirgan axborotni qo’lga kiritish yuli, vositasi.
Tadqiqot metodikasi- bu turli jarayonlar va ularning xususiyatlari to’g’risidagi zarur axborotni qo’lga kiritish uchun ishlatiladigan aniq usul va vositalar majmuidir.
Ijtimoiy psixologik- tadqiqot dasturi pilotaj tekshiruv o’tkazilgandan keyin aniqlashtirib olinadi.
Pelotaj tadqiqot bosh yo`nalishni, asosiy tadqiqot metodlari va uni tashqil qilish tamoyillarini belgilab olishni ta’minlaydi. U tadqiqot o’tkazish vaqti joyi, vaziyatini tekshirib ko’rish imkonini beradi. Pilotaj eksperiment davomida tadqiqotchi tomonidan tadqiqot o’tkaziladigan tekshiriluvchilar soni va xususiyatlari aniqlanadi. Tanlab olingan tekshiriluvchilar -bu barcha individlar ichidan tadqiqot uchun tanlab olingan indnvidlar. Ular qandaydir xususiyatlar bilan birlashtirilgan. Hajmiga qarab, katta va kichik tekshiriluvchilar soni farqlanadi. P- 30 bo’lsa, kichik hajmli tanlab olingan tekshiruvchilar bo’lsa, kattasining soni belgilanmagan. Demak, tekshiriluvchilar (general) bosh majmui chiziq bu o’rganilishi lozim bo’lgan; tanlab olingan tekshiriluvchilar esa real o’rganiladigan individlar. Tanlangan tekshiriluvchilar bosh majmuini adekvat aks etilishi, ya’ni reprezentativ.
Ijtimoiy psixologiyada qo’llaniladigan metodlar ikkita katta guruhga ajratiladi.
Ma’lumot to’plash metodlari
Ma’lumotlarni qayta ishlash metodlari
So`rov metodlari ijtimoiy psixologik tadqiqotlarda keng qo`llaniladi, ayniqsa, anketa so`rovi va intervyu shular jumlasiga kiradi. Bu metodlarni qo`llashda qator metodologik qiyinchiliklar vujudga keladi:
1) - doim shaxslararo munosabatlar, o`zaro ta’sir shakllari mavjud.
2)- tadqiqotchini sub’ektiv munosabatlarini ham inkor qilib bo`lmaydi.
Tadqiqot mobaynida shaxslararo idrok qilish va sub’ektiv bir-birini tushunishiga qaratilgan barcha qonuniyatlar ishlaydi. Shunga qaramay juda ko`p ijtimoiy psixologik ma’lumotlarni to`plashda so`rov metodlari eng qulay usullar sifatida ishlatib kelimoqda.
A n k e t a metodi hamma tanish bo`lgan usullardan biri lekin ko`pincha anketa o`tkazgan odamning uning tuzilishi qanchalik qiyinligi yoki olingan ma’lumotlarni qayta ishlash ularni to`g`ri sharxlash qanchalik qiyin ekanligini tasavvur qilmaydi.
Anketaga kiritilgan savolar ma’lumotiga ko`ra anketa ochiq va yopiq turlarga bo`linadi.
Ochiq anketa restondentdan o`z fikrini erkin bayon etishni talab qiladi.
Yopiq shakldagi anketa savollarining esa javoblari oldindan berilgan bo`lib tekshiriluvchi o`ziga ma’qul bo`lgan, o`zining qarashlari fikrldari bilan mos kelgan javobni belgilab beradi. Ochiq favollarning kamchiligi-respondentlarning har doim ham qo`yilgan vazifaga yetarli darajada mas’uliyat bilan qaramasliklari hamda berilgan javoblarni statik jihatdan ishlov berishdagi qiyinchiliklar bo`lsa, yopiq anketada respondentga tekshiriluvchi (tomonidan o`z fikricha ergashishga o`xshash holatning mavjudligi yoki har doim ham hamma savolning barcha javob variantlarini topib bermaslikdadir.
I j t i m o i y p s i x o l o g i k t e s t l a r. Testlar psixologiyaning maxsus usulidir. Ular qisqa sinov usuli bo`lib, u yoki bu ijtimoiy psixologik hodsa qisqa muddat ichida bir texnik vosita sifatida uning yordamida tekshiriladi. Testlar asrimizning boshida kashf qilingan bo`lib, ular 20-30 yillarga hayotga, amaliyotga shunchalik shiddat bilan kirib keladiki, natijada maxsus soha-psixometrika kirib keldiki, natijada maxsus soxa-psixometrika yuzaga keldi.

Yüklə 295,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə