1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Ijtimoiy reabilitatsiyaga muhtoj bo‘lgan bolalarni (shaxslarni) o‘qitish va tarbiyalash



Yüklə 61,64 Kb.
səhifə29/36
tarix28.11.2023
ölçüsü61,64 Kb.
#135484
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36
Ta\'lim to\'g\'risidagi qonun

56-modda. Ijtimoiy reabilitatsiyaga muhtoj bo‘lgan bolalarni (shaxslarni) o‘qitish va tarbiyalash
Alohida sharoitlarda o‘qitish va tarbiyalanishga muhtoj bo‘lgan bolalar (shaxslar) uchun ularning ta’lim olishini, kasbiy tayyorgarligini va ijtimoiy reabilitatsiya qilinishini ta’minlaydigan ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalari tashkil etiladi.
Ozodlikdan mahrum qilish tarzida jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan bolalarning (shaxslarning) ta’lim olishi, tarbiyalanishi va mustaqil ta’lim olishi uchun sharoitlar yaratiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat ijroiya kodeksining 100-moddasida ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tashga mahkum qilingan shaxslarning umumiy ta’lim olishi bo‘yicha asosiy talablar belgilangan.
8-bob. Nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash, ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish. Xorijiy davlatda olingan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni tan olish, ta’lim sohasidagi hujjatlarga apostil qo‘yish
57-modda. Nodavlat ta’lim tashkilotlarining faoliyatini litsenziyalash
Oldingi tahrirga qarang.
Nodavlat ta’lim tashkilotlarining faoliyatini litsenziyalash “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadi.
(57-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Nodavlat ta’lim tashkilotlariga litsenziya berish va qayta rasmiylashtirish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, shuningdek litsenziyani bekor qilish yoki uni bekor qilish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilish qonunchilikda belgilangan tartibda Ta’lim inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(57-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziyalar nomuayyan muddatga, ta’limning quyidagi turlari uchun alohida beriladi:
maktabgacha ta’lim va tarbiya (bundan oilaviy maktabgacha ta’lim mustasno);
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;
professional ta’lim;
oliy ta’lim;
oliy ta’limdan keyingi ta’lim.
(57-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.

Yüklə 61,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə