1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari


-modda. Ma’muriy ishni majlisda ko‘rib chiqishni keyinga qoldirish



Yüklə 208,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/32
tarix17.12.2023
ölçüsü208,36 Kb.
#150019
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   32
O‘RQ 457 сон 08 01 2018  Ma’muriy tartib taomillar to‘g‘risida

49-modda. Ma’muriy ishni majlisda ko‘rib chiqishni keyinga qoldirish
Quyidagilar ma’muriy ishni ko‘rib chiqishni keyinga qoldirish asoslari hisoblanadi:
tegishli tarzda xabardor qilinganligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan manfaatdor
shaxslardan birining majlisga kelmaganligi;
ma’muriy organning ma’muriy ishni ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan mansabdor shaxsini
rad qilish haqidagi arizaning qanoatlantirilganligi yoki uning yo‘qligi;
ma’muriy ish yuritishda ishtirok etuvchi, ma’muriy ishni o‘zlarisiz ko‘rib chiqish mumkin
bo‘lmagan manfaatdor shaxslarning majlisda hozir bo‘lmaganligi;
majlisning vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan manfaatdor
shaxslarning ma’muriy organ tomonidan uzrli deb topilgan sabablarga ko‘ra kelmaganligi.
Agar ma’muriy organ majlisga kelmaganlik sabablarini uzrsiz deb topsa yoki ma’muriy
ishni ko‘rib chiqishni manfaatdor shaxs qasddan cho‘zayapti deb hisoblashga asoslar mavjud
bo‘lsa, ma’muriy organ ma’muriy ishni tegishli tarzda xabardor qilingan manfaatdor shaxsning
yo‘qligida ko‘rib chiqishga haqli.
Manfaatdor shaxslar ma’muriy ishni ular yo‘qligida ko‘rib chiqish xususida iltimos qilishga
haqli.
Ma’muriy organ ma’muriy ishni ko‘rib chiqishni keyinga qoldirib, keyingi majlisning vaqti
va joyini tayinlaydi, bu haqda hozir bo‘lgan shaxslarga tilxat olib e’lon qiladi. Majlisga kelmagan


hamda ma’muriy ishni ko‘rib chiqishda ishtirok etish uchun yangidan jalb qilinadigan shaxslar
keyingi majlisning vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilinadi.
50-modda. Ma’muriy ishni majlisda ko‘rib chiqish tartibi
Ma’muriy ishni ko‘rib chiqish ma’muriy organning mansabdor shaxsi tomonidan, ma’muriy
ish kollegial organda ko‘rilayotganda esa, raislik qiluvchi tomonidan ochiladi. Shundan so‘ng
ma’muriy ish yuritish ishtirokchilarining og‘zaki tushuntirishlari eshitiladi.
Ma’muriy ish yuritish ishtirokchilari bir-biriga savollar berishi mumkin.
Shundan keyin ma’muriy organ ma’muriy ishni hal qilishga ko‘maklashuvchi shaxslarning
tushuntirishlarini eshitishga va boshqa dalillarni tekshirishga o‘tadi.
Ma’muriy ish yuritish ishtirokchilarining, shuningdek ma’muriy ishni hal qilishga
ko‘maklashuvchi shaxslarning yozma tushuntirishlari majlisda o‘qib eshittirilishi kerak.
Ma’muriy ish yuritishda ishtirok etuvchi manfaatdor shaxslarning iltimosnomalari
ma’muriy ish yuritishning boshqa ishtirokchilari eshitilganidan so‘ng ko‘rib chiqiladi.

Yüklə 208,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə