1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari


-modda. Arizachi tomonidan xatolarni bartaraf etish va yetishmayotgan hujjatlarni



Yüklə 208,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/32
tarix17.12.2023
ölçüsü208,36 Kb.
#150019
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32
O‘RQ 457 сон 08 01 2018  Ma’muriy tartib taomillar to‘g‘risida

45-modda. Arizachi tomonidan xatolarni bartaraf etish va yetishmayotgan hujjatlarni
taqdim etish
Agar arizada to‘g‘rilash mumkin bo‘lgan xatolar mavjud bo‘lsa, ma’muriy organ ularni
to‘g‘rilash uchun arizachiga imkoniyat va muddat beradi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Agar arizaga doir ilovada qonunchilikka binoan talab qilinadigan yoki arizachi havola
qilayotgan hujjatlar mavjud bo‘lmasa, ularsiz ma’muriy hujjatni qabul qilish imkoni bo‘lmagan
taqdirda, ma’muriy organ arizachiga yetishmayotgan hujjatlarni taqdim etish imkoniyatini,
buning uchun muddat belgilagan holda, berishi kerak.
Xatolarni bartaraf etish va yetishmayotgan hujjatlarni taqdim etish uchun ma’muriy organ
tomonidan belgilanadigan muddat, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan
bo‘lsa, besh ish kunidan kam bo‘lmasligi lozim. Ma’muriy organ arizachining iltimosnomasiga
binoan ushbu muddatni besh ish kunidan kam bo‘lmagan muddatga uzaytirishi kerak.
(45-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-
son)
Ma’muriy ish yuritish muddatining o‘tishi xatolarni bartaraf etish va yetishmayotgan
hujjatlarni taqdim etish vaqtida to‘xtatib turiladi.
46-modda. Manfaatdor shaxsning arizasini taalluqliligi bo‘yicha vakolatli ma’muriy
organga yuborish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Talab qilinayotgan ma’muriy hujjatni qabul qilish o‘z vakolatiga kirmaydigan ma’muriy
organga kelib tushgan ariza qonunchilikka muvofiq ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqishga vakolatli
bo‘lgan ma’muriy organga ko‘pi bilan besh kunlik muddatda yuboriladi va bu haqda arizachiga
xabar beriladi.
(46-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Yüklə 208,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə