Debetli karta va kredit kartaning mohiyati va ahamiyati



Yüklə 187,63 Kb.
səhifə1/3
tarix19.12.2023
ölçüsü187,63 Kb.
#152571
  1   2   3
Debetli karta vakredit kartaning mohiyati va ahamiyati

Debetli karta va kredit kartaning mohiyati va ahamiyati

  • Avvalo karta turlari haqida to’xtalsak. Debet karta – tovar va xizmatlarga haq to’lash, o’tkazmalarni amalga oshirish va bankomatdan naqd pul yechish imkoniyatini taqdim qiluvchi kartadir. Kredit karta - tovar va xizmatlarga haq to’lash uchun, mijozga bank bilan tuzilgan shartnoma tariflariga ko’ra taqdim qilingan bank mablag’lari hisobiga to’lovlarni amalga oshirish imkoniyatini taqdim qiluvchi kartadir.
  • Karta turlarining asosiy farqi, kartadagi mablag’ kimnikiligidadir. Ya’ni, debet kartada avval o’z pullaringizni kartaga o’tkazib, yoki bu ish haqi kartasi bo’lsa, oylik tushgandan so’ng sarflashingiz mumkin. Muhim sharti, faqat kartada bor miqdordagi mablag’ni ishlata olasiz. 
  • Kredit kartada esa, shartnomaga ko’ra belgilangan limit miqdoririda bank mablag’larini ishlatishga yo’l qo’yiladi. Kartaga oylik tushganda yoki mablag’ o’tkazilganda esa, limitdan ishlatilgan mablag’lar bank tomonidan qaytarib olinadi. Agar ishlatilgan mablag’ belgilangan vaqtda qaytarilmasa jarima va penya qo’llanila boshlaydi. Kredit kartada nafaqat kartada bor summa, balki ma’lum miqdordagi summani “qarzga” ishlatishga yo’l qo’yiladi. Shartnoma shartlariga ko’ra kredit kartaning imtiyozli davri bo’lishi mumkin. Va imtiyozli davr davomida belgilangan limitdagi mablag’dan foiz hisoblanmagan holda foydalanishga ruxsat beriladi. Agar imtiyozli davrdan keyin yoki limitdan tashqari mablag’ ishlatilsa unga qo’shimcha foiz ko’rinishida ustama to’lashga to’g’ri keladi. 
  • Debet kartani rasmiylashtirish uchun pasport va ariza kerak bo’ladi xolos. Kredit kartani rasmiylashtirish esa biroz qiyinroq. Buning uchun Siz rasmiy daromadlaringiz haqidagi ma’lumotnoma, passport, ariza va ta’minot haqidagi hujjatlarni taqdim qilishingiz kerak bo’ladi. Va agar kredit tarixingiz yomon bo’lsa rad javobini berishlari ham mumkin. 
  • So’nggi farq bu ommaboplik. Debet kartalar yurtimizda kredit kartalarga qaraganda ancha ommaboproq. Sizning kartangiz qaysi turdagi ekanligini bilmoqchi bo’lsangiz, kartaga diqqat bilan razm solishingiz kifoya. Odatda Visa va MasterCard kartalaridagi “debit” yoki “credit” yozuvidan karta turini aniqlashingiz mumkin. Yoki, bu Uzcard va Humo kartalari bo’lsa, kartani internet banking xizmatiga ulab, karta haqidagi ma’lumotlarni, jumladan, karta turini ham ko’rishingiz mumkin. Shuningdek, karta turini bankka qo’ng’iroq qilib aniqlashingiz ham mumkin.
  • Debet karta[ (inglizcha: debit card) — bank toʻlov kartasi tovarlar va xizmatlar uchun toʻlov, bankomatlardan naqd pul olish uchun ishlatiladi. Debet kartaga pul odatda mijoz yoki uning ish beruvchisi tomonidan kiritiladi (oʻtkaziladi)[2].
  • Bunday karta pul mablagʻlarini faqat u bogʻlangan shaxsiy hisob (joriy hisob) boʻyicha mavjud qoldiq doirasida boshqarish imkonini beradi. Bank hisobdagi mablagʻlar qoldigʻi uchun foizlar undirishi mumkin, ammo u erda stavka muddatli depozitlarga qaraganda ancha past. Bank debet kartasiga xizmat koʻrsatish uchun komissiya oladi, uning miqdori karta turiga bogʻliq. Pul mablagʻlarini sarflash toʻgʻrisida SMS orqali bildirishnoma oʻrnatish mumkin,
  • Debet kartochkalarining vazifasi asosan muomaladagi qogʻoz pullarni almashtirish va mijozning oʻz mablagʻlari hisobidan naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishdan iborat. Kredit kartalaridan farqli oʻlaroq, shuningdek, ruxsat etilgan overdraft (balansdan oshib ketadigan) boʻlgan debet kartalaridan farqli oʻlaroq, haqiqiy debet kartalari bank pullari bilan qarz berishga ruxsat etilmaydi. Biroq, ayrim hollarda, ruxsatsiz (texnik) overdraft mumkin. Ikkala turdagi kartalarning xususiyatlariga ega boʻlgan aralash debet va kredit kartalari ham mavjud

Yüklə 187,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə