3-bob. Fazoviy ma’lumotlar va ularning ilmiy asoslari



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/27
tarix21.10.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#130149
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Mavzu 4



Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
56 
3-bob.
 
FAZOVIY MA’LUMOTLAR VA ULARNING ILMIY ASOSLARI 
3.1.
 
Geoaxborot tizimida ma’lumotlar tushunchasi 
Qadimdan kishilar geografik ma’lumotlarni turli xil usullar bilan koʻrsatib 
kelishgan va zamon oʻtishi bilan geografik ma’lumotlarni tasvrilash usullari ham 
takomillashib borgan. Geografik ma’lumotlarni tasvirlash usullaridan birinchilari 
bu joy toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni kartada tasvirlash boʻlgan. Keyinchalik esa 
kartalarga shartli belgilar va koordinatalarni kirita boshlashgan. Agar dastlabki 
kartalar qoʻl yordamida chizilgan va kiritilgan hamda shartli belgilar oʻsha oʻzlari 
yashab turgan jamiyat miqyosida foydalanishga moʻljallangan boʻlsa, keyinchalik 
qoʻlda emas, balki bosma uskunalarda va shartli belgilar ham oʻzaro kelishilgan 
holda umumjahon miqyosida qoʻllanila boshlangan.
Shu oʻrinda ma’lumot va axborot tushunchalariga ham toʻxtalib oʻtishimiz 
zarur, chunki bu ikki tushuncha bir-biriga yaqin boʻlganligi va koʻpincha birga 
qoʻllanilganligi sababli chalkashlikka olib kelishi mumkin.
Ma’lumot – bu qayta ishlanmagan, tizimlashtirilmagan xom faktlar 
yigʻindisidir.
Ma’lumot sifat va son qiymatlarida boʻlishi mumkin hamda oʻlchov 
natijalari asosida hosil qilinadi. Geoaxborot tizimidagi dasturlarda ma’lumot 
jadvalda keltirilishi mumkin. Ma’lumot qayta ishlanib, tahlil etilganidan soʻng u 
axborotga aylanadi. Ma’lumotni oʻqiganda biz faqat sonlarni koʻrsak, axborotda 
ma’lumotlar tartibli koʻrinishga keltiriladi va aynan shu ma’lumotni koʻrmasak-
da, ular asosida qayta ishlangan natijani koʻrishimiz mumkin boʻladi. Tushunarli 
boʻlishi uchun soddaroq misol sifatida talabalarning imtihon natijalarini 
keltirishimiz mumkin. Agar har bir talabaning imtihon natijasi ma’lumot 
hisoblansa, u holda auditoriyadagi yoki umuman institutdagi talabalarning 
oʻrtacha bahosi, oʻzlashtirish koʻrsatkichi axborot deb ataladi.
Quyida ma’lumot va axborot oʻrtasidagi farqlar keltirilgan: 

ma’lumotni kompyuter tizimiga kiritish uchun qoʻllaymiz, oʻsha 
ma’lumot qayta ishlangandan keyin axborotni natija sifatida undan 
olamiz; 



Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə