3-bob. Fazoviy ma’lumotlar va ularning ilmiy asoslari


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/27
tarix21.10.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#130149
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
Mavzu 4

Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
63 
3.5-rasm.
Vektor va rastr formatga misollar 
(Manba: Internet)
Rastr formatning qulaylik taraflaridan biri – u raqamli relyef modeli 
(DEM) ni hosil qilishi mumkin.
Rastrlash
. Rastrlashni berilgan analog yoki qogʻoz koʻrinishidagi tasvirni 
raqamli koʻrinishga keltirib, raqamli tasvir olish jarayoni sifatida tushunish 
mumkin. Bundan tashqari, vektor formatdan rastr formatga keltirish orqali ham 
rastrlash ishi amalga oshirilishi mumkin. Qogʻoz koʻrinishidagi tasvirni 
rastrlashning eng keng tarqalgan usuli bu skanerlash jarayonidir. Oldin 
ta’kidlanganidek, ishlatish maqsadiga koʻra oddiy yoki maxsus skanerlardan 
foydalanish mumkin. Quyida skaner yordamida rastrlash jarayonini tushuntirib 
oʻtamiz.
Skanerlash (
scanning
) – skaner yordamida analog tasvirni raqamli (rastr) 
formatga keltirish jarayoni. Skanerlash jarayonida grafik va kartografik 
ma’lumotlarni vektor koʻrinishga keltirish uchun kerakli boʻlgan bosqichlar 
amalga oshiriladi. Bu jarayonda skanerdan tashqari raqamli videokamera
fotoapparat va grafoqurilma kabi moslamalar ham qoʻllanilishi mumkin.
GATda 
ishlatish 
uchun 
oddiy 
koʻrinishdagi 
mediama’lumotlarni 
skanerlashning uch muhim sabablari mavjud:

hujjatlar, jumladan bino-inshootlar plani, CAD chizmalari va binoni 
kadastr hujjatlari asosida oʻrganish uchun ma’lumot saqlashni 


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
64 
takomillashtirish hamda ma’lumotlarni geografik jihatdan indeksatsiya 
qilish; 

negativ (fotoplyonka), qogʻoz kartalar, aerofotosuratlar va tasvirlar 
boshqa 
ma’lumotlarga nisbatan geografik bogʻlanishi uchun 
skanerlanadi hamda geokodlanadi (odatda bunga vektorlash misol 
boʻladi); 

kartalar, aerofotosuratlar va tasvirlar vektorlashdan va bazada fazoviy 
tahlil qilinishidan oldin skanerlanadi.
GATda qatlamlarni hosil qilish uchun 8 bit (256 rangli) 400 dpi (16 
nuqta/mm) xususiyatiga ega boʻlgan skaner yoki skanerlash jarayoni orqali 
kartalarni skanerlash juda yaxshi tanlovdir. Fazoviy tahlil qilish uchun olinadigan 
rangli aerofotosurat uchun 8 bit 900 dpi xususiyatiga ega boʻlgan skaner yoki 
skanerlash (skanerni ichida moslab olsa boʻladi) koʻproq mos keladi. Skanerlash 
natijasida hosil qilingan ma’lumotning sifati asl nusxa holati, skanerlovchi 
qurilmaning sifati va skanerlash oldi tayyorgarligiga bogʻliq boʻladi. 
Skanerlashning kamchiliklaridan biri bu ba’zida optik qurilmalarda tasvirning 
buzilib qolishi va keraksiz tasvirlarning hosil boʻlishidir. Tasvirning tiniqligini 
oshirishimiz keraksiz qoʻshimcha tasvirlarni keltirib chiqarishi mumkin. Agar 
tasvirning tiniqligini kamaytirsak, bizga kerakli boʻlgan kichik obyektlar tushmay 
qolishi mumkin.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə