3-bob. Fazoviy ma’lumotlar va ularning ilmiy asoslari


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/27
tarix21.10.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#130149
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Mavzu 4

Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
62 
ma’lumotlarda tiniqlik oʻlchami 250 metr boʻladi. Ammo 1 metrli tiniqlikdagi 
ma’lumotni oladigan boʻlsak, unda bizga kompyuter xotirasidan katta joy va uni 
qayta ishlash jarayonida koʻp vaqt talab etiladi (har bir katakchaga soʻrov amalga 
oshiriladi) hamda bu', oʻz navbatida, resurs va vaqt taqchilligiga olib kelishi 
mumkin. Vaholanki, bizga faqatgina regional masshtabdagi (masalan, Markaziy 
Osiyo) tahliliy ma’lumotlar zarur boʻladi. Shunday holatlarda tiniqligi past 
boʻlgan (250 m, 1 km) ma’lumotlar bilan ishlash bizga qulay boʻladi.
3.3.
 
Vektor va rastr ma’lumot, metama’lumotlar
 
Rastr formatdagi tasvir – bu kvadrat katakchalar toʻplamidan tashkil topgan 
tasvirdir. Bu katakchalar ilmiy tilda piksel (
pixel
) deb ataladi. Rastr tasvirlar ikki 
oʻlchamli koʻrinishda boʻladi, ya’ni X va Y koordinata sistemalaridan iborat. 
Nafaqat geografik ma’lumot, balki kompyuterga kiritilgan pikselli har qanday 
tasvir rastr tasvir koʻrinishida qabul qilinishi mumkin. Rastr tasvirdagi piksellar 
oʻlchami juda muhim ahamiyatga ega. Piksel oʻlchami qanchalik kichik boʻlsa, 
tasvir sifati shunchalik yuqori boʻladi.
Pikselning oʻlchami tasvirga berilgan sifat belgisidir. Mana shu yerda 
tasvirning sifatini belgilab beruvchi birlik – tiniqlik
 
atamasi paydo boʻladi. 
Piksellarning oʻlchami rastr faylning tiniqligi sifatida qaralishi mumkin. 
Skanerlangan tasvirning sifati toʻgʻrisida gap ketadigan boʻlsa, unda dpi/ppi (
dot 
per inch/pixels per inch
) atamasini qoʻllaymiz. Bu soʻzning ma’nosi 1 kvadrat 
dyuym (1 dyuym – 2,54 sm) ga nechta nuqta yoki piksel toʻgʻri kelishini 
anglatadi. Masalan, 300 dpi sifatidagi tasvirning 2,54 sm kvadrat joyi ustun va 
qator boʻylab 300 ta piksellar yoki kvadrat katakchalar joylashganini koʻrsatadi.



Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə