3-bob. Fazoviy ma’lumotlar va ularning ilmiy asoslari



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/27
tarix21.10.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#130149
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Mavzu 4

3.2.
 
Fazoviy fanlarda masshtab va tiniqlikning ahamiyati 
Boshlangʻich geodeziya va kartografiya kurslaridan ma’lumki, masshtab bu 
yer yuzasidagi masofalarning gorizontal proyeksiyalardagi kichraytirilgan 
darajasidir. Masshtablar turli, jumladan sonli, matnli, chiziqli boʻladi va GAT da 
kartalarni ishlab chiqarayotgan foydalanuvchi talabga qarab legendadan mosini 
tanlab olishi mumkin.
Ma’lumotlarning batafsil yoki umumlashgan holda yoritib berilishiga koʻra 
katta, oʻrta va kichik masshtabli kartalar boʻladi. Katta masshtabli kartalarda 
obyektlar katta boʻladi va odatda tuman miqyosida, shahar masshtabida va undan 


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
60 
past darajada olinadi (1:100 dan 1:10000 gacha). Koʻpincha bunday kartalar 
ishchi kartalar hisoblanadi. Kichik miqyosdagi kartalarda obyektlar kichikroq 
koʻrinishda boʻlib, odatda davlatlar, viloyatlar yoki global masshtabda boʻladi
(1:100000 dan 1:5000000 gacha). Koʻpincha siyosiy kartalar yoki global 
miqyosdagi oʻzgarishlar, yoki biron-bir hodisani tasvirlashda kichik masshtabli 
kartalar qoʻllaniladi. Katta va kichik masshtabli kartalarning sonlari turlicha 
koʻrsatilgan. Bundan tashqari, odatda 1:500000 masshtabli kartadan ajratib 
olingan 1:25000 li karta kichik masshtabli kartadan ajratilgan katta masshtabli 
karta deb ham yuritiladi.
Geoaxborot tizimida ma’lumotlarni toʻplashda va kelgusida ularni 
foydalanuvchiga yetkazib berishda sifatli ko’rsatib bera olish muhim ahamiyat 
kasb etadi. Koʻrsatib bera olish xususiyatlari jumlasiga kiruvchi aniqlik 
(accuracy), GATga koʻra tiniqlik (inglizcha 
resolution, 
ruscha 
разрешение
soʽzidan olingan) muhim xususiyatdir. Bu sifat, oʻz navbatida, fazoviy, spektral 
va vaqtli boʻlimlarga boʻlinadi. Masofadan zondlashda qoʻllaniladigan barcha 
sensorlar mana shu uch sifat koʻrsatkichlari doirasida ish olib boradi va ma’lumot 
saqlanish hajmi, qayta ishlash jarayoni hamda toʻlqin uzunligiga qarab bu uch 
boʻlimda sensorlar ishlatilishi ham oʻzgarib turadi. 
 

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə