Bodring tuzlash texnologiyasi



Yüklə 137,19 Kb.
səhifə1/6
tarix24.12.2023
ölçüsü137,19 Kb.
#160469
  1   2   3   4   5   6
BODRING TUZLASH TEXNOLOGIYASI


BODRING TUZLASH TEXNOLOGIYASI
Reja

  1. Bodring yetishtirish texnologiyasi

  2. Bodringni tuzlash texnologiyasi

  3. Uzunligiga qarab guruhlarga ajratilgan bodringni tuzlashda tuzning konsentratsiyasi

  4. Uzunligiga qarab guruhlarga ajratilgan bodringni tuzlashda tuzning konsentratsiyasi

  5. Tuzlanayotgan bodringni fermentatsiya davridagi o‘zgarishlar.


Bodring yetishtirish texnologiyasi


Halq xo‘jaligidagi ahamiyati va tarqalishi. Bodring oziq-ovqat sabzavotlariga kiradi.
Bodring mevasi asosan 7-10 kunligida yangi o‘zilgan holida iste’mol qilinadi. Marinadlab va tuzlanib konservalab istemol kilinadi. 5 sm gacha bo‘lgan 2-3 kunlik hamda 5-9 sm uzunlikdagi 4-5 kunlik barra bodringlar marinadlanadi. Bodring kaloriyaliligi jihatidan ko‘pchilik sabzavotlardan keyin turadi. Biroq u yuqori mazaliligi hamda parhez xususiyati bilan yer yuzida keng tarqalgan.
Bodring mevasi ishtahani ochadi hamda boshqa ovqatlarni hazm qilishga yordam beradi.
O‘zbekistonda bodring umumiy sabzavot ekinlari maydonining 4,3-4,8% (11-12 ming ga) ni egallaydi. Respublikamizda bodring o‘rtacha hosildorligi uncha yuqori bo‘lmay gektariga 10,5-11 tonnani tashkil qiladi. Biroq ilg‘or xo‘jaliklar ancha yuqori hosildorlikka erishmoqda.
Bodring qulay sharoitda yetishtirilganda jadal o‘sadi 4-8 barg chiqarganda yon novdalari paydo bo‘ladi. Gullashi (naviga qarab) ko‘chati unib chiqqach 30-60 kundan keyin boshlanadi. Ko‘chati ungandan birinchi hosil yig‘guncha 37-60 kun o‘tadi. Fiziologik yetilishi uchun bodringga 70-100 kun kerak. Meva tugish davri naviga qarab 20-90 kun davom etadi.Bodring issiqsevar ekindir. Bodringning urug‘i 12-13S da unib chiqa boshlaydi, biroq bunday sharoitda ko‘chatning unishi juda sekin kechadi. Mazkur ekinlarning urug‘i unib chiqishi uchun eng qo‘lay harorat 25-30S. Bunday haroratda nixol 4-6 kundan keyin unib chiqadi. O‘simlikning normal o‘sishi uchun zarur harorat +25-27S bo‘lishi kerak. Harorat +15S dan past bo‘lganda, o‘simlikning rivojlanishi sekinlashadi. +8-10S da kasallanadi, +3-4S da esa 3-4 kundan keyin halok bo‘ladi. Bu ekin hatto salgina sovuqni ham ko‘tara olmaydi.
Bodring tuproq hamda havo namligiga juda talabchan. Tuproqning eng qo‘lay namligi rivojlanish namligiga qarab 70-80%, hamda havoning nisbiy namligi 70-85% bo‘lishi lozim. Tuproq namligining 100% ko‘tarilishi ham, 60% pasayishi ham hosildorlikning kamayishiga olib keladi. Bodring yorug‘sevar o‘simliklardir.
Bodring yetishtirish agrotexnikasi. Yer tanlash, bu ekinlar tuproqdagi o‘simlik oson o‘zlashtiradigan oziq moddalarga talabchan bo‘lgani uchun unumdor, organik moddalarga boy, yer osti suvi yuza joylashgan, yengil qumoq, sho‘rlanmagan tuproqlar nihoyatda mos bo‘lib, mo‘l va sifatli hosil olishning garovidir.
O‘zbekiston sharoitidan kelib chiqqan holda bodring ko‘chati quyidagi usulda tayyorlanadi:
1. Urug‘ni tuvakchalarga ekish usuli bilan; Ko‘chat ekish davri 3 mavsumga bo‘linadi:

  1. Yozgi - kuzgi mavsum;

  2. Bahorgi - yozgi mavsum;

  3. Erta bahorgi mavsum;

1 ga maydonga yetarli ko‘chat olish uchun 25 000 ta urug‘ olinadi.
Urug‘larning ekilish chuqurligi 2-3 sm ni tashkil etish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ko‘chat tayyorlash vaqti:

  1. Yozgi - kuzgi mavsum: avgust

  2. Bahorgi - yozgi mavsum: may

  3. Erta bahorgi mavsum: fevral - mart

Ko‘chat yetishtirishda yozgi-kuzgi mavsum uchun urug‘ni to‘g‘ridan to‘g‘ri yerga ekish usuli, bahorgi-yozgi va bahorgi mavsum uchun ko‘chat qilish usuli va urug‘ni to‘g‘ridan to‘g‘ri yerga ekish usuli to‘g‘ri keladi.
Tuproq: Tuproq harorati 20-22oS, namligi 70-75% bo‘lishi tavsiya etiladi. Tuproq muxiti (tuproqning ishqoriyligi) 5,5-6 rN bo‘lishi maqsadga muvofiq. YeS (tuproqdagi tuzning konsentratsiyasi va elektr o‘tkazuvchanligi) 1,5-2 ni tashkil qilish tavsiya etiladi. Tuproq haroratini saqlash yoki ko‘tarish uchun tuproqni zichlashtirish (sug‘orish orqali) yoki mo‘ljallash mumkin. Bodring ekish uchun unumdor, organik moddalarga boy, yumshoq tuproqlar tavsiya etiladi, sho‘rlangan yerlarda esa o‘smaydi.
Harorat va nisbiy namlik: Bodring o‘simligining normal o‘sib rivojlanishi uchun havo harorati 25-28oS bo‘lgani ma’qul, urug‘i esa 12-13oS da unib chiqadi. Harorat pasaysa yoki me’yoridan oshib ketsa ekin barglari sarg‘ayadi, naychalari to‘kilib ketadi, o‘simlikning o‘sishi to‘xtaydi. Namligi taxminan 75% bo‘lishi tavsiya etiladi. Harorat pasaygan paytda ekinlarni plastik plyonkalar bilan qoplash kerak.
Sug‘orish va o‘g‘itlash: Bodring suvga talabchan bo‘lganligi sababli o‘simlik o‘suv davrida har 4-6 kunda, hosilga kirgandan so‘ng har 2-3 kunda sug‘orib turiladi. Bodring o‘suv davrida sizot suvi 1-2 metrgacha bo‘lsa, 9-10 marotaba va 2 metrdan chuqurga joylashgan bo‘lsa, 15 marotabagacha sug‘orishni talab qiladi. Bodring o‘simligi har sug‘orishdan keyin qator oralarini kultivatorda yumshatiladi.
Bodring o‘suv davrida albatta oziqlantirish shart. Bunda birinchi oziq o‘simliklar yon poyalar chiqara boshlagan davrda (gektariga 1,5 s ammiakli selitra va 1,2 s superfosfat) beriladi. O‘simlikning g‘unchalash davrida yoki gullay boshlagan paytda ammiakli selitra bilan ikkinchi marta va 20-30 kun o‘tgach, gektariga 1-1,5 s hisobidan ammiakli selitra solib, oxirgi marta oziqlantiriladi.
1 ga maydonga 10 t chirigan go‘ng, 150-200 kg azot (N), 100-150 kg fosfor
(P), 50-75 kg kaliy (K) solish tavsiya etiladi. Go‘ng va kaliy (K) to‘liq me’yori, fosfor (P) 75% i shudgordan oldin, qolgan 25% i ekishda, azotli o‘g‘itlar 2-3-chinbarg chiqarganda, gullashda va hosil terishda beriladi. 1 ga maydonga 300-400 kg superfosfat berish ham yaxshi samara beradi. Bunda superfosfat normasining ⅔ qismi go‘ng bilan qo‘shib solinadi, ⅓ qismi esa o‘suv davrida qo‘shimcha oziq sifatida beriladi. Shiparelga olingan bodringlarga suv va oziqa ko‘proq talab qilinadi.
Bodring guli ari, chumoli va trips yordamida changlatiladi. Bodring barglari ho‘lligida ekin maydonida ishlash tavsiya etilmaydi, aks holda, turli xil kasalliklar tarqalishi mumkin. Palak yozib gullay boshlashi bilan qator oralariga ishlov berish to‘xtatilib, faqat sug‘orilib turiladi. Ekin ekish: Bahorgi-yozgi va bahorgi mavsumda 15 kunlik ko‘chat ekish tavsiya etiladi. Bodring ko‘chati ekilishidan 3-4 kun oldin begona o‘tlarga qarshi gerbitsidlardan foydalaniladi. Ba’zi holatlarda bodring ochiq dala maydonida shipalerlarga ham olinib ekilishi mumkin. Bunday sharoitda qator va pushta oralig‘i bir oz zichlashtiriladi.
Markaziy Osiyoning janubiy rayonlarida ertagi bodring ekish muddati mart oxiri aprelning boshlariga, qolgan rayonlarda aprel oyining ikkinchi yarimlariga to‘g‘ri keladi, ya’ni u qora sovuqlar xavf-xatari o‘tgandan keyin ekiladi. Kechki bodring 15 iyundan boshlab to 10 iyulgacha ekiladi. Ertagi bodring qatorlab egatlar orasi 120x140 qatordagi uyalar orasi 30 sm qilinib joylashtiriladi. Kechki bodiringni qo‘sh qatorlab ekiladi, bunda bir juft egat markazi bilan ikkinchi juft egat markazi orasi 210x240, uyalar orasi esa 40 sm qilinadi.
Bahorgi bodiringni quruq yoki 18 - 24 soat ivitilgan urug‘larni ho‘l - quruq aralashtirib, yozda esa sug‘orilgan egatlar chekkasiga ivitilgan urug‘lar 3-4 sm chuqurlikga, uyalarga 4-6 tadan ekiladi. Gektariga 4-5 kg.dan urug‘ sarflanadi.
Parvarish qilish - Bodring va sabzavot qovoqchalarni erta muddatlarda ekishda tuproqning qatqaloqlanishiga qarshi ko‘rashishga to‘g‘ri keladi. Urug‘ unib chiqqandan keyin yagana qilinadi va xato chiqqan joylarga kayta urug‘ ekiladi. Birinchi yaganalashda har uyada 3-4 tadan, ikkinchi yaganalashda esa 1-2 donadan o‘simlik qoldiriladi, biror sababga ko‘ra urug‘ unib chiqmagan uyalarga undirilgan urug‘ ekiladi.

Yüklə 137,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə