Bodring tuzlash texnologiyasi


Uzunligiga qarab guruhlarga ajratilgan bodringni tuzlashda tuzning konsentratsiyasi, %



Yüklə 137,19 Kb.
səhifə3/6
tarix24.12.2023
ölçüsü137,19 Kb.
#160469
1   2   3   4   5   6
BODRING TUZLASH TEXNOLOGIYASI

Uzunligiga qarab guruhlarga ajratilgan bodringni tuzlashda tuzning konsentratsiyasi, %


3.1.3.Jadval



Bodring guruhi

Sabzavot o‘lchami

Tuzning konsentratsiyasi%

1

I -guruh

Kichik o‘lchamdagi bodringlar
(3-5 sm)

6

2

II -guruh

Kichik o‘lchamdagi bodringlar
(5-7 sm)

6

3

III -guruh

O‘rta o‘lchamli bodringlar
(7-9 sm)

7

4

IV -guruh

Katta o‘lchamli bodringlar
(12 sm gacha)

8

Kichik o‘lchamdagi bodringlarni tuzlashda tuzning konsentratsiyasi 6% ga, o‘rta o‘lchamli bodringlar uchun 7% ga, katta bodringlar uchun 8% ga oshiriladi. Bodring mevasi qanchalik pishgan va yirik bo‘lsa tuzli suv shunchalik sho‘rroq qilinadi. Agar tuzlangan sabzavotlar yerto‘lada saqlanadigan bo‘lsa, tuzning konsentratsiyasi 1% ga oshiriladi.
Tayyor tuzlangan bodring suvida tuzning miqdori 2,5-3,5%, kislotalilik (sut kislotasi hisobida) 0,6-1,2% bo‘lishi kerak. Bunda birinchi sortli tuzlangan bodringda ichi bo‘sh bodring 3% gacha, ikkinchi tovar sortda esa 10% gacha ruhsat etiladi.
Tuzli suv tiniq, zilol, bodringlar esa qattiq va qarsillaydigan, pomidor esa yumshoq, yorilmagan bo‘lishi kerak.
Bodringni idishlarga tuzlash. Bodringni tuzlash qayta ishlashda keng tarqalgan usuldir. Bodring ho‘lligida sof holatda saqlab bo‘lmaydi. Tuzlash uchun ochiq tuproqda yetishtirilgan bodringlarni zich etli, po‘sti kuchli dag‘al bo‘lmagan, kichik urug‘ xonali, to‘g‘ri shaklli, bir tekis yashil rangli hamda tarkibida yuqori qand miqdoriga ega navlar yaroqli hisoblanadi. Ularda qand mikdori 2 foizdan kam bo‘lmasligi lozim. Tuzlash uchun bir xil navli bodringlar tanlanib, o‘sha kuniyoq tuzlash lozim. Aks holda, so‘ligan mahsulotda qand moddasi miqdori ma’lum darajada kamayadi.
Tuzlash uchun bodringni bir botanik navi olinadi, avval eng mayda hajmli bodringlarni 3-5 sm pikulga, keyin bir guruh kornishoniga (5-7 sm), ikkinchi guruh kornishoniga (7-9 sm) va 12 sm dan oshmagan yashil guruhga ajratiladi. Ezilgan, kasal va zararkundalar bilan shikastlangan mevalar tuzlanmaydi.
Bodring 100-150 kg li hajmdagi yog‘och bochkalarga tuzlanadi. Buning uchun bochkalarning dub, lipa, buk, kashtan, archa yog‘ochidan ishlangani maqbul. Ularni yuvib tozalangandan keyin, eng oxirida 0,1 foizli kaustik soda bilan yuviladi, (100 l idishga 8 l kaustik soda eritmasi ishlatiladi) oltingugurt tutatiladi.
Labaratoriya natijalariga ko‘ra 100-litirli bochkalarga o‘lchamlari 91-
120 mm bo‘lgan bodringlarni tuzlab 10-120 da 4-10-15-20-30 va 40 kundan
so‘ng ochib ko‘rilganda, bodringlarni og‘irligi, xajmi, solishtirma og‘irligi, xavo tarkibidagi saqlash jarayonida o‘zgarishini kuzatildi.

Yüklə 137,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə