3-bob. Fazoviy ma’lumotlar va ularning ilmiy asoslari



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/27
tarix21.10.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#130149
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Mavzu 4

Tavsifiy ma’lumotlar.
 
GAT paydo boʻlganidan keyin geografik 
ma’lumotlar bilan bir qatorda jadval, diagramma va boshqa iqtisodiy, huquqiy 
ma’lumotlar kiritish imkoniyati paydo boʻldi. Bunda asosiy e’tibor ma’lumotlar 
bazasida qaysi turdagi ma’lumotlarni qaysi usul bilan tasvirlashga qaratilgan. 
Bunday ma’lumot turi esa 
tavsifiy ma’lumotlar (descriptive data)
deb ataladi 
(3.2-rasm). 
3.2-rasm
. Geofazoviy (a) va tavsifiy (b) ma’lumotlar 
(Manba: Internet)
Fazoviy va geofazoviy ma’lumotlar. 
Geofazoviy ma’lumotlar oʻzida 
koordinatani mujassamlashtiradi va tizim ma’lumotni oʻqiyotgan paytida 
koordinatasini, ya’ni joylashgan manzilini ham oʻqiy oladi. 
Fazoviy ma’lumotlar inglizcha adabiyotlarda “
spatial data” 
deb yuritiladi
 
va u lotincha “
spatium
” soʻzidan olingan boʻlib, fazo, makon degan ma’noni 
anglatadi. Fazoviy deganda obyektning fazoga oid ma’lum bir joydagi holatiga, 
oʻlchamiga va shakliga bogʻliqligi tushuniladi. Ma’lum bir hodisaning uch 


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
59 
oʻlchamli makonda tarqalishi va oʻlchash imkoniyatini ham fazoviy 
tushunchasiga kiritishimiz mumkin. Geoaxborot tizimida fazoviy tushunchasi 
kartadagi joyga nisbatan qoʻllaniladi.
Geofazoviy ma’lumotlar esa “
geospatial data” 
deb yuritiladi va u 
geografik va fazoviy ma’lumotlar tushunchalarining yigʻindisidan tashkil topgan 
boʻlib, fazoviy ma’lumotlar bilan bir xil tushuniladi. AQSH ning Geologik 
tadqiqot agentligi bergan ta’rifga koʻra, bu ikkala tushunchani bir xil ma’noda 
tushunish ma’qul hisoblanadi va ular bir-birining oʻrnida qoʻllaniladi.
Geofazoviy ma’lumotlar odatda koordinatalar, topologiyalar koʻrinishida 
saqlanadi va ular asosida kartalar ishlab chiqiladi. Bu tushuncha asosan 
geoaxborot tizimida qoʻllaniladi va olishga, boshqarishga hamda tahlil etishga 
moʻljallangan boʻladi. Geofazoviy ma’lumotlar geoaxborot tizimini boshqa 
axborot tizimlaridan ajratib turadi.
Geofazoviy ma’lumotlar, oʻz navbatida, tizimda ikki turga boʻlinadi, ya’ni 
vektor va rastr ma’lumotlar.
Geofazoviy ma’lumotlarni tushunishimiz uchun yoʻlni misol qilib olish 
mumkin. Yoʻlni tasvirlash uchun uning joylashuvini (qayerda) va tavsifi 
(uzunligi, nomi, tezligi, cheklovi, yoʻnalishi)ni koʻrsatamiz. Yoʻlning joylashuvi, 
shakli yoki geometriyasi fazoviy ma’lumot deb atalsa, uning tavsifi tavsifiy 
ma’lumot yoki atribut ma’lumot deyiladi. Demak, ushbu yoʻl boshqa geofazoviy 
ma’lumotlarga oʻxshab oʻzining fazoviy va atribut ma’lumotlariga ega. 

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə