Debetli karta va kredit kartaning mohiyati va ahamiyati



Yüklə 187,63 Kb.
səhifə3/3
tarix19.12.2023
ölçüsü187,63 Kb.
#152571
1   2   3
Debetli karta vakredit kartaning mohiyati va ahamiyati

Kredit kartasi

  • Ba’zida tezkor yechim talab qiladigan kutilmagan vaziyatlar yuz beradi. Masalan, qo‘shningizning uyida quvur yorilib, xonadoningizga suv toshdi va endi uni ta’mirlash kerak. Bu ham yetmagandek, davolanish va qarindoshlarning to‘yiga boshqa shaharga borishni ham rejalashtirgansiz...
  • Hayotingizdagi voqealar quvonchli yoki biroz yoqimsiz bo‘lishidan qat’i nazar xarajat talab qiladi. Agar doimiy ravishda daromadingizning bir qismini jamg‘arib borgan bo‘lsangiz yoki bankda hisobingiz bo‘lsa, bu yaxshi. Bordi-yu, bunday bo‘lmasachi?
  • Jamg‘armalar yo‘q, ammo muntazam daromad va rasman ish joyiga ega bo‘lsangiz, eng optimal variant — bu kredit kartasini rasmiylashtirish. Bunday kartalar moliyalashtirishning qulay va sinalgan shakli sanalib, bunda bank alohida plastik karta ochadi va uni zarur miqdorda mablag‘ bilan to‘ldiradi.
  • Kredit kartalarining bir nechta turi bor. Magnitli kartalarda barcha ma’lumot maxsus magnit chizig‘ida saqlanadi, chipli kartalar ichiga esa elektron chip o‘rnatilgan bo‘ladi. Eng qulay va tezkor variant — virtual kredit kartalari. Ko‘pincha uni bank ilovasining o‘zida ochish mumkin.
  • Kredit kartalarining yaqqol afzalliklari sabab, tobora ko‘proq odam ulardan foydalanishni ma’qul ko‘rmoqda. Shulardan biri — bankdan olingan mablag‘lardan istalgan paytda foydalanish imkoniyati. Bu bank mablag‘larni to‘g‘ridan to‘g‘ri qabul qiluvchi tashkilotga yuboradigan kredit shakli emas. Shuningdek, bor mablag‘ni birdaniga ishlatish majburiyati yo‘q, foydalanuvchi xarajatlarni o‘zi taqsimlaydi va barcha kredit summasi emas, uning bir qismidan foydalanish huquqiga ega. Muhim jihati, foizlar faqat ishlatilgan mablag‘lar uchun hisoblanadi, misol uchun, agar kredit kartangizda 10 million so‘m bo‘lib, siz undan faqat 4,5 million sarflagan bo‘lsangiz, faqat shu summa uchun foiz hisoblanadi. Hech qanday ortiqcha to‘lov yo‘q. Bundan tashqari, deyarli barcha kredit kartalarida keshbek, muddatli to‘lov imkoniyati, kobrend, xayriya va boshqa yoqimli bonus dasturlari mavjud.
  • Kredit kartalari bizning mamlakatimizda ommalashib bormoqda. Masalan, birgina “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki o‘z mijozlari uchun manfaatli shartlar asosidagi 22 mingdan ortiq kartani ishlab chiqardi. 50 million so‘mgacha mablag‘ olish mumkin, pul miqdoridan qat’i nazar, uni 4 yil davomida qaytarish lozim. Yillik inflyatsiya hisobiga bu juda manfaatli taklif. Shuningdek, “Agrobank” kredit karta sohiblari faqat ishlatilgan kredit summasi uchun foiz to‘lashi ham ularning tanlovi yanada foydali bo‘lishiga xizmat qiladi.
  • Shubhasiz, pul jamg‘ara olish — foydali ko‘nikma, biroq ba’zida kutishdan ko‘ra, hayotingizdagi vaziyatlarni hoziroq kredit karta yordamida hal qilish yaxshiroq va shunda rejalashtirilmagan ta’mir va uzoq kutilgan avtomobil xaridi oilaviy budjetga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi.

Yüklə 187,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə