182
MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISH VA UNGA QO’YILADIGAN
TALABLAR
O’rinova Oysha, Hamidova Sarvinoz
Fizika va astronomiya ta’lim yo’nalishi talabalari
Navoiy davlat pedagogika instituti
Ilmiy rahbar: t.f.d. (DSc), prof.v.b. D.I.Kamalova
Annotatsiya.
Ushbu maqolada mustaqil ta’limni tashkil etish va unga
qo’yiladigan talablar to’g’risida ma’lumotlar bayon etilgan.
Kalit so’zlar:
astronomiya, pedagogika, mustaqil ta’lim, o’quv jarayoni,
ijodkorlik, qobiliyat.
Oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbivaviy jarayon, umumiy o’rta ta’lim
tizimi ta’lim jarayonidan anchagina farq qiladi. Oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim
jarayoni umumiy o’rta ta’lim tizimidagidan farqli o’laroq, har kuni beriladigan uy
vazifalari va o’tilgan materialni takrorlash yo’q. Ikkinchidan, o’quv auditoriyalaridagi
ma’ruza va mashg’ulotlar qanchalik yuqori darajada tashkil etilmasin, kunlik bilimning
nazoratiga imkoniyat juda kam. Talabalar bilimining sifati, ularning mustaqil ishlashiga
bevosita bog’liq. Talabaning mustaqil ishi professor-o’qituvchi tomonidan aniqlaniladi
va tegishli ko’rsatmalar berilib, mustaqil ishning bajarilishi nazorat qilib boriladi.
Mustaqil ta’lim – o’quv jarayoni mashg’ulotlarida talabalarning shaxsiy
ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega, bunda
maxsus fizikaviy va astronomik ko’nikmalarni alohida ajratib bo’lmaydi, chunki
shaxsiy ko’nikmalar ularning ichiga singib boradi. Ko’nikmalarni shakllantirishda
talabalar bilan mustaqil ravishda ishlash dasturulamal sifatida xizmat qiladi. Fizika va
astronomiya fanlarini o’qitishda bilim oluvchilarga uchta asosiy ko’nikmani hosil qilish
muhim ahamiyatga ega. Uzluksiz ta’limda bu ko’nikmalardan, hatto, birini e’tiborga
olmasak yoki yetarlicha baholamasak, qolganlarining shakllantirishi sezilarli darajada
susaytiriladi. Quyida keltirayotgan asosiy uchta ko’nikmalar fizika hamda astronomiya
fanlarini o’qitish uchun bizga asos bo’lib xizmat qilishi kerak:
eksperimental ko’nikma;
intellektual va umumo’quv ko’nikma;
maxsus (xususiy) ko’nikma;
Bu ko’nikmalarning hammasi talaba-yoshlar bilan alohida guruh bo’lib yoki
professor-o’qituvchining nazoratisiz xususiy ko’nikmalar hosil qilishga qaratilgan.
Shuni etish etish kerakki, intellektual ko’nikmalar deb har xil muammo va masalalarni
yechishda aqliy amallarni samarali bajarish qobiliyatiga aytiladi. Umuman olganda,
183
intellektual ko’nikma, umumo’quv va xususiy ko’nikmalarni shakllantirish sifatida
yagona fizikaviy va astronomik material asosida amalga oshiriladi. Bunda tor
ko’nikmalar, keng ko’nikmalar va murakkab ko’nikmalar o’quv materialining
mohiyatini ochishga xizmat qiladi.
Psixolog olimlar o’z ilmiy tadqiqotlarida inson faoliyatini o’rganish, tadqiq
qilish, uning mohiyatini ochib berish muammolari bilan shug’ullanganlar. Inson
faoliyatining mohiyatini motiv, maqsad, shart-sharoit, harakat, jarayon kabi faoliyat
strukturasini tashkil etuvchi elementlarni o’rganish orqali anglash mumkin. Shuni
ta’kidlab o’tish kerakki, subyektning verbal harakatlari – bu o’quv ko’nikmasini tashkil
etuvchi harakatlardir. Aslida, o’quv faoliyati, o’quvchi-talabalarning o’quv
topshiriqlarini mustaqil bajarish jarayonida bilim egallashlariga qaratiladi. Bu ularga
mazkur bilimlarning hosil bo’lish shart-sharoitlarini ham anglash imkonini beradi.
Psixologlar harakatni amalga oshirish usuli sifatida “jarayon” tushunchasini kiritganlar.
Agar jarayonlar anglab bajarilsa, u holda “ko’nikma” haqida gap boradi. Bu esa,
amaliyotchiga bakalavriat va magistratura bosqichlarida olgan bilim, malaka va
ko’nikmalarga mustaqil ravishda yondashishiga imkoniyat yaratadi. Bu borada
uzluksiz ta’lim tizimining ajralmas qismi hisoblangan – oliy ta’limdagi mustaqil ta’lim
o’quv darslarining o’rni beqiyosdir, albatta. Mustaqil ta’limda ajratilgan mavzularga
tajriba asosida, ya’ni, laboratoriya ishlari va eksperimentlarni mustaqil ravishda
rejalashtirish, ularni amalga oshirishga ijodiy yondashish nazariy va amaliy jihatdan
yondashishga nisbatan qiyinchiliklar bilan amalga oshmoqda. Malakaviy pedagogik
amaliyot davomida kuzatilayotgan bunday qiyinchiliklar fizika va astronomiya fani
o’qituvchilarining eksperimental jihatdan tayyorgarligi, ko’nikma va malakalari hali
ham yetarli darajada emasligini ko’rsatmoqda. Bu kabi muammolarni bartaraf etish
uchun esa asosiy e’tiborni talabalar mustaqil ta’limini rivojlantirish, unga sistematik
yondashish, ta’lim uzviyligini ta’minlagan holda qarash muhim ahamiyatga ega.
O’tkazilayotgan pedagogik tadqiqotlar tahlili shuni ko’rsatadiki, ixtisosliklar bo’yicha
malakali bakalavriat bosqichi mutaxassislarini tayyorlashda asosiy e’tiborni
talabalarning o’quv jarayonida aynan mustaqil ta’lim mashg’ulotlarida eksperimental
malaka
va
ko’nikmalarini
shakllantirish,
ratsionalizatorlik
qobiliyatlarini
rivojlantirishda sistematik yondashish o’ziga xos istiqbolli natijalarni keltirib chiqaradi
va bo’lajak o’qituvchilarni sifatli tayyorlashda muhim omil bo’lib xizmat qiladi.
Har haftaning oxirgi kunida, ta’lim oluvchi hafta davomida bajargan ishlarini
sarhisob qilib, o’zi mustaqil tuzgan rejaning bajarilishini tekshirib chiqishi kerak.
Bunday nazoratdan so’ng, talaba, o’zi bajargan ishlarga haqqoniy yondoshsa,
184
yo’1qo’yilgan kamchiliklarni bartaraf qilish ancha oson kechadi. Talaba mustaqil ishini
bajarishda o’zining kuchigagina ishonishi shart. U, oldinda ko’p qiyinchiliklar
kutayotganini esdan chiqarmasdan. Ularni yengishga o’zini tayyorlashi kerak. Turli
yo’nalishdagi mutaxassisislaming kasbiy tayyorgarligiga qo’yiladigan talablar,
ularning “Mutaxassislik tavsifnomasi”da ko’rsatilgan bo’ladi. Ularda quyidagicha
talablar mavjud:
bilimini muntazam o’stirib va rivojlantirib borish;
ilmiy-texnik axborotlami qidirishda va qo’llashda samarali usullardan
foydalanish;
mutaxassislik yo’nalishiga mos eksperiment o’tkazishni bilish.
Bu talablar, talabalarning bilish faoliyatiga doir “Umumlashgan usullar” ini
tuzish zarurligini taqozo qiladi. Umumlashgan usullar qaysi bir fanni o’rganishda
shakllantirilsa va boshqa fanlarni o’rganishda, amaliy-seminar mashg’ulotlarni
bajarishda erkin qo’llanillanilsa, “umumlashgan usullar”, – deyiladi. Boshqacha
aytganda, “umumlashgan usul” deb, keng qo’llaniluvchi, umumiy xususiyatga ega
bo’lgan usullarga aytiladi.
Talabalarda umumlashgan usullarning keng shakllanishi, birinchidan, dars
jarayonida sarflanadigan vaqtni tejashdi, ikkinchidan, bilimlarni yuqori darajaga
ko’tarilishiga olib keladi, berilgan topshiriqlarni tezroq bajarishga, ya’ni aqliy
mehnatning samaradorligini oshirishga olib keladi. Masalan, talabalarning bilimini
mustaqil tarzda oshirishda asosiy o’rinni o’quv adabiyotlari va internet axborot tizimi
manbalari egallaganligi uchun, ular bilan samarali ishlashda quyidagi usullarni
shakllantirish maqsadga muvofiq hisoblanadi:
o’quv materiallarini mantiqiy tahlil qilib, uning asosiy mag’zini ajratib olish;
hodisa va jarayonlarning asosiy xossalarini ko’rsatuvchi fizik kattaliklarning
o’zaro bog’lanishlarini ifodalovchi formulalarni matematik yo’l bilan chiqarilishini
mustaqil bilish;
o’qilgan material matnini, berilgan grafiklarni hamda jadvallarni tushunish;
o’qilgan materiallarni o ‘z so’zi bilan erkin gapirib berish;
darslikda berilgan mavzu materialini boshqa adabiyotlardan o’qilganlari
bilan mukammal holda to’ldirish;
katalog bilan ishlashni va bibliografiya tuzishni bilish;
o’qiganlarini konspekt qilishni, ma’ruza tezisini yozishni va bayon qilish
rejasini tuzishni bilish.
185
Darslik va o’quv qo’llanmalar bilan ishlash madaniyatining ayrim ijtimoiy
elementlari bilan talabalarni tanishtirish muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun,
talabalarga juda zarur bo’lgan quyidagi tavsiyalami keltiramiz:
Adabiyot bilan to’g’ri ishlash uchun har bir kishidan o’z energiyasini, vaqtini
ortiqcha sarf qilmaslik talab qilinadi. Ishlash jarayonida vaqtdan va ish vazifasidan
to’g’ri foydalanish muhim ahamiyatga ega. O’qigan materialni esda saqlab qolish
uchun ertalab, ya’ni inson miyasi charchamagan holatda samarali bo’lishi hammaga
ma’lum. Talabalar ertalabki smenada o’qishsa, ular mashg’ulot tugagandan so’ng, 1,5
soat o’tgach o’quv adabiyoti bilan ishlashsa, unumli bo’ladi.
Aqliy mehnatning unumli bo’lishining bosh omili, ish joyining qulay bo’lishini
ta’minlovchi shartlardir. Talabalar o’zlarining kitoblarini, yozuv qog’oziarini, chizma
va yozuv qurollarini har doim toza va ehtiyot qilib saqlashi zarur. Ish joyining chap
tomonidan yetarli darajada yorug’lik tushib turishi kerak. Kitobni o’qishni boshlashdan
avval, quyidagi ishlarni amalga oshirish zarur: kitobning qisqacha tavsifnomasi bilan
tanishish, mualliflarning familiyasi, ismi-sharifini, kitob nomini, chop etilgan
bosmaxonasini, nashr qilingan shahri va yilini, nechanchi marta nashr qilinganini bilib
olishi, maqsadga muvofiqdir. Ushbu ma’lumotlarning ahamiyati katta bo’lib, ular kitob
to‘g‘risida umumiy tushuncha beradi; qanday kitob, yangimi yoki eskimi, u
o’qilayotganini bildiradi; u kimlarga mo’ljallab yozilganini bilishga imkon beradi.
Shundan so’ng, kitobning birinchi varaqlaridan, uning rejasi va tarkibi bilan tanishib
chiqish mumkin. Kitobning kirish qismi bilan tanishish, uning mazmuni to’g’risida va
uning boblari, bo’limlari, paragraflari, mavzularga bo’lingan materiallarni qanday
tizimga solinganligi to’g’risida tasavvur hosil qilishga imkon beradi. Talabaga ushbu
axborotlarni bilib olish, kitob to’g’risida to’la tasavvurga ega bo’lishga va uni o’qib
o’rganishga qulavlik tug’diradi. Kitob bilan oldindan tanishib chiqish, ya’ni rasm,
diagramma va jadvatlarga nazar tashlash foydali hisoblanadi.
Adabiyotlar materiallari matni bilan ishlashga ijodiy yondoshish samarali
bo’lishi uchun, uni mexanik tarzda o’qib chiqish, maqsadga muvofiq emas. Matnni juda
diqqat bilan o’qib chiqish. Talaba o’z so’zi bilan materialni tizimli, ishonchli qilib aytib
va tushuntirib borishga intilishi, yaxshi natija beradi.
Hozirgi kunda ta’limga qaratilayotgan diqqat va e’tibor kun sayin kuchayib
bormoqda. Jahonda PISA, PIRLS, TIMSS, TALIS kabi bir qator xalqaro dasturlar
mavjud bo’lib, ular rivojlangan davlatlarda ta’lim sifatini yanada oshirishdagi mezon
sifatida keng qo’llanilmoqda. Islohotlarni amalga oshirishda xalqaro standartlar
darajasida yuqori iqtisodiy samaraga asoslangan milliy baholash tizimini yaratishga
186
ham e’tibor qaratilmoqda. Shu o’rinda aytib o’tish joizki, biz avvalo ta’lim sifatini
tubdan yaxshilashga harakat qilmog’imiz zarur. Bunday sharoitda, yuqori malakali
pedagoglarga bo’lgan talablar ortib borib, barkamol avlodni asrlar davomida shakllanib
kelgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega, kasbiy
tayyorgarligi yuksak darajada bo’lgan hamda zamonaviy pedagogik va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini individual amaliyotda qo’llash ko’nikma va
malakasiga ega ijodkor pedagoglarni tayyorlash talab etiladi. Bu oliy ta’lim muassasasi
oldida turgan asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |