Buxgalter tomonidan subyektning moliyaviy-sotuv faoliyati haqidagi to’liq moliyaviy ma’lumotni ishlatish subyekt ishining unumdorligini oshirishga qaratilgan nazoratning amaldagi tizimini yaratishga imkon beradi



Yüklə 20,87 Kb.
tarix20.10.2023
ölçüsü20,87 Kb.
#128945
mahsulotni ishlab chiqarish hajmi va uni sotishni rejalashtirish


9.4. Mahsulotni ishlab chiqarish hajmi va uning sotish assortimentini rejalashtirish

Ishlab chiqarish hajmi va mahsulot assortimentiga nisbatan boshqaruv qarorlari moliyaviy hisobot asosida qabul qilinadi. Shu holda subyektlar turli yo’llar bilan sotiladigan mahsulotlarni keng assortimentda ishlab chiqaradilar; katta va kichik hajmda, ulgurji va chakana savdo yordamida, turli geografik hududda joylashgan iste’molchilarga yetkazib berish yo’li bilan va hokazo. Bunday amaliyot mahsulotning turlari va bozorlarning segmentlari bo’yicha olinadigan daromadlar to’g’risida alohida hisobotlarni talab qiladi.


Buxgalter tomonidan subyektning moliyaviy-sotuv faoliyati haqidagi to’liq moliyaviy ma’lumotni ishlatish subyekt ishining unumdorligini oshirishga qaratilgan nazoratning amaldagi tizimini yaratishga imkon beradi.
Alohida segmentlar bo’yicha moliyaviy hisobotlarga umumiy summalarni kiritish kerak va subyektning umumiy moliyaviy hisobotiga ham ushbu summalar umumlashtirilgan holda kiritilishi kerak. Masalan, har bir mahsulot yoki mahsulotning assortimentini ishlab chiqarishdan olingan foyda yalpi foydaning bir qismi bo’lishi kerak, ishlab chiqarish hajmi esa o’zgaruvchan xarajatlarning hajmi bilan o’zaro bog’liqlikni saqlashi kerak. Har Bir ishlab chiqarish bo’linmalarining xarajatlari butun subyekt darajasida ishlab chiqarish xarajatlarining bir qismi hisoblanadi va ishlab chiqarishning samaradorligini, mahsulot turi, ish vaqtidan to’liq foydalanganlikni hisobga olgan holda nazorat qilinishi lozim. Mahsulotning assortimenti bilan alohida ishlab chiqarish bo’linmlarida ishlab chiqarish quvvatlarining to’ldirilganligi o’rtasida aloqa mavjud.
Тadbirkorlik faoliyatining har bir segmentini baholash ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblovchi buxgalterga muammo tug’diradi. Uning yechimi ko’proq rentabelli mahsulotni va subyektning yalpi foydasining ishlab chiqarish hajmini va assortimentini nazorat qilish tizimini tuzish jarayonida ro’yobga chiqadi. Har Bir subyekt uchun nazorat tizimining o’ziga xosligiga qaramay u quyidagi namunaviy muolajalarni o’z ichiga olishi lozim: har bir mahsulotning rentabelligini kuzatish; har bir mahsulotdan olingan yalpi foydani nazorat qilish; haqiqiy foydaning kutilayotganidan chetga chiqishini aniqlash; xarajatlar tizimini hisoblab chiqish, o’ta yashirin xarajatlarni chiqarib tashlash; alohida mahsulotga to’g’ri keladigan ustama sarflarni hisoblab chiqish; subyektda qo’llaniladigan talabning elastikligiga va boshqa nazorat muolajalariga narx o’zgarishining ta’sirini aniqlash.
Nazorat muolajalaridan foydalanish kutilayotgan foydani ta’minlash uchun ishlab chiqarish hajmining qancha bo’lishini, foydaning aniq hajmini olish uchun sotishda qanday narx qo’yish kerakligini, subyekt ishining zararsizlik chegarasining, xavfsizlik hududining va sotilgan mahsulot tizimining qandayligini aniqlashga imkon beradi.
Mahsulot birligining miqdorini hisoblash zararsizlik nuqtasini hisobga olmasdan quyidagi tenglamaga asoslanadi:



Kutilgan foydani olish uchun sotilgan mahsulot birligining miqdori

=

Doimiy xarajatlar + Kutilgan foyda
Birlik mahsulotning narxi

Hisobning to’g’ri usuli deb yalpi foyda usuliga aytiladi, uning asosida quyidagi tenglama yotadi:



Yalpi foyda (yoki marjinal daromad)

=

Mahsulotni sotishdan tushgan daromad

-

O’zgaruvchan sarflar




Хavfsizlik hududi

=

Rejalashtirilayotgan sotish hajmi

-

Zarasizlik nuqtasidagi sotish hajmi

Хavfsizlik chegarasining koeffitsiyenti



=


Rejalashtirilayotgan sotish hajmi



+

Zararsizlik nuqtasidagi sotish hajmi









Rejalashtirilayotgan sotish hajmi

Zararsizlik nuqtasi xavfsizlikning chegarasini ko’rsatmoqda. U subyektning zarar ko’rishidan oldin sotish hajmi qanchaga qisqartirilishi mumkinligini ko’rsatmoqda.

Mahsulotning rentabelligi

=

Mahsulot birligiga ta’luqli marjinal daromad
Mahsulot birligining narxi

x

100

Foyda darajasi nafaqat mahsulotlar bo’yicha, balki har bir zonani foydaning umumiy summasiga qilgan qo’yilmalari bo’yicha baholanadi. Subyektning marjinal daromadi tizimi bozor zonalari bo’yicha hisoblanadi, zonalar ichida esa mahsulotlarning turi bo’yicha hisoblanadi. Тadbirkorlik segmentlarini nazorat qilish shakllari ishlab chiqarish bo’linmalari tomonidan har bir mahsulot uchun sotish narxini belgilashni ham ko’zda tutadi. Ishlab chiqarish bo’linmasi tomonidan mahsulot sotishsini baholash odatda ustalar, bo’lim va sex boshliqlarini moddiy rag’batlantirishda qo’llaniladi. Shuni esda tutish kerakki, transfert narxlarini hisoblashning eng qulay varianti bo’lib xarajatlarning me’yorlari hisoblanadi.
Shuning uchun foyda summasiga har bir bo’linma tomonidan qilingan qo’yilma to’g’ri ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy ustamalarini emas balki yalpi qoplanishi va subyektning sof daromadiga bo’lgan ta’siri sifatida qaraladi. Nazoratning kam ahamiyatli bo’lmaganining yana biri sifati bu mahsulot turlari bo’yicha talabning elastikligini kuzatishdir.
Sotishdan olingan foydaning asosiy konsepsiyasi: narxlarning ko’tarilishi - sotish hajmining kamayishi yoki narxlarning pasayishi - sotish hajmining o’sishi hisoblanadi. Тalabning elastikligi har bir mahsulot bo’yicha aniqlanadi. Agar talab elastik bo’lsa sotishning o’sishi haqiqiy hajmining 1/3 qismidan oshmasligi kerak va narxlarning darajasini ushlab turishda alternativ qadam bo’lib xarajatlarni pasaytirish dasturi xizmat qilishi mumkin. Shunda sarflarning umumiy summasining pasaytirilgani sotishning haqiqiy hajmini 1/3 qismidan oshmasligi kerak.
Agar mahsulot assortimenti marjinal qo’yilma va sof daromad darajasi bilan belgilansa, unda o’rtacha o’zgaruvchan xarajatlar sotish xarajatlariga mutanosiblikda o’zgaradi. Bunday holda sotishning yuqori darajasi xarajatlarni pasaytiradi. Ishlab chiqarish quvvatlarining yetishmasligi sotish hajmining o’sishi uchun qo’shimcha qo’yilma va ishchi kuchi to’plamini talab qiladi, buning natijasida ishlab chiqarishning samaradorligi pasayib xarajatlar ko’tarilib ketadi.
Yüklə 20,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə