O’zbekiston respublikasi xududiga olib kirilayotgan va chetga chiqarilayotgan tovarlar, ularni majburiy sertifikatlashtirish tartibi mundarija kirish I bob. O’zbekiston respublikasida sertifikatlashtirish faoliyati



Yüklə 76,66 Kb.
səhifə1/17
tarix22.12.2023
ölçüsü76,66 Kb.
#153916
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Sertifikatlashtirish asoslari


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XUDUDIGA OLIB KIRILAYOTGAN VA CHETGA CHIQARILAYOTGAN TOVARLAR, ULARNI MAJBURIY SERTIFIKATLASHTIRISH TARTIBI


MUNDARIJA


KIRISH
I BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SERTIFIKATLASHTIRISH FAOLIYATI.

I.1 Sertifikatlashtirishning rivojlanish tarixi.


I.2 Sertifikatlashtirish va sifatni boshqarishning qonuniy va me’yoriy asoslari.


I.3 O’zbekiston Respublikasida maxsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi.


II BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SERTIFIKATLASHTIRISH QOIDALARI.

II.1 Maxsulotlarni sertifikatlash qoidalari.


II.2 Sertifikatlashtirishni o’tkazish tartibi.


II.3 Majburiy sertifikatlashtiriladigan tovarlarni muvofiqlik sertifikatisiz muomalaga chiqarish.


XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Kirish
“Serifikatlashtirish” ma'ruzalar to‘plamida hayotimizning barcha jabhalarida, iqtisodiyotning va sanoatning barcha tarmoqlari uchun o‘ta zarur bo‘lgan, sekrtifikatlashtirish haqidagi asosiy tushunchalar va ta'riflar, me'yoriy hujjatlar, sertifikatlashtirishning huquqiy va qonuniy asoslari hamda O‘zbekiston respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimi kabi masalalari xususida yetarli va zarur ma'lumotlar keltirilgan.
Ushbu ma'ruza matni mohiyatan hozirgi kunlarda respublikamizdagi ta'lim va iqtisodiyot borasidagi rivojlanishi va o‘zgarishlari fan-texnika hamda texnologiyani jadal o‘zgarib borishini hisobga olingan holda yaratildi.
Asosan standartlashtirish, sertifikatlashtirish va sifatni boshqarish faoliyatini paydo bo‘lishi va rivojlanishi tarixiy manbalardan ma'lumki, uzoq tariximizga o‘zaro bog‘liq bo‘lishi bilan bir qatorda, ilmiy-falsafiy nuqtai nazardan iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga xos bo‘lgan, doimiy ravishda va uzluksiz tarzda rivojlanishda bo‘luvchi faoliyatlar turkumiga mansubdir.
Mustaqil O‘zbekistonimiz juda boy va ko‘hna madaniy va ma'rifiy meroslarga ega bo‘lib, ushbu meros G‘arb falsafasini shakllanishida, buyuk olimlarni va allomalarni muvoffaqiyat qozonishlarida munosib o‘rin egallagan. Bundan tashqari respublikamiz «Buyuk ipak yo‘li» asosiy tomirida joylashganligi va yirik savdo markazlariga ega bo‘lganligi sababli xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlanishida alohida ahamiyat kasb etgan.
Ma'lumki, respublikamizda tub iqtisodiy islohotlar orqali bozor munosabatlarini shakllantirishga kirishishda eng avvalo, uning strategik maqsadlari belgilanib olindi. Bu maqsadlar ichida «raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni ta'minlash» alohida ta'kidlab o‘tilgan. Iqtisodiy islohotlarning ustivor sanalgan yo‘nalishlarida ham quyidagilarni ko‘rishimiz mumkin:
- ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish orqali tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish;
- aholini oziq-ovqat bilan ta'minlash;
- mamlakatning eksport quvvatidan to‘la-to‘kis foydalanish, uni jadallik bilan rivojlantirish.
Bu borada respublikamizda qisqa muddat ichida ulkan ishlar amalga oshirildi va natijada O‘zbekiston sanoatlashgan hamda iqtisodiy jihatdan buyuk imkoniyatlarga ega davlatlar safiga qo‘shildi.
Standartlashtirish faoliyati yuqorida sanab o‘tilgan yo‘nalishlar va sanoatimizning barcha tarmoqlarida ishlab chiqarishdagi zamonaviylikni aks ettirish, texnologik jarayonlarni kompleks avtomatlashtirish, ishlab chiqarilayotgan va chetdan keltirilayotgan turli xil mahsulotlarning sifati yuqori darajada, me'yoriy xujjatlarning belgilangan talablariga mos bo‘lishini, iste'mol mahsulotlarining aholi uchun xavfsizligini ta'minlash, ilg‘or, ko‘p yillik tajribadan o‘tgan jahon andozalaridan foydalanish va ularni respublikamizda tadbiq etish kabilarni o‘ziga mujassamlashtirgan. Tabiiyki, barcha soha mutaxassislari qaysi toifada bo‘lishidan qat'iy nazar ushbu borada yetarli bilim va malakaga ega bo‘lishlari lozim.
Sertifikatlashtirish asosiy maqsadi – talabalarni mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish va ularning sifatini boshqarish masalalarining mazmun mohiyati nimadan iborat, uning kelib chiqishi va rivojlanish tarixi, hozirgi zamonda unga bo‘lgan talablar, chet ellarda va Respublikamizda sertifikatlashtirish tartibi va qonun qoidalari, milliy sertifikatlashtirish va akkreditlash tizimlari hamda sifatni boshqarish to‘g‘risida bilim olishlariga va ko‘nikmaga ega bo‘lishlariga imkoniyat yaratadi.
Sertifikatlashtirish ma'ruza matni xorijiy davlatlarning, xalqaro tashkilotlarning, hamda O‘zbekiston Respublikasida sertifikatlashtirishning tashkiliy-uslubiy va huquqiy tomonlari, shuningdek sertifikatlashtirish qoidalariga taalluqli va sifatni boshqarish bo‘limlarini o‘z ichiga olgan. Aytish kerakki, sertifikatlashtirish bilan sifat tizimi va akkreditlashtirish idoralarining sertifikatlashtirish va tadqiqot amaliyotilarini tadbiq qilish masalalari bevosita bir-biriga bog‘liqdir. Shuningdek O‘zbekistonda akkreditlash tizimini xalqaro andozalarga uyg‘unlashtirilgan tarzda yaratish natijalari ustida olib borilayotgan harakatlar ham ushbu o‘quv qo‘llanmada e'tiborga olingan.
Mahsulotlar, xizmatlar va ishlarni sertifikatlashtirish – mahsulotni o‘rnatilgan talablarga va uning sifati bilan to‘g‘ri bog‘liqligini tasdiqlashdir. Sifatsiz mahsulot sertifikatlashtirilishi mumkin emas.
Sertifikatlashtirish quyidagi yo‘nalishlarga: mahsulot iste'molchilarning tanlash layoqatliligi faoliyati; iste'molchilarni nopok va vijdonsiz ishlab chiqaruvchilar dan himoya qilish; mahsulotni atrof-muhit, yashash va jamiyat sog‘lig‘i uchun xavfsizligini nazorat qilish; mahsulot sifat ko‘rsatkichlari va ushbu mahsulotni ishlab chiqargan ishlab chiqaruvchilarni tasdiqlash; tashkilot va xususiy tadbirkorlar faoliyatini Respublikamiz yagona tovar bozorini hamda xalqaro iqtisodiyotda, ilmiy-texnik hamkorlikda va xalqaro savdolarda qatnashishi uchun imkoniyat yaratish sohasida ish olib boradi.
Muvofiqlikni tasdiqlash va baholash tizimi mahsulot sifati va xavfsizligini, ishlar va xizmatlarni nazorat qilish va buning uchun davlat tekshiruvi va nazorati, lisenziyalashtirish, ixtiyoriy sertifikatlashtirish bilan boshqa nazorat shakllarining asosiy mexanizmi bo‘lishi bilan ahamiyatlidir.
Respublikamizda sertifikatlashtirishning rivojlantirish istiqboli mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish, shu bilan birga «muvofiqlikni tasdiqlash va baholash» - tizimiga o‘tish, hamda bu faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha «O‘zstandart» agentligi tomonidan qabul qilingan konsepsiyada to‘liq tarzda yoritib berilgan.
Shu sabablarga ko‘ra, ushbu ma'ruza matni respublikamizdagi amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ta'lim borasidagi islohotlarga yondashgan holda jumladan, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va sifatni boshqarish sohalaridagi bilimlarni yetkazishda standartlashtirish asoslari tayanch faoliyat ekanlagini inobatga olib yaratishga harakat qilindi.



Yüklə 76,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə