O’zbekiston respublikasi xududiga olib kirilayotgan va chetga chiqarilayotgan tovarlar, ularni majburiy sertifikatlashtirish tartibi mundarija kirish I bob. O’zbekiston respublikasida sertifikatlashtirish faoliyati


I BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SERTIFIKATLASHTIRISH FAOLIYATI



Yüklə 76,66 Kb.
səhifə2/17
tarix22.12.2023
ölçüsü76,66 Kb.
#153916
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Sertifikatlashtirish asoslari

I BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SERTIFIKATLASHTIRISH FAOLIYATI.


I.1 Sertifikatlashtirishning rivojlanish tarixi.

Hozirgi vaqtda sertifikat degan atamani tez-tez uchratib turamiz. Bu qanday atama deb so‘rasangiz turlicha talqin olishingiz mumkin: kimdir biror malaka olganlik to‘g‘risidagi tasdiqlovchi hujjat desa, yana kimdir, mahsulotni sifati to‘g‘risidagi hujjat, ba'zi birovlar esa mahsulotni hududimizga olib kirish yoki olib ketish uchun bojxonaga ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan hujjat deb ta'rif beradi.


Ma'lumki, Sharq, jumladan O‘zbekistonimiz chet ellarda nafaqat go‘zal tabiati va mehnatsevar xalqi bilan, balki o‘zining ko‘zni qamashtiradigan, rang-barang meva, sabzavot va turli mahsulotlarga serob bozorlari bilan ham mashhurdir. Bundan tashqari, bizning bozorlardagi yana bir o‘zgachalik ham bor. Agar rastalar oralab yuradigan bo‘lsangiz, sotuvchilar, dehqonlar meva-chevalardan uzatib, totib ko‘rishni taklif etishlarini guvohi bo‘lasiz. Buni tagida bir ma'no yotadiki, u ham bo‘lsa, mahsulotning sifatiga xaridorning o‘zi baho bersin, ya'ni, taklif kilinayotgan mahsulot sifati va unga suralayotgan narx mutanosib ravishda belgilanayotganligiga o‘zi ishonch hosil qilsin.
Qadimdan bizda bir tushuncha bor. Xarid paytida savdo mukammal va to‘liq bo‘lishi uchun uchta tomon ishtirok etishi kerak. Birinchi tomon – oluvchi (xaridor), ikkinchi tomon – sotuvchi (tayyorlovchi) va uchinchi – xolis tomon. Uchinchi tomon sotilayotgan buyum yoki mahsulotga qo‘yilgan narx ushbu mahsulot ega bo‘lgan sifat ko‘rsatkichlariga mutanosib ekanligi to‘g‘risida kafolat bergan. Bunda uchinchi tomon albatta mahsulot to‘g‘risida o‘zining xolisona fikrini haqqoniy bildira olishi, juda ko‘p vaqtdan buyon shu faoliyat bilan shug‘ullanayotganligi sababli sotilayotgan mahsulotning shu vaqtda va shu bozordagi narxi bir-biriga mos tushushini belgilay oladigan mutaxassis bo‘lishi talab etiladi. Savdoning bu turi asosan katta miqdordagi yoki qimmatbaho xarid paytida qo‘llanilgan bo‘lib, bu holatni hozir ham qoramol, qo‘y yoki ot savdolarida uchratishimiz mumkin. O‘rtada turuvchi xolis tomon savdoni bir muqim bo‘lishiga yordam berib, savdo ob'ektiga xos bo‘lgan sifat ko‘rsatkichlariga tavsif beradi va xolisona baho beradi. Bu shaxsni hozirda ko‘p qo‘llanilayotgan broker bilan tenglashtirish maqsadga muvofiq emas, chunki broker sotilayotgan yoki olinayotgan mahsulotning sifat ko‘rsatkichlari to‘g‘risida yetarli baho bera oladigan shaxs sifatida emas, balki sotuvchi tomondan belgilangan narxda mahsulotni sotish yoki sotib olish bilan shug‘ullanadi. Biz sertifikatlashtirishni tushuntirish maqsadida tanlagan misolimizda savdo tugagandan so‘ng sotuvchi tomon o‘z savdosidan, oluvchi tomon esa xarididan va savdo ob'ektining mavjud sifat ko‘rsatkichlaridan ishonch hosil qilib, qoniqish hissiga ega bo‘ladi. Bu savdoning yana bir muhim xususiyati – uchinchi xolis tomon sifatida alohida ishonchga va nufuzga ega bo‘lgan, rostgo‘y shaxslargina ishtirok etishi mumkin. Bizdagi mana shu savdo turi bir necha yuz yillardan beri mavjud bo‘lib, chet davlatlarda sertifikatlashtirish deb ataluvchi faoliyatga aynan shu asos solgan bo‘lsa ham ajab emas.
Sertifikatlashtirish guvohlik berish, qayd yoki shahodat etish, ishonch bildirish ma'nolarini bildiruvchi certifus (lotincha) so‘zidan olingan bo‘lib, kerakli ishonchlilik bilan mahsulotning muayyan standartga yoki texnikaviy hujjatga muvofiqligini uchinchi, xolis va tan olingan tomon tarafidan tasdiqlaydigan faoliyatni bildiradi.
Sanoat korxonalarida ishlab chiqilayotgan turli xil mahsulotlar muayyan sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lishi kerak. Sifat ko‘rsatkichlari esa ma'lum, belgilangan talablarga muvofiq mos kelishi lozim. Muvofiqlik o‘z navbatida ma'lum standartga yoki boshqa me'yoriy hujjatlarga mos kelishini talab etadi. Muvofiqlikni sertifikatlashtirish mumkin.
"Sertifikatlashtirish" tushunchasi birinchi marta Xalqaro standartlashtirish tashkiloti Kengashining sertifikatlashtirish masalalari bo‘yicha maxsus qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilib va bu muhim tushuncha "Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va sinov laboratoriyalarining akkreditlash sohalaridagi asosiy atamalari va ularning qoidalari" qo‘llanmasiga kiritilgan.
Qayta ishlangan Xalqaro standartlashtirish tashkilotining qo‘llanmasida "sertifikatlashtirish" atamasining faqatgina izohlari berilgan:
Sertifikatlashtirish umumiy atama bo‘lib, mahsulot, texnologik jarayon va xizmatlarning sertifikatlashtirishda muvofiqlikni tasdiqlashda uchinchi tomonning qatnashishi va unga xolisona baho berishi tushuniladi. Sifat tizimini baholash sohasidagi taraqqiyot sifat tizimini sertifikatlashtirish tashkilotning sifatli mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatlarini sertifikatlashtirish bo‘yicha yangi dolzarb yo‘nalishni keltirib chiqardiki, ushbu yo‘nalish bugungi kunda keng qo‘llanilib, bozor iqtisodiyotidagi raqobatbardoshlik, o‘zaro savdo-sotiqning samarasi va istiqbolilik darajalarini belgilab beradigan omillardan asosiysi sifatida saxnaga chiqmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng sertifikatlashtirish sohasida juda katta ishlar amalga oshirildi va hozirgi kunda ham bu sohaning rivojlanishi, xalqaro miq'yosda tan olinishi ustida «O‘zstandart» agentligi tomonidan katta e'tibor berilmoqda. Binobarin, 1992 yil mustaqillikning ilk yillaridayoq Vazirlar Mahkamasi huzurida standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish Davlat markazi va keyinchalik, 2002 yilda, ushbu sohani yanada rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida mustaqil «O‘zstandart» agentligi tashkilotiga aylantirilishi Hukumatimiz tomonidan bu sohaga berilayotgan ahamiyatning maxsul sifatida qarash mumkin. Davlatimiz tomonidan sertifikatlashtirish ishlarini tashkillashtirish, uni tartibga tushirish va bu sohaning qonuniy asosini yaratish maqsadida 1993 yil «Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida»gi qonunning qabul qilinishi, buning natijasida ishlab chiqarilayotgan va chetdan olib kirilayotgan mahsulotlarning xavfsizligi to‘g‘risida Qarorning qabul qilinishi, uni amalga oshirish maqsadida qator chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi ham aytib o‘tilgan so‘zlarning yaqqol misolidir.

Yüklə 76,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə