O’zbekiston respublikasi xududiga olib kirilayotgan va chetga chiqarilayotgan tovarlar, ularni majburiy sertifikatlashtirish tartibi mundarija kirish I bob. O’zbekiston respublikasida sertifikatlashtirish faoliyati


Sertifikatlashtirish chizmalarini qo‘llanilishi



Yüklə 76,66 Kb.
səhifə14/17
tarix22.12.2023
ölçüsü76,66 Kb.
#153916
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Sertifikatlashtirish asoslari

Sertifikatlashtirish chizmalarini qo‘llanilishi
51. 1-chizma mahsulot turini sertifikatlashtirishda qo‘llaniladi va mahsulotni majburiy ko‘rsatkichlari birinchi navbatda xavfsizlik bo‘yicha akkreditatlangan sinov laboratoriyalarida sinashni nazarda tutadi. Mazkur chizma mahsulotga aniq me’yoriy hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda ham qo‘llaniladi.
52. 2- chizma mahsulot turini sertifikatlashda qo‘llaniladi va mahsulotni majburiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha akkreditatlangan sinov laboratoriyalarida sinashni nazarda tutadi. Mazkur chizma savdo nuqtalaridan (iste’molchidan) olingan namunalarni sinovlardan o‘tkazish yo‘li bilan mahsulotni inspeksiya nazoratidan o‘tkazishni nazarda tutadi.
53. 3-chizma ishlab chiqariladigan mahsulotni sertifikatlashtirishda qo‘llaniladi va majburiy ko‘rsatkichlarni tekshirish uchun mahsulotni akkreditatlangan sinov laboratoriyalarida sinashni va ishlab chiqarishni baholashni nazarda tutadi. Mazkur chizmada korxonada mahsulotlarni sinovlardan o‘tkazish yo‘li bilan mahsulotni inspeksiya nazoratidan o‘tkazishni nazarda tutadi.
54. 4-chizma ishlab chiqariladigan mahsulotni sertifikatlashtirishda qo‘llaniladi va majburiy ko‘rsatkichlarni tekshirish uchun mahsulotni akkreditatlangan sinov laboratoriyalarida sinashni va ishlab chiqarish sharoitlarini baholashni nazarda tutadi.
Mazkur chizmada, savdo nuqtasidan (iste’molchidan) yoki ishlab chiqarishdan olingan namunalarni sinovlardan o‘tkazish yo‘li bilan mahsulotni, inspeksiya nazoratini o‘tkazish nazarda tutilgan.
55. 5-chizma ishlab chiqariladigan mahsulotni sertifikatlashtirishda qo‘llaniladi va majburiy ko‘rsatkichlarni tekshirish uchun mahsulotni akkreditatlangan sinov laboratoriyalarida sinashni va ishlab chiqarish sharoitlarini baholashni yoki sifat tizimini baholashni nazarda tutadi. Mazkur chizmada mahsulotni sinovlardan o‘tkazish va ishlab chiqarishni tekshirish yo‘li bilan inspeksiya nazoratini o‘tkazish nazarda tutilgan.
56. 6-chizma sifat tizimini sertifikatlishtirishda qo‘llaniladi va uni baholashni hamda keyinchalik inspeksiya nazoratini o‘tkazishni nazarda tutadi.
57. 7-chizma mahsulot to‘pining sertifikatlashtirishda qo‘llaniladi va mahsulotni sinashni nazarda tutadi.
571. 7A-chizma bitta tashqi savdo shartnomasi doirasida keltirilgan mahsulotni (transport vositalaridan tashqari) sertifikatlashtirishda qo‘llaniladi va mahsulotni akkreditatlangan sinov laboratoriyalarida majburiy ko‘rsatgichlar bo‘yicha sinashni nazarda tutadi.
58. 8-chizma har bir mahsulotni sertifikatlashtirishda qo‘llaniladi.
59. 9-chizma mahsulotni sertifikatlashtirishda qo‘llaniladi va mahsulotning xavfsizlik talablariga muvofiqligini deklaratsiya qilishni nazarda tutadi.
60. 3; 4; 5; 7; 7A, 8; 9 chizmalar bo‘yicha sertifikatlashtirilgan mahsulotlar muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alanishi mumkin.

Yüklə 76,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə