Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 95,37 Kb.
səhifə1/5
tarix12.06.2023
ölçüsü95,37 Kb.
#116789
  1   2   3   4   5
KURS ISHI


ISHLAB CHIQARISH (HIZMAT KO’RSATISH) KORXONASINING BIZNES – REJASI


REJA:

  1. KIRISH

II. ASOSIY QISM
2.1. BIZNES-REJANING MOHIYATI VA VAZIFALARI
2.2. BIZNES-REJANI TAYYORLASH BOSQINLARI
2.3. BIZNES-REJA TUZILMASI (STRUKTURASI)
IV.XULOSA
V.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

kirish


o’zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
So‘nggi yillarda mamlakatda faol investitsiya va tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishda iqtisodiyot tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
2017 — 2019-yillarda iqtisodiyotda o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 2,1 barobarga, shu jumladan markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga 2,8 barobarga ortgan. Yalpi ichki mahsulot tarkibidagi investitsiyalar ulushi 2016-yildagi 21 foizdan 2019-yil yakuniga ko‘ra 38 foizdan ko‘proqqa o‘sdi. Ushbu davrda tashqi savdo aylanmasi hajmi 1,7 barobarga oshdi.
Investitsiyalar va tashqi savdodagi yuqori faollik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarining 1,24 barobarga, qurilishning 1,44 barobarga o‘sishiga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatdi, ularning yalpi ichki mahsulot tarkibidagi ulushi esa 24,1 foizdan 33,2 foizgacha o‘sdi.
Shu bilan birga, koronavirus global pandemiyasi kooperatsiya aloqalarining buzilishi, mahsulotga talabning va sotuv bozorlarining qisqarishi oqibatida iqtisodiyotning qator tarmoq va sohalaridagi korxonalarning ishlab chiqarish faolligiga cheklovchi ta’sir o‘tkazishda davom etmoqda.
Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni mahalliy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari va nomenklaturasini kengaytirish, tarmoqlararo kooperatsiyani chuqurlashtirish va qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirishda qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, raqobat muhitini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish va davlat xaridlari tizimida mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirokini kengaytirish maqsadida:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.04.00.00 Milliy iqtisodni himoya qilish borasida davlatning chora-tadbirlari / 10.04.02.00 Import va eksportni chegaralash]
1. Vazirlar Mahkamasining quyidagi taklifiga rozilik berilsin:
a) 2020-yil 1-noyabrdan:
Oldingi tahrirga qarang.
ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek, ustav fondining (kapitalining) 50 foizi va undan ortig‘i 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar (keyingi o‘rinlarda — korporativ buyurtmachilar) uchun shunday tartib o‘rnatiladiki, unga ko‘ra umumiy qiymati bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining 50 ming baravaridan yuqori bo‘lgan import tovarlari (ishlar, xizmatlar) xaridlarining maqsadga muvofiqligi har chorakda ro‘yxati tasdiqlangan holda kuzatuv kengashlari (ta’sischilarning umumiy yig‘ilishi) tomonidan majburiy tartibda ko‘rib chiqiladi;
(1-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son)
xorijda ishlab chiqarilgan alohida tovarlar, shuningdek, xorijiy shaxslar tomonidan bajariladigan ishlarning (xizmatlarning) davlat xaridlaridagi ishtirokini vaqtinchalik taqiqlash va chegaralash mexanizmi kiritiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat xaridlaridagi ishtiroki vaqtinchalik taqiqlangan va chegaralangan, xorijda ishlab chiqarilgan tovarlar, shuningdek, xorijiy shaxslar tomonidan bajariladigan ishlarning (xizmatlarning) ro‘yxatiga kiritilmagan mahsulotlar bo‘yicha tender (tanlov) ishtirokchilari takliflarini baholashda xalqaro tajribaga muvofiq mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan import tovarlarining DDP (O‘zbekiston) narxidan 15 foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda preferensiya beriladi;
(1-band “a” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-martdagi PQ-5011-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2021-y., 07/21/5011/0174-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, tumanlar va shaharlar budjetlari hisobidan amalga oshiriladigan va umumiy qiymati bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining 2 500 baravaridan ortiq bo‘lgan davlat xaridlari bo‘yicha tender komissiyalari tarkibiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo‘yicha yordamchilari majburiy tartibda kiritiladi;
(1-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son)
b) 2021-yil 1-yanvardan strategik ahamiyatga ega xo‘jalik jamiyatlari va korxonalar uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilishning alohida tartiblari bekor qilinadi.
Vazirlar Mahkamasi 2021-yil 1-yanvarga qadar strategik ahamiyatga ega xo‘jalik jamiyatlari va korxonalarda davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga va korporativ boshqaruvning zamonaviy tamoyillariga muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridlarini o‘tkazishning ichki tartiblari joriy etilishini ta’minlasin.
2. Belgilansinki:
a) Davlat xaridlaridagi ishtiroki vaqtinchalik taqiqlangan va chegaralangan, xorijda ishlab chiqarilgan tovarlar, shuningdek, xorijiy shaxslar tomonidan bajariladigan ishlarning (xizmatlarning) ro‘yxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan quyidagi asosda shakllantiriladi va tasdiqlanadi:
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishilgan qo‘shma takliflari;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining elektron kooperatsiya portalida (keyingi o‘rinlarda — cooperation.uz portali) joylashtiriladigan hamda tegishli sertifikatlarga ega bo‘lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) va ularning ishlab chiqaruvchilari haqidagi ma’lumotlar;
b) ushbu qaror 1-bandining “a” kichik bandi:
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliyaviy tashkilotlari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining tovarlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilishning boshqa tartibi o‘rnatilgan alohida qarorlari bo‘yicha tuziladigan;
mudofaa qobiliyatini, xavfsizlikni ta’minlash va ichki tartibni saqlash maqsadida amalga oshiriladigan, shuningdek, davlat sirlari bilan bog‘liq bo‘lgan xarid jarayonlari va shartnomalarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
3. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasi 2020-yil 1-oktabrga qadar respublikada ishlab chiqariladigan mahsulotlarni batafsil o‘rganish asosida Davlat xaridlaridagi ishtiroki vaqtinchalik taqiqlangan va chegaralangan, xorijda ishlab chiqarilgan tovarlar, shuningdek, xorijiy shaxslar tomonidan bajariladigan ishlarning (xizmatlarning) ro‘yxatini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
4. 2020-yil 1-oktabrdan shunday tartib kiritilsinki, unga muvofiq:
budjet va korporativ buyurtmachilar rahbarlari xarid qilinishi nazarda tutilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‘yxatini shakllantirishda ularni cooperation.uz portalida ro‘yxatdan o‘tgan mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qilish imkoniyatini majburiy tartibda o‘rganadi;
korporativ buyurtmachi — korxonalar rahbarlari mahalliy ishlab chiqaruvchilardan (texnik ko‘rsatkichlar, ishlab chiqarish hajmlari va muddatlari bo‘yicha) xarid qilish imkoni bo‘lmagan taqdirda, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning korporativ xaridlarini import orqali amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini kuzatuv kengashlariga (ta’sischilarning umumiy yig‘ilishlariga) asoslab beradi;


Yüklə 95,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə