Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 95,37 Kb.
səhifə2/5
tarix12.06.2023
ölçüsü95,37 Kb.
#116789
1   2   3   4   5
KURS ISHI

II. ASOSIY QISM
2.1. Biznes-rejaning mohiyati va vazifalari
Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o’tishi bilan korxonalarda ishlab chiqiluvchi oldingi texnika-sanoat rejalari, qurilish rejalari, transport-moliya rejalari qaysi tarmoqqa qarashli ekaniga qarab uz o’rnini biznes-rejalarga bushatib berdi. Biznes-rejada biznes falsafasi, korxonaning joriy va istiqboldagi strategiyasi aks ettiriladi.
Ko’pchilik, ayniqsa, amaliyotchilar ushbu xujjatni tayyorlashning nafaqat muxim, balki juda murakkab ekanligidan xam xabardorlar. «Bir laxzada tayyorlanuvchi biznes- reja» kitobii mualliflari Gustav Berl va Pol Kirshnerning «biznes-rejaga ega bo’lib, siz professionalga aylanasiz, uz biznesingizni rivojlantirishingiz mumkin bo’ladi»1 deb aytganligi bejiz emas, albatta. Haqikatdan xam, biznes-reja bu biznes ummonidagi mayoq, biznesning xozirgi va kelajaqdagi xolatining suratidir. U yangi paydo bulayotgan biznesning yuragidir.
Aytish kerakki, biznes-reja xujalik boshqaruvi vositasi sifatida mamlakatimizdagi korxonalar ish amaliyotiga kungildagidek tez kirishib ketgani yuq. Masalan, oz fursat davomida turli yondashuv va nuqtai nazarlarning mavjudligi biznes- rejalarning axamiyati va mohiyatiga xam, ularni ishlab chiqish usullariga xam aniqlik kiritmagan. Ayniqsa, iqtisodiy isloxotlarning dastlabki yillarida zarur ilmiy-uslubiy adabiyotlarning yetishmasligi uz ta’sirini ko’rsatdi. SHu va boshqa sabablarga ko’ra ko’plab korxonalarning biznes-rejalari yuqori darajada asoslanganlik bilan ajralib turmadi va ko’p xollarda bank muassasalari tomonidan ularni moliyalashtirishda inkor qilindi.
Biznesni rejalashtirish bo’yicha xorijiy adabiyotlar oqimining usishi ushbu soxaga ma’lum bir aniqlik kiritib, uning ilmiy-uslubiy asoslarini boyitdi. Ayrim mualliflik fikr va muloxazalarini keltirib o’tishga xarakat qilamiz.
Masalan, yuqorida aytib o’tilgan «Bir laxzada tayyorlanuvchi biznes-reja» asarida bu savol asosan yakka tartibda uz biznesini ochish niyatida bo’lgan shaxslarga bogliqdir. Unda, xususan, «biznes-reja korxonangiz gullab-yashnashi uchun kerakli yo’lni tanlab olishingizga xizmat qiluvchi xujjatdir. Biznesingiz bilan bogliq bo’lgan eng axamiyatli xolat bu menejmentdir. Qisqasi bu - siz».
Edvard Bleqvellning «Qanday qilib biznes-reja tuzish» asarida ko’rsatilishicha: «Biznes-reja bank yoki boshqa moliyaviy muassasalardan pul olish kerak bo’lganda, shuningdek, aktsiyalar emissiyasida foydalaniluvchi rejadir».
1998 yilda Gruzinov V.P. muxarrirligi ostida nashr qilingan «Korxona iqtisodiyoti» darsligida qayd etilishicha: «biznes-reja biron-bir tijorat loyixasini amalga oshirish yoki yangi korxona yaratish uchun muljallangan asoslangan xatti-xarakatlar yigindisini ifodalovchi xujjatdir»2. 1996 yilda Gorfinkelь V. L. va Kupryakova Ye.M. muxarrirligi ostida chiqarilgan xuddi shunday kitobda aytiladiki «tadbirkorlik biznesining asosiy maqsadi foyda olishdir. Ko’zda to’tilgan bitimni rejalashtirishda avvalo qanday summa olishga umid qilish va loyixa umuman kutilayotgan miqdorda foyda keltirishga qodirligiga ishonch xosil qilish lozim»3.
Biznes-reja quyida keltirilgan uchta asosiy funktsiyalarni bajarishga bog’liq degan fikr xam mavjud:

  • biznes yuritish qontseptsiyasini ishlab chiqish;

  • korxona faoliyatining amaldagi natijalarini baxolash;

  • pul mablag’larini jalb qilish zarurligini asoslab berish.

Yuqorida keltirilgan sharxdan qurinib turibdiqi, biznes-rejani tuzish zarurati ayrim xollarda uz biznesini yaratish bilan, ikkinchi xolda bank yoki boshqa moliyaviy muassasadan pul olish niyati bilan, uchinchidan esa tijorat loyixasini amalga oshirish, yangi korxona yaratish zarurati bilan asoslanadi.
G’arblik iqtisodchi olimlarning uz mamlakatlari xuqumatlari bilan birgalikda jamiyatda tadbirkorlik ruxini yaratishga xarakat qilayotganliklarini tushunish mumkin (Ameriqaliklar shiorini eslaylik «biznesmen - millatning oltin fondi»). SHu sababli ular uz tavsiyalarining aksari qismini yangi ish ochish, uz biznesi bilan shugullanish niyatida bo’lgan shaxslarga yunaltiradilar.
Biroq oddiy, aytaylik, non va non maxsulotlari, loq-buyoq materiallari yoki oyoq qiyimi ishlab chiqarish bilan shugullanuvchi xamda yangi qurilish yoki yangi loyixani amalga oshirishni xayoliga xam keltirmaydigan korxonalar bilan nima bo’ladi? bu xolda biznes-reja kerak bo’ladimi yoki korxona ishlab chiqarish-xujalik va iqtisodiy faoliyat uchun oddiy reja tuzish bilan cheqlanib qolaveradimi?
Biznes-rejalarning axamiyati va zarurligini shubxa ostiga quymagan xolda aytish joizqi, bu xujjatni ishlab chiqish xorijda keng qo’llanishi sababligina urf-odatga aylanib qolmasligi lozim. Shuningdek u boshqa korxonalar xam shunday qilayotganligi uchungina ishlab chiqilmasligi kerak. Biznes-rejani tayyorlash, uning maqsad va vazifalarida aniqlik bulishi zarur. Busiz yuqorida eslab o’tilgan V.P. Gruzinovning «Korxona iqtisodiyoti» darsligida ko’rsatilgan xolat kelib chiqishi mumkin: «Korxona biznes-rejasi - yangi korxona yaratishni ko’zda tutuvchi xujjatdir»4.
Uzbeqiston sharoitlarida korxonalarning katta qismi (80% atrofida) xodimlar soni 10 qishidan 50 qishigacha bo’lgan kichik korxona va miqrofirmalardan iboratligi bilan bog’liq xususiyatni xisobga olish zarur. Aynan ular biznes va tadbirkorlikning tashkiliy shakllari xisoblanadi. SHu munosabat bilan tabiiy savol tug’iladi: bunday korxonalarga zamonaviy darsliklar va garb adabiyotlarida taklif qilinayotgan strukturaviy mazmunli biznes-rejalar kerakmi? Kichik korxonalar yirik korxonalarning biznes-rejalarnidan nusxa kychirib olmaydilarmi?
Bizningcha, biznes-reja avvalo yirik korxonalarda va ayrim xollarda o’rta korxonalarda ishlab chiqilishi lozim. bunda uni ishlab chiqish korxonani rivojlantirish strategiyasidan tashqari, ularni amalga oshirish uchun ayni paytda korxonadan qushimcha moliyaviy resurslar talab qiluvchi yangi loyixalarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni kengaytirish, qayta ta’mirlash va texnik jixozlash, maxsulot diversifikatsiyasi, ichki va tashqi bozorlarda uzi uchun joy egallash bilan bog’liq bulishi lozim. Chunki biznes-reja korxonaning kundalik faoliyatidan ko’ra bank muassasalari tomonidan yuqorida ko’rsatilgan va shunga uxshash tadbirlarni moliyalashtirishda muxim axamiyat kasb etadi. Boshqa xollarda esa korxona uz biznes- rejasini nima deb atashining unchalik axamiyati bulmaydi, bu korxonaning uz ixtiyorida bo’ladi.
Gap shundaqi biznes-reja xar qanday muammolardan ximoya qiluvchi vosita bula olmaydi, u korxonaning uzi bajarishi lozim bo’lgan vazifalarni uzidan-uzi xal qilmaydi. Amaliyotning guvoxlik berishicha, reja juda yaxshi ishlab chiqilgan bo’lsada, undan notugri foydalanishda korxona zarar qurishi mumkin. Biroq bu biznes-reja umuman kerak emas degan fikrga olib kelmasin. Masalan, banklar, investitsiya firmalari va boshqa muassasalar aniq va tugri tuzilgan biznes-rejani olmaguncha korxonalardan moliyaviy qo’llab-quvvatlash bo’yicha ariza olmaslikqa xarakat qiladilar.
Biznes-reja birinchidan, korxonaning barcha bo’lim va xizmatlari majburiyatlari va javobgarligini aniqlashga imkon beradi, ikkinchidan, ularni korxona istiqboli bilan shugullanish xamda korxona maqsadlarini va ularga erishish yullarini aniqlashga majbur qiladi, uchinchidan, korxona faoliyatining muxim yunalishlari bo’yicha ko’rsatkichlarni belgilab beradi, turtinchidan esa, korxonaning bozordagi kutilmagan o’zgarishlarga yanada moslashuvchan va tayyor qilib quyadi.
Biroq shunday bo’lsada, biznes-rejani bank yoki boshqa muassasalar tomonidan korxonaning iqtisodiy xolatini yaxshilash va uning ishlab chiqarish saloxiyatidan unumliroq foydalanish tashlangan qutqarish vositasi deb tushunmaslik kerak. Gap shundaqi, turli maslaxatchilar, bankirlar, xuquqshunoslar, moliya xizmatchilari, buxgalterlar va boshqalar rejada biznesni ko’rsatish uchun turli nuqtai nazarga ega bo’ladilar. Aynan shu moment biznes-rejani korxonaning oddiy rejalaridan farqli qilib quyadi. SHu sababli biznes-rejani ishlab chiqish biirnchidan, qogozda qolib ketmasdan amaliyotda qo’llanishi, ikkinchidan, ekspertiza tomonidan rad qilinmasligi va uchinchidan foydaning usishi va korxonaning umumiy moliyaviy xolati yaxshilanishiga xizmat qilishi maqsadida o’ziga aloxida e’tibor va chuqur uylab chiqilgan yondashuv talab qiladi.
"Ishlab chiqarish rejasi" Agar siz ishlab chiqarish zavodini boshlayotgan bo'lsangiz, biznes rejangiz mahsulot qanday ishlab chiqarilganligini tavsiflovchi qo'shimcha bobni o'z ichiga olishi kerak. Biznes-rejaning ushbu bo'limining asosiy maqsadi isbotlashdir potentsial investor rejalashtirilgan hajmdagi mahsulotlarni yuqori sifatli va o'z vaqtida ishlab chiqarishni ta'minlash. Texnologik jarayonning tavsifi Avvalo, korxonangiz ishlayaptimi yoki endigina yaratilmoqdami degan savolga javob bering. Bu birinchi navbatda sizning investorlaringiz va hamkorlaringizni qiziqtiradi. Ko'pincha ishlab chiqarish rejasi mahsulotlarning marketing rejasi asosida tuziladi. Ushbu bo'limda mahsulotingizni qanday ishlab chiqarishni rejalashtirayotganingiz haqida yozing va mahsulot yoki xizmatni yaratish bilan bog'liq barcha bosqichlarni ko'rib chiqing. Uni taqvim rejasi shaklida tashkil qilish eng yaxshisidir, unda voqealar vaqtini prognoz qilish va ularni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan mablag'lar miqdori kiradi. Xom ashyo va materiallarni sotib olishdan boshlab amalga oshirishgacha bo'lgan texnologik jarayonning barcha nuanslarini (eng yaxshi vizual diagrammalar bilan) batafsil tavsiflang. tayyor mahsulotlar ulgurji sotuvchilar. Jarayonni qanday yaxshilash mumkinligi va buning uchun nima kerakligini o'ylab ko'ring. Ishlab chiqarish quvvatlarining tarkibi va tuzilishini juda batafsil ko'rib chiqish mumkin emas. Agar ushbu ma'lumot alohida ahamiyatga ega bo'lsa (masalan, yirik ishlab chiqarish kompaniyalari uchun), u biznes-rejaga ilovada ko'rsatilishi mumkin. Ammo xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlar bilan ta'minlash masalalari ko'proq e'tiborga loyiqdir, chunki texnologik jarayonning barqarorligi ko'p jihatdan ularga bog'liq. Qanday moddiy boyliklar (er, binolar, ishlab chiqarish ob'ektlari), xomashyo va materiallar zaxiralari, kompaniyangiz hozir qanday asbob-uskunalar va butlovchi qismlarga ega ekanligini va kelajakda etkazib berish qanday amalga oshirilishini yozing. Sizning biznesingiz uchun tayyor g'oyalar Agar siz foydalanadigan xom ashyo tashish va saqlash uchun maxsus shartlarni talab qilsa, bu shartlarga qanday rioya qilish haqida yozing. Yetkazib berish sifati va o'z vaqtida qanday nazorat qilinishini ko'rib chiqing, chunki kompaniyangizning foydasi va obro'si bunga bog'liq. Tovar yoki xizmatni ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan vaqt va inson resurslari bilan o'lchanadigan mahsuldorlik ko'rsatkichlarini baholang. Bu ko'rsatkich ham to'g'ridan-to'g'ri foyda miqdoriga ta'sir qiladi, bu investorlar uchun alohida qiziqish uyg'otadi. Mahsulotni ishlab chiqarish uchun qanday uskunalar kerakligini aytib bering. Agar biznes-rejani yozish paytida korxonada barcha zarur jihozlar bo'lmasa, uni sotib olish uchun nima kerakligini va kerakli mablag' olingan paytdan boshlab uni sotib olish, o'rnatish, disk raskadrovka qilish va ishga tushirish uchun qancha vaqt ketishini ko'rsating. . Ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida sifat nazorati talablarini batafsil ko'rib chiqing, siz rahbarlik qiladigan standartlarni ko'rsating.


Yüklə 95,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə