Sanoat korxonalarida mahsulot ishlab chiqarishni oshirish nomenklaturasini kengaytirish muammolari



Yüklə 58,43 Kb.
tarix13.12.2023
ölçüsü58,43 Kb.
#149390
Sanoat korxonalarida asosiy ishlab chiqarish fondlarining jismon-fayllar.org


Sanoat korxonalarida asosiy ishlab chiqarish fondlarining jismoniy va ma’naviy eskirishini oldini olish muammolari

Kirish

  1. SANOAT KORXONALARIDA ASOSIY ISHLAB CHIQARISH FONDLARINING JISMONIY VA MA’NAVIY ESKIRISHINI OLDINI OLISH MUAMMOLARI

  2. SANOAT KORXONALARIDA MAHSULOT ISHLAB CHIQARISHNI OSHIRISH NOMENKLATURASINI KENGAYTIRISH MUAMMOLARI


  3. SANOAT KORXONALARINING TO‘LOV QOBILIYATINI OSHIRISH MUAMMOLARI


  4. SANOATDA ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI VA ULARNI KAMAYTIRISH YO‘LLARI


  5. SANOATDA KORPORATIV BOSHQARUV TIZIMINI KENG JORIY QILISH MUAMMOLARI



Xulosa

Kirish
Zamonaviy iqtisodiy munosabatlar tizimida ichki omillar qatoriga tadbirkorlik qobiliyati, korxona personali, kommunikatsiya samaradorligi, korxonaning tashkiliy tuzilishi, innovatsion faoliyatning bozorga yo‘naltirilganligi va innovatsiyalar uchun resurslarning yetarlilik darajasi kabi omillar kiradi. Korxonaning innovatsion boshqaruvi samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi omillarga esa mamlakatda maslahat va konsalting xizmatlari, moliyaviy yordam, innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish va qonunchilik kabi omillar inobatga olinishi zarur. Bundan tashqari, mamlakat miqyosida sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirishga doir bir qancha me’yoriy-huquqiy hujjatlar ham ishlab chiqildi. Dastlabki yo‘nalish O‘zbekistonda sanoat ishlab chiqarishining muayyan bir tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlardir. Mamlakatimizda sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirish, yangi industrial tarmoqlarni shakllantirish, sanoat korxonalarini modernizatsiya qilish va ularni qayta jihozlash, mahsulotlar eksportini oshirish bilan bog‘liq ishlar bevosita investitsion jarayon bilan bog‘liq. Shunday ekan, sanoat ishlab chiqarishini taraqqiy ettirishga doir qabul qilingan me’yoriy aktlar bevosita investitsiya faoliyatini yuritishga oid tashkiliy-huquqiy hujjatlar bilan uzviy bog‘liq ravishda ishlab chiqilishi va bir-birini to‘ldirishi tabiiy. O‘zbekiston Respublikasida ham investitsiya faoliyatiga oid ko‘plab me’yoriy – huquqiy hujjatlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning eng asosiysi bu “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hisoblanadi Jahon hamjamiyatiga integratsiyalashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi uchun ham iqtisodiy rivojlanishning usutuvor yoʻnalishlarini aniqlab olish kabi muhim masalalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida” PF4947-sonli Farmonida belgilab berild


1. SANOAT KORXONALARIDA ASOSIY ISHLAB CHIQARISH FONDLARINING JISMONIY VA MA’NAVIY ESKIRISHINI OLDINI OLISH MUAMMOLARI

Kishilik jamiyati taraqqiyotining hamma bosqichlarida korxonalarda ishlab chiqarish bo’lgan va kelgusida ham bo’ladi. Jamiyat iste’mol qilmasdan tura olmaganidek, ishlab chiqarmasdan ham tura olmaydi. Korxonalarda ishlab chiqarish jamiyat miqyosida ro’y beradi. Nazariyotchi olim va mutaxassislar jamiyat bilan bog’lanmagan korxonalarda ishlab chiqarish bo’lishi mumkin emasligini, korxonalarda ishlab chiqarish doimo muayyan tarixiy va ijtimoiy ekanligini ilmiy ravishda isbotlab berganlar.


Mamlakatimiz iqtisodiyotida investitsiyalarning alohida o’rni bor, ular davlat va jamiyatimiz rivojida alohida o’rin egallaydi. Bugungi kunda biz sanoatni rivojlantirmasdan turib iqtisodiyotimizning kelajagini ta’minlay olmaymiz. Sanoat korxonalarda ishlab chiqarishi sohasi ichki bozorimizni raqobatdosh va sifatli mahsulotlar bilan to’ldirishda, aholini ish bilan ta’minlash va shu asnoda ularning munosib daromad topishi, farovonligining oshib borishiga erishishda eng asosiy omillardan biri hisoblanadi hamda jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy tayanchi va poydevori bo’lgan mulkdorlar sinfining, ya’ni o’rta sinfning shakllanishi va mustahkamlanishini ta’minlaydi. Buning uchun esa xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilishni amalga oshirishimiz kerak. Ushbu maqsadda mamlakatimizning investitsiya salohiyatini to’la namoyon etish chora – tadbirlar, “Yo’l haritalari” ishlab chiqilishi kerak. O’zbekiston iqtisodiyotiga sarmoya kiritishga intiladigan investorlar uchun hududlar va tarmoqlar bo’yicha investitsiya loyihalarini puxta shakllantira olsak, bu masalada ijobiy natijaga erishish mumkin. Bu borada erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarida biznes sub’ektlarini joylashtirish, ularga imtiyoz va preferentsiyalar berishni tashkiliy va huquqiy jihatdan tartibga solish lozim. Birinchi navbatda, eksportga mahsulot chiqarayotgan, innovatsion va yuqori texnologik ishlab chiqarishni yo’lga qo’ygan tadbirkorlarga va chet ellikinvestorlarga shunday imkoniyat yaratish kerak. SHuning uchun ham mamlakatimiz Prezidenti SHavkat Mirziyoyev tomonidan 2019 yil «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanishi yili» deb nomlandi. Sanoat korxonalarda ishlab chiqarishining milliy iqtisodiyotdagi ahamiyati uning iqtisodiyotda raqobat muhitini ta’minlash, iste’molchilar uchun mahsulot va xizmatlar yetkazib berish, yangi ish o’rinlarini yaratish va bandlikni ta’minlash, bozor tizimining moslashuvchanligini oshirish, ilmiy-texnikaviy inqilobni jadallashtirish, resurslarni korxonalarda ishlab chiqarishga safarbar etish, soliq tushumlari hajmining o’sishini ta’minlash, aholi daromadlari darajasini barqarorlashtirish kabi omillar bilan belgilanadi. Korxonalarda ishlab chiqarishning rivojlanishini ta’minlash uchun uni tashkil etish va boshqarish, uning kelajagini bashorat qilish, hozirgi ahvolini tahlil etish va natijalarini hisob-kitob qilish kerak bo’ladi.
«Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil etish» tushunchasiga ta’rif beradigan bo’lsak: «Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil etish» - bu, jonli mehnat jarayoni bilan korxonalarda ishlab chiqarish elementlari (mashina-mexanizmlar, asbobuskunalar hamda boshqa mehnat qurilmalari)dan foydalanish jarayonini samarali va oqilona tashkil etishdir».
Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil etishdan maqsad korxona uchun ajratilgan moddiy, mehnat va moliyaviy imkoniyatlardan mumkin qadar yaxshiroq foydalanish, reja topshiriqlarini eng yaxshi ko’rsatkichlar bilan boshqarishdir. Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil etish ilm-fan sifatida tushunilganda uning vazifasi ijtimoiy korxonalarda ishlab chiqarishda va uning tarmoqlarida jamiyatning iqtisodiy qonunlarini qo’llash yo’llarini hamda shu qonunlargaasoslangan holda davlatning xo’jalik siyosatini hayotga tadbiq etish usullarini o’rganishdan iborat. Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil etish korxonalarda ishlab chiqarishning eng ma’qul usullarini, zarur asbob-uskunalarini tanlash, turli korxonalarda ishlab chiqarish sohalarining mutanosib va uzluksiz ishlashni ta’minlash, korxonalarda ishlab chiqarish grafigining buzilishiga yo’l qo’ymaslik, korxona va tsexlarda korxonalarda ishlab chiqarish estetikasi, sanitariyasi, mehnat muhobosqichsi va texnika xavfsizligi talablariga mos keladigan sharoitlarni yaratish, demakdir. Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil etish va uni yuksak darajaga ko’tarishda rejalashtirish muhim ahamiyatga ega. Rejalashtirish tufayli korxonalarda ishlab chiqarish jarayoni boshqariladi va tartibga solib turiladi. Respublikamizda sanoat korxonalarda ishlab chiqarishini har tomonlama qo’llab-quvvatlab, ularni ichki va tashqi bozorda raqobatlasha oladigan, sifatli mahsulot korxonalarda ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishni izchil yo’lga qo’ya oladigan mustahkam iqtisodiy sohaga aylanishini ta’minlash lozim. Respublika Prezidentining bir qator farmonlarida, turli yig’inlardagi ma’ruzalarida, Vazirlar Mahkamasining qarorlarida korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil etishni yaxshilashga, u yerda faoliyat ko’rsatayotgan rahbarlarning malakasi va bilimlarini oshirishga qaratilgan tadbirlar mukammal ko’rsatilgan.
Korxona tarakkiyotning hamma bosqichlarida iqtisodiyotning asosiy va birlamchi bo’g’ini hisoblanadi. Albatta konkret korxonani boshqarish fanlarining tuzilmasi, uni boshqarish shakli va uslublari uning masshtabi va ixtisosligiga bog’liq bo’ladi. Umumiy qilib aytganda iqtisodiyotimizda mavjud bo’lgan turli mulk shakllariga asoslangan korxonalar bir-birovi bilan o’xshashlik va farqlari mavjud. O’xshashligi shundaki har qanday korxona mahsulot, tovar, xizmatlar ishlab chiqaradi, ma’lum faoliyatni amalga oshiradi. Aynan ana shunda uning bosh maqsadi va vazifasi o’z ifodasini topadi. SHuning uchun ham ularni shakl va turlaridan qat’iy nazar, korxonalarni boshqarish asosida texnologik jarayonlarni boshqarish yotadi. Umumiy o’xshashligidan tashqari iqtisodiyotning turli soxalaridagi korxonalarning o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Bu birinchi navbatda turli soxadagi korxonalarda ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil qilishdagi o’ziga xos sharoitlardir. Masalan, ba’zi korxonalarda ishlab chiqarish jarayonini uzoq muddatgacho’zilishi va jarayonlarning murakkabligi, ularni tayyorlash va xizmat qilish operatsiyalarining o’ziga xos xususiyati va xokazolar.
Korxonalar o’rtasidagi farq, xuddi shunday ishlab chiqarishni tayyorlash jarayonining bosqichlarida ham o’z ifodasini topadi. Masalan, yangi mahsulotlarni loyihalash va uskunalash, loyihalash bilan bog’liq bo’lgan hisoblarni amalga oshirish, me’yoriy hisoblarni amalga oshirish va xokazolar.

Iqtisodiyotning asosiy bo’g’ini hisoblangan korxonalar mamlakatimiz va chet el ta’minlovchilar bilan ko’plab aloqalarni amalga oshiradilar. Ushbu aloqalar xom ashyo bilan ta’minlovchilar va iste’molchilar bilan amalga oshiriladi. Ana shu o’zaro aloqalarni saklab turish va muvofiklashtirish korxona boshqaruvining eng asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Biron-bir mahsulotni ishlab chiqarish uchun korxonalar ishlab chiqarishning turli omillaridan foydalanadi. Bularga ishchi kuchi, jixozlar, xom ashyo, materiallar, axborot, pul mablag’lari kiradi. SHunga karab korxonani boshqarish bir necha yo’nalishlarga bo’linadi. Bular quyidagilardan iborat:


1. Kadarlarni tanlash, joy-joyiga qo’yish, ularni madaniy-texnik darajasini oshirish, (personalni) kadrlarni boshqarish;
2. Korxonalarni ishlab chiqarish faoliyatini texnik-iqtisodiy rejalashtirish;
3. Ishlab chiqarishni operativ boshqarish;
4. Korxonani texnik rivojlanishiini va ishlab chiqarishni texnik tayyorgarligi;
5. Mahsulotlar sifatini nazorat qilish;
6. Mehnatni tashkil qilish va ish haqi;
7. Ishlab chiqarishni moddiy-texnik ta’minoti;
8. Tayyor mahsulotni sotishni tashkil qilish;
9. Moliya faoliyatini amalga oshirish;
10. Ishlab chiqarishga texnik va tashkiliy-xo’jalik xizmatini tashkil qilish.
Yuqorida ko’rsatilgan yo’nalishlarning yig’indisini chet mamlakatlar amaliyotida korxona menejmenti deb ataladi. Administratorlar, korxona faoliyatining boshqaruvchilarini menejerlar deyish qabul qilingan. Ushbu atama hozirgi paytdabizning Respublikamizda chop qilingan iqtisodiy adabiyotlarda va amaliyotda keng ko’lamda ishlatilmoqda. Hozirgi sharoitda Respublikamizda bir qator korxonalarni boshqarish tuzilmasining turlari mavjud. Korxona, kompaniya, kontsernlar odatda boshliq yoki prezident tomonidan boshqariladi. Kompaniya va kontsernlarni prezidenti strategik rahbarlikni amalga oshiradi. Operativ boshqarish ijrochi direktorlar tomonidan olib boriladi. Direktor ko’p holatlarda korxona faoliyatining alohida yo’nalishlari bo’yicha o’zining muovinlariga ega. Masalan, texnika va texnologiya, ishlab chiqarish, fan, iqtisod, moliya va xokazolar bo’yicha. Korxonalarni boshqarish apparatiga turlicha xizmatga oid bo’limlar mavjud bo’ladi. Ularni amaliyotda ma’muriy-boshqarish xodimlari deb ataladi. Odatda korxona bo’limlarini boshqarish ishlab chiqarish (korxonani boshqaradigan) va funktsional qismlarga (moliya, ta’minot, sotish, kadrlar, texnologiya, ish yuritish, tashki iqtisodiy aloqalarni boshqarish) bo’linadi. Hammasini umulashtirib rahbarlar, mutaxassislar va texnik ijrochilar deb atasak ham bo’ladi.
2. SANOAT KORXONALARIDA MAHSULOT ISHLAB CHIQARISHNI OSHIRISH NOMENKLATURASINI KENGAYTIRISH MUAMMOLARI
Bugungi kunda jahon iqti­sodiyotida inqiroz jara­yonlari chuqurlashib, dunyo miqyosida xarid talabi pasayib bormoqda va shun­ga muvofiq tarzda xom­ashyo, materiallar, ayniqsa, tayyor mahsulotlar boʻyicha raqobat yildan-yilga kuchayib bormoqda. Koʻplab rivojlangan va yetakchi mamlakatlar tajribasi shuni koʻrsatmoqdaki, ra­qobatdoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda, iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan oʻzgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlash­tirish, yuqori texnologiyalarga asos­langan yangi korxona va ishlab chiqa­rish tarmoqlari rivojlanishini taʼminlash, faoliyat koʻrsatayotgan quvvatlarni modernizatsiya­lash va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish talab etilmoqda.
Ishlab chiqarish samaradorligi — korxona miqyosida iqtisodiy faoliyat, iqtisodiy dasturlar va tadbirlarning foydali natijalar berishi, olingan iqtisodiy samaraning muayyan qiymatga ega boʻlgan resurslarni qoʻllagan holda eng yuqori ishlab chiqarish hajmiga erishishga sabab boʻlgan ishlab chiqarish omillari, resurslar sarflariga nisbati bilan tavsiflanadi. Ishlab chiqarish samaradorligi korxona faoliyatining yakuniy natijasini koʻrsatadi. Miqdoriy jihatdan ishlab chiqarish samaradorligini mahsulot ishlab chiqarish uchun sarf qilingan mehnat miqdori bilan oʻlchash mumkin, lekin mehnat sarfini aniq oʻlchash ancha qiyin. Shu sababli, ishlab chiqarish samaradorligi mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligi; ishlab chiqarish vositalaridan va kapitaldan foydalanish samaradorligi koʻrsatkichlari bilan aniqlanadi. Korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligining umumlashgan koʻrsatkichi tovar ishlab chiqarish surʼatlarining oʻsishi hisoblanadi, undan tashqari puldagi harajatlar birligiga toʻgʻri keladigan mahsulot hajmi, balans foydaning asosiy va aylanma fondlar yigindisiga nisbati, toʻla tannarx koʻrsatkichlari muhim ahamiyatga ega. Mehnat unumdorligining oʻsishi surʼatlari, mehnatni tejash va mahsulot hajmi oʻsishida mehnat unumdorligi hissasi kabi koʻrsatkichlardan ham foydalaniladi.
Ishlab chiqarish samaradorligi texnik samaradorlik (ishlab chiqarish hajmi), iqtisodiy samaradorlik (mehnat unumdorligi, mehnat resurslari, asosiy fondlar, aylanma resurslar), ijtimoiy samaradorlik (moddiy resurslar, foyda) hisobiga shakllanadi. Ishlab chiqarish samaradorligini hisoblashdan maqsad samaradorlikka nimalar hisobiga erishilganini aniqlash va yana qanday omillar evaziga uni oshirish mumkinligini belgilashdan iborat.
Sanoat korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish, korxonaning innovatsion boshqaruvi samaradorligi ko‘rsatkichlari ta’sirida o‘zgarishi mumkin bo‘ladi. Ya’ni sanoat korxonasida innovatsion boshqaruv to‘g‘ri tashkil etilgan bo‘lib, mahsulot ishlab chiqarish jarayonlari texnik va yexnologik jihatdan zamon talablariga qanchalik mos bo‘lgani sari ishlab chiqarish hajmi shunchalik yuqori sur’atda ortadi. Asosiy e’tiborni mamlakatimizda sanoat korxonalarining innovatsion boshqaruvi mexanizmini rivojlantirishni rag‘batlantirishga qaratilgan davlat dasturlarini ishlab chiqishga qaratish maqsadga muvofiq. Bunda hududiy tamoyil asosida sanoat korxonalarini innovatsion rivojlantirish yo‘liga o‘tkazish zarur. Shuningdek, viloyatlar kesimida ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlarini innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tkazish, ularni global darajadagi raqobatbardoshlik indeksi ko‘rsatkichlarini muntazam ravishda takomillashtirish imkoniyati vujudga keladi. Sanoat korxonalarining innovatsion faoliyati, ularning rivojlanishidagi mavjud muammolarini monitoring qilish hududiy innovatsion sanoat markazlari tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, sanoat korxonalarining uzoq muddatli davr uchun mo‘ljallangan innovatsion rivojlanish dasturlari va ularni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlari hududiy sanoat korxonalarini rivojlantirish markazlari tomonidan o‘rganilib, ularni moliyalashtirish va tegishli imtiyozlardan foydalanish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatiladi. Korxonaning innovatsion boshqaruvi samaradorligiga doimiy ravishda ichki va tashqi omillar o‘z ta’sirini ko‘rsatib turadi.
Qayd etish kerakki, mazkur meʼyoriy-huquqiy hujjatda Oʻzbekiston Respublikasini taraqqiy ettirishning bir qancha yoʻnalishlari bilan bir qatorda “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yoʻnalishlari” boʻlinmasida tarkibiy oʻzgartirishlami chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini, xususan, sanoat ishlab chiqarishini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish masalalariga qaratilgan mulohazalar keltirib 0ʼtildi. Bundan tashqari, mamlakat miqyosida sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirishga doir bir qancha meʼyoriy-huquqiy hujjatlar ham ishlab chiqildi. Dastlabki yoʻnalish Oʻzbekistonda sanoat ishlab chiqarishining muayyan bir tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan meʼyoriy-huquqiy hujjatlardir. «Ishlab chiqarish texnologiyalari» fanidan darslik shu fan bo‘yicha namunaviy o‘quv dasturiga asosan yozilgan. Unda sanoatning eng muhim tarmoqlari, jumladan, yengil sanoat, oziq-ovqat, mashinasozlik, qurilish materiallari va qurilish ishlari texnologiyasi, ularda qo‘llaniladigan xomashyolar, asbob-uskunalar va shu tarmoqlardagi fan-texnika taraqqiyoti va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar batafsil yoritilgan. Darslik oliy o‘quv yurtlarining menejment fakultetlarining talabalari va o'qituvchilari uchun moijallangan bo‘lib, undan mazkur yo'nalishda faoliyat olib borayotgan soha mutaxassislari ham o‘z amaliy ishlarida foydalanishlari mumkin. Respublikamizning moddiy-texnika bazasini yaratish hamda xalq moddiy farovonligini yanada oshirish yangi resurslar manbaini izlab topishni talab etadi. Bu esa ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirish, jonli va moddiylashgan m ehnatni tejash, kapital m ablag‘lar va asosiy ishlab chiqarish fondlaridan unum li foydalanish masalalarini asosiy o ‘ringa q o ‘yadi. Bunday m asalalarni hal qilishda iqtisodchilarning roli katta. Iqtisodchilar resurslardan ustalik bilan foydalanishni, xo‘jalik faoliyatida yuz berayotgan o ‘zgarishlarni o ‘z vaqtida hisobga olishi, ishlab chiqarish darajasini bozor ehtiyoji va talabi bilan bog‘lay olishi, xoljalik hisob-kitoblarini puxtalashi, xalq xo'jaligining barcha tarmoqlarida yangi texnika va texnologiyani jadallik bilan ishlab chiqarishga joriy eta bilishi kerak.
Buning uchun iqtisodchi ma ’lum darajada texnikaviy bilimga ega bo‘lishi, ishlab chiqarish texnologiyasini bilishi shart. Ishlab chiqarishni to‘la bilmaydigan, faqat raqam lar bilan ish ko‘radigan iqtisodchi yuz berayotgan o ‘zgarishlarning sabablarini tushunmaydi va natijada masalani to ‘g‘ri hal qila olmaydi, qabul qilingan qarorlarni asoslab bera olmaydi. Muhandislik bilimlari, texnika taraqqiyotidagi ilg‘or tajriba hamda texnikaning hozirgi yutuqlari iqtisodchiga sanoatda sodir boiayotgan yangidan-yangi o‘zgarishlarni tushuna olish va ularni yetarli darajada baholay bilishiga to ‘la imkon beradi. Texnologiya asoslari va ishlab chiqarishni tashkil qilishni yaxshi bilgan holdagina xo^jalik faoliyatini sifatli tahlil qilish, ishlab chiqarish xarajatlarini aniqlash hamda uning rezervlarini ochib berish, rejalashtirish, normallashtirish, moliyaviy ishlarni amalga oshirish va demak, m uhim xalq xo'jalik m asalalarini to‘g‘ri hal qilish kam m ehnat va mablag‘ sarflab, yuqori ishlab chiqarish natijalariga erishish mumkin. Ana shunday muhim fanlardan biri texnologiya fani bo‘lib, u xom ashyolarning olinish usullari va ularga ishlov berib, iste’mol 3 buyumlariga yoki ishlab chiqarish vositalariga aylantirishdagi texnik usullarni o'rgatadi. Iqtisodiy nazariya, fizika, kimyo, energetika, statistika va shunga o ‘xshash m uhandislik, iqtisod fanlarining qoida h am d a usullarini keng q o ‘llash orqali texnologiya fani ishlab chiqarish jarayonlarining mohiyatini, hodisalar qonuniyatini ochib beradi hamda bu qonuniyatning amaliy maqsadlar uchun ishlatilish soha va chegarasini aniqlab beradi. Texnologiya bu bilan eng ratsional ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish va ularni ro‘yobga chiqarishda optim al sharoitlarni yaratishga yordam b e ­ radi. Hozirgi kun va davlatimizning tadbirkorlar oldiga qo'yadigan talabi — fan va texnika yutuqlaridan foydalanish asosida kam operatsiyali, kamxarajat va chiqitsiz texnologiya jarayonlaridan keng foydalanish, tabiiy, su n ’iy xomashyolardan kompleks foydalanish asosida sifatli va raqobatbardosh m ahsulotlar ishlab chiqarish, ishlab chiqariIgan m ahsulotlar bozorda o‘z xaridorini topa bilishidadir. Hozirgi zamon fan va texnikasi xomashyoni qayta ishlash uchun juda ko'p usul va vositalardan foydalanish imkonini beradi.

3.SANOAT KORXONALARINING TO‘LOV QOBILIYATINI OSHIRISH MUAMMOLARI


Korxonani moliyalashtirish manbalari
Moliyalashtirish manbalari – bu moliyaviy mablag‘larni olishning amldagi va kutilayotgan kanallari, shuningdek bu moliyaviy mablag‘larni taqdim qilishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy subyektlarning ro‘yxati. Loyihani moliyalashtirish strategiyasining asosini loyihaning individual xususiyatlari va ularga ta’sir qiluvchi omillardan kelib chiqib moliyalashtirish sxemasini ishlab chiqish tashkil qiladi.
Korxonani moliyalashtirish – korxonalarni zaruriy moliyaviy resurslar bilan ta’minlash. Moliyalashtirish budjet mablag‘laridan assigonovaniyalar, kredit mablag‘lari, horijiy yordamlar, boshqa shaxslarning badallari ko‘rinishidagi ichki va tashqi manbalardan amalga oshiriladi.
Moliyalashtirish strategiyasini moliyalashtirish manbalaridan kelib chiquvchi asosiy turlari quyidagilardan iborat:
- ichki manbalardan moliyalashtirish;
- jalb qilingan mablag‘lardan moliyalashtirish;
- qarz mablag‘laridan moliyalashtirish;
- aralash (kompleks, kombinatsiyalashgan) moliyalashtirish.
Ichki manbalar sifatida korxonaning o‘z mablag‘lari – foyda va amortizatsiya ajratmalari hisoblanadi.
Korxonaning pul mablag‘lari – korxonaning naqd va naqdsiz ko‘rinishda to‘plangan pullari. Ba’zida pul mablag‘lariga qo‘shimcha yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlar ham kiritladi. Foydani qayta investitsiyalash – bu o‘z faoliyatini kengaytirayotgan korxonani moliyalashtirishning eng qulay va nisbatan arzon shakli.
Moliyalashtirishning tashqi manbalarini xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. Jalb qilingan investitsiyalar:
- investorni yuqori foyda va korxonaning o‘zi qiziqtiradi;
- investor qachondir investitsiyadan voz kechish maqsadiga ega bo‘lishi (bo‘lmasligi) mumkin;
- investor mulkining ulushi uning investitsiyalarini korxonaning barcha kapitaliga nisbatidan aniqlanadi.
2. Qarzli investitsiyalar:
- korxona kontrakt bo‘yicha qarz summasini qaytarish majburiyatini oladi;
- qarz olingan shartlarga muvofiq tarzda so‘ndirilishi kerak;
- korxona olingan qarz uchun foizlar to‘laydi;
- korxona kreditor uchun zarur va maqbul kafolatlarni beradi;
- agar kredit muddatlarida qaytarilmasa, kreditor kafolatlarni olib qo‘yishi mumkin;
- qarz summasi qaytarilganidan so‘ng kreditor odidagi majburiyatlar to‘xtaydi.
Moliyalashtirish strategiyasi amalga oshirilayotganda, turli xil manbalardan mablag‘larni taqdim qiluvchi, quyidagi moliyaviy vositalar (moliyalashtirish sxemalari) qo‘llaniladi:
- moliyaviy investorga ulushni sotish;
- strategik investorga ulushni sotish;
- venchurli moliyalashtirish;
- qimmatli qog‘ozlarni ommaviy taklif qilish (IPO);
- qimmatli qog‘ozlarni yopiq (xususiy) joylashtirish;
- horijiy moliya bozorlariga chiqish;
- bank kreditlari, kredit liniyalari, ssudalar;
- tijorat (tovar) krediti;
- davlat krediti (investitsion soliq krediti);
- obligatsiyali qarz;
- loyihaviy moliyalashtirish;
- eksport operatsiyalarini sug‘urtalash;
- lizing;
- franchayzing;
- faktoring;
- forfeyting;
- grantlar va hayriya badallari;
- tadqiqotlar va ishlanmalar to‘g‘risida kelishuvlar;
- davlat tomonidan moliyalashtirish;
- veksellarni chiqarish;
- o‘zaro hisob-kitoblar;
- barter;
- boshqalar.
4. SANOATDA ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI VA ULARNI KAMAYTIRISH YO‘LLARI
Korxonada ishlab chiqarish xarajatlari korxona faoliyati uchun muhim rol o’ynaydi, chunki mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari qancha kam bo’lsa korxona foydasi va rentabelligi shuncha oshadi.
Korxona sarf xarajatlari o’z ichiga 1) mahsulot ishlab chiqarish tannarxi, 2) davr xarajat­lari, 3) moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar, 4) favqulotda zararlarni oladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fev­ralda qabul qilgan 64 qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (xizmatlar)­ning sotish xarajatlarining tuzilishi va moliyaviy natijalarning tashkil topishi qoidalari»ga asosan korxonalarning xarajat moddalari quyidagilardan tashkil topadi:
Ishlab chiqarish xarajatlari:

– mahsulot tannarxi:


Ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari:
mahsulotga qushiladigan xom ashyo va materiallar – sotib olingan materiallar (ishlab chiqarishni me’yorida o’tishini ta’minlash, ehtiyot qismlar, mahsulotlarni urash, joylash uchun materiallar va h.k);
ishlab chiqarish xususiyatiga ega xizmatlar va ishlar;
tabiiy xom ashyo (suv, yog’och va h.k);
energiya va yoqilg’ining hamma turlari;
materiallarning tabiiy kamayishi.
Ishlab chiqarish xarakteridagi mehnatga to’lovlar:
bajarilgan ishlar uchun to’lovlar;
qo’shimcha to’lovlar;
ishlanmagan vaqtlar uchun to’lovlar.
Ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar:
ish haqi fondiga nisbatan ajratmalar;
nodavlat nafaqa fondiga, ixtiyoriy tibbiy sug’urtaga va boshqa ixtiyoriy to’lovlar.
Asosiy fondlar va nomaterial aktivlar amortizasiyasi:
asosiy fondlarning eskirishiga qarab bosh birlamchi bahodan ajratma.
Ishlab chiqarish xarakteridagi boshqa xarajatlar:
ishlab chiqarish jarayoniga ko’rsatilgan xizmatlar;
ishlab chiqarish xom ashyo va materiallar bilan ta’minlash;
asosiy fondlarni ishchi holda saqlash xarajatlari;
o’t o’chirishni ta’minlash va qorovullar;
ishlab chiqarish asosiy fondlarining ijara haqi.
-davr xarajatlari:

Mahsulotni sotish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar:


tovarlarni tashish xarajatlari;
savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining muomala xarajatlari;
Ma’muriy xarajatlar:
boshqaruv xodimlarining mehnat to’lovlari;
ularga sug’urta ajratmalari;
xizmat avtomobillarini asrash;
boshqaruvning texnik vositalari, aloqa, signalizasiya, hisoblash markazi va h.k.
boshqaruvdagi asosiy fondlar amortizasiyasi;
xizmat safari xarajatlari.
Boshqa operasion xarajatlar
kadrlar tayyorlash;
qurilishdagi kamchiliklarni yo’qotish;
maslahatlar berish va axborotlar xizmati to’lovlari, auditlar xizmati to’lovlari va h.k.
-moliyaviy faoliyat xarajatlari:
banklarning uzoq va qisqa muddatli kreditlari uchun to’lovlar;
uzoq muddatli ijara uchun to’lovlar;
valyuta kursining o’zgarishi sababli foyda va zararlar;
korxonaning o’z qimmatbaho qog’ozlarini chiqarish va tarqatish xarajatlari.
-favqulodda zararlar:

bularga kutilmagan holda yuz beradigan zararlar kiradi.


Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, yangicha sharoitda mahsulot tannarxiga tijorat, ma’muriy, umumxo’jalik va moliyaviy xarajatlar kiritilmaydi. Balki ular har davrning o’zida korxona foyda summasi hisobidan qoplanadi va bu holat milliy hisoblar tizimiga mos keladi.

Davr xarajatlari – korxonalar faoliyatida yangi ko’rsatkich hisobla­nadi. Bu xarajatlar bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq emas.


Bularga ishlab chiqarishni boshqarish, tijorat xarajatlari, umumxo’jalik xarajatlari shu jumladan ilmiy-tekshirish va tajriba-konstruktorlik xarajatlari kiradi. Ular umumxo’jalik xarajatlari bo’lib, ularning hajmi ishlab chiqarish mahsulot hajmi bilan bog’liq emas, balki davr, vaqt bilan bog’liq.
Mahsulot tannarxi korxona mahsulotini ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq bo’lgan, pul bilan ifodalangan xarajatlarning yig’indisidir. Mahsulot tannarxining ma’lum darajasi juda ko’p ishlab chiqarish omillarining o’zaro ta’sir natijasidir. Masalan, tannarxning pasayishiga mehnat unumdorligining oshishi, xom ashyo, elektroenergiya, yoqilg’gi materiallarning tejab tergab sarf qilinishi, asbob uskunalardan foydalanish darajasining oshirilishi, brak, bekor turishlarning kamaytirilishi va h.k. ta’sir ko’rsatadi.
Tannarxning pasaytirilishi bilan korxonalarning pul jamg’armalari oshadi, ishlab chiqarishni yanada kengaytirish va takomillashtirish uchun qo’shimcha mablag’ beradi, mahsulotlar chakana narxini pasaytirib bu bilan aholining turmush darajasini yuksaltirishga imkon yaratadi.
Mahsulot tannarxi xarajat elementlari bo’yicha klassifikasiyalanadi.
Xarajatlarning iqtisodiy elementlari quyidagilardan iborat:
Xom ashyo va asosiy materiallar (chiqindilar kirmaydi);
Yordamchi va boshqa materiallar;
Yoqilgi;
Energiya;
Asosiy va qo’shimcha ish haqi;
Ijtimoiy sug’urta ajratmalari;
Asosiy fondlar amortizasiyasi;
Boshqa pul xarajatlari.
Bundagi 1-4 – elementlar mehnat predmetlari uchun, 5 va 6 – element­lar kishi mehnati uchun, 7 – element mehnat vositalari uchun sarflangan pul xarajatlarini ifodalaydi. 8 – element esa ishlab chiqarishni normal amalga oshirish uchun zarur pul xarajatlaridir (yollangan transport, xodimlarni xizmat safariga yuborish, pochta, telegraf, o’qishga yuborilganlarga to’lanadigan stipendiya va boshqa shu kabi xarajatlar).

Ishlab chiqarish xarajatlarini mazkur iqtisodiy elementlari bo’yicha klassifikasiya qilish tannarxning tuzilishini o’rganish imkonini beradi. Birlik mahsulot uchun xarajat kalkulyasiya moddalari bo’yicha mahsulot tannarxidagi xarajatlar klassifikasiyalanadi.


Ishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarish jarayonida tutgan o’rniga qarab asosiy va qo’shimcha xarajatlarga ajratiladi. Asosiy xarajatlar bevosita mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’ladi. Qo’shimcha xarajatlar korxonani xo’jalik jihatdan boshqarish bilan bog’liq bo’lib unga ortiqcha xarajat va nobudgarchiliklar ham (jarima, kamomad, brak, bekor turishlar) qo’shiladi.
Mahsulot hajmi bilan bog’liqligiga qarab xarajatlar o’zgaruvchan va shartli doimiy xarajatlarga ajratiladi. O’zgaruvchan xarajatlar mahsulot hajmi o’zgarishiga qarab o’zgaradi (xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, energiya, asosiy ishchilarning ish haqi va h.k). SHartli doimiy xarajatlar mahsulot hajmi o’zgarishiga qarab o’zgarmaydi (boshqaruv xarajatlari). Mahsulot hajmining ortishi shu xarajatlar hisobiga uning bir donasi tannarxining pasayishiga olib keladi.
Mahsulotlarning ayrim turlari orasida taqsimlanishiga qarab xarajatlar bevosita va bilvosita xarajatlarga ajratiladi. Bevosita xarajatlar ayrim mahsulotlar tannarxiga to’g’ridan-to’g’ri qo’shiladi (xom ashyo yoki asosiy materiallar).
Bilvosita xarajatlar ayrim mahsulotlar turlari bo’yicha shartli ravishda qandaydir to’g’ri xarajat (masalan, ish haqi)ga nisbatan proporsional ravishda taqsimlanadi. Xarajatlarni bunday guruhlarga ajratish bir necha xil mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarga xos bo’lib, bir xil mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarga hamma xarajatlar ham o’sha mahsulot tannarxiga kiradi.
Mahsulot tannarxining dinamikasini o’rganishning muhim shartlari­dan biri o’rganilayotgan mahsulotning albatta solishtirma tovar mahsulot bo’lishidir. Solishtirma tovar mahsulotga solishtirilayotgan ikki davr (bazis va joriy)da ishlab chiqarilgan va shu bilan birga texnologiyasi, konstruksiyasi bir oz o’zgarsa ham lekin iste’mol xususiyati o’zgarmagan mahsulotlar kiradi.
Mahsulot tannarxini pasaytirishning manbalari va omillari
Mehnat unumdorligini oshirish, xomashyo va material, yoqilg’i va elektroenergetika xarajatlarini kamaytirish, xizmat ko’rsatish va boshqarish sarflarini qisqartirish, ishlab chiqarishdan tashqari, xarajatlarni tejash sanoat mahsuloti tannarxini pasaytirishning eng muhim manbalari hisoblanadi.
Mehnat unumdorligini oshirish uchun yangi texnika, texnologiya jarayonlarini va ishlab chiqarishni o’stirish yoki tashkil etishning ilg’or usullarini joriy qilish orqali har bir mehnatchi tomonidan tayyorlanayotgan mahsulotni ko’paytirish kerak bo’ladi. Bu holda har bir mahsulot birligiga sarflanadigan ish haqi qisqaradi, ammo ishchining umumiy ish haqi esa ortib boradi. Mehnat unumdorligi ish haqiga nisbatan jadal o’sgandagina tannarx pasayadi.
Mehnat unumdorligining o’sish mohiyati shundan iboratki, bunda mahsulot ishlab chiqarishga ketadigan jonli mehnat ulushi kamayadi, ilgari sarflangan mehnatning ulushi esa ortadi, biroq mahsulot birligi uchun ketadigan mehnat sarfi qisqaradi.
Material, yoqilg’i va elektr energiya xarajatlarini kamaytirish uchun ularni tejab sarflash, qimmatbaho materiallarni arzon, Lekin yaxshi materiallar bilan almashtirish, ularni sotib olish va korxonaga keltirish bilan bog’liq bo’lgan sarflarni qisqartirish kerak bo’ladi.
Xizmat ko’rsatish va boshqarish uchun ketadigan xarajatlarni qisqartirishga esa tarmoq va korxonalardagi ma’muriy boshqaruv apparatining sarflarini kamaytirish, asbob-uskuna, bino va inshootlarni saqlash, yoritish, isitish uchun ketadigan mablag’’larni tejab-tergab sarflash orqali erishiladi.
Unumsiz xarajatlarni (jarima to’lash, penya va hokazolar) tugatish mahsulot tannarxini pasaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Texnika taraqqiyoti ishlab chiqarishni tashkil etishning ijtimoiy shakllarini takomillashtirishning, ishlab chiqarishni rasional joylashtirish, ishlab chiqarish va mehnatni korxonaning ichida uyushtirishni yaxshilash mahsulot tannarxini pasaytirishning ta’minlovchi omillari bo’lib hisoblanadi. Masalan, texnika taraqqiyoti mahsulot tannarxini pasaytirishning barcha manbalariga ta’sir ko’rsatadi. Ishlab chiqarishni elektrlashtirish va elektronizasiyalash hamda kompleks avtomatlashtirish, ximiyalash mahsulot tayyorlash uchun sarflanadigan solishtirma xarajatlarni kamaytiradi.
Har bir korxonada mahsulot tannarxini pasaytirish darajasini hisoblash uchun eng avvalo undagi rezervlarni, ya’ni foydalanilmayotgan imkoniyatlarni aniqlash kerak. Ular ko’zga tashlanadigan, yuzaki, juda murakkab, ko’z ilg’amaydigan bo’lishi mumkin. Faqat chuqur, har taraflama iqtisodiy-texnik tahlildan keyin ularni aniqlash, topish mumkin bo’ladi.
Rezervlar har xil belgilarga qarab guruhlarga ajratilishi mumkin. Ular eng avvalo to’planish joyiga qarab ichki ishlab chiqarish va tashqi rezervlarga ajraladi.
Tashqi rezervlarga tarmoqlar bo’yicha rezervlar, regional (hududiy) va tabiiy-ekologik rezervlar kiradi.
Rezervlar safarbar etilishi muddati bo’yicha joriy va istiqbolli rezervlarga ajraladi.
Rezervlarni ishlab chiqarish jarayonlarining elementlari bo’yicha ham guruhlarga bo’lish mumkin. Bunday rezervlarga mehnat, moddiy va asosiy fondlardan foydalanish rezervlari kiradi.
Korxona yoki tarmoq faoliyatini tahlil etish uchun rezervlarni ikkiga bo’lib ko’rish mumkin:
- tashkiliy-texnikaviy rezervlar;
- ijtimoiy-iqtisodiy rezervlar.
Mana shu yuqorida keltirilgan barcha rezervlar, ya’ni foydalanilmayotgan imkoniyatlarni safarbar etish, ishga solish hamda shu asosda tannarxni keskin pasaytirish uchun bir qator omillardan keng foydalanish va ularni hisoblab chiqish kerak. U ishning metodikasi, usulini “Korxonalar faoliyatini tashkil etish, rejalashtirish va boshqarish” fanidan o’qiladigan ma’ruzalarda, amaliy mashg’ulotlarda chuqqurroq va har tomonlama tushuntirib beriladi.
Mahsulot tannarxini rejalashtirish mehnat, moddiy va moliyaviy mablag’’lardan oqilona foydalanish asosida ishlab chiqarishning yuqori samaradorligiga erishishga qaratilgandir. Tannarx rejasi quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi:
1. Mahsulot tannarxini pasaytirish rejasi;
2. Mahsulot tannarxini kalkulyasiya etish;
3. Ishlab chiqarish xarajatlari smetasi;
4. Tovar va sotiladigan mahsulot tannarxining hisobi.
Tannarx rejasi, ikki bosqichda ishlab chiqiladi. Birinchi bosqichda, eng avvalo, hisobot yilida rejalarning bajaralishi tahlil etiladi, mahsulot tannarxini pasaytirish, foyda va rentabellikni oshirish rezervlari aniqlanadi va aniqlangan rezervlardan foydalanish tadbirlari belgilanadi, reja loyihasi ishlab chiqiladi. Ikkinchi bosqichda esa rejaning uzil-kesil loyihasi ishlab chiqiladi va bu reja topshiriqlari korxona bo’limlariga etkaziladi.
Mahsulot tannarxi va uni pasaytirish topshiriqlari davlat va korxona rejasida yuqoridan belgilanmaydigan, aksincha, korxonalarning o’zida hisob qilinadigan ko’rsatkich hisoblanadi. SHunga qaramay, mahsulot tannarxi sanoat ko’rsatkichlaridan biri bo’lib qolaveradi. CHunki sanoat mahsuloti tannarxini pasaytirish ishlab chiqarishning rentabellik darajasini oshirish rezervlaridan biri hisoblanadi. Mahsulot tannarxi qanchalik past bo’lsa, albatta, boshqa shart-sharoitlar bir xil bo’lgan holda (masalan, xuddi o’sha mahsulotning narxi barqaror bo’lganda) uni sotishdan kelgan foyda ham shunchalik ko’p bo’ladi.
Narx bozor kategoriyasi bo’lib, tovarlar ayirboshlanganda yuz beradigan munosabatlarni anglatadi. Narx nazariy jihatdan olganda tovar qiymatining puldagi ifodasi, qiymatining bozordagi ko’rinishidir.
Narx nimaga tegishli bo’lishidan qat’iy nazar (tovar, xizmat) beshta asosiy funksiyani bajaradi:
bozor muvozanatini ta’minlash funksiyasi

hisob-kitob, ulchov funksiyasi


iqtisodiy regulyator funksiyasi
raqobat vositasi funksiyasi
ijtimoiy himoya funksiyasi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida narxning quyidagi turlari mavjud:
demping narx
nufuzli narx
milliy narx
arzonlashtirilgan narx
jahon narxi
yashirin narx
erkin narx
standart narx
kontrakt (ulgurji) narx
Narxlar faqat iste’moldagina emas, balki ishlab chiqarishdagi o’zgarishlardan ham darak beradi.

Narxlarning boshqa muhim vazifasi – ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarni rag’batlantirishdir.


Narxlar mexanizmi ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdorini ko’paytirishgina emas, balki ishlab chiqarishning eng tejamli usullarini ishlashni ham rag’batlantiradi.
Narxlarning uchinchi vazifasi ikkinchisi bilan chambarchas bog’liq. Bu daromadlarnig taqsimlanishiir. Tovar ishlab chiqarish sharoitida xo’jalik faoliyati ishtirokchilari oladigan daromadlar ular o’z shaxsiy yoki ishlab chiqarish iste’mollarini ko’plab sotadigan yoki sotib oladigan tovarlar va xizmatlarning narxlariga bevosita bog’liq bo’ladi.
Narxlarning to’rtinchi vazifasi alohida korxonalarga va xo’jalik sohalariga ishlab chiqarish omillarini taqsimlashdir.
Narx siyosatini shakllantirish va narx darajasini hisoblash uslublari
Narx bilan iste’molchilar o’rtasida juda chambarchas aloqadorlik mav­judki, uni iqtisodiy tamoyillar: talab qonuni, talabning narx ravonligi, bozor segmentasiyasi bilan izohlash mumkin. Talab qonuni iste’molchilar odatda qimmat narxlarga qaraganda arzon narxlarda ko’proq tovarlar sotib olishini ifodalaydi. Ammo har qanday tovar ham «narx-miqdor» aloqador­ligiga to’g’ri kelavermaydi. Ayrim mahsulotlarga talab shundayki, muayyan sharoitlarda yuqoriroq narxlar ko’proq tovar aylanmasi hajmini ta’min­laydi. Bunday tovarlar bozorning ayrim segmentlariga mo’ljallangan – bular qimmatbaho avtomobillar, kemalar, zeb-ziynat buyumlari, mo’yna va boshqalar.
Raqobat narx siyosatida muhim barometr bo’lib xizmat qiladi. Korxonalarning narx siyosati narx belgilash maqsadlari va uslublariga bog’liq bo’lgan to’rt bozor tipini ajratish mumkin: sof raqobat, monopolistik raqobat, oligopolistik raqobat sof monopoliya.
Asosan narxni o’zgartirish yo’li bilan talabga ta’sir ko’rsatish raqobatning narx bilan bog’liq usullarini yaratadi. Narx bilan bog’liq bo’lmagan raqobat usullarida firmalar o’z mahsulotining o’ziga xos xislat­lariga zo’r beradi, mahsulot sotish, tovarlar harkati, reklama, mahsulotni joylash, servis kabi marketing qismlariga katta e’tibor beradi.
Bozorda narx uchta guruh omil natijasida shakllanadi:
1. Talab omillari (bozorda o’xshash tovarlar mavjudligi va ularga bo’lgan narxlar, bozorga kirish, xaridorlar daromadlari, xaridorni talablari, talabga yo’naltirilgan narx)
2. Xarajat omillari (ishlab chiqarish xarajatlari, marketing xarajatlari, foyda).
3. Raqobat omillari (tarmoqdagi firmalar soni, aynan o’xshash import tovarlari, raqobatchilar tovarlariga bo’lgan narxni bilish.
Asosiy narxni belgilash uslubi quyidagilardan iborat:
narxlashtirish masalasi qo’yiladi,
talabi aniqlanadi,
xarajatlari baholanadi,
raqobatchilar tovari va narx tahlil qilinadi,
narxni shakllantirish uslubi tanlanadi,
oxirgi natijaviy narx o’rnatiladi.
«O’rtacha xarajatlar plyus foyda» tamoyili bo’yicha narx belgilash tovarning tannarxiga muayyan ustama qo’yishdan iborat bo’lib, narx belgi­lashning eng oddiy usuli hisoblanadi. Ustama narx miqdori tovar turiga qarab, juda keng chegaralarda tebranib turadi. SHuningdek, tovarning ishlab chiqaruvchidan pirovard natijada iste’molchiga etib borishga qarab oxirgi narx ulgurji va chakana savdo qo’yadigan ustama narxlar yakunini ifodalaydi.

«Ko’zlangan foyda normasi» olishni ta’minlaydigan narx belgilash usulini qo’llaydigan ishlab chiqaruvchilar oldindan sarf etilgan kapital uchun muayyan qaytim foiz olishga intmiladilar. Bu usul o’rtacha solishtirma xarajatlarni hisoblashga asoslanadi.


Narxni chegaraviy xarajatlar bo’yicha belgilash usulini qo’llash bilan firma mahsulotning qo’shimcha hajmi birligini bu mahsulotni ishlab chiqarishning alohida qiymatiga sotadi, bu holda xarajatlarning faqat bir qismi koplanadi, foyda amalga oshmaydi. Narx belgilashning bu strategiya­si agar firma ishni to’xtatish xavfi ostida qolgan va foydalanadigan ishchi kuchini saqlab qolishni xohlagan sharoitlarda naf keltirishi mumkin.
Savdoda do’konlarga xaridorlarning kelishini ko’paytirish uchun sotuvchilar ayrim tovarlarni to’liq xarajatlaridan pastroq baholab, «jalb etuvchi» narxlar yaratadilar. Xaridorlar ko’payadi, ular arzon narxdagi tovarlar bilan birga bunga qo’shimcha ravishda narxi me’yorda bo’lgan tovarlarni ham xarid qiladilar.
Bozor tez o’zgarib boradi va shunga ko’ra har bir mahsulot ham o’z yashash davrini ham o’taydi. Shu vaqt davomida firmalar doimo narxlarga o’zgartirishlar kiritadi.
Yangi mahsulotga narx belgilash eng jiddiy bosqichlardan biridir. YAngi mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog’liq xarajatlar bozordagi talab darajasi, raqiblar harakati hali etarli darajada ma’lum emas.
Narx belgilashning qiyinligi, muayyan darajada mahsulotning yangiligi darajasiga ham bog’liq. Bu daraja esa uchga bo’linadi:
eng yangi mahsulot;
texnikaviy ilg’or mahsulot;
original bo’lmagan (yangi taqlidiy) va o’rinbosar mahsulotlar.
Bozor talabi hali noma’lum, shu sababli noyob mahsulotga narx belgilashda asosiy masala «Qaymog’ini olish» yoki «Kirib olish» siyosatini qabul qilishdan iboratdir.
Bunda mutaxassislar narxga nisbatan asosiy iste’molchilarning munosabati darajasini belgilaydilar, shuningdek, raqiblar bozorga qay darajada tezlik bilan kirib kelishi mumkinligini o’rganadilar. O’ziga o’xshash o’rinbosarlari bo’lgan yangi mahsulot taqlidiy yoki moslashtirilgan mahsulot tarzida tasnif etiladi. Bunday hollarda narx siyosati ilgarigi taktikasini davom ettiradi va narx darajasi muqobil tovarlar o’rtasida mavjud bo’lgan sifat va miqdorga qarab o’zgaradi.
Mahsulotning bozorga kirib kelishi va o’sishi bosqichidan to’yinish bosqichiga harakati darajasiga qarab, narxlarni puxta boshqarish narx marketingni strategiyasini amalga oshirishning kaliti hisoblanadi.
To’yinish bosqichida narxlarni ko’tarish odatda talabning ko’payishi emas, balki ishlab chiqarish xarajatlarining qiymatini ortishi oqibati­dir. SHu sababli mahsulotning turiga qarab yo erkin narxlar qo’yiladi yoki tovarlar sotish hajmini ko’paytirish uchun narxlar pasaytiriladi.
Yo’qolib ketayotgan mahsulotlarga narx belgilash.
Narx marketingida keyingi rejalarga qarab ikki muqobil narx belgilash yo’li qo’llaniladi. Ishlab chiqarishni qisqartirish uchun narxlarni bosqichma-bosqich pasaytirish strategiyasi jami g’amlamalar sotib tugatilgunga qadar amalga oshiriladi. Unga muqobil holda foydani quvvatlash yo’lida qo’shimcha xarajatlar, xususan mahsulot sotishni rag’batlantirish xarajatlarini qisqartiriladi, narxlar esa ilgarigi darajada saqlab qolinadi. Raqiblarning bozorni tashlab chiqib ketishiga qarab, bozor ta’minoti manbalari qisqaradi va aksariyat bunday vaziyatda shu mahsulotga hali muhtoj bo’lgan muayyan bozor segmenti saqlanib qoladi. Bu esa mahsulot yashash davrining so’nggi bosqichi davrida bozorda qolgan firmaga o’z narxini oshirish imkonini yaratishi mumkin.
Savdo-sotiq faoliyatida marketing mutaxassislari uchun narx belgilashning ikkita asosiy siyosati mavjud, bu «qaymog’ini olish» va «kirib olish» siyosatidir.
«Qaymog’ini olish» va «Kirib olish» siyosatlari narx belgilashning favqulodda namoyon bo’lishi hisoblanadi. Uning birinchisi – qimmat narxlar, ikkinchisi – arzon narxlar strategiyasidir.
«Qaymog’ini olish» siyosati avvalo, tovar narxi ishlab chiqarish narxidan ancha yuqori o’rnatib asta-sekin uni tushirib boradi. «Qaymog’ini olish» siyosatidan aksariyat bozorga yangi mahsulotni joriy etishda foydalaniladi. Bunda narx qandaydir bir yuqori darajada belgilanadi, mahsulot esa segmentasiya natijasida asosiy deb e’tirof etilgan bozorda sotiladi. Bozorning to’yinishidan so’ng iste’molchilarni jalb qilish maqsadida narx pasaytiriladi. SHunday yo’l bilan to’liq daromad eng ko’p miqdorga etkaziladi SHu sababli yagona yo’l – tovar sotish bozorlarini kengaytirish, yangi segmentlar izlashdir.

5. SANOATDA KORPORATIV BOSHQARUV TIZIMINI KENG JORIY QILISH MUAMMOLARI


O’zbekiston iqtisodiyotida aktsiyadorlik jamiyatlarining uzoq muddatli yashovchanligi va raqobatbardoshligini ta’minlash masalasi ular ishlab chiqarish salohiyatini tubdan o’zgartirish va zamonaviylashtirish zaruriyatini keltirib chiqardi, va bunga katta hajmdagi kapital quyilmalar, shu jumladan, xorijiy investitsiyalar talab qilinadi. Mustaqillik yillarida respublika iqtisodiyoti real sektoriga faol ravishda investitsiyalarni jalb qilish mexanizmi sifatida fond bozori shakllandi3 , hamda ko’p ukladli iqtisodiyotni qurish uchun zarur poydevor bo’lgan yangi mulkiy munosabatlarning o’rnatilishiga imkon beradigan qonunchilik negizi yaratildi. O’zbekistonda olib borilayotgan keng ko’lamli islohatlar mamlakatda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyat qurishga qaratilgan bo’lib4 , ularning asosiy mahsullaridan biri tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan turli mulkchilikka asoslangan aktsiyadorlik va ulush-paychilik shakllaridagi korxonalar hisoblanadi. Ularning samarali faoliyat yuritishi ko’p jihatdan korporativ munosabatlar tizimini rivojlanishiga bevosita bog’liqligi sababli hozirda aktsiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv asoslarini chuqurroq o’rganish muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida samarali faoliyat yuritishning korporativ boshqaruv modeli va mexanizmi aktsiyadorlik jamiyatlariga investitsiyalarni jalb qilish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, barqaror industrial va iqtisodiy o’sishni ta’minlash5 kabi muammolar echimini taminlashi mumkin.
O’zbekiston Respublikasida hozirgi vaqtda amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatning asosiy maqsadlaridan biri, iqtisodiyotning real sohalarida faollikni jonlantirishga yo’naltiruvchi moliyaviy barqarorlikka erishish hisoblanadi. O’zbekiston iqtisodiyotida aktsiyadorlik jamiyatlarining uzoq muddatli yashovchanligi va raqobatbardoshligini ta’minlash masalasi ular ishlab chiqarish salohiyatini tubdan o’zgartirish va zamonaviylashtirish zaruriyatini keltirib chiqardi, va bunga katta hajmdagi kapital quyilmalar, shu jumladan, xorijiy investitsiyalar talab qilinadi. Mustaqillik yillarida respublika iqtisodiyoti real sektoriga faol ravishda investitsiyalarni jalb qilish mexanizmi sifatida fond bozori shakllandi , hamda ko’p ukladli iqtisodiyotni qurish uchun zarur poydevor bo’lgan yangi mulkiy munosabatlarning o’rnatilishiga imkon beradigan qonunchilik negizi yaratildi. O’zbekistonda olib borilayotgan keng ko’lamli islohatlar mamlakatda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyat qurishga qaratilgan bo’lib4 , ularning asosiy mahsullaridan biri tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan turli mulkchilikka asoslangan aktsiyadorlik va ulush-paychilik shakllaridagi korxonalar hisoblanadi. Ularning samarali faoliyat yuritishi ko’p jihatdan korporativ munosabatlar tizimini rivojlanishiga bevosita bog’liqligi sababli hozirda aktsiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv asoslarini chuqurroq o’rganish muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida samarali faoliyat yuritishning korporativ boshqaruv modeli va mexanizmi aktsiyadorlik jamiyatlariga investitsiyalarni jalb qilish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, barqaror industrial va iqtisodiy o’sishni ta’minlash kabi muammolar echimini taminlashi mumkin. Bu muammolarni samarali echimi kompaniyalarning moliya bozoridagi raqobatbordoshliligi va havfsizligi, barqarorligi hamda investorlar uchun jalbdorliligi va risksizligi darajasini ta’minlash bilan uzviy bog’liq. Korporativ boshqaruvning muammolarini bartaraf etish nazariy jihatdan ham, amaliy jihatdan ham muhim ahamiyat kasb etishini e’tirof etib, iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash sharoitida mazkur faoliyat muammolarini tadqiq etuvchi nazariy ishlanmalar va amaliy asoslarning sezilarli darajada zamon talabidan ortda qolayotganligi ushbu muammolar bo’yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqish zarurligini alohida qayd etmoqchimiz. Yuqorida ta’kidlanganlarning barchasi tanlangan mavzuning dolzarbligini belgilab berib, mazkur sohada alohida ilmiy izlanish olib borishni taqazo etmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarda fond bozorlarini shakllantirish jarayonlari bo’yicha jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, ularning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi ko’p jihatdan investitsion infratuzilmaning o’z vaqtida yaratilishi bilan bog’liq bo’ladi. Mustaqil O’zbekiston fond bozori shakllanishining xususiyati shundan iboratki, fond bozorida faoliyat ko’rsatuvchi emitentlar va investorlar kapital bozorining imkoniyatlariga yaqin yillardan boshlab tushuna boshlamoqdalar va ulardan foydalanishga harakat qila boshladilar. Shu bilan birga, bu ikki toifaga xizmat qiluvchi vositachi tomon – ixtisoslashtirilgan infratuzilma institutlari fond aktivlari bilan ishlash amaliy tajribasi hali kam bo’lib, ularning rivojlanish darajasi milliy iqtisodiyotning o’sib boruvchi ehtiyojlaridan orqada qolmoqda.. Korporativ boshqaruvning kuchli jozibaga molik tomonlaridan biri shundan iboratki, uni joriy qilganda, o’z biznesida odatda uzoq muddatli maqsadlarga erishish imkoniyatlari yaratiladi. Serharakat investorlar manfaatlarining e’tibori, yollanma menejerlar manfaatlari bilan o’yg’unlashishi sodir bo’ladi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida potentsial investorlar sinfini shakllantirish, investitsiyalarni keng ko’lamda jalb qilish orqaligina «ishni, kapital to’plashni kengaytirish» haqiqatda mumkinligini mahalliy mulkdorlar hali to’la tushunib etganlari yo’q. Korporativ boshqaruvning ta’sir doirasi aktsiyadorlar yoki korporatsiyalar manfaatlari sohasidan ancha kengroq bo’lib, mamlakat iqtisodiy rivojlanishining hal qiluvchi omillaridan biriga aylanmoqda. Jahon banki va Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish Tashkiloti (IHRT) 1999 yildayoq8, korporativ boshqaruv mamlakatning raqobatbardoshlik manbai va iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotining muhim omili ekanligini e’tirof etgan. Zamonaviy iqtisodiyotda aktsiyadorlik jamiyatlari xo’jalik yuritish amaliyotida korporativ boshqaruvning keng tarqalganligi u yoki bu mamlakatning ochiqlik va rivojlanish darajasini tavsiflovchi muhim ko’rsatkichlardan biridir. Samarali kompaniyalar va korxonalarsiz mamlakat turmush farovonligini oshirish va qo’shimcha ishchi o’rinlarini hosil qilish uchun sharoitni ta’minlay olmaydi.
Xulosa
Korxonalarda ishlab chiqarish jamiyat miqyosida ro’y bergani tufayli uni ijtimoiy korxonalarda ishlab chiqarish deb ataydilar. Ijtimoiy korxonalarda ishlab chiqarish o’zining bir-birini taqozo qiluvchi ikki tomoni – ishlab chiqaruvchi kuchlar va korxonalarda ishlab chiqarish munosabatlari bilan ifodalanadi. Ularning birligi korxonalarda ishlab chiqarish tashkil etadi. Ijtimoiy korxonalarda ishlab chiqarish jarayon sifatida rivojlanadi va takomillashib boradi. Korxonalarda ishlab chiqarish jamiyatning taraqqiyotini, ijtimoiy tuzilishini, g’oyaviy qarashlarini, siyosiy tashkilotlarini belgilab beradi. Ijtimoiy korxonalarda ishlab chiqarishning harakteri, tavsifi asosida jamiyat ustqurmasi tashkil topadi. Ijtimoiy korxonalarda ishlab chiqarishning harakteri ish kuchi bilan korxonalarda ishlab chiqarish vositalarining qo’shilish harakteriga qarab belgilanadi. Korxonalarda ishlab chiqarishning ijtimoiy shakllari qanday bo’lsa ham, xodimlar va korxonalarda ishlab chiqarish vositalari hamisha shu korxonalarda ishlab chiqarishning omillari bo’lib qolaveradi. Umuman, korxonalarda ishlab chiqarish uchun ular qo’shilishi kerak. Ijtimoiy tuzumning ayrim iqtisodiy davrlari ana shu qo’shilishning alohida xususiyatiga va qanday usul bilan amalga oshirilishiga qarab bir-biridan farq qiladi.Korxonalarda ishlab chiqarish muayyan korxonalarda ishlab chiqarish usuliga xos ob’ektiv iqtisodiy qonunlarga muvofiq taraqqiy etadi. Korxonalarda ishlab chiqarishning rivojlanishi, avvalo, mehnat qurollarining o’zgarishi va mukamallashishi bilan kishilarning korxonalarda ishlab chiqarish munosabatlarida ham o’zgarish sodir bo’ladi. Bu jarayonda insonlar o’rtasidagi munosabatlarkengayadi va chuqurlashadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:


1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: O‘zbekiston, 2018.
2. O‘zbekiston Respublikasining «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonuni //«Xalq so‘zi» gazetasi. 7 yanvar 2012 yil
3. O‘zbekiston Respublikasining «Xususiy korxonalar to‘g‘risida»gi Qonuni. Qonun va qarorlar. -T.: O‘zbekiston, 2011.
4. «Mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. 2001 yil 6 dekabr // Tadbirkorlikka oid qonun hujjatlari to‘plami. 1-tom. - T.: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, 2002.
5. «Xo‘jalik shirkatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining 2001 yil 6 dekabrdagi Qonuni.//lex.uz
6. «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 6 may, O‘RQ-370-sonli Qonuni // «Xalq so‘zi» 2014 yil 7 may, 88 (6018)-soni.
7. «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 2 may, O‘RQ-328-sonli Qonuni // «Xalq so‘zi» 2012 yil 3 may, 86 (5506)-son.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida" 2016 yil 28 oktyabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 fevraldagi 66-son Qarori. //lex.uz
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947- sonli Farmoni. // Xalq so‘zi. 8 fevral 2017 yil.
0. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 28 iyuldagi 207- son “Davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini joriy etish to‘g‘risida” Qarori.//lex.uz
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 apreldagi «Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5409-sonli Farmoni// Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2018 y., 06/18/5409/1059-son
12. 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida.. № PF-5308. 22.01.2018. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2018 y., 06/18/5447/1269-son.
Internet saytlari
1. www.webofscience.com - Xalqaro ilmiy maqolalar platformasi
2. www.search.ebscohost.com - Xalqaro ilmiy maqolalar platformasi
3. www.mineconomy.uz (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi)
4. www.mehnat.uz (O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi)
5. www.mf.uz (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi)
6. www.stat.uz (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi)


http://fayllar.org
Yüklə 58,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə