Mavzu: Baholash va kalkulyasiya. Reja



Yüklə 29,42 Kb.
səhifə1/8
tarix29.09.2023
ölçüsü29,42 Kb.
#124762
  1   2   3   4   5   6   7   8
Baholash va kalkulyasiya


Mavzu: Baholash va kalkulyasiya.
Reja:

  1. Baholash va uning ahamiyati.

  2. Asosiy mablag‘larni baholash.

  3. Materiallarni baholash usullari.

  4. Kalkulyasiya buxgalteriya hisobi usulining bir elementi sifatida.

  5. Xarajatlarni guruhlash tamoyillari. 19. Baholash va kalkulyasiyaning mahsulot tannarxini aniqlashdagi o‘rni.

20. Mahsulot tannnarxini kalkulyasiya qilish usullari.

Tayanch iboralar: Baholash, boshlang‘ich qiymat, eskirish summasi, xarid bahosi, bozor bahosi, haqiqiy baho, FIFO, LIFO, AVEKO, qiymat, pul o‘lchov birligi, mahsulot tannarxi, foyda, zarar, ishlab chiqarish xarajatlari, davr xarajat- lari.

1. Baholash va uning ahamiyati.
Buxgalteriya hisobi usuli elementlaridan biri baholash bo‘lib, uning ahamiyati butun xalq xo‘jaligi miqyosida ham kattadir.

Barry Elliot, Jamie Elliot “Financial accounting and reporting”da “Baholash – xo‘jalik mablag‘lari, majburiyatlar va xo‘jalik jarayonlarini pul o‘lchov birligida aks ettirish usulidir”- deydi.
Ya`ni “Evaluation is a method of reflecting the economic resources, liabilities and business processes in monetary units.”1
Bizga ma’lumki, korxona faoliyatida ishlatiladigan xo‘jalik mablag‘lari va ular tashkil topish manbalari turli bo‘lib, ularni o‘lchov birliklari, shakl va tuzilishlari, tashkil topishlari har xil ko‘rinishga egadir. Korxona xo‘jalik faoliyatida ro‘y beradigan xo‘jalik jarayonlari natijasida mablag‘ va ular tashkil topish manbalari ham miqdor, ham xajm jixatdan o‘zgarishi ham tabiiy holdir.
Demak, ular hisobini yuritish uchun yagona o‘lchov birligi – puldan foydalanmaslikni iloji yo‘q. Korxona mulki hisobi yuritilayotganda, ular baholanadi.
«Buxgalteriya hisobi hisobot»gi Qonunga asosan, aylanma aktivlarni baholash ikki xil ko‘rinishda amalga oshiriladi:

  1. Xaqiqiy tannarxda – keltirish yoki ishlab chiqarish tannarxi.

  2. Bozor bahosida – sotish sof qiymati.

Korxona mulklari baholanayoganda ularni tuzilishi, foydalanilishi, ishlab chiqarishda qatnashishi, maqsadli mo‘ljali kabi xususiyatlari e’tiborga olinadi.
Masalan: savdo korxonalarida tovarlar sotib olish va sotish baholarida hisobga olinadi. YAna bir mablag‘ – asosiy vositalar hisobi yuritishda qo‘yidagicha baholardan foydalaniladi.
Boshlangich qiymat – asosiy vositalarni xarid qilish, keltirish, tashish, o‘rnatish va umuman foydalanish holatiga keltirish bilan bog‘liq xarajatlar yigindisidan iborat.
Joriy qiymat – ma’lum bir muddatga amaldagi bozor baholariga moslashtirilgan asosiy vosita qiymati yoki manfaatdor tomonlar o‘rtasida almashiladigan asosiy vosita summasi. Joriy qiymat asosiy vositalar qayta baholashishi natijasida vujudga keladi.

Yüklə 29,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə