Mavzu: Baholash va kalkulyasiya. Reja


Kalkulyasiya buxgalteriya hisobi usulining bir elementi sifatida



Yüklə 29,42 Kb.
səhifə3/8
tarix29.09.2023
ölçüsü29,42 Kb.
#124762
1   2   3   4   5   6   7   8
Baholash va kalkulyasiya

4. Kalkulyasiya buxgalteriya hisobi usulining bir elementi sifatida.
Kalkulatsiya orqali mahsulot tannarxi aniqlanadi va foyda miqdori aniqlanishi uchun asos hisoblanadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, kalkulatsiya, tannarx va xarajat so‘zlari o‘zaro bog‘langandir. SHuning uchun xarajatlar va ularning iqtisodiy mazmuni, guruhlanishi to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lish maqsadga muvofiqdir. «Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ni ishlab chiqarish va uni sotish bilan bog‘liq xarajatlar tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllanish tartibi to‘g‘risida»gi nizomga asosan xarajatlar ishlab chiqarish va davr xarajatlariga bo‘linadi. Ishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxini tashkil etadi. Davr xarajatlari korxonaning foyda yoki zararlari hisobidan qoplanadi.
Kalkulyasiya - tannarxni aniqlash demakdir. Ushbu usuldan korxona mulklaridan ba’zilari hisobini yuritishda foydalaniladi. Masalan: ishlab chiqarilgan mahsulot, material tannarxini aniqlash. SHuningdek, savdo korxonalaridagi muomala xarajatlari, moddalari, summalarini tovarlar bo‘yicha tegishli ravishda taqsimlashda ham kalkulyasiyadan foydalaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan (2003 yildagi o‘zgarishlar bilan) «Maxsulotlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizom»da, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatida vujudga keladigan xarajatlar tarkibi yoritib berilgan.
Buxgalteriya hisobining ushbu usuli boshqa usullar bilan uzviy bog‘liqlikdadir. Umuman, e’tibor berilsa, buxgalteriya hisobining hamma usuli ham o‘zaro uzviy bog‘liqlikdadir.
Kalkulyasiya usulini schetlar tizimi bilan bog‘liqligi shundaki, kalkulyasiya qilinishi talab etilayotgan mablag‘ bilan bog‘liq xarajatlar tegishli schetlarda aks ettirilganligidir.
Baxolash bilan kalkulyasiyaning bog‘liqligi shundaki, kalkulyasiya orqali aniqlangan tannarxlar baholash ko‘rinishida hisobga olinadi.
Turli mablag‘lar tannarxi kalkulyasiya yordamida aniqlanadi, masalan: mehnat buyumlari, tayyorlangan mahsulot, sotilgan tovarlar (ish, xizmat) tannarxi ham kalkulyasiya yordamida aniqlanadi.

Yüklə 29,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə