Mavzu: Baholash va kalkulyasiya. Reja


Asosiy mablag‘larni baholash



Yüklə 29,42 Kb.
səhifə2/8
tarix29.09.2023
ölçüsü29,42 Kb.
#124762
1   2   3   4   5   6   7   8
Baholash va kalkulyasiya

2. Asosiy mablag‘larni baholash.
Asosiy vositalar qayta baholanishi esa ikki holat natijasida vujudga keladi:

    • hukumat qaroriga ko‘ra;

    • ta’sischilar qaroriga asosan.

Koldik qiymat – bu asosiy vositalarni boshlang‘ich yoki joriy qiymat bilan jamgarilgan amortizatsiya summasi farqidir.
Tugatish qiymati – asosiy vositani foydali foydalanish muddati oxirida tugatish natijasida vujudga kelishi mo‘ljallanayotgan qiymatdan, hisobdan chiqarish bo‘yicha kutilayogan xarajatlar ayirmasidir.
Amortizatsiya qilinadigan qiymat – bu asosiy vositalarni boshlang‘ich qiymati bilan nazarda tutilayotgan (baholangan) tugatish qiymati o‘rtasidagi farqdir.
Asosiy vositalarni yuqorida sanab o‘tilgan baholash natijasida vujudga keladigan qiymatlari Buxgalteriya hisobi milliy standarti (BXMS) № 5 da keltirib o‘tilgandir.
Xo‘jalik mablag‘lari baholanayotganda xaqikiylik va bir xillik prinsipiga rioya qilinishi shart.
Haqiqiylik prinsipi xo‘jalik mablag‘lari sumda baholanilishini to‘g‘ri amalga oshirilishini talab etadi.
Bir xillik prinsipi baholashda qo‘yidagicha namoyon bo‘ladi. Joriy hisobda mablag‘ qanday baholangan bo‘lsa, balans va hisobotning boshqa shakllarida aks ettirilganda ham shu bahoda ko‘rsatilishi shart.
YUqorida tovarlar, hamda asosiy vositalar baholanishi hisobot ma’lumotlarni keltirildi. Quyida esa korxona ba’zi mulklarini baholanishi hisobot so‘z yuritamiz.
3. Materiallarni baholash usullari.
Materiallar aylanma mablag‘lar xisoblanib, ularni korxona xo‘jalik faoliyatidagi xarakati tez amalga oshadi. Materiallar xar bir turini tayyorlash ular xaqiqiy tannarxini aniqlash, hisoblash ko‘pgina hisoblashishni, hamda vaqtni talab etadi. Materiallarni baholashda qo‘yidagi baholardan foydalaniladi: materiallarni reja bahosi va haqiqiy tannarhi.
Materiallarni xaqikiy tannarxi va reja bahosi bo‘yicha baholari o‘rtasidagi farq analitik hisob orqali aniqlanadi va «Materiallar qiymati o‘rtasidagi farqlar» - 1610 schetda aks ettiriladi.
Materiallar xaqikiy tannarxini aniqlashda baholashni qo‘yidagi usullaridan foydalaniladi:
1O‘rtacha tannarx AVECO.
2.FIFO – o‘rtacha chamalangan baholar bo‘yicha, birinchi tushum – birinchi xarajat.
3.LIFO – o‘rtacha chamalangan baholar bo‘yicha, ohirgi tushum – ohiri xarajat.
Buxgalteriya hisobi milliy standartining № 5 sonida materiallarni baholashda AVECO usulidan foydalanish tavsiya etilgan.
Majburiyatlar baholanishi tomonlar kelishuviga asosan, pul ko‘rinishida aks ettiriladi. Sud qaroriga ko‘ra, vujudga kelgan majburiyat summasi esa, sudning tegishli qaroriga asosan aks ettiriladi. Moliyaviy qo‘yilmalar joriy va bozor baholarida hisobga olinadi.
Nomoddiy aktivlar baholanganda boshlang‘ich qiymatda bozor qiymatida, balans (hisob) qiymatda va hakozolarda xisobga olinadi.

Yüklə 29,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə