Kirish II. Asosiy qism


BIZNES-REJANI TAYYORLASH BOSQINLARI



Yüklə 95,37 Kb.
səhifə3/5
tarix12.06.2023
ölçüsü95,37 Kb.
#116789
1   2   3   4   5
KURS ISHI

2.2.BIZNES-REJANI TAYYORLASH BOSQINLARI
Mavjud ilmiy va uslubiy adabiyotlar biznes-rejani ishlab chiqish uchun yagona tugri yul yuqligiga aloxida e’tibor qaratadi. Biznes-rejaning tarkibi, tuzilmasi, ko’rsatkichlari va boshqa jixatlari odatda korxonaning xajmi (quvvati), yunalishi, iqtisodiy va moliyaviy xolati, shuningdek, gap uz ishini endi boshlayotgan tadbirkorlik yoki mavjud korxona xaqida borayotganligiga bog’liq bo’ladi. Agar gap barcha tashvishlar uz ishini boshlash va buning uchun zarur bo’lgan boshlangich kapitalni, jumladan, bank qerditlari xisobiga shakllantirish bilan bog’liq bo’lgan tadbirkorlik xaqida borsa, biznes-rejaning mazmuni va uni tayyorlash bosqichlari bitta (umumiy) ko’rinishga ega bulishi, yangiliklar kiritish yoki bankrot yoqasida turgan korxona xaqida boradigan bo’lsa boshqa ko’rinishga ega bo’ladi. SHunday bo’lsada, xar qanday biznes-rejada tanlangan biznes qontseptsiyasi ochib beriluvchi, taklif qilinayotgan maxsulot, ish yoki xizmatlarnig o’ziga xosligi tavsiflanuvchi, shuningdek, istiqbolda olinishi lozim bo’lgan foyda (daromad) va biznesni kengaytirish aks ettiriluvchi bo’limlar mavjud bo’ladi.
Xujalik amaliyotining dalolat berishicha, umuman rejalashtirish, va xususan biznesni rejalashtirish ikki bosiqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda biznes- rejaning loyixa varianti ishlab chiqilib, unda utgan yilda erishilgan natijalar taxlili va kelgusi yillar uchun uz imkoniyatlarini baxolash xisobiga dastlabki xisob- kitobilar amalga oshiriladi. Biznes-reja barcha xisob-kitobilarda belgilangan texnologiq jarayonlarga, ichki zaxiralardan to’liq foydalanishga asoslanishi xamda zarur xollarda tashkiliy va texnik-iqtisodiy tadbirlar bilan mustahkamlanishi lozim.
Ushbu bosqichda chiqariladigan maxsulotga jamiyat extiyojlari va bozor talabini aniqlash katta axamiyatga ega. Gap shundaqi, jamiyatning aniqlangan extiyojlaridan tashqari iste’molchilar maxsulotni xarid qilish uchun sarflovchi va korxona ushbu extiyojlarni qondirish uchun maxsulot ishlab chiqarishga sarflovchi resurslarning cheqlanganligi xam mavjud. SHuning uchun «extiyoj - resurslar» bog’liqligi biznes- rejaning asosiy bugini xisoblanadi. Extiyojlarni aniqlash korxonani iste’molchilik talabiga ega bulmagan maxsulot chiqarish uchun xarajatlar sarflashining oldiini oladi, talab qilinuvchi resurslar xisob-kitobii esa xato va kamchiliklarga yul quymaydi.
Ikkinchi bosqich bu biznes-rejani yakuniy ishlab chiqish va uni korxonaning rasmiy xujjati sifatida tasdiqlashdir. Aynan shu sifatda biznes-reja xuquqiy kychga ega bo’lib, turli idora va muassasalarga, xususan, banklardan moliyaviy resurslar olish uchun taqdim etilishi mumkin. Agar uni ishlab chiqish uz navbatida korxonaning ishlab chiqarish va iqtisodiy (moliyaviy) strategiyasini ishlab chiqishga imkon beruvchi marketing tadqiqotlari va bozor taxliliga asoslansa tugri bulur edi.
Ayrim mutaxassislar bitta biznes-rejaning ikki xil ko’rinishga ega bulishini - xamkorlar, investorlar, aktsiyadorlarga taqdim etiluvchi rasmiy biznes-reja va korxona raxbariyati va uning komandasi uchun tuzilgan ishchi biznes-rejani tavsiya qiladilar.
Ishchi biznes-reja xuddi rasmiy biznes-reja kabi tartibda va xuddi shu bo’lim va nomlardan iboart bo’lib, tavsiya qiluvchilarning fikricha, quyidagi vazifalarni bajarishga xizmat qilishi lozim:

  1. Rasmiy biznes-rejaning muximligini tushunish.

  2. Yangi tadbirkorlik ishini boshlashdan ancha avval bajariluvchi xatti- xarakatlar dasturini aniqlash.

  3. Yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolar variantlarini detalli ko’rib chiqish.

  4. Ichki va tashqi risqlarni baxolash.

  5. Bozor muxitidagi doimiy o’zgarishlarni xisobga olgan xolda ish xolati nazoratini amalga oshirish.

Bugungi kunda korxonalar turli xil xisobot, reja, statistika, normativ va boshqa materiallardan foydalanadilar. Agar «bitta xujjat kam, bitta xujjat ko’p» tamoyiliga rioya qilinadigan bo’lsa berilayotgan tavsiya e’tiroz uygotmasligi mumkin. Biroq ma’lumki, gap sonda emas, balki biznes-rejalarning amalga oshishi, ularning real vjqtlikka mos kelishidadir. Korxona ikkita (rasmiy va ishchi) biznes-rejaga ega bo’lsada, biroq muvaafiqiyatga erishmasligi xam mumkin. Bitta, lekin korxona faoliyatining kychli va zaif tomonlarini xisobga oluvchi, mavjud ishlab chiqarish saloxiyatidan eng samarali foydalanish va kutilayotgan miqdorda foyda (daromad) olishga yunaltirilgan real biznes-reja ko’proq muvaffqaiyatga erishishi mumkin.
Har qanday istiqbolli xujjat kabi, biznes-reja xam iste’mol bozorida va umuman iqtisodiyotda ro’y berayotgan o’zgarishlarni xisobga olgan xolda vaziyatga ko’ra qayta ko’rib chiqilishi, zarur xollarda o’zgartirishlar kiritilishi mumkin. Eng asosiysi u korxonaning bozordagi ulushini saqlab qolishga ko’maklashishi, kelgusida ishlab chiqarish va sotish biznes-rejaning asosiy qismidan urin egallovchi maxsulotning xayotiylik davrini uzaytirishga xizmat qilishi lozim. Biznes-rejani ishlab chiqishning birinchi bosqichidagi xisob-kitobilar qanchalik aniq va bexato bajarilgan bo’lsa, uning boshqaruv xujjati va xujalik yuritish vositasi sifatidagi ishonchliligi shunchalik yuqori bo’ladi. Biznes-reja bosqichlarini ishlab chiqish o’rtasida uzoq tanaffus bulmasligi va ortiqcha axborot bilan tuldirib tashlanmasligi lozim. amaliyotning ko’rsatishicha, katta xajmdi tuzilgan biznes-reja xali to’liqlik va yuqori sifatlilikni anglatmaydi. Masalan, bank xizmatchisi korxona ikki yuz yoki besh yuz ming sum kredit olish uchun yuz varaqdan ortiq biznes-reja olib kelgan taqdirda uni uqib xam utirmaydi. Unga yuz million sum kredit olish uchun tayrlangan biznes-reja bir necha varaqdan iborat bo’lib, asosiy mazmun bir nechta gap bilan ifodalangan bulishi xam katta ta’sir ko’rsatmaydi.
To’liq biznes-rejaning qompьyuterda terilgan matni ellik varaqdan oshmasligi lozim. Biroq so’nggi yillarda, xususan, raqobat kychli bo’lgan soxa va tarmoqlarda qisqartirilgan biznes-rejalar keng qo’llanayotgan bo’lib, ularning xajmi 10-15 varaqdan ortmayapti. SHunday bo’lsada, biznes-reja xar qanday variantida korxona missiyasini bajarish va uning pirovard maqsadlariga erishishni ta’minlashga xizmat qilishi lozim.



Yüklə 95,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə