72B-20 guruh talabasi Ma’murjonov Jasurbekning Boshqaruv tahlili fanidan tayyorlagan 2-mustaqil ishi. Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmi tahlilining mazmuni va vazifalari



Yüklə 113,24 Kb.
səhifə1/15
tarix24.12.2023
ölçüsü113,24 Kb.
#158015
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Boshqaruv 2m


72B-20 guruh talabasi Ma’murjonov Jasurbekning Boshqaruv tahlili fanidan tayyorlagan 2-mustaqil ishi.


Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmi tahlilining mazmuni va vazifalari
Mahsulot ishlab chiqarish hajmi – korxonalar faoliyatini tavsiflovchi asosiy ko’rsatkichlardan biri sanaladi. Mahsulot sotish hajmi uning miqdoriga bog’liq bo’ladi. Mahsulot ishlab chiqarish hajmiga, shuningdek, tannarx darajasi, foyda miqdori, rentabellik darajasi, korxonaning moliyaviy ahvoli, uning to’lov qobiliyati va boshqa iqtisodiy ko’rsatkichlar bog’liq bo’ladi.
Mahsulot ishlab chiqarish tahlili maqsadi raqobatchilarga nisbatan mahsulot sotish hajmini oshirish yo’llarini topish, ishlab chiqarish quvvatlaridan maksimal darajada foydalangan holda bozordagi ulushni kengaytirish va buning natijasi sifatida – korxona foydasini oshirish hisoblanadi.
Mahsulot ishlab chiqarishni kompleks maqsadli tahlil qilishning asosiy vazifasi korxonaning raqobat pozitsiyasini va bozor kon’ekturasi o’zgarganda resurslar bilan o’zgaruvchan manyovr qilish qobiliyatini tahlil qilish hisoblanadi. Mazkur umumiy vazifa quyidagi xususiy analitik vazifalarni hal qilish yo’li bilan bajariladi:

  • Mahsulot ishlab chiqarishning prognoz hajmi bajarilishi va dinamikasi o’zgarishi ustidan tizimli nazorat;

  • Hajm bo’yicha bitimlar bajarilishini baholash, etkazib berishlar maromiyligi, mahsulotlar butligi;

  • Mahsulot ishlab chiqarish hajmiga omillar ta’sirini aniqlash;

  • ob’ektiv va sub’ektiv omillarni hisobga olgan holda mahsulot ishlab chiqarishni oshirish imkoniyatlaridan foydalanish bo’yicha korxona faoliyatini baholash;

  • Mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish bo’yicha aniqlangan zaxiralarni o’zlashtirish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.

Ishlab chiqarish hajmini o’rganish ish faolligining muayyan diapazonida, ya’ni relevant qator taqdim etuvchi min-max chegarasida amalga oshiriladi. Tahlil nafaqat mutlaq min-max chegarasida, balki o’zgarmas doimiy xarajatlar chegarasida ham amalga oshirilishi mumkin. Relevant qator minimal mumkin, maksimal mumkin, optimal va haqiqatdagi mahsulot ishlab chiqarish hajmini tashkil qiladi.


Mahsulot ishlab chiqarishning minimal hajmi –mavjud ishlab chiqarish shart-sharoitlari hamda mahsulot uchun narxlarda daromadlar va xarajatlar tengligiga erishiladigan hajm hisoblanadi.
Maksimal hajm ishlab chiqarish omillarining maksimal yuklamasini ta’minlaydi.
Optimal sifatida shunday ishlab chiqarish hajmi e’tirof etiladiki, bunda mavjud ishlab chiqarish shart-sharoitida muayyan narx diapazonida maksimal foyda olish ta’minlanadi. Optimallashtirish vazifasi amaliydan ko’ra ko’proq nazariy sanalsa-da, biroq mahsulot ishlab chiqarishni rejalashtirishda bilish zarur bo’lgan mo’ljal hisoblanadi.



Mahsulot ishlab chiqarish hajmi tahlil ob’ektlari.


Mahsulot ishlab chiqarish va sotish tahlili uchun axborot manbalari sifatida tashkilotlar biznes-rejasi, operativ reja-grafiklar, 1-S shakli (yillik) - “Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish to’g’risida”, 1-S shakliga ilova - “Sanoat korxonalarining 2014 yilda mahsulot etkazib berish va moddiy resurslarni olishga shartnomalar tuzishining borishi yuzasidan so’rov”, 1-korxona shakli - “Tashkilot xo’jalik faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari to’g’risida”, 2-shakl “Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot”, Tayyor mahsulot harakati haqida ma’lumotnoma va birlamchi hisobga olishning ayrim ma’lumotlari hamda mahsulot etkazib berish bo’yicha shartnomalardan foydalaniladi.



Yüklə 113,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə