Zarmed universiteti



Yüklə 120,17 Kb.
səhifə1/9
tarix16.05.2023
ölçüsü120,17 Kb.
#110546
  1   2   3   4   5   6   7   8   9

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

ZARMED UNIVERSITETI
SIRTQI TA`LIM FAKULTETI
4-14 MTS 22 GURUH TALABASI
Axtamova Mohichehra
BADIIY TAFAKKURNI O’STIRISH ASOSLARI” FANIDAN TAYYORLAGAN
KURS ISHI

MAVZU: O’zbek bolalar folklori

ILMIY RAHBAR: _______________________________________

Kurs ishi kafedradan dastlabki himoyadan o’tdi


__________ sonli bayonnomasi “____” _______________ 2023 yil




BUXORO-2023

KIRISH
I BOB BOLALAR FOLKLORINING TABIATI, IJTIMOIY-ESTETIK AHAMIYATI.
1.1 Alla janri tabiati.
1.2 Aytim-olqishlarning janriy tabiati.
Erkalama va ovutmachoq janrlari.
II BOB. BOLALAR FOLKLORI O`ZBEK BOLALAR ADABIYOTINING SARCHASHMASI

    1. Yalinchoqlar va hukmlagichlar.

    2. Maishiy qo’shiqlar-to’rtlik va aytishuvlar.

    3. Tegishmachoq va masxaralamalar — bolalar hajviy lirikasi namunalari.

XULOSA

So’z Boshi
O’zbek folklori va folklorshunosligini bolalar og’zaki ijodisiz tasawur qilish qiyin. Garchi bolalar og’zaki ijodi umumfolkloming tarkibiy qismi sanalsa-da, faqat o’zigagina xos xususiyatlarga ham ega. Bu hoi uni alohida hodisa sifatida ajratib o’rganishni ehtiyojga aylantira bordi.
Bolalar folklori kichkintoylar olami bilan kattalar dunyosining uyg’unlashuvi oqibatida yuzaga kelgan o’yinlar, qo’shiqlar va muzikali poetik janrlarning butun bir tizimi tarzida tarkib topgan. Uni yaratishda kattalar ham, bolalar ham baravar hissa qo’shishgan.
Kattalar bolalarni erkalash poeziyasini yaratishganki, alia, aytim-olqish, erkalama, ovutmachoq, qiziqmachoq va qaytarmachoq singari erkalash motiviga limmo-lim janrlar tizimi onalik folklori tarzida xarakterlanadi. Bunday de-yilishining sababi shundaki, bu janrlarga mansub asarlarning ijodkorligi va ijrochiligida onalar bosh rolni
o’ynashadi. Shu xususiyatiga ko’ra G.S.Vinogradov, N.P.Andreev, V.l.Chicherov va S.G.Lazutinlar erkalash poeziyasini bolalar folklori tarkibiga kiritmaydilar. Ammo shu narsa ayonki, erkalash bolalami ardoqlashdan iborat mushtarak motiv bo’lib, uni faqat turli yoshdagi bolalargagina kuylash mumkin, u bolalami tarbiyalash maqsadinigina ko’zlaydi. Bu - erkalash poeziyasining bosh vazifasi. V.P.Anikin, E.V.Pomeranseva, V.A.Vasilenko va M.N.Melnikovlar shunday vazifadoshlik xususiyatiga ko’ra erkalash poeziyasini bolalar folklorining tarkibiy qismi sifatida xarakterlaydilar. Bu g’oyat to’g’ri nuqtayi nazardir. Zotan, xuddi shu genetik asosga tayangan holda kattalar bolalarga mo’ljallab maxsus badiiy adabiyot yaratdilar. Bu hodisa bolalar adabiyoti deb yuritiladi. Binobarin, kattalarning bolalarga atab to’qigan allalari, aytim-olqishlari, ovutmaehoqlari, qiziqmachoq va qaytarmachoqlari bolalar folklori tarkibiga kiritilishi va tahlil qilinishi ilmiy jihatdan asosli hisoblanadi.


Yüklə 120,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə