1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari


-modda. Ishonchning himoya qilinishi prinsipi



Yüklə 208,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/32
tarix17.12.2023
ölçüsü208,36 Kb.
#150019
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
O‘RQ 457 сон 08 01 2018  Ma’muriy tartib taomillar to‘g‘risida

16-modda. Ishonchning himoya qilinishi prinsipi
Vijdonan harakat qiluvchi manfaatdor shaxslarning ma’muriy hujjatga bo‘lgan ishonchi
qonun bilan qo‘riqlanadi.
Ma’muriy organlar manfaatdor shaxslarning yuzaga kelgan ma’muriy amaliyot bilan
bog‘liq qonuniy kutilgan natijalarini hurmat qilishi shart. Yuzaga kelgan ma’muriy amaliyotning
o‘zgartirilishi jamoat manfaatlari bilan oqlangan bo‘lishi, umumiy xususiyatga ega va barqaror
bo‘lishi kerak.
17-modda. Ma’muriy ixtiyoriylikning (diskretsion vakolatning) qonuniyligi prinsipi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ma’muriy organ ma’muriy ixtiyoriylikni (diskretsion vakolatni) qonunchilikda belgilangan
doirada amalga oshirishi shart.
(17-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ma’muriy ixtiyoriylik (diskretsion vakolat) asosida qabul qilingan ma’muriy hujjatlar va
amalga oshirilgan ma’muriy harakatlar ushbu vakolatning maqsadiga mos kelishi kerak.
18-modda. Tekshirish prinsipi
Ma’muriy organ ma’muriy ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan barcha
haqiqiy holatlarni har tomonlama, to‘liq va xolisona tekshirishi shart.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Zarurat bo‘lganda, ma’muriy organ manfaatdor shaxslar tomonidan taqdim etilgan dalillar
bilan cheklanmasdan qonunchilikda belgilangan tartibda o‘z tashabbusi bilan qo‘shimcha
dalillar yig‘ishga haqli.


(18-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
19-modda. Ma’muriy tartib-taomillar prinsiplarining qo‘llanilishi
Ma’muriy hujjatlar va ma’muriy harakatlar ma’muriy tartib-taomillarning prinsiplariga
muvofiq bo‘lishi kerak.
Ma’muriy tartib-taomillar prinsiplariga nomuvofiqlik ma’muriy hujjatlarning va ma’muriy
harakatlarning bekor qilinishiga yoki qayta ko‘rib chiqilishiga olib keladi.

Yüklə 208,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə