1& Bo‘lajak o‘qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlash dolzarb pedagogik muammo sifatida



Yüklə 20,82 Kb.
səhifə1/3
tarix24.12.2023
ölçüsü20,82 Kb.
#158516
  1   2   3
1-PARAGRAF


1& Bo‘lajak o‘qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlash dolzarb pedagogik muammo sifatida.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim mazmunini modernizatsiyalash munosabati bilan oliy ta’lim muassasalarida talabalarni innovatsion faoliyatga tayyorlash bo‘yicha ishlar birmuncha jonlandi. 2017-yilda qabul qilingan «Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror kasbiy oliy ta’limni o‘zgarib borayotgan jamiyat va mehnat bozori ehtiyojlariga tez moslashishga yordam beruvchi yangi ta’limiy texnologiyalarni, jumladan, distansion, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va ulardan samarali foydalanishning zarurligi qayd etilgan. Turli kafedralar (ayniqsa, pedagogika va psixologiya kafedralari) o‘qituvchilarida pedagogik innovatsiya nazariyasi va amaliyoti sohasidagi ilmiy ishlarga katta qiziqish uyg‘ondi. Maktab ta’lim tizimi oldiga qо‘yilayotgan maqsadlarga erishish, o‘quvchilarning xilma-xil faoliyatini uyushtirish, ularni bilimli, odobli, e’tiqodli, mehnatsevar, barkamol inson qilib о‘stirish pedagog-tarbiyachi zimmasiga yuklatiladi. Shu sababdan, maktab ta’limi sohasidagi islohotlarning bevosita davomi sifatida О‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ko`plab dasturlar tasdiqlagan. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining mazkur davlat о‘quv dasturi О‘zbekiston Respublikasida maktab yoshidagi bolalarning rivojlanishiga qо‘yiladigan Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjat bо‘lib, unda maktab ta’limining maqsad va vazifalari, о‘quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g‘oyalari ifodalangan, shuningdek, bolaning ta’limning keyingi bosqichiga о‘tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilangan. Bu о‘z navbatida maktab ta’limi tizimida pedagogik jarayonlarni innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilishi zarurligini talab etadi.
Shu o’rinda innovatsion faoliyat o’zi nima, nega bo’lajak o’qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlash dolzarb pedagogik muammo degan savollar tug’iladi. “Innovatsion faoliyat — yangi ishlanmalarni tashkil etish, shuningdek ishlab chiqarish sohasida ularning o‘tkazilishi va amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha faoliyat”1 bo’lib, ta'limda innovatsion faoliyat deganda esa ta'lim sohasida yangi va ijodiy yondashuvlar, usullar va amaliyotlarni joriy etish va amalga oshirish tushuniladi. Bunday tadbirlarning maqsadi o'quv tajribasini oshirish, talabalarni yanada samarali jalb qilish va ularni zamonaviy dunyo muammolariga tayyorlashdir. Ta'limdagi innovatsion faoliyat talabalarni kelajak muammolariga tayyorlash, tanqidiy fikrlash, ijodkorlik, moslashuvchanlik va uzluksiz ta'limga bo'lgan muhabbatni rivojlantirishga qaratilgan.
Hozirgi kun o‘qituvchisi doimiy o‘zgaruvchan sharoitlarda ish olib borishiga to‘g‘ri kelmoqda, bu o‘z navbatida uning kasbiy sifatlari takomillashtirilishini talab qiladi. Pedagogik nazariya va metodikalarning doimiy rivojlanishi, pedagogik amaliyotga o‘qitish va tarbiyalashning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish hamda ularni joriy qilish hozirgi kun o‘qituvchisining ta’lim texnologiyalari sohasida qo‘shimcha tayyorgarlikka ega bo‘lishi zarurligini ko‘rsatmoqda. Mamlakatimizda ta’limni rivojlantirishning maqsadli dasturiga muvofiq ta’lim tizimini modernizatsiyalash, kadrlarni qayta tayyorlash, o‘quv jarayonini axborotlashtirish, axborot makonlarini yaratish kabilarni amalga oshirish zarur. Sanab o‘tilgan talablar yangi milliy ta’lim tizimining shakllanishiga, inson kapitalining rivojlanishiga, mamlakatimiz iqtisodiyotining mustahkamlanishiga olib keladi. Pedagog kadrlarning bilimlarini, kompetensiyalarini doimiy yangilash va butun ta’lim tizimini takomillashtirish uchun shart-sharoitlarni yaratish lozim. Ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarning joriy qilinishi ta’lim oluvchilarni dolzarb bilimlar bilan ta’minlash uchun o‘z kasbiy faoliyatiga yangi yondashuvlarni olib kirish va ularni o‘zlashtirish darajasining ortishiga imkon beradi. Ta’lim tizimini modernizatsiyalash ta’lim oluvchilarning ham ta’lim olish faoliyatidagi o‘zgarishlarni ko‘rsatadi.
Shubhasiz, bo‘lajak o‘qituvchilarni ta’lim sohasida innovatsion faoliyatni amalga oshirishga tayyorlash bugungi kunda muhim hal qiluvchi ahamiyatga ega. Jadal rivojlanib borayotgan dunyomiz o‘qitish va o‘rganishga yangicha innovatsion yondashuvlarni talab qiladi va o‘qituvchilarning o‘quvchilarda ijodkorlik, tanqidiy fikrlash va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Quyida bo‘lajak o‘qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlash nima uchun dolzarb pedagogik muammo ekanligi haqida ba'zi fikrlar yuritamiz:


  1. Yüklə 20,82 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə