1. bo'Lim. Psixologiyaga kirish 1-mavzu reja


Nerv sistemasining tuzilishi, nerv to’qimasi, uning elementlari va xossalari



Yüklə 82,44 Kb.
səhifə5/8
tarix15.02.2023
ölçüsü82,44 Kb.
#100838
1   2   3   4   5   6   7   8
1-maruza

Nerv sistemasining tuzilishi, nerv to’qimasi, uning elementlari va xossalari.Nerv sistemasi nerv to’qimasidan iborat, bu to’qima esa nerv hujayralaridan tuzilgan.
N erv hujayrasi protoplazmadan tuzilgan tana bo’lib, ikki turli o’simtalari bor, bu o’simtalarning bir xillari kalta, boshqa bir xillari uzun bo’ladi. Kalta o’simtalari sertarmoq bo’lib, dendritlar deb ataladi. Uzun o’simtalari aksonlar yoki neyritlar deb ataladi. Har bir hujayrada bu o’simtalar ikkitadan ortiq bo’lmaydi. Neyrit ikkita parda bilan o’ralgan. Neyritga yopishib turadigan birinchi pardasi yoysimon parda bo’lib, uni et parda yoki mielin pardasi deb ataladi. Ikkinchi pardasini shvain pardasi deyiladi. Bu pardalar toladan o’tuvchi nerv qo’zg’alishini ajratib turuvchi izolyasiyadek bir vazifani o’taydi. Neyrit, odatda, nerv tolasi deb ata­ladi.
Nerv hujayrasi, uning o’simtalari va ularni qoplovchi pardalar birgalikda neyron deb ataladi. Nerv sistemasi juda ko’p neyronlardan tuzilgan. Nerv tolalari miyadan tutam-tutam bo’lib chiqib nerv stvolini yoki, oddiy so’z bilan aytganda, nervni hosil qiladi.
Nerv hujayralari va mielinsiz tolalar to’plami miyaning kul rang moddasini, mielinli nerv tolalarining to’plami esa miyaning oq moddasini tashkil etadi.
Hujayralar ularning yadrolari va tolalari sinapslar degani mahsus mayda tolachalar yordami bilan bevosita bog’lanadi (sinaps grekcha so’z bo’lib, «ilgak» degan ma’noni bildiradi).
Nerv sistemasining mahsus xossalari bor, bu xossalardan asosiylari qo’zg’aluvchanlik va o’tkazuvchanlikdir. Bu xossalar shundan iborat.
Agar nerv tolasining joyiga tegilsa, issiq, sovuq, elektr toki, ximiyaviy moddalar va boshqa shu kabilar bilan ta’sir etilsa, yoki o’zgartirilsa, nerv tolasining qo’zg’atilgan joyida mahsus fiziologik jarayonlar ro’y beradi, buni qo’zg’alish deyiladi.
Agar nerv tolasi yetarli darajada qo’zg’atilsa, bu qo’zg’alish sodir bo’lgan joyidagina qolmay, balki nerv tolasi bo’ylab tarqaladi va bir nerv hujayrasidan ikkinchi nerv hujayrasiga o’tadi, nihoyat, qo’zg’atish kuchi muayyan darajaga yetganda qo’zg’alish butun nerv sistemasiga yoyilishi mumkin.
Nerv to’qimasida qo’zg’alish jarayoni yuz berganda bir qancha hodisalar: elektr, ximik, issiqlik hodisalari paydo bo’ladi. Yonma-yon turgan bir nerv hujayrasining aksoni bi­lan ikkinchi nerv hujayrasining tutashadigan joyi sinapslar borligi tufayli, qo’zg’alish nerv tolalarida bir tomonga tarqaladi. Mielin pardasi borligidan, qo’zg’alish nerv tolasida ayrim-ayrim tarqaladi. Odamning nerv sistemasi hayvonot olamining uzoq, evolyusiyasi jarayonida va odamning tarixiy taraqqiyoti davomida vujudga kelgan.

Yüklə 82,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə