Reja: Iqtidorli bolalarni aniqlash



Yüklə 26,26 Kb.
tarix19.10.2023
ölçüsü26,26 Kb.
#127997
Iqtidorlik bolalarni dastlabki diagnostic qilish muammosi.


Iqtidorlik bolalarni dastlabki diagnostic qilish muammosi.

Reja:


  1. Iqtidorli bolalarni aniqlash

  2. Iqtidorli o‘quvchi bilan qanday ishlash

  3. Iqtidorlik bolalarni dastlabki diagnostic qilish muammosi

Bugungi kunda yosh avlodga zamonaviy ta’lim bеrish bilan birga ularni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash, ongi va qalbini mafkuraviy, ma’naviy va axborot tahdidlaridan himoya qilish, ularda g’oyaviy immunitеtni shakllantirish masalalari oldimizdagi eng dolzarb va asosiy vazifa sifatida qolmoqda. Biz yashab turgan XXI asrda axborot-kommunikatsion tеxnologiyalari hayotimizga shiddat bilan kirib kеlmoqda va unga o’z ta’sirini tobora kеngroq ko’rsatmoqda. Milliy mеntalitеtimiz, dunyoqarash va tafakkurimiz, fazilat va xususiyatlarimiz, eng muhimi ezgu va oliyjanob maqsadlarimizga mutlaqo yot bo’lgan g’oyalar, qarashlar, sun’iy «Qadriyat va an’ana»larni turli yo’llar bilan joriy etishga urinishlarni, bir so’z bilan aytganda, ma’naviy tahdid elеmеntlaridan farzandlarimizni asrash kеrak. 


Iqtidorli bolalarni aniqlash
Iqtidorli bolalarni aniqlash davomiy jarayon bo’lib, shaxsning rivojlanishini chuqur tahlil qilish bilan bog’liq. Bunda qator psixologik-pedagogik talablar mavjud: — bolaning o’zini tutishi va faoliyatini kompleks baholash, bunda imkon qadar ko’proq bolaning qobiliyatlari va turli axborot manbalaridan foydalanish;— identifikasiyalash (o’xshatish) jarayonining davomiyligi (turli vaziyatlarda bolaning o’zini tutishini kuzatish); — bolaning qiziqish va layoqatlariga mos keladigan faoliyat doirasida o’zini tutishini tahlil etish (maxsus tashkil etilgan o’yin-mashg’ulotlarga jalb etish); — bolaning faoliyatiga ekspert baho berish (rasmlari, yozgan she’rlari, texnik modellari, matematik masalalarni yechish usullari.), bunda yuqori malakali sohaga oid ekspert-mutaxassislarni ( matematiklar, filologlar, shaxmatist va muhandislar)taklif etish; — har bir bolaning individualligini hisobga olgan va turli psixodiagnostik metodikalarni qo’llagan holda tashxis qilishning ko’p bosqichli va takroriy usullaridan foydalanish; — tashxis ishlarini real hayot va faoliyat doirasida (kuzatish, suhbat, o’qituvchilar va ota-onalarning ekspert bahosi )amalga oshirish. Iqtidorli bolalarni aniqlashda shu yosh davrdagi iqtidorning rivojlanishi darajasini, iqtidorning turli faoliyat doirasida amalga oshirish xususiyatlarini, bola rivojlanishining potensial imkoniyatlarini differensiya (tabaqalashtirish) qilish talab etiladi.
Iqtidorli o‘quvchi bilan qanday ishlash kerak?
Iqtidorli o‘quvchi bilan qanday ishlash kerak? Bu — ko‘pchilik o‘qituvchilar oldida muammo bo‘lib kelayotgan savol. Har bir sinfda iqtidorli bolalar bor. U qanday bola? Iqtidorli bola — ziyrak, qiziqqon, xotirasi kuchli, e’tiborli, mantiqiy fikrlaydigan, ko‘p savol berib, bilishga intilayotgan, turli masalalarni tez va oson yecha oladigan o‘quvchidir. Aqliy sog‘lom bolalarni oddiy, iqtidorli va o‘ta iqtidorli guruhlarga ajratish mumkin.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida «Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlarni aniqlash va o‘qitish uslubiyati, psixologik-pedagogik va tashkiliy sharoitlari yaratiladi, bunday bolalar va yoshlarga oid ma’lumotlarning respublika banki va monitoringi shakllanadi. Maxsus o‘quv dasturlari va progressiv pedagogik texnologiyalar ishlab chiqish uchun eng yaxshi pedagog va olimlar jalb qilinadi, o‘quv-tarbiya jarayonida ularning faol ishtiroki siyosat va iqtisodiyotni, madaniyat va san’atni o‘rgatish markazlari qabilidagi hamda milliy (elita) ta’lim muassasalari tashkil etiladi.
Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlarni chet ellarda umumiy va kasbiy jihatdan tayyorgarlikdan o‘tkazishga qaratilgan sobit qadam faoliyat amalga oshiriladi. Akademik litseylarning o‘quvchilariga, birinchi navbatda iqtidorli, yuksak iste’dod sohiblariga, bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, o‘zlaridagi noyob iste’dodni ro‘yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratiladi», deyilgan. Bu vazifalarni bajarish har birimizdan tinimsiz mahorat va ijodiy izlanishni talab etadi.
Hozirgi kunda ta’limda iqtidorli o‘quvchi-yoshlarga alohida e’tibor berilayapti. Ularga chuqur bilim berish, qobiliyatini rivojlantirish, iqtidorini o‘stirish ishlari tobora rivojlanmoqda.
Bolalarning qobiliyati, iste’dodini rivojlantirish uchun ixtisoslashgan maktablar va sinflar tashkil etilgan. Iqtidorli o‘quvchilarning aksariyati san’atga, she’riyatga, musiqaga, sportga qiziqadi. Shuning uchun fan va yo‘nalishlar bo‘yicha to‘garaklar faoliyat ko‘rsatayotir. Iqtidorli bolalarni qobiliyatiga qarab musiqa maktablari, sport maktablari, san’at studiyalari, ijodiyot klublari va saroylari, kutubxonalarga jalb etish shu kunning dolzarb vazifalaridan bo‘lib turibdi.
Ma’lumki, har bir sinfda iqtidorli bolalar bor. O‘qituvchilar, sinf rahbari ulardan guruhlar tuzib, qo‘shimcha topshiriqlar bersalar, ular bilan alohida ishlasalar, darslar davomida ham bunday o‘quvchilarga mavzuni kengroq, qo‘shimcha manbalardan foydalangan holda tushuntirsalar, muammoli savollar bersalar o‘quvchi uchun ham o‘qituvchi uchun ham yaxshi bo‘lar edi. Ixtisoslashtirilgan, ya’ni iqtidorli bolalar uchun darslarni yuksak saviyada qiziqarli, ilmiy jihatdan yuqori darajada qilib o‘tkazish zarurdir. Bu o‘qituvchidan katta mas’uliyat va mahoratni talab etadi.
«Matematika» faniga yo‘naltirilgan (ixtisoslashtirilgan) sinflarni olaylik.
Bunday sinfga matematik qobiliyatga ega bo‘lgan, ziyrak, kuchli xotiraga ega, aqlli, mantiqan fikrlaydigan zukko bolalar tanlab olinadi. Tanlab olingan bolalar ixtisoslashtirilgan sinfning o‘quvchilari hisoblanib, ular ixtisoslashtirilgan sinf (maktab)ning qoidalariga to‘liq rioya qilishlari kerak.
Iqtidorli o‘quvchilar haqida nimalarni bilish lozim?
Iqtidorli bola bo‘sh vaqtida nima bilan shug‘ullanishini, unga qanday kitoblar yoqishini, qanday ko‘rsatuv, eshittirish, gazeta-jurnallarga qiziqishini qanday o‘yinlar, mashg‘ulotlarni ishtiyoq bilan bajarishini aniqlash zarur bo‘ladi. Bu ma’lumotlar o‘quvchilar bilan yakka tartibda ishlanganida hamda dars jarayonida asqotadi.
Darslarda faqat matematika bilan chegaralanibgina qolmay, balki o‘quvchilarga kompyuter savodxonligini, shaxmat o‘yinini ham o‘rgatish foydadan xoli bo‘lmaydi. Chunki kompyuterni o‘rganish matematikani yanada chuqur bilishga yordam bersa, shaxmat o‘yini o‘quvchini fikrlashga, aqlini charxlashga xizmat qiladi. Matematikaga ixtisoslashtirilgan sinflarda «Matematik kechalar», «Kompyuter bilimdoni», «Geometrik jismlar yasash», «Eng yaxshi matematik boshqotirma tuzish» tanlovlari, o‘quvchilar orasida shaxmat musobaqasini o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.
Darslarda o‘qituvchi darslikdagi barcha misol-masalalarni yechishdan tashqari, qo‘shimcha matematik adabiyotlardan foydalanib, o‘tilgan mavzuga mos masala, misol, topshiriqlar berilsa, o‘quvchining bilimi oshishi bilan bir qatorda, unda turli murakkablikdagi misollarni yechishga malaka hosil bo‘ladi.
Matematikaga ixtisoslashgan sinflarda o‘quvchilar DTS talablariga asosan berilgan masalalarni mustaqil, qisqa shart tuzib yechishlari, misol-tenglamalarni mustaqil yechishlari, darslikdagi mavzularning savollariga qiynalmay javob berishlari kerak.
Darsda mavzuga bog‘lab va darsdan tashqari bunday sinf (maktab) o‘quvchilariga kompyuter savodxonligi va shaxmat o‘yini o‘rgatib boriladi. Chunonchi, matematikaga ixtisoslashtirilgan sinflarning o‘quvchilari bilan darsdan keyin o‘tkaziladigan tadbirlarni hafta davomida quyidagicha rejalashtirish mumkin:

Haftalik tadbirlar
 
№ Kunlar O‘tkaziladigan tanlov — musobaqalar
1 Dushanba «Yosh matematik» tanlovi
2 Seshanba «Geometrik jismlar yasash» tanlovi
3 Chorshanba O‘quvchilar orasida shaxmat musobaqasi
4 Payshanba «Kompyuter bilimdoni» tanlovi
5 Juma «Eng yaxshi matematik boshqotirma tuzish» tanlovi
6 Shanba «Matematik kecha» yoki «Zakovat» o‘yini
 
Eslatma: Shanba kuni toq sanaga to‘g‘ri kelsa «Zakovat» o‘yini o‘tkaziladi, juft sanaga to‘g‘ri kelsa «Matematik kecha» o‘tkaziladi.
Agar bu reja bo‘yicha o‘quv yili davomida darsdan keyin yuqoridagi tadbirlar o‘tkazilsa, o‘quvchilarning bilimi, qobiliyati, mantiqiy fikrlashi ortadi.
Matematikaga ixtisoslashtirilgan sinflarning o‘quvchilari bilan darsdan keyin o‘tkaziladigan tadbirlarni oy davomida quyidagicha rejalashtirish mumkin:
Oylik tadbirlar
№ Oylar O‘tkaziladigan tadbirlar
1 Sentyabr «Matematika tarixini o‘rganamiz»
2 Oktyabr «Raqamlar olamida»
3 Noyabr «Buyuk matematiklar ijodidan»
4 Dekabr «Kim ko‘p matematik yangiliklarni biladi?» viktorinasi
5 Yanvar «Matematika mamlakatining qiroli» tanlovi
6 Fevral «Matematik she’riyat kechasi»
7 Mart «Matematika mamlakatining qirolichasi» tanlovi
8 Aprel Texnika olamiga sayohat
9 May «Eng yaxshi matematik o‘yinni tuzish» tanlovi
Bu tanlov-tadbirlar yil davomida oyma-oy o‘tkaziladi. Agar matematikaga ixtisoslashtirilgan sinf (maktab) o‘qituvchilari yuqoridagi haftalik va oylik reja-jadvallardan foydalanib, iqtidorli o‘quvchilarning darsda va darsdan keyin ta’lim olishini rejalashtirsa, yaxshi natijaga erishadi. Yuqori natijalar esa, yurtimizning kelajagi bo‘lgan yoshlarning barkamol, yetuk, ilmli bo‘lib voyaga yetishlariga zamin yaratadi va bu yurtimizning ravnaq topishida o‘z ifodasini ko‘rsatadi.
Iqtidorli bolalarni, shuningdek, diqqatni nimagadir yuqori darajada jamlay olish, unga qiziqarli bo‘lgan sohada natijaga erishishga qunt bilan intilishi ajratib turadi. Shu bilan birga, ularning ko‘pchiligiga xos bo‘lgan turli-tuman qiziqishlari ba’zan shunga olib keladiki, ular bir nechta ishni bir vaqtda boshlashadi, shuningdek, nihoyatda murakkab vazifalarni o‘z zimmalariga oladilar. Ularda, shuningdek, aniq sxema va klassifikatsiyalarga qiziqish bo‘ladi. Masalan, ular turli xil jadvallar tuzish, tarixiy faktlar, sanalarni sistemalashtirishni yaxshi ko‘rishadi.
Biroq, umuman olganda, iste’dodli bolalarni diagnos-
tikalash mumkin, agar ular ulkan fikrlash mustaqilligi bilan ajralib turishsa, nozik yumor tuyg‘usi, ishni tashkil qilish va tartibga e’tibor bermaslik ularga xosdir. Ularning asosiy ustunliklaridan biri shundan iboratki, ular umumqabul qilingan tushunchalarga jur’at bilan shubha bildiradilar, ular hamma narsaga istehzo bilan qarashadi hamda avtoritetlarni ham hurmat qilishadi. Ularni, odatda, atrofdagilarning mavqei va qarashlarini idrok qilish hayajonga solmaydi, ular umum qabul qilingan nuqtai nazarlarni ajratmaydilar. Shuning uchun ular bolaligida — o‘qituvchilariga, ulg‘ayganlarida — boshliqlariga ko‘plab tashvish keltirishadi… Ammo aynan ular to‘g‘risida mashhur pedagog va psixolog Sh.Amonashvili mehr bilan o‘rinli gap aytgan: «Shumtakalar — taraqqiyot dvigatelidir»…
kashf Qilish texnologiyalari
Aksariyat ota-onalar, shuningdek, pedagoglar ham ba’zan turli xil testlarga sidqidildan ishonishadi, ular iste’dodni kashf qilish imkonini beradi, deb bilishadi. Testlardan keng foydalanadilar hamda so‘ngra bolalarni osongina, hatto yuzakilarcha «iqtidorli» va «iqtidorsiz»ga ajratib qo‘yishadi. Shuni bilish va esda tutish kerakki, qandaydir bir metodika yordamida buni amalga oshirish mumkin emas, negaki, bu kompleks, juda uzoq vaqt davom etadigan, eng asosiysi, alohida professional yetuklikni, sezgirlikni, nazokatlilikni talab etadigan jarayondir. Bugungi kunda amalda bo‘lgan favqulodda qobiliyatga ega bolalarni kashf qilish diagnostika tizimi — bu juda murakkab tizim bo‘lib, ba’zan mutaxassislarning o‘zlari uchun ham ziddiyatli jarayondir. Ko‘plab mutaxassislar shundan haqqoniylik bilan ta’kidlaydilarki, taxminlardagi ko‘p sonli xatoliklar nafaqat takomillashmagan testlar bilan, balki, iqtidor fenomenining o‘zining murakkabligi va ko‘pqirraliligi bilan izohlanadi.
Oddiy kishilar tushunchasida iqtidor testi faqatgina aqliy salohiyatni aniqlovchi JQ testlari bilan assotsiatsiyalanadi. Har bir iste’dod uchun har qanday holatda, aytib o‘tganimizdek, turli ko‘rinishdagi testlar mavjud. Ulardan eng ko‘p tarqalganlari — Ketell, Aitxauer, Ravenning intellektni aniqlash testlari, Gilford, Garrensning ijodiy salohiyatini aniqlash testlari, D.Bogoyavlenskayaning «kreativ maydon» metodi, Ye.Tunik testi, Jonson so‘rovnomasi va boshqa ko‘plab testlar butun psixologlar tomonidan keng foydalanilmoqda. Ularni qo‘llashning o‘ziga xos nozik tomonlari ham mavjud. Masalan, intellektual iqtidor universal shaxsiy xarakteristika sifatida ko‘rib chiqilmasligi kerak. Taniqli amerikalik olim P.Torrens o‘z o‘quvchilarini kuzatar ekan, shunday xulosaga keldiki, ijodiy faoliyatda (gap ijodkorlik iqtidori haqida bormoqda) yaxshi o‘qiydigan bolalar ham, JQ yuqori darajada bo‘lgan bolalar ham muvaffaqiyat qozonavermaydilar. Aniqrog‘i, bu shartlar ishtirok etishi mumkin, ammo yagona shart bo‘la olmaydi. Ijod uchun boshqa nimadir zarur. Ba’zi amaliyotchilar fikricha, boshqa amaliy va ob’ektiv metodlar ham bor. Masalan, kuzatuv, bolani hech narsa qilmasdan, faqatgina uzoq vaqt kuzatsangiz qandaydir individualliklarini farqlaysiz. Uning iste’dodliligini tahlil qilish uchun faqatgina o‘ziga tegishli bo‘lgan qandaydir xususiyatlarini namoyon qilish yoki har tomonlama kuzatuv yo‘li bilan olingan yaxlit xarakteristika zarur. Kuzatuvning afzalligi yana shundan iboratki, u tabiiy sharoitlarda olib borilishi, bu esa kuzatuvchiga yanada nozik jihatlarni payqash imkonini berishi mumkin. Diagnostikada tabiiy eksperimentning ham takrorlanmas o‘rni bor, masalan, odatiy maktab darsida yoki to‘garak mashg‘ulotlarida tadqiqot uchun zarur vaziyat yaratilganida, bu bola uchun mutlaqo odatiy hol bo‘lishi hamda u o‘zining maxsus kuzatilayotganini sezmasligi ham mumkin. bunday holatda asosiysi va eng muhimi, bola iqtidori belgilarini kuzatish va rivojlanishini o‘rganish zarurligi g‘oyasi hisoblanadi. Biografik metod iste’dodni namoyon qilish va o‘rganishda katta qiziqish uyg‘otadi. Hayot yo‘lini o‘rganish ayni damda sinovdan o‘tayotgan xususiyatlarni tushuntirishga samaraliroq yondashuv bo‘lgani singari kelajagini taxmin qilish usuli sifatida ham keng tarqalgan. Biografik metodlar bevosita bolaga mo‘ljallangan, ota-onalar, tarbiyachilar, pedagoglar uchun alohida so‘rovnomalar, shuningdek, ular bilan suhbat va intervyulardan iborat bo‘lishi mumkin. Ota-onalarga beriladigan savollar taxminan quyidagi tarzda bo‘lishi mumkin: «Bola qandaydir bir buyumdan g‘ayriodatiy tarzda foydalangan holat bo‘lganmi?», «Bolangiz o‘z o‘yinlari, ermaklarini o‘ylab topadimi?»
Zamonamizning ko‘plab psixolog-olimlari, ayniqsa, amerikaliklar yangi diagnos-
tik metodikalar ichida biografik so‘rovnomalar birinchi planga chiqadi, deb hisoblashadi, negaki, ularni ham bolalarga, ham o‘smirlarga nisbatan qo‘llash mumkin. Ular iqtidor imkoniyatlarini namoyon qilish va uning yutuqlarini taxmin qilishda an’anaviy testlardan ko‘ra ishonchliroq, deb hisoblaydilar. Bunday metodning afzalligini e’tirof etish an’anaviy intellekt va kreativlik testlaridagi kamchiliklarni ko‘rsatish imkonini berdi.
Shuni unutmaslik lozimki, iste’dodni namoyon etishga kompleks yondashuv xatoliklardan butunlay xoli emas. Natijada iqtidorli bola e’tibordan chetda qolishi yoki aksincha, iqtidorli bolalar qatoriga bunday bahoni hatto unga barcha zarur sharoit yaratib berilganida ham keyingi faoliyatida oqlay olmaydigan bola qo‘shilib qolishi ham mumkin. Shuningdek, iqtidorning u yoki bu yosh xususiyatlari bilan aloqasi hamda yosh o‘zgarishlari jarayonining o‘zini nazardan qochirmaslik lozim. Va yana eng asosiysi, hech qachon esdan chiqarish mumkin emaski — diagnostika faqat va faqat professional tayyorgarlikka ega, iqtidorli bolalar bilan ishlash bo‘yicha katta tajribaga ega psixologlar tomonidan o‘tkazilishi lozim.
Ta’lim berish uchun sharoit
Olim, pedagog, amaliyotchilar kuchi birlashganida iqtidorli bolalarning to‘la rivojlanishi uchun sharoit yaratish mumkin. Iqtidorning namoyon bo‘lishi uchun bolani yoki uning tirishqoqligi, maqsadga intiluvchanligi, iroda sifatlarini rag‘batlantirish lozim. Aynan rag‘bat va qunt bilan mehnatning iqtidor bilan uyg‘unlashuvi uning qobiliyatlari haqida gapirish imkonini beradi. Bu yerda, eng avvalo, zarurat tug‘ilganida iste’dodga to‘g‘ri yo‘nalish bera olishi mumkin bo‘lgan ota-ona, pedagog, maktab psixologlari muhim rol o‘ynaydi. Rag‘batsiz iqtidorli bola iste’dodini namoyon qilishi, o‘z iqtidorini takomillashtirish ustida ishlamasdan turib ulkan natijalarga erishishi mumkin emas. Iqtidorli bola o‘zi singari iste’dodli o‘quvchilar o‘qiydigan hamda maxsus tayyorgarlikka ega o‘qituvchilar ishlaydigan maktabda o‘qishi lozim — ko‘plab professional psixologlar shunday deb hisoblashadi (oddiy maktabda talantli bolani o‘qituvchi bilan ziddiyat kutadi). Gap iste’dodli bolalar maxsus saralash tizimi orqali qabul qilinadigan hamda maxsus dastur bo‘yicha o‘qitiladigan ixtisoslashtirilgan maktablar haqida bormoqda. Iqtidorli bolalar bilan ishlashning so‘nggi yillardagi tajribasi ko‘rsatishicha, maktab ta’limi va tarbiyasiga an’anaviy qabul ulg‘ayotgan shaxs ijodiy salohiyatini rivojlantirish vazifasidan yiroq. Oddiy kuzatuvlar butun ta’lim tizimini birdaniga qayta qurishning, o‘qituvchilarning maktabga goho ko‘plab qiyinchiliklar olib keladigan «nostandart» bolalarga munosabatini o‘zgartirishning naqadar murakkab va mushkulligini yaqqol ko‘rsatadi. Iqtidorli bolada o‘zini chetga olish, o‘z imkoniyatlarini niqoblash sindromini shakllantiruvchi mexanizmlar bosqichma-bosqich namoyon bo‘ladi. Pedagog va psixologlar o‘rtasida iqtidorlilarni o‘qitish yuzasidan kamida ikkita nuqtai nazar mavjud. Ulardan biriga muvofiq iqtidorli bolalarni o‘qitish uchun maxsus sinflar va maxsus ta’lim muassasalarini tashkil qilish kerak. Boshqa nuqtai nazarga ko‘ra, iqtidorli bolalar hamma bolalar bilan birgalikda ta’lim olishlari kerak, bo‘lmasa, ular «normal» kishilar orasida yashash, ular bilan muomalada bo‘lish va ishlashni o‘rgana olmaydilar.
Shunday bo‘lsa-da, ko‘pchilik olimlar iste’dodni rivojlantirish uchun sharoit yaratish bo‘yicha puxta o‘ylangan ta’lim tizimi doimo o‘z natijasini berishini tasdiqlashadi va unga ko‘plab misollar keltirish mumkin. O‘zbekistonda o‘quvchilari bir necha bor xalqaro olimpiadalar g‘olibi bo‘lgan, kuchli uchlikka kirgan mashhur Qorako‘l matematika maktab-internatini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Umuman olganda, mustaqillik yillarda O‘zbekiston o‘quvchilari matematika bo‘yicha xalqaro olimpiadalarda o‘n beshta medal olishgan bo‘lsa, ulardan o‘n uchtasi qorako‘llik o‘quvchilarga tegishli.
Rossiyalik pedagoglar iqtidorli bolalarni o‘qitish bo‘yicha ulkan tajriba to‘plashgan. Ular bilan ishlash an’anasi Moskvadagi 57 ta maktabda barqaror yo‘lga qo‘yilgan, bu haqda ularning bitiruvchilarining muvaffaqiyatlari ko‘p narsani so‘zlab beradi. Ulardan 220 nafardan ko‘prog‘i hozir jahonning yaxshi universitetlarida o‘qishmoqda, aksariyati ushbu oliy o‘quv yurtlarida dars berishmoqda. Yuzga yaqin fan nomzodi, 15 nafari doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Sankt-Peterburgda esa Rossiya va xalqaro olimpiadalarda g‘olib chiqish miqdori bo‘yicha Ioffe nomidagi fizika-texnika instituti qoshidagi Alferov litseyi nomini olishga muvaffaq bo‘lgan fizika-texnika maktabi ajralib turadi. Nobel mukofoti laureati Jores Alferov o‘zi nomidagi jam-g‘armaga Nobel mukofoti uchun olgan mablag‘ining bir qismini o‘tkazgan. Ushbu pullarni u talantli o‘quvchi va o‘qituvchilar uchun o‘z nomidagi stipendiyani joriy etishga sarflashni rejalashtirgan. Pavlovskdagi A.M.Gorchakov nomidagi maktab iqtidorli bolalar bilan ishlash bo‘yicha yana bir ajoyib tajribani namoyish qiladi. U mualliflar tomonidan Sarsko-selskoy litseyiga o‘xshatiladi, maktabda kam ta’minlangan Rossiya ziyoli oilalarining iqtidorli farzandlari ta’lim olishadi. Muassasa mitsenatlik (tadbirkorlardan biri homiyligi) orqasida faoliyat yuritadi, bu biznesning jamiyat oldidagi ijtimoiy mas’uliyati muhimligini tasdiqlaydi. Maktablarning iqtidorli bolalar bilan ishlashining zohiriy natijalari shunday. Va
albatta, uning zarurligi
va maqsadga muvofiqligi yuzasidan hech kimda shubha qolmaydi.
Millatning oltin fondi
Rivojlangan davlatlar har doim iste’dodli bolalar masalasiga, ularning hal qilinishi mamlakat uchun naqadar muhimligi va strategik ahamiyatini anglagan holda, yuqori darajada e’tibor qaratib kelgan. Talantli bolalarga munosabatda loqayd bo‘lmasdan, ular ta’lim sohasida alohida siyosat ishlab chiqib va amalga oshirib, iqtisodiy muvaffaqiyatlarning mevasini terib oladilar. Shu tariqa, tegishli sohalarda intellektual elita shakllanadi, yuqori malakali mutaxassislar faoliyatidan esa davlat ravnaqi uchun foydalaniladi. Bunday siyosat natijalari yuzasidan guvohlik beruvchi ko‘plab misollar keltirish mumkin.
O‘tgan asrning 60-yillari dastlabki rus sun’iy yo‘ldoshlari uchirilganida, amerikaliklar shunday hazillashishgan edi: «Yo biz fizika va matematika bilan tezda shug‘ullanishimiz kerak yoki … rus tilini o‘rganishimizga to‘g‘ri keladi». Birinchilikni, ayni vaqtda o‘z milliy rutbasini saqlash maqsadida ular masalani yechishning mutlaqo kutilmagan variantiga qo‘l urishdi — «Merit» deb nomlangan iqtidorli bolalarni qidirib topishning keng milliy dasturi. Ushbu dasturni amalga oshirib, qator yillar davomida psixologik diagnostika yordamida barcha maktabning har bir yuqori sinf o‘quvchilari orasidan eng istiqbolli o‘quvchilarni saralab oladilar. «Merit» dasturi natijalari o‘zini ko‘p kuttirib qo‘ymadi. Amerikalik mutaxassislarning e’tiroficha, AQShning aniq va tabiiy fanlar sohasida sifat jihatdan sakrashga erishishida iqtidorli bolalarni qidirib topishning «Merit» dasturi muhim rol o‘ynadi.
Amerikaliklar bugun ham iqtidorli bolalar masalasiga katta e’tibor qaratishda davom etishmoqda. Vunderkindlarga yordam ko‘rsatish davlat jamg‘armalari bilan birga u yerda o‘nlab xususiy jamg‘armalar ham faoliyat ko‘rsatadi. Misol uchun, «Maykrosoft» korporatsiyasi boshlig‘i Bill Geyts har yili bir necha 14 yoshdagi dasturchilarni ishga oladi. Hisob-kitobga usta amerikaliklar iqtidorli bola ulg‘aygach, Nobel mukofotiga sazovor bo‘lmasa-da, yomon mutaxassis bo‘lmasligini allaqachon tushunib yetishgan. Yevropada hozirgi vaqtda iqtidorli bolalar masalasi bilan Yevropa Kengashi qoshida rasmiy faoliyat yurituvchi «Yevrotalant» tashkiloti shug‘ullanadi. Ko‘plab davlatlar iste’dodli bolalar to‘g‘risidagi qonunlarga ega. Mamlakatimizda iqtidorli va talantli bolalarni qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan tadbirlarni o‘z ichiga olgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi amalda. «Iste’dod» jamg‘armasi qoshida 2005 yildan buyon «Intellektual salohiyat» markazi faoliyat ko‘rsatmoqda. U O‘zPFITI, Ulug‘bek jamg‘armasi, Xalqaro oliy maktab fanlar akademiyasi O‘zbekiston bo‘limi, Milliy universitet pedagogika-psixologiya kafedrasi bilan hamkorlikda Kadrlar tayyorlash milliy dasturining uchinchi bosqichini amalga oshirish doirasida O‘zbekiston iqtidorli bolalari va yoshlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha
lozim.

XULOSA
Xulosa qilib aytganda, iqtidorli o‘quvchilarni o‘qitish va rivojlantirishda ularning qiziqish hamda qobiliyatlarini yanada o‘stirishda kompyutеrning roli katta. Shu bois, hozirgi davrda turli fanlardan saboq berishda turli kompyutеr dasturlari ishlab chiqilgan bo‘lib, ulardan dars jarayonida foydalanishga ham muhim e’tibor qaratilgan.
Yüklə 26,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə