1. Boshqaruv hisobining predmeti va usullari Boshqaruv hisobini tashkil qilishning avtonom va integrallashgan usullari


Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulotning tannarxini kalkulatsiya qilishning buyurtmali usuli



Yüklə 46,4 Kb.
səhifə5/5
tarix17.12.2023
ölçüsü46,4 Kb.
#150184
1   2   3   4   5
Boshqaruv hisobining nazariy asoslari

5. Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulotning tannarxini kalkulatsiya qilishning buyurtmali usuli

Bizga ma’lumki, har bir xo’jalik yurituvchi subyekt o’zining faoliyatidan kelib chiqqan holda hisob siyosatini ishlab chiqadi va unda xarajatlarni hisobga olish va mahsulot tannarxini kalkulatsiya qilish usulini belgilaydi. Demak, yuqorida yoritilgan usullarning qaysi birini qo’llash uning texnologik jarayoni, mahsulotining turlari, tarmoq xususiyati va tashkiliy tarkibiga bog’liq.


Хarajatlarni hisobga olish mahsulot yoki buyurtmaning tannarxini kalkulatsiya qilishning buyurtmali usuli asosan ishlab chiqarish texnologiyasi uchun sarflangan xom-ashyo va materiallar, mehnat sarflari va boshqa umumiy ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish yoki ko’rsatilgan xizmatning turiga olib borish imkoniyati bo’lgan ishlab chiqarishda yoki subyektlarda qo’llaniladi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulot (ish, xizmat)ning tannarxini kalkulatsiya qilishning buyurtma usulini joriy qilish uchun tegishli shart-sharoitlar mavjud bo’lishi kerak. Ushbu usulni joriy qilishning asosiy sharti bu tegishli buyurtmaga asosan yoki bitta ayrim olingan mahsulotni yoki ushbu mahsulotlarning guruhini ajratish imkoniyatini yaratish va ishlab chiqarilgan har bir mahsulot yoki bajarilgan ishning o’rtacha emas, balki yakka holdagi tannarxi to’g’risida ma’lumotlarni olish sharoitini tug’dirishdir. Ushbu hisob va kalkulatsiya tizimining usuli qo’llaniladigan ishlab chiqarish turlariga asosan qurilish obyektlari, samolyot-kemasozlik, qog’oz, mebel sanoati, ilmiy-izlanish, konstruktorlik va ta’mirlash ishlari, auditorlik, konsalting xizmatlari va shunga o’xshash yakka buyurtma yoki kichik guruhlardagi tovarlarni ishlab chiqarish jarayonlari kiradi.
Buyurtmalar bo’yicha xarajatlarni umumlashtirilgan hisobi bir necha variantlar bo’yicha quyidagilar yordamida tashkil etiladi: nazorat schyotlari; alohida hisoblash va shartnoma bo’yicha tannarx kalkulatsiyasi.
Nazorat schyotlari- bu xarajatlar va ular bilan korrespondensiyada bo’ladigan schyotlarni moliyaviy hisobning odatdagi tartibida ochilishini ko’zda tutuvchi schyotlar tizimi hisoblanadi. Хarajatlarning analitik schyotlari xarajatlar to’plami kartochkalarida ko’rsatilgan- ularda to’g’ri xarajatlar umumlashtiriladi. Egri xarajatlarni esa taqsimlash hisoblari bo’yicha hisobot davri tugagandan so’ng kiritiladigan "buyurtmalar kartochkalari"da hisobga olib boriladi. Kartochka buyurtmada ko’rsatilgan hamma ishlar bajarilgandan so’ng yopiladi. Hamma buxgalterlik yozuvlar qaydnomalarga qayd qilinadi, natijalar bosh kitob schyotlariga o’tkaziladi.
Хulosa


Boshqaruv hisobining nazariy asoslari o’z tarkibida boshqaruv hisobining mazmuni haqida, uning predmeti va boshqaruv hisobi tomonidan amalga oshirilayotgan obyektlar, fazifalarni aks ettiruvchi vositalar haqida, prinsiplar va tashkillashtirishning tizimlari haqidagi tushunchani birlashtirishdir.
Тavsiya etilayotgan adabiyotlar


1,Бобожонов О, Жуманиёзов К. Бошқарув ҳисоби.-Т.Адабиёт жамғармаси. 2005
2.Карпова Т.П. Управленческий учет. -М. ЮНИТИ. 2002.
3.Вахрушина М.А. «Бухгалтерский управленческий учёт». Учебник. -М.: «Финcтатинформ». 2000 г
4.http:// www. gaap. ru
5.http:// www. glavbukh. ru
Yüklə 46,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə