1-bosqich 101-guruh talabasi Abdullayeva Sadoqatning Botanika fanidan bajargan mustaqil ishi mavzu



Yüklə 20,76 Kb.
səhifə2/3
tarix05.06.2022
ölçüsü20,76 Kb.
#88905
1   2   3
O`zbekistonning tog`, cho`l, dashtlarida o`sadigan o`simliklari

O‘simliklari. Cho‘l mintaqasining yozi quruq, jazirama issiq, yog‘inga nisbatan potensial bug‘lanish ko‘p bo‘lganligi tufayli, o‘simliklar shu sharoitga moslashgan.
Cho‘lda bahorda arpag‘on, lola, lolaqizg‘aldoq, qorabosh, boychechak, binafsha, chuchmoma, tariqbosh, chig‘ir, isfarak, iloq, kovrak kabilar o‘sadi. Bu o‘tlar yozda sarg‘ayib, qurib qoladi, qurg‘oqchilikka chidamli o‘simliklar esa o‘saveradi. Ularning eng muhimlari qumli yerlarda o‘suvchi saksovul, selin, juzg‘un, qora qandim, cherkez, quyonsuyak va iloq. O‘zbekistonning sho‘rxok joylarida yulg‘un, sho‘ra, sho‘r ajriq, shuvoq, sarisazan, baliqko‘z o‘ssa, toshloqli yerlarida siyrak holda burgan, qora bayalich, isiriq o‘sadi. O‘zbekiston cho‘l mintaqasining daryo vodiylarida (Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Chirchiq va b.) to‘qayzorlar joylashib, qizilmiya, yantoq, qamish, qo‘g‘a, kendir, turang‘il, tol, jiyda, yulg‘un, chakanda (oblepixa) kabi o‘simliklar o‘sadi. Cho‘l hayvonlari. Cho‘l hayvonlari mahalliy sharoitga moslashgan bo‘lib, aksariyatining rangi qum rangiddasht. Cho‘llardagi ba’zi hayvonlar (yumronqoziq, qo‘shoyoq, ko‘rsichqon) jazirama issiq va quruq yozga moslashgan. Yozda kunduzi qumlar +75 + 80°C qizib ketganligi tufayli, ba’zi hasharotlar, kaltakesak, ilon va boshqalar salqin joy- larda yoki inlarida bekinib, kech kirishi bilan faollashadi. Cho‘l mintaqasida sutemizuvchilardan cho‘l mushugi, jayron, oqquyruq, qoraquloq, qoplon, xongul, tulki va bo‘rilar yashaydi. Shuningdek, kemiruvchilardan yumronqoziqlar, qumsichqon, qo‘shoyoq, ko‘rsichqon va tiрratikan uchraydi. Cho‘llarda sudralib yuruvchilardan echkemar, qum bo‘g‘ma iloni, kapcha ilon (Turkiston kobrasi), chiрor ilon, o‘qilon, charxilon, kaltakesaklar, cho‘l toshbaqasi yashaydi. Kaltakesaklar ichida eng kattasi echkemar bo‘lib, uzunligi 1,5 m ga yetib, mayda kaltakesak, ilon kabi sudralib yuruvchilar bilan oziqlanadi. Cho‘lda hasharotlardan qoraqurt, chayon, falanga (biy), chigirtka kabilar mavjud. Bular ichida qoraqurt o‘ta zaharli o‘rgimchaksimonlar turiga kiradi. Cho‘l mintaqasi to‘qayzorlarida chiyabo‘ri, tulki, bo‘ri, to‘qay mushugi, to‘ng‘iz, qirg‘ovul, qarqara, birqozon, g‘oz, o‘rdak va boshqalar yashaydi.



Yüklə 20,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə