1-dars Mavzu: Vatan bu she’ri



Yüklə 2,4 Mb.
səhifə7/8
tarix29.11.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#142042
1   2   3   4   5   6   7   8
1 sinf o\'qish kom-ya yillik konspekt

I.Tashkiliy qism.
- Salomlashish.
- Davomatni aniqlash.

  • O’quvchilarni darsga hozirlash.

II . O’tilgan mavzularni takrorlash.
O’quvchilarga matnni mustahkamlash maqsadida savollar beriladi test shaklida.
1) Bizning vatanimiz qayer ? Tojikiston, O’zbekiston, Avg’oniston.
2) Kim obodonchilik ishlarini amalgam oshirgan ?
Amir Temur , Mirzo Ulug’bek , Alisher Navoiy.
3) Kim osmondagi yulduzlarni sanagan ?
Alisher Navoiy, Amir Temur , Mirzo Ulug’bek
4) Kim juda ko’p she’rlar yozgan ?
Alisher Navoiy, Amir Temur , Mirzo Ulug’bek
Maqol :
Ona yurting --- oltin beshiging.
Savol va maqol orqali o’quvchilarning o’tgan dars davomida olgan bilimlari aniqlanadi va mustahkamlanadi.
III. Yangi mavzu ustida ishlash.
O’zbekiston askarlari she’rini o’quvchilar bilan birgalikda o’qib chiqiladi. O’zbekiston askarlarilari - vatan himoyachilari, vatan qo’riqchilari bilan mashhurligi haqida suhbat o’tkaziladi. 14- yanvar -Vatan himoyachilari kuni ekanligi , bayram sifatida nishonlanishi tushuntiriladi. Milliy armiyamiz va qudrati shoni haqida so’zlab beriladi.


Yurt qalqonlari


O’zbekiston hur vatan, Harbiy xizmat faxrimiz –
Baxtimiz ayvonidir . Bu mardlar maydonidir .
Armiyamiz mustahkam , Jasur askar akalar
Ona yurt qalqonidir . Ona yurt qalqonidir .
O’quvchilarga she’rni o’qitiladi va yana bir bor mazmuni og’zaki so’zlatiladi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.





Askar akalarimizning sayl xizmatlari evaziga yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo.
Maqol: Ona yurting omon bo’lsa, Rangi ro’ying somon bo’lmas.
Tez aytish : Bahodir bayroqni Botirga berdimi ,
Botir Bahodirga bayroqni berdimi ?

Maqol va tez aytishning mazmunini hayot bilan bog’lagan holda tushuntirib beriladi va o’quvchilar bilan muhokama qilinadi.





Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə