1. Dasturlash tillarida sinflar Do’stona funksiyalar


Konstruktorlar. Konstruktorlar bu sinf komponenta funksiyalari bo‘lib, ob’ektlarni avtomatik initsializatsiya qilish uchun ishlatiladi



Yüklə 78,76 Kb.
səhifə2/6
tarix25.12.2023
ölçüsü78,76 Kb.
#161288
1   2   3   4   5   6
2-ma\'ruza

Konstruktorlar. Konstruktorlar bu sinf komponenta funksiyalari bo‘lib, ob’ektlarni avtomatik initsializatsiya qilish uchun ishlatiladi.


Konstruktorlar ko‘rinishi quyidagicha bo‘lishi mumkin:
Sinf nomi (formal parametrlar ro‘yxati)
{konstruktor tanasi}
Bu komponenta funksiya nomi sinf nomi bilan bir xil bo‘lishi lozim.
Misol uchun complex sinfi uchun konstruktorni quyidagicha kiritish mumkin :
complex (double re = 0.0; double im = 0.0 )
{real=re; imag=im;}

Konstruktorlar uchun qaytariluvchi tiplar, xatto void tipi ham ko‘rsatilmaydi. Dasturchi tomonidan ko‘rsatilmagan holda ham ob’ekt yaratilganda konstruktor avtomatik ravishda chaqiriladi.


Masalan ob’ekt complex cc; shaklida aniqlangan bo‘lsa, konstruktor avtomatik chaqirilib
real va imag parametrlari avtomatik ravishda 0.0 qiymatlariga ega bo‘ladi.
Ko‘zda tutilgan holda parametrsiz konstruktor va quyidagi tipdagi nusxa olish konstruktorlari yaratiladi: T :: T (const T&)
Misol uchun
class F
{...
public : F(const T&)
...
}
Sinfda bir nechta konstruktorlar bo‘lishi mumkin, lekin ularning faqat bittasida parametrlar qiymatlari oldindan ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Konstruktor adresini hisoblash mumkin emas. Konstruktor parametri sifatida o‘z sinfining nomini ishlatish mumkin emas, lekin bu nomga ko‘rsatkichdan foydalanish mumkin.
Konstruktorni oddiy komponenta funksiya sifatida chakirib bo‘lmaydi. Konstruktorni ikki xil shaklda chaqirish mumkin :
Konstruktor nomi sinf nomi bilan bir xil bo‘lishi lozimdir. Misol uchun siz employee sinfdan foydalansangiz, konstruktor ham employee nomga ega bo‘ladi. Agar dasturda konstruktor ta’rifi berilgan bo‘lsa ob’ekt yaratilganda avtomatik chaqiriladi. Quyidagi dasturda employee nomli sinf kiritilgandir:

class employee


{
public:
employee(long, float);
void show_employee(void);
private:
long employee_id;
float salary;
};
Konstruktor ta’rifi:
employee::employee(long empl_id, float sal)
{
employee_id = empl_id;
if (salary < 50000.0)
salary = sal;
else
salary = 0.0;
}
Shu sinfdan foydalanilgan dastur:
#include
using namespace std;
class employee
{
public:
employee(long, float);
void show_employee(void);
private:
long employee_id;
float salary;
};
employee::employee(long empl_id, float sal)
{
employee_id = empl_id;
if (salary < 50000.0)
salary = sal;
else
salary = 0.0;
}
void employee::show_employee(void)
{
cout << "Nomer: " << employee_id << endl;
cout << "Maosh: " << salary << endl;
}
int main()
{
employee worker(101, 10101.0);
cout<<"ishchi"<worker.show_employee();
return 0;
}
Konstruktordan foydalanib ob’ekt ta’rifilanganda parametr uzatish mumkin: employee worker(101, 10101.0);
Agar dasturda employee tipidagi ob’ektlar mavjud bo‘lsa har birini quyidagicha initsializatsiya qilish mumkin
employee worker(101, 10101.0);
employee secretary(57, 20000.0);
employee manager(1022, 30000.0);

Yüklə 78,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə