1. Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar]


-maqsad: Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish



Yüklə 1,89 Mb.
səhifə23/324
tarix28.02.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#101651
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   324
PF-60 28.01.2022

70-maqsad: Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish.
Yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash.
Yoshlarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash, ular uchun malakali tibbiy xizmatdan foydalanish shart-sharoitlarini yaxshilash, yoshlar o‘rtasida tibbiy savodxonlikni oshirish va sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash.
Yoshlarning ma’naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga ko‘maklashish.
Yoshlar uchun ochiq va sifatli ta’limni ta’minlash, ta’limning barcha bosqichlarida yoshlarning mukammal ta’lim olishini ta’minlash, hududlarda inklyuziv ta’lim rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish.
Yoshlarni ishga joylashtirish va ularning bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish.
Yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuyg‘usi, bag‘rikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga bo‘lgan qat’iy ishonch va qarashlarga ega shaxs sifatida tarbiyalash.
Yoshlarni axloqiy negizlarni buzishga olib keladigan xatti-harakatlardan, terrorizm va diniy ekstremizm, separatizm, fundamentalizm, zo‘ravonlik va shafqatsizlik g‘oyalaridan himoya qilish.
Yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish.
Iqtidorli va iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish.
Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish.
Yoshlarda sog‘lom turmush tarziga intilishni shakllantirish, shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va yoshlar sportini ommaviy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish.
Yosh oilalarni ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish.
Yoshlarning huquqlari va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish sohasida faoliyat olib boruvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish.
V. MA’NAVIY TARAQQIYOTNI TA’MINLASh VA SOHANI YANGI BOSQIChGA OLIB ChIQISh
71-maqsad: Ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan “Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari” g‘oyasini keng targ‘ib etish orqali jamiyatda sog‘lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish.
“Yangi O‘zbekiston — ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasini amalga oshirish.
Aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish bo‘yicha huquqiy-ma’rifiy tadbirlarni xalqimizning boy tarixi, ilmiy-madaniy merosi, milliy-diniy qadriyatlarni o‘rgatish bilan uyg‘un holda tashkil qilish.
Targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etishning ta’sirchan, kreativ va innovatsion uslublarini ishlab chiqish hamda ularni o‘z vaqtida amalga oshirish choralarini ko‘rish.
O‘zbek xalqining milliy qadriyatlari va ma’naviy merosini asrab-avaylash, keng ommalashtirish hamda rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash.
Oila, ta’lim tashkilotlari va mahallalarda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlash.
Ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda xolis axborotlarni o‘z vaqtida berib borish orqali yolg‘on ma’lumotlar tarqalishining oldini olish.
“Mahalla — tuman — viloyat — respublika” prinsipi asosida hududlar kesimida ijtimoiy-ma’naviy muhitni optimallashtirish xaritasini shakllantirish, bu jarayonga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish.
Ma’naviy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indikatorlarini ishlab chiqish.
Maktablarni chinakam ma’naviyat va ma’rifat, madaniyat o‘chog‘iga aylantirish uchun ta’lim-tarbiyaning interaktiv usullarini qo‘llash.
Mafkuraviy xurujlarga qarshi milliy g‘oya asosida birgalikda kurashish, oila, maktab va mahalla hamkorligini mustahkamlash va shu asosda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlash ko‘nikmasini shakllantirish.
“Yoshlar — Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” shiori ostida “Yangi O‘zbekiston — Uchinchi Renessans” g‘oyasining ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash.
72-maqsad: Aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarish.
Aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda sohada yagona boshqaruv tizimini joriy etish.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   324




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə