1. Davlat xizmati tushunchasi, o‘ziga xos xususiyatlari va turlari



Yüklə 47,05 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü47,05 Kb.
#163494
2-mustaqil ish


O'zbekistonda axborot kommunikatsiya sohasini rivojlantirishdagi asosiy yoʼnalishlari,amaldagi qonunlar,Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va Vazirlar Maxkamasining qarorlari.

Reja:


1. Davlat xizmati tushunchasi, o‘ziga xos xususiyatlari va turlari.
2. Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda elektron hukumat faoliyat yo‘nalishlari
3. O‘zbekistonda elektron hukumat tizimini samarali joriy etish borasida olib
borilgan islohotlar.
Davlat xizmati tushunchasi, o‘ziga xos xususiyatlari va turlari
Davlat xizmati mohiyatini va uning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashdan oldin,
insonlar tomonidan amalga oshiriladigan ijtimoiy foydali mehnat faoliyati turlari
to‘g‘risida tushuncha hosil qilish lozim.
Yuridik adabiyotlarda, insonlar tomonidan amalga oshiriladigan ijtimoiy
foydali mehnat faoliyati fuqarolar, jamiyat va davlat manfaatlari yo‘lida turli
(davlat, nodavlat) tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlari doirasida amalga
oshiriladigan xatti-harakatlar sifatida ta’riflab o‘tilgan bo‘lib, shartli ravishda bir
necha guruhlarga bo‘lingan:
˗ tovarlar, moddiy boyliklar ishlab chiqarish, ma’lum bir xizmatlar
ko‘rsatish;
˗ nomoddiy (ma’naviy) boyliklar yaratish (masalan, kitoblar, maqolalar
yozish, kino va videofilmlar yaratish, ssenariylar tayyorlash);
˗ ijtimoiy-madaniy faoliyat (ta’lim berish, sog‘liqni saqlash va h.k.lar);
˗ davlat xizmati, ya’ni jamiyatning barcha sohalarida faoliyat ko‘rsatish:
˗ ijtimoiy-madaniy (ta’lim, sog‘liqni saqlash, fan, madaniyat, mehnat va
aholini ijtimoiy muhofaza qilish) sohalarni boshqarish;
˗ iqtisodiyot (sanoat, qishloq va suv xo‘jaligi, qurilish, transport, aloqa,
xizmat ko‘rsatish) sohalarini boshqarish;
˗ ma’muriy-siyosiy (mudofaa, davlat xavfsizligi, adliya, ichki ishlar, tashqi
ishlar) sohalarni boshqarish1;

˗ nodavlat, jamoat, diniy, xalqaro, xorijiy tashkilotlar tomonidan xizmat ko‘rsatish;˗ jamiyatning turli sohalarida ma’lum bir ehtiyojlarni qondirish maqsadida ijtimoiy faoliyat bilan shug‘ullanish va boshqalar.Huquqshunos olim D.N.Baxraxning fikricha: «Insonlarning, shuningdek,davlat va jamiyatning maqsadga muvofiq faoliyat yo‘nalishlaridan biri – bu xizmatdir. Bu tushuncha turli ma’nolarda: insonning faoliyat turi, ijtimoiy-huquqiy institut, davlat organlarining maxsus tizimi ma’nosida ishlatilishi mumkin. Xizmat


– boshqaruvdan, davlat faoliyatini amalga oshirishdan, boshqaruvni ta’minlashdan,aholiga ijtimoiy-madaniy xizmat ko‘rsatishdan iborat.»2
Xizmatchi o‘z faoliyatini amalga oshirish jarayonida o‘ziga xos munosabatlarga kirishadi. Bu munosabatlarning mazmunini xizmat turi hamda xizmat olib borilayotgan tashkilotning xususiyatlari belgilab beradi. Xizmat munosabatlari davlat-xizmat munosabatlariga yoki jamoat

birlashmalarida va boshqa nodavlat, xususiy, tijorat tashkilotlarida amalga oshiriladigan xizmat munosabatlariga bo‘linishi mumkin. Xizmatchilarning qanday lavozim egallashi va qaysi tashkilotda o‘z majburiyat va vazifalarini bajarishiga qarab, ularni quyidagilarga bo‘lish mumkin:˗ davlat organlarining xizmatchilari;˗ mahalliy organlarining xizmatchilari;˗ davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va birlashmalarining xizmatchilari˗ nodavlat tashkilotlarning xizmatchilari; ˗ jamoat birlashmalarining xizmatchilari va h.k.lar. Huquqshunos olim Yu.M.Kozlov, barcha xizmatlar ichida davlat xizmatining tutgan o‘rniga to‘xtalib, uni davlat organlarida amalga oshiriladigan hamda ishchilarining mehnatidan mazmuni va shakli jihatidan farq qiladigan har qanday faoliyat sifatida ta’riflaydi. Davlat xizmatiga bunday yondashish mehnat


faoliyatining ikki shakliga asoslanadi: birinchidan, bevosita moddiy boyliklarni,
tovarlarni yaratish (ishlarni bajarish); ikkinchidan, boshqaruvni, rahbarlikni,
kontrol va nazoratni amalga oshirish.
Yuridik adabiyotlarning tahlili, davlat xizmati tushunchasiga bir necha
ma’nolarda yondashishni taqazo etadi:birinchidan, ijtimoiy ma’noda. Davlat xizmati ijtimoiy kategoriya bo‘lib,
davlat tashkilotida ma’lum bir lavozimni egallab turgan shaxs tomonidan
davlatning ko‘rsatmasiga ko‘ra ijtimoiy foydali faoliyatni amalga oshirish;
ikkinchidan, siyosiy ma’noda. Davlat xizmati davlat siyosatini amalga
oshirishga qaratilgan faoliyat bo‘lib, davlatning maqsad va vazifalariga barcha
mavjud siyosiy kuch orqali erishadi, jamiyatdagi muvozanatni ta’minlaydi;
uchinchidan, huquqiy ma’noda – davlat-xizmat munosabatlarini huquqiy
o‘rnatish bo‘lib, bu orali mansab majburiyatlari, xizmatchilarning vakolatlari,
davlat organlarining kompetensiyasi bajarilishi ta’minlanadi. Davlat xizmati
murakkab ijtimoiy-huquqiy institutlardan biri bo‘lib, uni o‘rganish davlat
xizmatining ijtimoiy va huquqiy asoslarini tahlil qilishni talab qiladi. Bu institut
davlat-xizmat munosabatlarini tartibga soluvchi normalar yig‘indisidan iborat
bo‘lib, u orqali xizmatchilarning huquqlari, majburiyatlari, ularga belgilanadigan
cheklovlar, javobgarlik hamda davlat xizmatini o‘tash, xizmat munosabatlarining
yuzaga kelishi va bekor bo‘lishi tartibga solinadi;
to‘rtinchidan, tashkiliy ma’noda. Davlat xizmati davlat apparatining
tashkiliy-funksional elementlari bilan aloqada baladi. U quyidagi elementlardan
tashkil topgan tizim sifatida namoyon bo‘ladi: davlat apparati faoliyatining
tashkiliy va protsessual asoslarini tashkil etish; lavozimlarning tuzilishi va huquqiy
ko‘rinishi; xodimlarni aniqlash, baholash. Davlat xizmati davlatni, davlat hokimiyatini mustahkamlaydi va fuqarolik jamiyatining bir me’yorda faoliyat
yuritishini ta’minlaydi.«Davlat va mahalliy organlarida amalga oshiriladigan xizmat, –Yu.N.Starilovning fikricha, – bu ommaviy xizmat bo‘lib, ommaviy hokimiyat
organlarida amalga oshiriladi. Davlat xizmati – davlat korxonalari, muassasalari,
tashkilotlari va birlashmalarida amalga oshiriladigan xizmatdir. Xususiy tashkilotlarning, korxonalarning, banklar va boshqa korxona va tashkilotlarning xizmatchilarini, faqatgina ijtimoiy nuqtai nazardan, xizmat munosabatlari tizimiga kiritish mumkin. Oxirgi vaqtlarda ko‘pgina rivojlangan davlatlarda xalq deputatlari
tomonidan olib borilayotgan xizmat professional ish sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Lekin deputatlar davlat xizmatchilari hisoblanmaydilar. Davlatda oliy mansablarni
egallab turgan shaxslar ham (Prezident, vakillik va ijro hokimiyati organlarining
rahbarlari, vazirlar va h.k.lar) davlat xizmatida emas. Ular ommaviy-huquqiy
xizmat maqomiga ega hamda o‘z vazifalarini ma’lum bir davrda amalga
oshirishlari mumkin.»1.V.M.Manoxin tomonidan davlat xizmatiga berilgan tushunchani ko‘pgina
yuridik adabiyotlarda uchratish mumkin. Jumladan, uning fikricha, davlat xizmati
– bu davlat organlarini va boshqa tashkilotlarini tashkil etish va huquqiy tartibga
solish bo‘yicha davlat faoliyatining bir bo‘lagi hisoblanadi, dalat organlari va
tashkilotlarining faoliyati esa davlat oldida turgan vazifa va funksiyalarni amalga
oshirishga qaratiladi.2.B.M.Lazarev esa, yuqoridagi ta’rifga nisbatan o‘zining quyidagi fikrlarini
bildiradi: birinchidan, mazkur ta’rifda davlat xizmati davlat xizmatchisi atamasi bilan belgilangan; ikkinchidan, davlat xizmatchilari nafaqat davlat funksiyalarini,balki boshqa faoliyat turini ham amalga oshiradilar; uchinchidan, davlat xizmati
hamda uni tashkil etish va tartibga solishga qaratilgan faoliyat umumlashtirilgan.
Davlat xizmati – bu davlatga xizmat qilish, ya’ni uning talabi bilan ma’lum bir pul
mukofoti evaziga davlat organida davlat oldida turgan vazifa va funksiyalarni
amalga oshirish bo‘yicha bo‘ladigan faoliyatidir.3
Yuridik adabiyotlarda davlat xizmati tushunchasining keng va tor doirada
ko‘rib chiqilganligini ham ko‘rish mumkin. Masalan, A.P.Alexin va Yu.M.Kozlov
davlat xizmati tushunchasiga to‘xtalib, keng ma’noda davlat xizmatining davlat
xizmatchilari tomonidan davlat organlari, muassasalari va korxonalarida, tor
ma’noda esa, faqatgina davlat organlarida amalga oshirilishini ko‘rsatib o‘tadilar.2.Yuridik adabiyotlarda davlat xizmati mazmun-mohiyatini ochib berishga
qaratilgan bir necha o‘ziga xos xususiyatlar ham nazarda tutilgan. Jumladan,
Yu.A.Dmitriev fikricha3, davlat xizmati quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga qarab
boshqa mehnat faoliyatidan ajralib turadi:
1)davlat xizmatining professional faoliyat ekanligi. Davlat xizmati davlat
xizmatchisining asosiy faoliyat yo‘nalishi hisoblanadi. Davlat xizmatini
o‘rindoshlik asosida amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Davlat xizmatchilari qonun hujjatlari bilan nazarda tutilgan tartibda boshqa haq to‘lanadigan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishlari mumkin. Davlat xizmatchilari tomonidan amalgaoshiriladigan boshqa mehnat faoliyatining cheklanishi davlat xizmat majburiyatlarini yuqori darajada amalga oshirilishini ta’minlaydi;2)kompetentlik. Davlat xizmatchilari egallab turgan lavozimi (mansabiga),davlat xizmat majburiyatlarini amalga oshirishda bilimi, ish tajribasi va saviyasi nuqtai nazaridan mos bo‘lishi kerak;3)davlat xizmatining oldindan aniq belgilangan davlat xizmati lavozim
(mansab)lari doirasida amalga oshirilishi. Davlat xizmatchisi degan maqom
aynan shaxsning davlat xizmatidagi aniq bir lavozim (mansab)ni egallaganidanso‘ng yuzaga keladi;
4) davlat xizmatining davlat organlarida amalga oshirilishi;
davlat xizmatiga haq to‘lash davlat byudjeti hisobidan amalga oshirilishi.Davlat apparati xarajatlarini qoplash, davlat xizmatchilari mehnatiga haq to‘lash
davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonunlarda nazarda tutiladi.
Yuridik adabiyotlarda davlat xizmatining ijtimoiy foydali mehnat faoliyatisifatidagi tushunchasidan tashqari, huquqiy institut sifatidagi tushunchalari ham
yoritib berilgan.Davlat xizmati tushunchasini funksional ma’noda ham olib qarash mumkin.
Funksional ma’noda davlat xizmati davlat faoliyatining, davlat organlari
apparatining, ma’muriy-boshqaruv tuzilmalari faoliyatining alohida turi hisoblanadi.Davlat xizmati tushunchasini yoritib berishda quyidagi uning asosiy
belgilariga e’tiborni qaratish lozim:
1. Davlat xizmatining davlat organlarida amalga oshirilishi.
2. Davlat xizmatining professional (kasbiy) faoliyatda ifodalanganligi
3. Davlat xizmatchilarining hokimiyat vakolatiga ega bo‘lishi.
4. Davlat xizmatining davlat organida o‘rnatilgan davlat mansabini
egallagan shaxs tomonidan amalga oshirilishi. Yuqorida mazmuni
yoritib berilgan davlat xizmatining asosiy elementlariga asoslanib, davlat
xizmatiga quyidagicha ta’rif berish mumkin: davlat xizmati – bu davlat
organida ma’lum bir mansabni egallab turgan shaxs tomonidan davlat
vazifalari va funksiyalarini bajarish maqsadida hokimiyatvakolatlarining amalga oshirilishiga qaratilgan kasbiy faoliyatdir.
Ushbu ta’rifda davlat xizmati tushunchasini yoritib beruvchi barcha
elementlar o‘z ifodasini topgan. Davlat xizmati instituti, O‘zbekiston Respublikasi
qonun hujjatlari bilan o‘rnatilgan tartibdan kelib chiqadigan bo‘lsak, kompleks
institut hisoblanadi. Davlat xizmati jarayonida yuzaga keladigan munosabatlar –
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya hamda ma’muriy, mehnat, moliya, jinoyat va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solingan.Mazkur o‘quv qo‘llanmada davlat xizmati to‘g‘risidagi tushunchalar uning kompleks tarzda tartibga solinishi nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda elektron hukumat faoliyat yo‘nalishlari Jahonda integratsiyalashuv va globallashuv jarayonari kechayotgan hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida ham zamonaviy axborot-kommunikatsiyatexnologiyalarini jamiyat taraqqiyotini ta’minlash, xalq xo‘jaligining barcha jabhalariga integratsiya qilish masalasi – barcha sohalar uchun o‘ta dolzarb va muhim vazifadir.Tez taraqqiy etib borayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan ― Elektron hukumat tizimini yaratish,uning barcha imkoniyatlarini
ijtimoiy va iqtisodiy, ta’lim, madaniyat, sog‘liqni saqlash, kommunal sohalarda
amaliyotga tatbiq etish – xalq manfaatlariga xizmat qilishi, mehnat samaradorligi vasifat, qurilayotgan jamiyat uchun yangi imkoniyatlar, qulay shart-sharoitlar yaratadi.
Fanningvazifasi – zamonaviy axborot kommunikatsion va raqamli
texnologiyalardan foydalasngan holda davlat xizmatlarini koʻrsatayotgan milliy
tizim, tashkil etuvchi komponentlari, masalalari asoslaridan nazariy va amaliy
bilimlarni oʻrgatishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan boʻyicha talabalar davlast
boshqaruvirdagi axborot tizimlari toʻgʻrisidagi bilimlarga, Internet tarmogʻi orqali
davlat xizmatlarini olish va xizmat koʻrsatish milli tizimidan samarali foydalanishmalakalariga ega boʻlishi, etika va axborot madaniyati kabi tushunchalarni oʻzlashtirishlari lozim boʻlib, bilim, koʻnikma va malakasiga quyidagi talablar
qoʻyiladi.Talaba:- davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini shakllantirish tamoyillari;
 davlat xizmatlari milliy tizimidan foydalanishda zarur boʻlgan texnik va dasturiy vositalar;
 davlat va interaktiv xizmatlar portali, kommunikatsiya va Internet
tarmogʻi; davlat va hukumat boshqaruvi hamda xizmatlari; axborotlashtirish, elektron hukumat, interaktiv davlat xizmatlari vaahborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida qabul qilingan huquqiyme’yoriy hujjatlar; davlat va hukumat boshqaruvi hamda xizmatlarida joriy etilayotgan
axborot-kommunikatsiya tizimlari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;- Internet va kompyuterdan samarali foydalanish, axborot madaniyati va Internetdan foydalanish qoida va etikasi, axborot xavfsizligi tamoyillarini bilishi va ulardan foydalana olishi;- davlat boshqaruvda, tashkilot va organlarida joriy etilgan axborot
tizimlari, davlat xizmatlarini koʻrsatishda axborot-kommunikatsiya tizimlarini
qo‘llash sohalari;axborot tizimlari va texnologiyalarining funksional imkoniyatlari va ulardan oqilona foydalanish;
- turli vaziyatdan kelib chiqqan holda samarali va maqsadsli qo`llash
ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
- davlat boshqaruvi va xizmatlarida joriy etilgan axborot tizimlari va
texnologiyalari, xizmat axborotlarini olishni shakllantirish, guruhlash va tahlil
qilish malakalariga ega bo‘lishi kerak.O‘zbekiston Respublikasi aholisining hammasi ham bu haqda to‘liq ma’lumotga ega bo‘lmasa-da, vaqt o‘tishi bilan ushbu tizim jamiyat hayotining butun jabhasini qamrab olishini dunyo tajribasi ko‘rsatmoqda. Shu munsoabat bilan aholini kompyuter savodxoniligini oshirish, uning davlat elektron va interaktiv xizmatlaridan foydalanishga o‘rgatish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ko‘nikmalarga ega bo‘lishi uchun o‘qitish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Shu maqsadda humumat tomonidan bir qator strategik vazifalarning belgilanishi – ana shu maqsaddani tez muddatlarda hamda sifatli ravishda amalgaoshirishga qaratilgan.Elektron hukumat davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan davlat xizmatlariko‘rsatishga doir faoliyatini, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalartizimidir.Elektron hukumat atamalarini quyidagi to‘rtta asosiy qismlari orqali umumlashtirish mumkin. Elektron hukumat quyidagicha tavsiflanadi1.
1. AKT dan foydalanish (kompyuter tarmoqlari, internet, faks va telefon).
2. Hukumat faoliyatini qo‘llab-quvvatlash (axborot bilan ta’minlash,
xizmatlar, mahsulotlar, mamuriy boshqaruv).
3. Fuqarolar bilan hukumat munosabatlarini rivojlantirish (yangi aloqa
kanallarini yaratish, siѐsiy ѐki ma’muriy jaraѐnlariga fuqarolarni targ‘ibot va
tashviqotlar orqali jalb qilish)
4. Belgilangan strategiyalarga mos ravishda ishtirokchilarni jaraѐnlarda qatnashish qiymatini belgilash.
Elektron hukumatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- davlat organlari faoliyatining samaradorligini, tezkorligini va shaffofligini
ta’minlash, ularning mas’uliyatini va ijro intizomini kuchaytirish, aholi va
tadbirkorlik sub’ektlari bilan axborot almashishni ta’minlashning qo‘shimcha mexanizmlarini yaratish;
- ariza beruvchilar uchun mamlakatning butun hududida davlat organlari
bilan o‘zaro munosabatlarni elektron hukumat doirasida amalga oshirish bo‘yicha
imkoniyatlar yaratish;- o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalar doirasida davlat organlarining ma’lumotlar bazalarini, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini va Elektron
davlat xizmatlarining yagona reestrini shakllantirish;
- aholi va tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘zaro munosabatlarni
amalga oshirishda elektron hujjat aylanishi, davlat organlarining o‘zaro
hamkorligi va ularning ma’lumotlar bazalari o‘rtasida axborot almashinuvi
mexanizmlarini shakllantirish hisobiga davlat boshqaruvi tizimida «bir darcha»
prinsipini joriy etish;
- tadbirkorlik sub’ektlarini elektron hujjat aylanishidan foydalanishga, shu
jumladan statistika hisobotini taqdim etish, bojxona rasmiylashtiruvi, litsenziyalar,
ruxsatnomalar, sertifikatlar berish jaraѐnlarida, shuningdek davlat organlaridan
axborot olish jaraѐnlarida elektron hujjat aylanishidan foydalanishga o‘tkazish;- tadbirkorlik sub’ektlarining elektron tijorat, Internet jahon axborot tarmog‘i
orqali mahsulotni sotish va xaridlarni amalga oshirish tizimlaridan foydalanishini,
shuningdek kommunal xizmatlarni hisobga olishning, nazorat qilishning va ular
uchun haq to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etishni kengaytirish;
- naqd bo‘lmagan elektron to‘lovlar, davlat xaridlarini amalga oshirish,
masofadan foydalanish tizimlarini va bank-moliya sohasidagi faoliyatning boshqa
elektron shakllarini rivojlantirish.
Elektron hukumatning muvaffaqiyat omillari
Elektron hukumatning muvaffaqiyat omillari beshta asosiy guruhlarga
bo‘linadi:
Kelajakni ko‘rish qobiliyati, strategiya va aniq maqsadlar
Elektron hukumatni muvaffaqiyatli amalga oshirilishida aniq maqsad va
AKT strategiyasiga asoslanib reja tuziladi. Elektron hukumatni yaratishda amalga
oshirish bosqich ko‘nikmalarini bilish kerak bo‘ladi.
Qonun va yo‘riqnomalar
Hukumat loyihalarini yaratishda qonunchilik ѐki tartibga soluvchi me’ѐrixuquqiy asoslar talab qilinadi, chunki bir qancha yil oldin yaratilgan qonunlar
yangi elektron xizmatlarni tadbiq qilishda to‘g‘ri kelmaydi. Qonun va
yo‘riqnomalarni tashkil qilishda aniq maqsadlar zarurdir, chunki aniq rejalar
elektron hukumatni qo‘llab quvvatlashda muhim ahamiyatga egadir. Yangi loyihalar uchun yangi qonuniy o‘zgartirish kiritishning rejasini tuzish xam ko‘p vaqtni talab qiladi.
Tashkilotlararo kelishuv
Tashkilotlararo kelishuv strukturasi ma’lum yo‘nalishdagi tashkilotlarga yo‘l
ko‘rsatuvchi mexanizmdir. Bu kelishuv juda ham muhimdir chunki hukumat bilan
hamkorlikni mustahkamlaydi. Bu kelishuv hamkorlik va tezkor amalga oshirishni
ta’minlashni talab etadi Tashkil etuvchilik xarakteriga ega bo‘lgan kelishuvni rejalashtirish uchun
quyidagilar muhimdir:
- Majburiyatga asoslanib mustahkam hamkorlikni ximoya qilish;
- Axborot texnologiyalar boshqaruvini rejalashtirish va menejmentini
o‘zgartirish;
- Byudjetni shakllantirish va uni amalga oshirish;
- Muvofiqlik va hamkorlik;
- Monitoring va ishning sifatini baholash;
- Texnologiyani yetkazib beruvchi tashkilotni boshqarish;
- Hukumat xususiy sektori va fuqarolar hamkorligi.
BPR - Biznes jaraѐnlarni maqbullashtirish4
Elektron hukumatning asosiy vazifasi hukumatni yangidan tuzish hisoblanadi. Haqiqatan ham, muvaffaqiyatli elektron hukumat biznes jaraѐnlarga asoslanadi. Biznes jaraѐnidagi innovatsiya bu BPR (Business

Davlat organlariga so‘rovlarga javoblar, turli to‘lovlar, rasmiy hujjatlarningnamunasini olish, ularni to‘ldirish, elektron imzo bilan yuborish, oliy o‘quv yurtlarida masofadan turib tahsil olish, ichki ishlar idoralariga ariza bilan murojaat etish shular jumlasidandir. Masalan, Janubiy Koreyada shaxslar rasmiy sayt orqali o‘zining murojaati ko‘rib chiqilishi qaysi bosqichda ekanligini kuzatib borishi mumkin. Har qanday mamlakatda milliy ma’lumotlar bazasi hamda elektron reestrlar elektron hukumat faoliyatining asosiy jihatlari hisoblanadi. Bu mexanizmlar jismoniy va yuridik shaxslar, avtomobil transporti, ko‘chmas mulk, davlat xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tizimlashtirish imkonini beradi. O‘zbekiston Respublikasida milliy axborot tizimlarini rivojlantirish doirasida oltita ma’lumot bazasi, 12 ta axborot tizimlari majmui yaratilmoqda. Shu jumladan, «Soliq» axborot tizimlari majmui o‘nta dasturiy mahsulot va 31 avtomatlashtirilgan tizimdan iborat. Uning ishga tushirilishi natijasida Davlat soliq


qo‘mitasining 31 xizmatini elektronlashtirish mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari,
«Kliring», «Xarid», «Byudjet», «Bojxona», «Litsenziya» hamda «Adliya»
singari axborot tizimlari majmui ham mavjud bo‘lib, ular muayyan sohada
ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlash hamda xizmatlarning bir qismini elektronlashtirishga sharoit yaratmoqda. Shuningdek, «Sog‘liqni
saqlash», «Ta’lim», «Kommunal» tizimlarini hayotga tatbiq etilmoqda.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida elektron hukumat tizimini
yanada rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.
“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da 2018–2021 yillarga
mo‘ljallangan davlat va jamiyat, davlat va aholi munosabatlari shaffofligini
ta’minlovchi tegishli dastur ishlab chiqilishi belgilangan.
Axborot almashinuvining har bir bosqichi, o‘z davri uchun aohida ahamiyatga ega
hisobanadi. Ularning har biri jamiyat hayotiga chuqur singib,
ma’lum bir ijtimoiy va madaniy o‘zgarishlarga ham sabab bo‘lgan. Masaan,elektron
nur trubkasini yaratilishi jamiyatni axborotlashtirishning eng samarali
vositalaridan biri – televideniya davrini boshlab bergan bo‘lsa, XX asrning 60-
70yillarida EHMlarning rivojlanishi asnosida yuzaga kelgan, kompyuter va tarmoq
texnologiyalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining
taraqqiyotiningmantiqiy davomi sifatida yuzaga chiqdi. Xususan, matbuotning
taraqqiy etishi,jamiyatdagi savodhonlikning ortishiga qanchalik hissa qo‘shgan
bo‘lsa, radio va tele eshittirishlar orqali, aholi tezkor usulda muhim siyosiy, madaniy
va ma’naviyaxborot olish vositasiga ega bo‘ldi.Jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatida
axborot qiymatining ortib borishi va uning taqchillik muammoarini bartaraf etishda
Internetning o‘rni beqiyosdir.Davr taqazosi bilan shakllanayotgan axborotlashgan
jamiyatda axborotga nisbatanxalqaro miqyosda davlat siyosati yuritila boshlandi.
Buning yaqqol isbotini“Elektron hukumat” tizimini joriy etish va rivojlantirish
borasida olib borilayotganisloxotlar va ularning natijalarida ko‘rish mumkin.
Tuzuvchi:1B-Elektr Energetikasi yo'nalishi talabasi
Annaberdiyev Xemra


Yüklə 47,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə