1. Fermer xo’jaliklarida mehnat resurslaridan foydalanish



Yüklə 27,84 Kb.
səhifə4/5
tarix19.06.2023
ölçüsü27,84 Kb.
#117873
1   2   3   4   5
1. Fermer xo’jaliklarida mehnat resurslaridan foydalanish

Sv Em
Mu = еки


Em Sv
Bunda: Mu-mehnatning unumdorlik darajasi, kishi-kuni, soati, so‘m;
Sv-mahsulot etishtirish, xizmat ko‘rsatish uchun sarflangan ish vaqti, kishi-kuni, soatda;
Yem-sarflangan vaqt ichida etishtirilgan mahsulot, s, so‘m.
Bu ko‘rsatkich etishtirilayotgan bir birlikdagi (sen, tonna, so‘m) mahsulot uchun qancha vaqt sarflanganligini yoki sarflangan bir birlikdagi vaqt yevaziga qancha mahsulot etishtirilganligining, xizmatlar bajarilganligining darajasini ifodalaydi. Mahsulot birligiga sarflangan jonli mehnat miqdori kamaysa yoki sarflangan bir birlik mehnat yevaziga etishtirilgan mahsulot birligi ko‘paysa, mehnat unumdorligi oshganligidan dalolat beradi. Bu ko‘rsatkich qishloq xo‘jaligida ayrim ish, mahsulot turlari, davrlari hamda xo‘jalik miqyosida natura hamda qiymat ko‘rinishida aniqlanadi. Uning darajasini qiymat ko‘rinishida bir necha yillar davomida aniqlashda qiyosiy baholardan foydalanish lozim. Shunda qishloq xo‘jalik mahsulotlari baholari o‘zgarishining ta’siri bartaraf etiladi. Yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlar yordamida qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishida qatnashayotgan mehnat resurslaridan qanday foydalanilayotganlik hamda sarflanayotgan mehnatning unumdorlik darajasi aniqlanib, chuqur tahlil etiladi.
Shunga asoslangan holda kelajakda mehnat resurslaridan foydalanishni yaxshilash va sarflanishi zarur bo‘lgan mehnatning unumdorligini oshirish uchun qanday tadbirlarni ishlab chiqish kerakligi belgilanadi.
Bulardan tashqari qishloq xo‘jaligida tarmoq sifatida band bo‘lgan mehnat resurslari salmog‘i ham aniqlanadi. Uning darajasi tarmoqda band bo‘lgan mehnat resurslari miqdorini makroiqtisod darajasida, ya’ni respublika miqyosida band bo‘lgan mehnat resurslari soniga taqsimlash natijasida aniqlanadi. Aniqlangan raqam 100 ga ko‘paytiriladi. Chunki u foizda ifodalanadi.
Bu ko‘rsatkichni qishloq xo‘jaligi tarkibidagi tarmoqlar (o‘simchilik, chorvachilik, paxtachilik) doirasida ham aniqlash mumkin. Bunda qishloq xo‘jaligi asos qilib olinadi. Ichki tarmoqlarning shunga nisbatan salmog‘i aniqlanadi. Tarmoq miqyosida mamlakat qishloq hududlarida yashayotgan aholining qanday salmoqqa egaligi, qishloq xo‘jaligida bandligi ham aniqlanishi mumkin. Uning darajasini aniqlash uchun qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan mehnat resurslarining umumiy miqdorini qishloq hududlarida yashayotgan umumiy aholi miqdoriga taqsimlab, 100 ga ko‘paytirish kerak. Chunki bu ko‘rsatkich foizda aniqlanadi.
Shu ko‘rsatkichlar yordamida makroiqtisod doirasida qishloq xo‘jalik tarmog‘ida band bo‘lgan mehnat resurslarining salmog‘i, ular mehnatining unumdorlik darajasi aniqlanib, tahlil qilinishi mumkin. Shuning natijasida tarmoqda mehnat resurslarining bandligiga oid chora-tadbirlar makroiqtisod doirasida ishlab chiqilishi mumkin.
Tarmoqda band bo‘lgan mehnat resurslari miqdori va salmog‘ining pasayishi respublikada amalga oshirilayotgan agrar-iqtisodiy siyosatning ma’lum darajadagi natijasidir. Mehnat resurslarini ish bilan ta’minlash, ularning mehnati unumdorligini oshirish maqsadida respublika Prezidenti I. Karimov sanoatni qishloqqa olib borish zarurligini asoslagan holda isbotlamoqdalar. Shu maqsadda uzoqqa mo‘ljallangan turli xildagi chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ularni bosqichma-bosqich amalga oshirishga alohida e’tibor berilmoqda. Bu siyosatning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan ahamiyatliligini quyidagilar isbotlamoqda: dastavval aholi juda zich joylashgan Andijon viloyatining Asaka tumanidagi qishloq hududida «O‘zbekiston - Koreya» avtomobilsozlik qo‘shma korxonasi qurilib, samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. Qashqadaryo, Toshkent, Farg‘ona, Navoiy viloyatlari qishloqlarida neft, gaz, to‘qimachilik sanoatining yirik qo‘shma korxonalari yaxshi faoliyat ko‘rsatmoqda. Shu kabi sanoat korxonalarining ishga tushirilishi natijasida qishloqlarda yashayotgan mehnat resurslarining sezilarli qismi ish bilan ta’minlandi. Bu ularning oilalari real daromadlar bilan ta’minlanishini yuksaltirmoqda. Ular respublikada avtomobilsozlik, yoqilg‘i, to‘qimachilik sanoatining barpo etilishini hamda rivojlanishini ta’minlamoqda.
Yuqoridagi ijobiy natijalarga asoslangan holda mamlakatning qishloq hududlarida sanoat korxonalari va boshqa turdagi xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar barpo etish ishlari izchillik bilan amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Bu jarayon qishloq hududlarida ishlab chiqarish kuchlari oqilona joylashishini ta’minlashga ham ijobiy hissa qo‘shadi. Natijada mehnat resurslaridan foydalanish koeffitsiyentining oshishi ham ta’minlanadi.
Mehnat resurslarining ish bilan ta’minlanmagan qismi ishsizlar hisoblanadi. Qonuniy jixatdan ishsiz hisoblanishi uchun ular tumanlardagi Mehnat birj asiga murojat etishi zarur. Mehnat birjalari murojaat etgan ishsizlarni belgilangan tartibda ro‘yxatga olib, ularga ishsizlar maqomini beradi. «Ishsiz» maqomini olgan fuqaro esa ijtimoiy jihatdan himoyalanishi uchun unga minimal ish haqi miqdoridagi mablag‘ har oyda berib turiladi.
Mehnat birjalari ish bilan ta’minlanmaganlarni tumandagi imkoniyatlarni e’tiborga olgan holda malakasini oshirish yoki kasblarini o‘zgartirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshiradi. Shular natijasida ularning ish bilan ta’minlanishi yaxshilanadi. Bu esa mehnat resurslaridan foydalanish koeffitsiyenti yuksalishini ta’minlaydi.
Qishloq hududlarida ishlab chiqarish kuchlarining rivojlantirilishi tarmoqdagi mehnat resurslarining ma’lum bir qismi sanoat va boshqa tashkilotlarga o‘tishiga ta’sir etmoqda. Shu tufayli qishloq xo‘jaligidagi mehnat resurslarining tarmoq ishlab chiqarish jarayonida qatnashish darajasi, ya’ni ularning yil davomida ish bilan to‘liq ta’minlanishi oshmoqda.
Tarmoqda mavjud bo‘lgan mehnat resurslarini ishlab chiqarishga jalb etish, ularning mehnatlari unumdorligini yuksaltirishda moddiy hamda ma’naviy rag‘batlantirishning, ya’ni ularni mehnatlariga haq to‘lash, yaxshi ishlaganlarini esa rag‘batlantirishning ahamiyati ulkan. Hozirgi davrda davlat hamda jamoa mulkchiligiga asoslangan xo‘jaliklarda shartnoma asosida faoliyat yuritayotgan ishchi- xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan miqdorda mehnat haqi to‘lanmoqda. Qishloq xo‘jalik korxonalarida vaqtbay usulda ish haqi belgilanganlar mehnatlariga 22 razryad asosida haq to‘lanmoqda. Ishbay usuldagilarga esa ta’rif razryadlariga asoslangan holda tarif stavkalari belgilangan. Tarif razryadi, stavkasiga asoslangan holda ularni mehnatlariga haq to‘lanmoqda. Hozirgi davrda minimal ish haqi miqdori ham belgilangan. Lekin erkin bozor iqtisodi sharoitida mehnatga to‘lanadigan ish haqining yeng kam miqdori belgilanadi. Yuqori darajasi esa xo‘jaliklarning iqtisodiy imkoniyatlaridan hamda ishchi-xizmatchilarning qobiliyatlariga, imkoniyatlariga asoslangan holda belgilanadi. Bunday tartib xususiy korxonalarda, fermer xo‘jaliklarida ma’lum darajada qo‘llanilmoqda. Kelajakda mehnat resurslaridan foydalanishni yaxshilashga doimo e’tibor berish maqsadga muvofiqdir.

Qo’shimcha adabiyotlar:





  1. Yüklə 27,84 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə