Professiogramma



Yüklə 41,96 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü41,96 Kb.
#183596
PROFESSIOGRAMMA


PROFESSIOGRAMMA
Reja

  1. Professiogramma haqida tushuncha

  2. Professiografiyaning psixologik asoslari

  3. Kasb-korning (hunarning) mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyati

  4. Kasb va ixtisoslikning ijtimoiy tavsifi

  5. Kasbning ijtimoiy psixologik ahamiyati va tavsifi

  6. Xulosa

  7. Foydanilgan adabiyotlar



Professiogramma haqida tushuncha
1920 yillarning ikkinchi yarmida rus psixotexniklari tez sur’atlarda kasbiy faoliyatning tamoyil va usullarini ishlab chiqdilar. Shu tadqiqotlarni umumlashtirishi natijasida psixotexnikada maxsus yondoshuv professiografiyani shakllanishiga olib keldi. Bu yondashuvning mohiyati – kasblar tasviri umuman olganda professiografiyani oʻrganish, kasbning psixologik tavsifi va loyihalashtirishini oʻz ichiga oladi. Professiografiya - deganda kasblar va ularning bir – biridan farqlanuvchi ixtisoslar tomonidan inson oldiga qoʻyiladigan talablarni bayon qilish majmuasi tushuniladi. Professigrafiya – bu biror bir soha egasining shaxsiy hislatlariga, psixologik qobiliyatlariga,psixologik va fiziologik imkoniyatlariga qoʻyilgan talablarni oʻrganish usullari.
Professiografiya natijalari professiogrammada aks etadi, u mehnat sharoitlari tasviri, ishchi huquq va majburiyatlari, muhim kasbiy sifatlari shuningdek, sogʻligʻiga qarshi koʻrsatmalarni oʻz ichiga oladi. Professiogrammaning muhim tarkibiy qismi - psixogramma boʻlib, u mutaxassisning motivatsion, iroda va emotsional sohasining tavsifi hisoblanadi. Psixogramma - kasbning psixologik portreti boʻlib, u aniq kasbda dolzarb boʻlgan psixologik funksiya guruhi bilan namoyon boʻladi. Professiografiyada ma’lum mehnat jarayonini tashkil etuvchi ob’yektlar belgilari, mehnat sub’yekti, mehnat predmeti vazifalari, vositalari va sharoitlari oʻrganiladi. Professiografiyaning asosiy tamoyillaridan biri kasbiy faoliyatni oʻrganishda differensial yondashuv tamoyili hisoblanadi.
Bu tamoyilning mohiyati professiografiyaning aniq amaliy masalalarini echishga boʻysunishidir. Masalan, kasbiy konsultatsiya va kasbiy tanlov uchun shunday kasbiy muhim belgilarni ajratish kerakki, ular sinovdagilarning kasbiy layoqatiga koʻra farqlanishi lozim.
Professiografiyaning psixologik asoslari
Malaka darajasini aniqlash uchun mehnat vazifalari, kasbiy bilim, malaka, koʻnikma tavsifi muhim ahamiyatga ega. Kasbiy toliqishni oʻrganish uchun shunday belgilardan foydalanildiki, ular yordamida kasbiy toliqishning keltirib chiqaradigan omillarini aniqlaydi. Shunday qilib, profesiografiyaning differensial tamoyili kasbning oʻrganish usullarini uning tavsifi, mazmuni, shuningdek, qoʻllanilish sohasi ya’ni professiografiya oʻtkazish xususiyatlari uning maqsadlari bilan belgilanadi. Maqsadlari quyidagi faoliyat sohalari bilan bogʻlangan boʻlishi mumkin:
1. Ishchilar attetsatsiyasi.
2. Yangi kasblar mutaxassisliklarni loyihalashtirish.
3. Optantlar profkonsultasiyasi va mutaxassislar tanlovi.
4. Kasbiy ta’lim malaka tayyorgarligi va malaka oshirishni takomillashtirish.
5. Shaxs kasbiy rivojlanishi boʻyicha ilmiy tadqiqotlar.
E.M.Ivanova professiografiyaning 4 ta guruhini taklif etadi: ma’lumotli, diagnostik, prognostik va metodik. Informatsion (ma’lumotli) professiografiya oktantlar, ya’ni, kasb tanlash zaruriyati oldida turgan shaxslar bilan kasbiy maslahat ishlari uchun moʻljallangan. Ular qatoriga oʻquvchilar, kasb bilim yurtlari bitiruvchilari, ishsizlar va kasblarni almashtirmoqchi boʻlganlar kirishi mumkin. Informatsion professiografiya ishlari maxsus kasbiy adabiyotlarni tahliliy va hujjatlarni oʻrganish orqali amalga oshiriladi. Diagnostik professiografiyalash mehnat samaradorligining pastligi mahsulot sifatining pastligi, avariya holati, travmatizm, kadrlar qoʻnimsizligi sabablarini aniqlash uchun oʻtkaziladi. Diagnostik professiografiyalash quyidagi masalalarni oʻz ichiga oladi.
1. Faoliyat mazmuni: Mehnat predmeti va masalalari. Ish natijalari sifatiga qoʻyiladigan talablar.
2. Mehnat qurollari: Ish turi va tartibi. Boshqarish organlari. Ish joyini tashkil etish.
3. Mehnat sub’yektining faoliyati: Harakat turlari va ularning tavsifi. Ishni rejalashtirish va bajarish xarakteri. Kasb faoliyatiga xalaqit beruvchi omillar. Mehnat jarayonida uchraydigan xatolar, brak, travmalar turi.
4. Mehnat sub’yektining faoliyati: Ishchilarning oʻzaro aloqalari tuzilmasi. Ishni rejalashtirish va nazorat.
5. Kasbning mehnat sub’yekti shaxsiy psixologik va psixofiziologik sifatlariga qoʻyiladigan talablar.
6. Mehnat sub’yekti faoliyatining past samaradorligi sabablarini tashxisi.
7. Kasbiy faoliyatni takomillashtirish boʻyicha amaliy - eksperimental tekshiruv. Diagnostik professiografiyalash empirik ma’lumotlarni yigʻish usullari orqali amalga oshiriladi.
Prognostik professiografiyalash kasbiy faoliyatni takomillashtirish boʻyicha asoslangan tavsiyalarni berish maqsadida qoʻllaniladi.
1. Kasbning umumiy tavsifi: Kasb rivojlanishi tarixi va istiqbollari. Kasbiy faoliyatni bajarilishining ijtimoiy - iqtisodiy sharoitlari. Kasbiy muhit.
2. Kasbiy dala va mazmuni va jihati: Kasbiy dala tavsifi. Kasbiy bilimni aniqlovchi omillar. Kasbiy bilimni rivojlanishi prognozi.
3. Kasbiy ta’lim malaka oshirish: Kasbiy ta’lim darajasi. Kasbiy tayyorgarlik. Malaka oshirish.
4. Ishchining kasbiy moyilligi: Mutaxassislik sohasining kengligi. Asosiy malakalar darajasi. Mutaxassislik va kasbni oʻzgartirish imkoniyati.
5. Kasb istiqbolini baholash: Shaxsning kasbiy - psixologik potensiali. Ishchining kasbiy faolligi. Kasbiy oʻzini oʻzi takomillashtirish karyera.
Pragnostik professiografiyalash genetik usullarni, shuningdek modellashtiruvchi eksperimentlarni qoʻllaydi. Metodik professiografiyalash psixologga mehnat sub’yektining holati va muhim kasbiy sifatlarni oʻrganish usullarini ishlab chiqish imkonini beradi. Tadqiqot maqsadi va vazifalariga koʻra metodik professiografiyalash sxemasi ham oʻzgaradi. Masalan, kasbiy mehnat va hordiq tartibi, kasbiy toliqish, befarqlik, passivlikka boʻlgan ta’sirini oʻrganishda shunday sxema qoʻllaniladi.
1. Mehnat sub’yekti faoliyatining mazmuni: Haraktlar turi va ularning tavsifi. Ishni rejalashtirish va bajarish xarakteri. Emotsional koʻrinishlar. Ish joyidagi noqulaylik turlari. Faoliyat jarayonida paydo boʻladigan xatolar, brak travma turlari.
2. Mehnat sharoitlari: Sanitariya - gigienik muhit (havo darajasi, chang, namgarlik va boshqa). Jismoniy muhitning yoritilganligi, shovqin. Ish tartibi. Haq toʻlash va ragʻbat shakli.
Mutaxassisning kasbiy mahoratini oʻrganishda professiografiyalashning quyidagi sxemasi qoʻllaniladi.
1. Faoliyat mazmuni: Ishchilar malakasiga qoʻyiladigan talablar (kasbiy bilim, koʻnikma va malakalar, shuningdek, sifatlar va qobiliyatlar). Ishchilarning huquq va majburiyatlari.
2. Mehnatni tashkillashtirish: Malaka oshirish. Kasbiy psixologik potensial. Ijodiy qobiliyatlar.
3. Mehnat sub’yekti faoliyati: Harakatlar turi va ularning tavsifi. Ishni rejalashtirish va uni nazorat qilish. Faoliyat individualligining xususiyatlari.
Ta’limga yoʻnaltirilgan professiografiyalash - asosiga kasb sub’yektligi haqidagi gʻoya qoʻyiladi: kasb egasi, faoliyatning haqiqiy sub’yekti boʻlib, unga bir qator maxsus belgilar xos. Bu professiografiyalashning mualliflari uning mazmun - mohiyati va loyixalashtirish texnologiyalarini oʻrganib chiqishdi. Kasb pasporti bloki kasb va mutaxassisliklar nomining modifikasiyasi, kasbiy yoʻnalish, kasb maqsadi, ta’lim darajasi haqida qisqa ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi. ―Kasbning asosiy ob’yekti (sohasi) bloki kasb turi haqida ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi. ―Inson – tabiat, ―inson – inson, ―inson – texnika, ―inson - belgilar tizimi, ―inson badiiy obraz va boshqalar. Bu blok mazmuni boshqa professiografiyalash bloklarining asosi hisoblanadi. Kasbiy predmetli salohiyat bloki koʻp tizimli ta’lim sifatida kasbiy muhim tavsifini oʻz ichga oladi. Mutaxassis kasbi qaysi sohaga tegishli ekanini, qaysi asosiy ob’yektlarga yoʻnaltirilgan, bu ob’yektlar qanday ob’yektlar, bu sohada mehnat natijasi yoki mehnat mahsuli qanday ahamiyatga egaligi haqidagi ma’lumotga ega boʻlishi lozim. ―Ijtimoiy kasbiy salohiyat blokida shaxs ob’yektining quyidagi yoʻnalishlari aks etadi. Fikrlash potensialining rivojlanishi. Shaxsni oʻzini nazorat eta olish va rivojlantirish imkoniyatlari. Shaxsning muvaffaqiyat strategiyasiga yoʻnaltirilganligi. Shaxsning bozor iqtisodiyoti sharoitida bardoshligi. Professiografiyada ekologik, huquqiy va iqtisodiy madaniyat masalalari ham nazarda tutiladi.
Maxsus psixofiziologik talablar bloki - ishchining kasbiy faoliyati jixatdan psixofiziologik xususiyatlariga qoʻyiladigan talablarni aks ettiradi. Bunga tibbiy koʻrsatmalar, jinsiga, yoshga boʻlgan va sanitariya- gigienik talablar kiradi. Kasb-kor (hunar) oldiga qoʻyiladigan talablarni asoslash va ularni bayon qilish oʻziga xos xususiyatga ega boʻlib, quyidagi umumiy hamda xususiy jabhalarni oʻzida aks ettiradi;
1. Kasb va uni ixtisosliklarining psixologik tavsifi;
2. Kasb-korning (hunarning) mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyati;
3. Kasb va ixtisoslikning ijtimoiy tavsifi;
4. Kasbning ijtimoiy psixologik ahamiyati va tavsifi; yoshlarda uning ijtimoiy mavqei (nufuzi), jamoaning oʻziga xos xususiyatlari, vertikal va gorizontal boʻyicha shaxslararo munosabatlarning xususiyatlari;
5. Kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli egallash uchun zarur bilimlar va koʻnikmalar koʻlamining pedagogik tavsifi (maxsus mezonlar orqali kasbiy mahorat aniqlanadi);
6. Pedagogik jarayonni takomillashtirish yuzasidan takliflar, tayyorgarlik muddatlari, tadbir – choralarning umumiy tavsifi;
7. Mehnat sharoitining gigienik tavsifnomasi;
8. Kasb boʻyicha mehnat qilishga tibbiy jihatdan ta’qiqlanuvchi omillar izchilligi;
9. Kasbga psixologik nomutanosiblik, yoki kasbiy yaroqsizlik;
10. Oʻzini oʻzi faollashtirish va identifikatsiyalash.
Kasb-korning (hunarning) mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyati
Har bir shaxs farovonlikda va yaxshi ta’minlangan sharoitda yashashni istaydi. Shu sababli ham insonlar farovon turmushni ta’minlashga xizmat qiluvchi mehnat faoliyati bilan shugʻullanishga intiladilar va moddiy boyliklarni oʻzlashtirishga imkon yaratuvchi kasb-hunar sohalari va mutaxassisliklarni egallashga harakat qiladilar. Ba’zi holatlarda ma’lum bir kasbni tanlash va uni egallashda shaxsning imkoniyati yetarli boʻlmaydi. Insonning qiziqishlariga va psixologik imkoniyatlariga toʻgʻri kelmaydigan kasbning tanlanishi, tabiiyki, uning shaxs sifatida kamol topishiga salbiy ta’sir koʻrsatadi. Shu nuqtai nazardan shaxsning ichki intilish va imkoniyatlariga u tanlagan kasbi bilan shaxsi orasidagi munosabati oʻta dolzarb masala hisoblanadi.
Biz quyida shu masala boʻyicha psixolog olimlarning qarashlarini, oʻtkazgan tadqiqotlarini tahlil qilamiz. Kasbiy motiv va motivatsiya muammosi xorij psixologlari tomonidan keng doirada tadqiq qilingan. Jumladan, kasbiy motivlar borasida E.A.Klimov, V.A.Kruteskiy, A.N.Vasilkova, e.Disi, V.Vrum, M.V.Dmitriy va boshqalarni kiritishimiz mumkin. Shaxsning ish faoliyati bilan bogʻliq motivatsiyalarni 3 guruhga ajratish mumkin;
birinchisi - mehnat faoliyati motivlari
ikkinchisi - kasb tanlash motivlari
uchinchisi - ish joyini tanlash motivlari
Aniq faoliyat esa barchasini jamlangan holda izohlanadi, ya’ni, bunda mehnat faoliyati motivlari, kasb tanlash motivlarining shakllanishi, shuningdek, qolgan ikkita motiv orqali esa ish joyini tanlash motivlari ham yuzaga keladi. Mehnat faoliyati motivlari xilma-xil boʻlib, ular oʻziga xos omillar bilan belgilanadi.
Birinchi guruh omillariga jamoaviy xarakterning uygʻonishi bilan bogʻliqlari kiritilib, bunda jamoaga foyda tegishini anglash, boshqa insonlarga yordam berish istagi, mehnat faoliyatida ijtimoiy ustanovkaning zarurligi va boshqalarga nisbatan tobelikni hohlamaslik kabi motivlar hisoblanadi.
Ikkinchi guruh omillari oʻzi va oilasi uchun moddiy mablagʻning orttirilishi, moddiy va ma’naviy ehtiyojlarning qondirilishi uchun pul ishlab topish motivlaridir.
Uchinchi guruhga oʻzini oʻzi faollashtirish, rivojlantirish, oʻzini namoyon qilish ehtiyojlarining qondirilishi va boshqalar kiradi. Ma’lumki, insonlar tabiatdan biror-bir faoliyat bilan shugʻullanmasdan turolmaydilar. Inson nafaqat iste’molchi balki yaratuvchi boʻlib, yaratish jarayonida u ijoddan ilhom oladi. Bu guruhga mansub motiv jamiyat tomonidan ehtiyojlarning qondirilishi va boshqalarning hurmatini qozonish bilan bogʻliq. Maktab oʻquvchilarining mehnat tarbiyasi ham shu motiv bilan bogʻliq ravishda shakllantiriladi. Mehnat faoliyatining umumiy motivlari yuqorida aytib oʻtilganidek, aniq kasblar doirasida amalga oshadi. Kasb tanlash anchagina qiyin va motivasion jarayondir. Axir shaxsning toʻgʻri kasb tanlashi koʻpincha insonning hayotdan qoniqishga ham sabab boʻladi. Insonning qaysi faoliyatini tanlashi koʻproq tashqi omillar haqidagi qarorning qabul qilinishi jarayoni haqida toʻxtalishi muhimdir.
Bu asosan tashqi holat baholariga, oʻzining imkoniyat va qobiliyatlariga, kasb tanlashdagi qiziqish va moyilliklariga bogʻliqdir. Tashqi holatini baholash, ijobiy ta’sir koʻrsatadigan omillar, oʻzida ishlab topiladigan pul miqdori, imtiyoz, taklif etilayotgan korxona, muassasaning yashash joyiga yaqin boʻlishi, transpot aloqalarining qulayligi, ish joyi estetikasi va ishlab chiqarishning zararli tomonlari, jamoadagi psixologik iqlim, maqtov va tartibga chaqirish kabilarni qamrab oladi. Oʻz imkoniyatlarini baholash sogʻlomligi, ishga yaroqliligi, kasbi boʻyicha muhim sifatlarga egaligi, bilim darajasi, stresslarsiz ishga moyilligi, yuqori shovqinli ishda talab etilgan temp va xotirjam ritm bilan ishlay olish imkoniyati kabilarni oʻz ichiga oladi. Qiziqishlarga mos ravishda tanlangan ish joyini baholash, ayni vaqtda ishlayotgan muassasasi, korxonadagi imkoniyat toʻsiqlari, ishni boshqarish, kasbiy oʻsish, tashabbusning paydo boʻlishi muhim ahamiyatga ega. Ba’zan qiziqish boʻyicha ish joyini tanlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ish joyini va kasbni tanlash motivlari: Chuchunay tomonidan klassifikasiya qilingan. U kasb motivlarini quyidagilarga ajratadi:
1. Dominant (kasbga qiziqishning ustun turishi).
2. Vaziyat bilan bogʻliq (har doim insonni qiziqtirib kelgan shart sharoitlarni roʻyobga chiqarish).
3. Komformist.
4. Kasbiy motivasiyalar (oʻziga yaqin ijtimoiy olamning ya’ni yaqinlarini, doʻst va tanishlarining maslahatlari bilan)
L.I.Bamburova musiqa ijrochilik kasbini tanlashga sabab boʻluvchi omillar sifatida quyidagilarni ajratib koʻrsatadi:
Ijod va musiqa ijro etishga boʻlgan qiziqish.
Musiqadan zavqlanishga boʻlgan ehtiyoj.
Musiqa asarlarini ijro etishda oʻzi tashabbus koʻrsatishga intilish.
Tinglovchilarning qadriyatini koʻtarish, ularga rohat baxsh etish hohishi.
Albatta yuqoridagilar musiqa ijrochilik faoliyatining toʻliq motivlari emas. Ular faqatgina musiqachilik faoliyatini boshlashga olib keladi. A.P.Vasilev tibbiyot xodimi kasbini tanlashning quyidagi asosiy motivlarini keltirib oʻtadi:
1. Insonlarni davolash istagi.
2. Ogʻir kasalliklar, qariya, yosh bolalarni ogʻriqlardan xalos etish istagi.
3. Oʻz yaqinlarining sogʻligʻi haqida qaygʻurish imkoniyati.
4. Ilmiy tibbiyot muammolarini hal etish.
5. Oʻz sogʻligʻi haqida qaygʻurish.
6. Moddiy qiziqishlar.
Motivlarning mustahkamlanishi mehnat faoliyatida ishlovchilarning koʻpgina omillarini qondirilishiga bogʻliq boʻladi. Gʻarb psixologlaridan V.Vrum va E.Disi mehnat faoliyati motivasiyasini tarkibiy qismlarini ajratadilar. Unga koʻra insonlar qanchalik oʻz ishidan qoniqsa, shunchalik ular oʻz ishlarini bajarishga kuchliroq harakat qiladilar. Ularni faoliyat jarayonida ragʻbatlantirib borilsa, shunchalik qattiqroq ishlaydilar. Bunday yondashuvda amalga oshiriladigan ragʻbatlantirish ishchilar faoliyatining mahsuldorligiga bogʻliq. Bunda ular faoliyat koʻrsatadigan firma, kompaniya va tashkilotlardan kuch oladilar. Bu turli qoʻshimcha imtiyozlar nafaqat ta’lim olish uchun intilish, dam olish, korxona tomonidan tashkillashtiriladi. Soʻrovnoma natijalariga muvofiq ishdan boʻshashning turi – ob’yektiv, ob’yektiv – sub’yektiv va sub’yektiv koʻrinishlarga ajratiladi. Ob’yektiv sabablarga sogʻligʻning yomonligi va jismoniy holati, turar joyini oʻzgarishi, ta’lim olishni davom ettirish, tuqish va bolani parvarishlash kabilar kiradi. Ob’yektiv – sub’yektiv sabablarga mehnat shartnomasining shartlari, kasbiy oʻsish, yuksalish imkonining yoʻqligi va boshqalarni kiritishimiz mumkin.
Motivatsiyaning shakllanishi. Sub’yektiv sabablarga jamoadagi psixologik iqlim, shaxslararo munosabatlar va boshqalar kiradi. Ishsizlarning ish qidirish motivasiyalari haligacha ham oʻrganilmayotgan muammo boʻlib qolmoqda. Shu bilan birga ishsizlarning axloqi, yangi ish joyini topish boʻyicha faoliyati koʻp jihatdan uning motivasion jabhalariga, ularning tuzilishiga kam hollarda hayot mazmunining shart sharoitlariga bogʻliq.
M.V.Dmitriy ta’kidlaganidek, ishsizlarning motivasion jabhalarini oʻziga xos xususiyatlari ish izlashdagi faoliyatlari motivasion tuzilishlarining hamma koʻrsatkichlariga bogʻliq holda namoyon boʻladi. Ular ijtimoiy oʻzgarishlardan mustaqil boʻlish uchun qayta harakat qilishda oʻz imkoniyatlaridan foydalanishga turtki beradi. Passiv ishsizlarning motivasion imkoniyatlarini tuzilish xususiyati alohida motivlarning ham harakatlanuvchanligi bilan tavsiflanadi.


Foydalanilgan adabiyotlar
1. Асомова Р.З. Касб танлаш мотивасияси ва единая динамикаси. Псикс.фн.....дис.-Т., 2002. -137 б.

2. Давлетшина М.Г., Шумаров Г.Б. "Психологи - педагогические аспекты проферентации и"



3. Давлетшин М.Г., Тойчиева С.Умумий психология. O'quv

qo'llanma. Т. 2002
Yüklə 41,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə