1. Firma tushunchasi. Tadbirkorlik firmalarining asosiy shakllari



Yüklə 257,19 Kb.
səhifə13/18
tarix30.12.2023
ölçüsü257,19 Kb.
#167060
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
1. Firma tushunchasi. Tadbirkorlik firmalarining asosiy shakllar

Davlat korxonalari – bu davlat mulki bo`lgan va uning nazorati ostida ishlovchi korxonalar bo`lib, ular ishlab chiqarishdagi davlat sektorini tashkil etadi, eng muhim va mas’uliyatli vazifalar (mudofaa, aloqa, energetika, transport va boshqalar)ni bajaradi.
Qo`shma (aralash) korxonalar xususiy, davlat va jamoa mulkining aralash mablag`lariga tayanadi. Aralash firmalar milliy va xorijiy kapitalga tayangan hissadorlik qoidasiga binoan tashkil topadi, foydasi shunga qarab taqsimlanadi.
Qo`shma korxona tuzishga hamkorlarni nima majbur qiladi?
AQSH olimlari quyidagi omillarni keltiradilar:
- kapital xarajatlar hajmining qisqarib ketishi va yangi quvvatlarni barpo etishdagi xavotirlik;
- aniq geografik bozorga o`tish;
- yangi faoliyat sohasiga o`tish;
- ishlab chiqarish sohasining bazasi yoki xom ashyo manbaini qo`lga kiritish;
- ishlayotgan ishlab chiqarish liniyalarining kengayganligi;
tovar yoki xizmatlarni sotishning yangi tarmoqlari paydo bo`lganligi;
- mavjud marketingning samaradorligi oshganligi;
takrorlanib turuvchi yoki mavsumiy beqarorlikni bartaraf etish imkoniyati;
- qo`shma korxonadagi hamkorlar yordamida ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish imkoniyati.
Qo`shma korxonalar o`zaro manfaatdorlik negizida, hukumatlararo shartnomalar asosida tashkil qilinib, ilmiy-ishlab chiqarish, ilmiy-texnik va boshqa vazifalarni echishga qaratilgan. Ular sanoat, qishloq xo`jaligi, qurilish, transport, savdo, fan va xalq xo`jaligining boshqa sohalarida tarkib topishi mumkin.
Qo`shma korxonalar, asosan, chet el texnikasi va texnologiyasi asosida barpo etilib, maxalliy xom ashyo va ish kuchi hisobiga ishlaydi. Korxona o`zining mustaqil balansiga ega bo`ladi va xo`jalik hisobi asosida faoliyat yuritadi. Respublikamizda AQSH, Italiya, Turkiya, Fransiya, Germaniya, Angliya, Koreya, YAponiya kabi qator davlatlar kompaniyalari bilan hamkorlikda qo`shma korxonalar qurilib, ishga tushirilgan.
Jamoa tadbirkorligining Konsern, Konsorsium, Kooperativ, Kartel, Sindikat, Venchur korxonalar, Ijara korxonalar, Injiniring korxonalar shakllari ham mavjud bo`lib, tadbirkorlikni qaysi turi, shakli bo`lishidan qatiy nazar asosiy maqsadi foyda olishga qaratilgan bo`ladi.
Konsern – bu ishlab chiqarish diversifikasiyasi, ya’ni korxonalarning faoliyat sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari turining kengayishi, yangilanib turishi asosida tarkib topadigan yirik ko`p tarmoqli korporasiya. Konsern tarkibiga sanoat, transport, savdo, bank kabi tarmoqlarga tegishli, ayrim hollarda, dunyoning ko`pgina mamlakatlarida joylashgan unlab va yuzlab korxonalar ixtiyoriy asoslarda kiradi. Konsern tarkibiga kirgan korxona va tashkshyutlar orasida o`zaro korporasiyalangan turg`un aloqalar mavjud bo`lib, ular konsern rivoji yo`lida umumiy moliyaviy resurslardan va yagona ilmiy-texnik imkoniyatlardan mushtarak foydalanadilar.

Yüklə 257,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə