1. Fiziokratlar iqtisodiy ta`limotining ahamiyati va tarixiy taqdiri



Yüklə 72,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix22.03.2024
ölçüsü72,6 Kb.
#180720
  1   2   3
Fiziokratlar iqtisodiy pdf



1.
Fiziokratlar iqtisodiy ta`limotining ahamiyati va tarixiy taqdiri. 
2.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish omillari. 
3.
Iqtisodiyotni isloh qilishda mulkchilikning o`rni. 
1.
 
Fiziokratlar iqtisodiy ta`limotining ahamiyati va tarixiy taqdiri. 
 
 
 
"Iqtisodiy ta'limotlar tarixi" fanining predmeti bo`lib, ma'lum davrlardagi u yoki 
ijtimoiy qatlamlar, insonlar manfaatini ifoda etuvchi iqtisodiy g`oyalar va ijtimoiy 
konsepsiyalarning vujudga kelishi, rivojlanishi va almashinuvining tarixiy jarayoni 
hisoblanadi.Bu g`oyalar ayrim iqtisodchi olimlar, nazariy maktablar, oqimlar va 
yo`nalishlarga tegishlidir. Iqtisodiy ta'limotlar tarixi mustaqil fan sifatida eng 
qadimgi davrdan boshlab to hozirgi zamongacha vujudga kelgan asosiy iqtisodiy 
fikr, g`oya, qarash, nazariya va ta'limotlarni o`z ichiga oladi.Metodik jihatdan bu fan 
iqtisodiy tahlilning ilg`or metodlari yig`indisidan iborat bo`lib, tarixiy, induksiya, 
mantiqiy abstraksiya va boshqa usullardan keng foydalanadi."Iqtisodiy ta'limotlar 
tarixi" fani "Iqtisodiy nazariya" fani bilan chambarchas bog`liq, lekin undan katta 
farq qiladi. "Iqtisodiy nazariya" fanida eng muhim iqtisodiy kategoriyalarning 
so`nggi davr uchun tahlili beriladi, ammo, bu nazariyalar har doim ham turg`un 
bo`lmaydi va vaqt davomida, ayniqsa keskin o`zgarishlar davrida evolutsiyada 
bo`ladi. "Iqtisodiy ta'limotlar tarixi" fanida ayrim olimlar, davlat arboblari 
tomonidan ilgari surilgan g`oya, qarash, nazariya, qonun, ta'limot, konsepsiyalar 
insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlaridagi ijtimoiy qatlamlar, sinflar va boshqa 
guruhlarning manfaatlari nuqtayi nazaridan tarixiy rivojlanishi tadqiq 


etiladi.Iqtisodiy tafakkur tarixi fanining amaliy xo`jalik obyekti bilan chambarchas 
bog`liqligini namoyon etadi. "Eskirgan nazariyalarni ular faqat inkor etilganligi 
sababli prinsipda ilmiy emas deyish mumkin emas" deb yozadi taniqli iqtisodchi 
T.Kun. Chunki, keyingi, nisbatan yangi qarashlar avvalgilar asosida, ularni qabul 
qilish, rivojlantirish yoki inkor etish natijasida paydo bo`lgan. Ba'zi mutaxassislar 
faqat yangi nazariyalarnigina o`rganishni taklif etishadi, ammo, bu so`nggi nazariya 
avvalgi ko`p yillik ilmiy, amaliy tadqiqotlarning yakuniy xulosasi sifatida namoyon 
bo`ladi yoki bugun biz "yangi" degan fikr ma'lum vaqtdan keyin o`zgarishi 
mumkin.Bu fan boshqa iqtisodiy va tarixiy, ayniqsa, iqtisodiyot nazariyasi fani bilan 
bevosita bog`liq. Iqtisodiy ta'limotlar tarixi ancha keng davrni qamrab olgan va 
mustaqil xarakterga ega. Bu fanni o`rganish orqali ekonomiks, xalq xo`jaligi tarixi, 
iqtisodiy tarix va iqtisodiy konsepsiyalar hamda aniq iqtisodiy predmetlarni 
o`zlashtirish osonlashadi, u yoki bu iqtisodiy o`zgarishning shartsharoitlari va 
oqibatlarini tahlil etishga katta ko`mak beradi.Masalan, bizga bugun yangidek 
tuyulgan bozor iqtisodiyoti to`g`risidagi fikrlar Adam Smit tomonidan 1776 yili 
chop etilgan "Xalqlar boyligi" asarida asosan to`la tahlil etib berilgan. Ba'zi iqtisodiy 
g`oyalar esa qadimdan ma'lum. Ularni o`rganish va eng muhimi, hayotga tatbiq etish 
yaxshi samara beradi, ko`p hollarda Amerikani yangidan kashf etishga hojat 
qolmaydi.Hozirgi paytda dunyodagi ilg`or g`oyalarni o`rganish davomida 
hurfikrlilikka (pluralizmga) keng o`rin berish, har qanday fikrni atroflicha tahlil etish 
kerakligi aniq bo`lib qoldi.Bu fanni chuqurroq o`rganish tufayli, bir qancha 
yechimini kutayotgan nazariy masalalarga oydinlik kiritish imkoni tug`iladi. 
Masalan, bozor munosabatlarining ibtidosi hanuzgacha aniq yechimga ega emas. 
Ayrim olimlar bu jarayonni xususiy mulk, sinfiy jamiyat yuzaga kelishi bilan 
bog`lasalar, ayrimlari (R.Xeylbroner, L.Turou) uni kapitalizm bilan, aniqrog`i, 
"ishlab chiqarish omillari" paydo bo`lishi bilan izohlaydilar (mehnat, yer va kapital 
tovarga aylangach, bozor tizimi yuzaga kelgan ekan). Keyingi fikr bo`yicha 
bozorning ibtidosi XVIII asrda Angliyada boshlandi.O`z davrida ilg`or Sharqning 
ortda qolish, G’arbning ilgarilab ketish sabablari, kelajak to`g`risidagi prognozlar 
ham muammo bo`lib turibdi.Darslikda shu masalalarni hal etishga oid fikr 


mulohazalar beriladi.Iqtisodiy ta'limotlar tarixini o`rganishda ma'lum davrlashtirish 
tizimidan foydalaniladi. Taniqli iqtisodchi olim J.K.Gelbreyt: "Amalda iqtisodiy 
g`oyalar o`z davri va vujudga kelish joyining mahsuli bo`lib, ular bilan chambarchas 
bog`langandir; bu g`oyalarni ular tushuntirib berayotgan dunyodan mustaqil 
ravishda ajratib qarash mumkin emas; bu dunyo esa doimo o`zgarishda bo`ladi, agar 
bu g`oyalar o`z maqsadlariga to`la javob berishni ko`zlasalar, doimo shunga mos 
ravishda o`zgarib turishlari kerak", deb yozgan edi.Kapitalizm davrida xo`jalik va 
ijtimoiy hayotda baynalmilallik (internatsionalizm) kuchayganligi tufayli, iqtisodiy 
fikrning rivojlanishi ham yagona jahon jarayoniga aylana boshladi. Oqibatda, 
klassik iqtisodiy maktab asoschilari A.Smit va D.Rikardoning qarashlari qisqa vaqt 
ichida butun jahonga ma'lum bo`ldi, vaholanki undan avvalgi ko`pgina nazariyalar 
ayrim mamlakatlarda ko`pchilikka ma'lum bo`lmasdan,"o`lik mol" sifatida 
yotgan.G’arb mamlakatlarida yuzaga kelgan "Ekonomiks" va boshqa tadqiqotlar 
barchaning diqqat-e'tiborini jalb qilmoqda. Qadimdan to hozirgi davrgacha minglab 
turli-tuman iqtisodiy g`oya, qarash, konsepsiya, nazariya, ta'limotlar vujudga 
kelganligi aniq. Ularning barchasini to`la o`rganish alohida mavzu, maxsus 
muammo. Shu maqsadda yangidan yangi tadqiqotlar olib borish, tahlil etish va 
umumlashtirib e'lon qilish zarur, bu yaqin kelajak vazifasi sifatida qabul qilinishi 
mumkin.Ammo, hozirgi davrgacha jamlangan barcha iqtisodiy g`oyalarni ma'lum 
sistemaga solish va shu asosda o`rganish maqbuldir. Ammo o`tgan davr xodisalari 
va g`oyalarini hozirgi zamon qarashlari "qolipi"ga zo`rma-zo`raki kelishtirish, 
moslashtirish mumkin emas. Bu tarixni vulgar zamonaviylashtirishga, 
o`rganilayotgan davrning xususiyatlarini inkor etishga olib keladi.Bu fan doim 
rivojlanishda bo`lib, bir-birini to`ldiruvchi evolutsion (mavjud g`oyalarning yanada 
chuqurroq takomillashuvi) va inqilobiy (butunlay yangicha konsepsiyalar vujudga 
kelishi) yo`llari mavjud. Inqilobiy o`zgarishga misol sifatida A.Smit va uning 
izdoshlari g`oyalari, marjinalistik to`ntarish, yangi klassik yo`nalish (A.Marshall), 
J.M.Keynsning iqtisodiy qarashlarini keltirish mumkin.Yana bir muhim masala 
ustida to`xtab o`tish kerakki, avval yuzaga kelgan iqtisodiy g`oyalarga shu kungi 
o`lchovlar bilan baho beriladi va odatda ilgarigi g`oyadagi "xato" va "kamchilik"lar 


aniqlanib, yangi g`oyaning undan afzalligi "isbotlanadi".Bunda dialektik mantiq bor 
albatta, lekin yuqorida ta'kidlanganidek, avvalgi g`oyalar tufayli odatda yangi 
g`oyalar yuzaga keladi, shuning uchun bu g`oya "yaxshi", unisi "yomon" kabi 
baholash adolatdan bo`lmaydi. A.Smitning mashhur asarida o`zidan avvalgi davrda 
yuzaga kelgan antik dunyo, merkantilizm, fiziokratizm ta'limotlari tahlil etilgan, 
Yevropaning iqtisodiy tarixi sinchiklab o`rganilgan.Yetakchi G`arb olimlari ko`p 
hollarda uch buyuk shaxsning g`oyalariga alohida urg`u berishadi: bu Smit, Marks, 
A.Marshall va Keynsdir.Bu olimlarning iqtisodiy g`oyalarida mavjud ta'limotlarning 
ko`pchiligi o`z in'ikosini topgan va ular jahon iqtisodiy g`oyalari rivojiga alohida 
hissa qo`shgan shaxslardir.Iqtisodiy ta'limotlar tarixi fani bo`yicha yaratilgan 
adabiyotlarga to`xtaladigan bo`lsak, bu masala o`zbek o`quvchilari uchun eng nozik 
masala deyish mumkin.1997 yili "Fan" nashriyoti tomonidan e'lon qilingan o`quv 
qo`llanmadan (2000 nusxa) so`ng, 2001 yilda Toshkent Moliya instituti tomonidan 
ham qo`llanma (300 nusxa) bosilib chiqqan.2001 y. Q.Yo`ldoshev va Q. 
Muftoydinovlar tomonidan "Iqtisodiy ta'limotlar tarixidan" nomli qo`llanmada 
Sharq iqtisodiy g`oyalari tahlil etiladi. Yu.B.Yusupovning rus tilida (1999) chop 
etilgan ma'ruzalar matni diqqatga sazovordir.2000 yildan boshlab TDIU 
magistraturasida "Iqtisodiy nazariyasi" mutaxassisliklari uchun "O`rta Osiyo 
mutafakkirlarining iqtisodiy g`oyalari" maxsus kursi o`qitila boshlandi, shunga mos 
namunaviy dastur, ma'ruzalar matni va boshqa me'yoriy hujjatlar tayyorlanib
amalda qo`llanilmoqda.Xorijda esa (jumladan, Rossiyada) bu sohada ancha ishlar 
qilinganini qayd etib o`tish kerak. Taniqli G`arb iqtisodchisi Mark Blaugning (1927 
y. tug`ilgan) "Экономическая мысль ретроспективе" asarining to`rtinchi nashri 
(1984y.) rus tiliga tarjima qilingan (1994 y.) bo`lib, bu kitobda iqtisodiy g`oyalar 
tarixi bo`yicha dastlabki adabiyotlar Britaniya ensiklopediyasida chop etilgan 
J.Mak-Kulloxning maqolasi bilan boshlanishi qayd etiladi. M.Blaug (birinchi nashri 
1961 y.) kitobida iqtisodiy g`oyalar tarixi bo`yicha boy bibliografiya berilgan. 
Adabiyotlar ikki qismga bo`linishi mumkin: ular asosan tarixiy va mantiqiy 
tamoyillar asosida yozilgan 

Yüklə 72,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə