1. Gen va gen konsepsiyasi haqida tushuncha, allel va alternativ belgilar


DNK ningtasodifiyamplifikasiyasipolimorfizmi (RAPD)



Yüklə 177,5 Kb.
səhifə12/16
tarix23.05.2022
ölçüsü177,5 Kb.
#87742
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
1. Gen va gen konsepsiyasi haqida tushuncha, allel va alternativ

16. DNK ningtasodifiyamplifikasiyasipolimorfizmi (RAPD).
DNA - Tasodifiy Amplifikatsiyalangan DNKlar Polimorfizmi) PZRga (Polimeraza Zanjir Reaksiyasi) asoslangan bo„lib, usulning asosiy mohiyati DNK regionlarining qisqa (10 nukleotidgacha) erkin oligonukleotidlar tomonidan tasodifiy amlifikatsiyalanishi bilan belgilanadi. Praymerlarning kerakli uchastkalarga borib (gibridizatsiya) juda yumshoq sharoitda amalga oshiriladi. RAPD praymerlari DNKning o„ziga komplementar bo„lgan uchastkasi bilan bog„lanadi va amplifikatsiya ikkala zanjirda ikki yo„nalish bo„ylab amalga oshadi. Praymerlanish o„rtacha holda har bir million juft asosga bir marta to„g„ri keladi (Jones et al. 1997). Bitta praymer tegishli tur yoki individuum DNK o„xshash uchaskasiga bog„liq holda bir necha PZR mahsulotlari berishi mumkin.RAPD markerlayi odatda populatsiyaning genetik strukturasini o„rganishda yoki genetik kartalashtirishda foydalanilishi mumkin. RAPD-markerlari boshqa tip markerlariga nisbatan ancha arzon, sodda va qulayligi bilan ajralib turadi. Bu usulda radioaktiv moddalar ishlatilmaydi, probalarni tayyorlash uchun maxsus tayorgarlik talab qilinmaydi va hattoka DNK ketma-ketligini ham oldindan bilish shart emas. Biroq bu markerlardagi kamchilik ularning dominatligida va bu geterozigota ni gomozigotadan farqlashda va buning natijasida esa allellar chastotasini aniqlashda ancha qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. AFLP – Amplified Fragment Length Polymorphism (Amplifikatsiyalangan Fragment Uzunligi Polimorfizmi). Bu usul amprifikatsiya va restriksiya etaplaridan tashkil topgan bo„lib eng avvalo genom DNKsi restriktazalar nabori (odatda, ikki 4 va 6 nukleotidlar ketma-ketligini taniydigan restriktazalar juftligi) bilan ishlanadi. Hosil bo„lgan fragmentlarga adapterlar ulanadi. So„ngra adapter praymerlari yordamida amplifikatsiyalanadi va undan keyin esa 3‟ uchida restriksiya sayiga tegishli bo„lgan uch erkin nukleotid tutuvchi adapter ketmaketligiga mos praymerlar yordamida selektiv amplifikatsiya o„tkaziladi. Tripletlar amplifikatsiyani restriksion fragmentlarning ba‟zi qismlari bilan ta‟minlaydi.Bu usul yordamida nukleotid ketma-ketligini bilmasdan turib ham katta miqdordagi SNP larni tahlil qilish mumkin (Vos et al. 1995). AFLP markerlarini qo„llab Genetika va O„EB institututida (Abdurakhmonov et al., 2004) bir necha o„zbek navlarining molekulyar-genetik pasporti yaratilgan


Yüklə 177,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə