1. Gruntlarning granulometrik tarkibi Gruntlarning fizik-mexanik xossalari



Yüklə 37,09 Kb.
səhifə6/11
tarix30.12.2023
ölçüsü37,09 Kb.
#165882
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
8. Mavzu Gruntlarning tarkibi, klassifikatsiyasi va aniqlash us-hozir.org

Gruntlarning ivishi. Bu xususiyat gruntlarning suv ta’sirida yumshab, parchalanib, buzilish qobiliyatini ko‘rsatadi. Bu hodisa ele­mental- zarralar yoki grunt agregatlari orasidagi bog'lanishning kama- yishi va strukturaviy bog'lanishlarning erishi natijasida sodir bo'ladi. Ivish xususiyati asosan, maydazarrali gruntlarga (gilli tuproq, qumli tuproq) hamdaqattiq, tarkibidaeruvchan va gilli qotishmalar bo'lgan cho'kindi jinslarga xosdir.
Gruntning ivish qobiliyatini baholash uchun ikki ko'rsatkichdan foydalaniladi. Ivish vaqti - bu vaqt mobaynida suvga cho'ktirilgan grunt namunasining zarralari va agregatlari orasidagi bog‘lanish yo'qo- ladi, turli kattalikdagi bo‘laklarga parchalanib ketadi. Ivish shakli grunt namunasi qanday ko‘rinishda ivishini, parchalanishini (yirikyoki may- dabo'laklar, qum, chang va boshqalar) ko'rsatadi.
Gruntlarning ivishi uning kimyoviy va mineralogik tarkibiga, struk­turaviy bog'lanish xarakteriga, mexanik tarkibiga. namligiga, jinsga ta’sir etuvchi suv eritmasining tarkibi va konsentratsiyasiga bog'liq.
Mustahkam stmkturaviy bog'lanishga ega bo'lgan jinslaming ak- sariyati suvda ivimaydigan jinslar guruhiga kiradi. Donador suvli-kol- loid bog'lanishga ega bo'lgan jinslar iviydigan jinslar guruhiga kiradi.
Gilli jinslar qumli jinslarga nisbatan bir necha martasekin iviydi. Tarkibida ozgina miqdorda chirindining yoki ohakning bo'lishi ivish tezligini sekinlashtiradi.
Gruntlarning ivish qobiliyatini o'rganish ulaming inshoot zaminini baholash uchun zarur bo'lgan fizik-mexanik xususiyatlarni xarakter- lashda katta ahamiyatga ega.
Gruntlarning yuvilishi. Bu xususiyat harakatdagi suvlaming grunt massivi yuzasiga ta’siri natijasida o'zidan elementar zarra va agregat- larni ajratish qobiliyatini ko'rsatadi.
Gmntning yuvilish qobiliyatini baholash uchun ikki ko'rsatkichdan foydalaniladi:gruntdan ayrim zarrachalar va agregatlar ajratib olinishi bosh- lanadigan, oqimning oLrtacha tezligini ko‘rsatadigan yuvilish tezligi; ma’lum bir tezlikda, grunt qatlami o’rtacha qalinligining yuvi­lish muddatiga bo’lgan nisbatini ko’rsatuvchi yuvilish jadalligi. Suvda erimaydigan kristallizatsion-strukturaviy, bog‘lanishli jinslaming yuvilishi asosan, ulaming tektonik kuchlar va nurash jarayo- nining ta’sirida buzilganligiga bog’liq. Suvda eriydigan jinslaming yuvilishi esasuv ta’sirida kristallizatsion bog'lanishni hosil qiluvchi qotishmaning eritib olib ketilishi bilan bog’liq. Mergel, alevrolit, bo’r, opokava boshqa jinslaming oqar suv ta’sirida yuvilishi faqat ularga nurash jarayonining ta’siri jarayonida sodir bo’ladi. Suvda ivimaydigan gil va gilli tuproqlar ularga suvning uzoq ta’sir etishidan so‘ng yuviladi. Kuchsiz strukturaviy bog’lanishga ega bo’lgan iviydigan gilli jinslar suv ta'sirida tez yuviladi va bu tezlik ko’p hollardagruntning ivishiga bo’lgan qarshiligi bilan bog‘liq. Yirik donali (bog’lanmagan) sement- lanmagan va qumli jinslarga strukturaviy bog’lanish xos emas va ular- ning ivishi zarralaming kattaligi bilan bog’liq.

Yüklə 37,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə